cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oqoltin yangiliklari

Oqoltin tuman hokimligining rasmiy kanali Web-site http://oqoltintumani.uz Facebook:https://www.facebook.com/oqoltin.yangiliklari Youtube:https://youtube.com/channel/UCODSax5LIRC77F2V9LXchIw Murojaat uchun @OqoltinUzBot Ishonch raqami +998672431005

Show more
Advertising posts
3 323
Subscribers
-624 hours
-337 days
-17430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Endi bola puli va moddiy yordam tayinlash onlayn ariza orqali amalga oshiriladi Ushbu qulaylikdan oilasida 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin. My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taʼminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin. Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lganga qadar), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi. Telegram | Web-site | Facebook
Show all...
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi Xalq bilan muloqot qilish va shu orqali ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda uy-joy, moddiy yordam, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, ichimlik suv ta‘minotidagi muammolar, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa sohalarga oid 26 ta murojaat tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, 15 tasi shu yerning o‘zida hal qilindi. 7 ta murojaat yuzasidan tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi, 4 tasi esa tegishli mas‘ullardan iborat ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladigan bo‘ldi. @Oqoltin_yangiliklari
Show all...
#Diqqat_eʼlon AZIZ OPA-SINGILLAR! Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan. Shunga ko‘ra, 1-maydan 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi. Talabgor xotin-qizlar o‘zlari yashab turgan mahalla xotin-qizlar faoliga murojaat qilishlari mumkin. Telegram | Web-site | Facebook
Show all...
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1223 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling! ➤ Oqoltin tumanidan 91 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 157 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 77 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 65 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 102 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 78 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 63 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 90 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 95 tа (ko'rish) ➤ Shirin shahridan 77 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 328 tа (ko'rish) 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Eng kam pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida" 2024-yil 30-aprel kuni PF–69-son Farmoni  qabul qilindi. 
Farmonga ko‘ra, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiya va nafaqalar miqdorlari oshirildi: ☑️ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m; ☑️yoshga doir nafaqa miqdori – oyiga 648 ming so‘m; ☑️boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m; ☑️boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 648 ming so‘m; ☑️o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan (parvarishlash) nafaqa miqdori - oyiga 648 ming so‘m etib belgilandi. 🇺🇿 Buning natijasida 1 061 ming nafar eng kam pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning pensiya va nafaqalari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi. Shuningdek, 2024-yil maydan xususiy sektorda ishlovchi ayollarga Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan to‘lanadigan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari miqdori 2 592 ming so‘mni tashkil etdi. 🧠 Bundan tashqari, "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda oila daromadi mezoni sifatida minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori 648 ming so‘m qabul qilindi. 💵 Minimal iste’mol xarajatlari yangi miqdorining amaliyotga joriy etilishi natijasida chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun joriy yil yakuniga qadar jami 262 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Ma’lumot uchun: yuqoridagi miqdorda pensiya va nafaqa oluvchilarga pensiya va nafaqalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda to‘lanadi.
Show all...
Бешинчи йўналиш: транспорт инфратузилмасини ривожлантириш. Ўзбекистон қулай ва замонавий транспорт тизимларини яратиш вазифасига устувор эътибор қаратмоқда. Темир йўл соҳасида туб ислоҳотлар олиб борилмоқда, тармоққа хусусий инвесторларни жалб этиш учун кенг имкониятлар очилмоқда. Пуллик автомобиль ва тезюрар темир йўлларни қуриш бўйича қўшма лойиҳалар ишлаб чиқилмоқда. Тошкент, Бухоро ва Урганч халқаро аэропортларини ривожлантириш ва янгиларини қуриш бўйича салоҳиятли хорижий инвесторлар билан ҳамкорлик лойиҳалари тайёрланмоқда. Маълумки, хорижий шериклар билан биргаликда Хитой – Қирғизистон – Ўзбекистон ва Ўзбекистон – Афғонистон – Покистон темир йўлларини қуриш бўйича дастлабки ишлар бошланди. Ушбу стратегик лойиҳалар минтақадаги геоиқтисодий вазиятни бутунлай ўзгартириб, Марказий Осиёни Шимол ва Жануб, Шарқ ва Ғарб билан боғлайдиган глобал транзит марказига айлантиради. Ўзбекистон инвесторларни ва халқаро ташкилотларни бу йирик минтақавий лойиҳаларда қатнашишга, Буюк Ипак йўлини замонавий асосда қайта тиклашга таклиф қилади. Facebook|Instagram|X
Show all...
Мамлакатимизда тадбиркорлик ва бизнесни қўллаб-қувватлаш мақсадида қатор аниқ чоралар ишлаб чиқилган. Эндиликда хорижий сармоядорлар акциялардан олинаётган дивидендлар бўйича солиқлардан уч йил муддатга озод этилади. Яқинда хусусийлаштириш тўғрисидаги қонун қабул қилинди. 250 та йирик корхонанинг давлат улушини ва салкам 1000 та кўчмас мулк объектларини сотиш, 12 та корхона акцияларини фонд бозорларида бирламчи оммавий жойлаштириш (IPO) учун янги дастур ҳам ишга туширилди. Тадбиркорлар барқарорлиги рейтинги жорий этилди. Юқори рейтингга эга тадбиркорлик субъектлари учун солиқ текширувлари ўтказилмайди. Facebook|Instagram|X
Show all...
Шунингдек, энергетика йўналишидаги давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини амалга ошириш тажрибасини ижтимоий ва бошқа инфратузилма соҳаларида ҳам кенг татбиқ этиш режалаштирилган. Тадбиркорларга ер ажратишнинг замонавий шаффоф тамойиллари – яъни, аукцион савдо тизими йўлга қўйилди. Жаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлиш доирасида қонунчиликни уйғунлаштиришга қаратилган 60 дан ортиқ норматив ҳужжатлар қабул қилинди. Коррупцияга қарши курашиш агентлиги тузилиб, 2030 йилгача мўлжалланган Миллий стратегия ишлаб чиқилмоқда. Facebook|Instagram|X
Show all...
Бизнинг асосий мақсадимиз – Ўзбекистонни хорижий инвесторлар учун ишончли ва узоқ муддатли ҳамкорга айлантиришдир”,
- деди Президент Шавкат Мирзиёев. Давлатимиз бозор муносабатларини ривожлантиришни, инвесторлар ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишини, қулай инвестиция ва ишбилармонлик муҳитини янада такомиллаштиришни, ҳалол рақобат учун янада кенг шарт-шароитлар яратишни, хусусий мулк дахлсизлиги ва суд тизимининг мустақиллиги таъминланишини ўз зиммасига олмоқда. Бу тамойиллар ўтган йили умумхалқ референдумида қабул қилинган янги Конституциямизда қатъий муҳрлаб қўйилди. Facebook|Instagram|X
Show all...
Низоларни адолатли ҳал этиш мақсадида Тошкент халқаро арбитраж маркази муваффақиятли фаолият олиб бормоқда. Унинг таркибида Америка Қўшма Штатлари, Буюк Британия, Италия, Швеция, Хитой, Бирлашган Араб Амирликлари каби мамлакатлардан 90 дан ортиқ нуфузли ҳакамлар ўрин олган. Инвесторлар учун яна бир муҳим кўрсаткич. Охирги етти йилда олий таълим қамрови 9 фоиздан 42 фоизга ошди, олий ўқув юртлари сони 200 тадан ортди. Ўзбекистонда 90 дан ортиқ давлатларга визасиз режим жорий этилди. Facebook|Instagram|X
Show all...