Kosonsoy 2-maktab
Open in Telegram
📌 Ҳурматли устозлар. 📈 Ушбу каналимиз мактабдаги барча педагог ходимлар ва ота-оналар учун 📖 Ушбу каналда мактаб хаёти va барча тадбирлар, очиқ дарслар, видеороликлар, мақолалар, дарс ишланмалар мусобақалар, танловлар сизларга ҳавола этиб борилади.
Show more947
Subscribers
-124 hours
+197 days
+1230 days
Posts Archive
+4
Kosonsoy tuman 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabning 1-sinfi o'quvchilari uchun 12 turdagi Prezident sovg'alarini qabul qilib oldindi va tayyorlab quyildi.
NAMANGANDA BESHINCHI “USTOZLAR MILLIY FORUMI” BO‘LIB O‘TDI
Ma’rifat maskanida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida tashkil etilgan forum viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi jarayoni bilan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan boshlandi.
Viloyatning 14 ta hududidan jami 300 nafar pedagoglar hamda tizim xodimlari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov so‘zga chiqib, yurt ravnaqi, mamlakat istiqboli va taraqqiyot odimlari ta’lim sohasi bilan, kelajagimiz egalarining har jihatdan ilmu salohiyatli, zamonaviy bilimlarni chuqur va mukammal egallagan o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamol topishiga bog‘liq ekanini ta’kidladi. Soha ravnaqi muhtaram Prezidentimizning doimiy e’tiborida ekaniga to‘xtaldi.
Shu yilning o‘zida viloyatagi 37 ta ta’lim muassasalari investisiya dasturiga kiritilib, shundan 1 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish, 22 ta maktab rekonstruksiya va 4 ta mukammal ta’mirlash, 10 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish uchun jami 351 mlrd. so'm mablag‘ ajratilgan.
Yana bir tarixiy voqea – joriy yilning aprel oyida Namangan shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda 12 ta davlatdan 94 nafar xorijlik o‘quvchilar ishtirok etdi. Terma jamoamiz ushbu musobaqada 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilda maktabni tamomlagan bitiruvchilarning 4283 nafari xorijiy va yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan avval o‘qishga qabul qilindilar.
O‘tgan o‘quv yilida viloyatimiz o‘quvchilari mahalliy va xalqaro olimpiadalarda jami 19 ta medalga ega chiqdi. Ularning 17 tasi xalqaro maydonda qo‘lga kiritildi.
2026 - yil fevral oyidan boshlab viloyatidagi 35 ta (17 ta maktab va 18 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti) ta’lim muassasalarida Yaponiya tajribasi asosida tarbiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlandi.
Bugungi kunda o‘qituvchilarimizning maoshlari sezilarli oshirilib, 8 million so‘mdan yuqori maosh oluvchilar soni 1219 nafarni, 10 million so‘mdan yuqori maosh oluvchilar esa 511 nafarni tashkil etmoqda.
Oliy toifali pedagoglar soni 2017 - yilda 834 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ular 6222 nafarga yetdi va 7,7 barobarga ko‘paydi.
Jarayonda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakovning ma’ruzasi tinglanib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor xususida, pedagog kasbining jamiyat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, viloyatda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ilm muassasalari o‘qituvchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Repost from KUSHON ACADEMY
🏆 YANA BIR NATIJA!
Bugun sizlarga Kushon Academy o‘quvchilaridan yana birining quvonchli natijasini taqdim etamiz! 🎉
Bu natija ortida o‘quvchining mehnati, ota-onaning ishonchi va ustozlarning fidokorona mehnati bor. 💪📚
Tolibjonov Mahmudjonni ushbu katta yutug‘i bilan tabriklaymiz!
🔥 Kushon Academy — natija bilan gapiradi!
@kushonacademy
+1
Kosonsoy tuman 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabning 1-sinf xonalari yangi o'quv yiliga tayyor.
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
Virusli APK faylini bilmasdan ochib yubordingizmi? Telefoningiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavf ostida qolishi mumkin
Shubhali ilovalarni tekshiring, ularning SMS xabarlariga kirish huquqini cheklang, zararli dasturlarni o‘chirib tashlang va qurilmangizni ishonchli antivirus orqali tekshiring.
Kiberxavfsizlik o‘zingizdan boshlanadi. Ogoh bo‘ling!
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Diqqat! Telegramda yangi turdagi zararli fayllar tarqalmoqda
“mp3" hamda "ogg” kabi audio ko‘rinishidagi fayllar oddiydek ko‘rinsa ham, aslida virus bo‘lishi mumkin. Uni ochish orqali telefon boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tishi, akkauntlaringiz buzilishi ehtimoli bor.
Noma’lum fayl — doimo xavf manbai.
Shubhali audio, video yoki APK fayllarni yuklab olmang va ochmang.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
"Diqqat, kitobxonlik tanlov"
#bolalar_kutubxonasi
MUHAMMADSHARIF SO'FIZODA NOMIDAGI NAMANGAN VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI TOMONIDAN YOZGI TA'TILDA O'QUVCHI-YOSHLARNI BO'SH VAQTLARINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA “MENING SEVIMLI KITOBIM” SHIORI OSTIDA KITOBXONLIK TANLOVINI E’LON QILADI.
🗓Tanlov 2026-yil 18-avgust soat 8:00 dan 17:00 gacha viloyat bolalar kutubxonasi binosida bo'lib o'tadi.
📑📌 Tanlov shartlari:
Quyidagi sinflar uchun belgilangan asarlar ta’til davomida mutolaa qilinadi va asar asosida ochiq yozma test savollariga javob beriladi.
📖 Tavsiya etilgan asarlar:
1–4-sinflar uchun
Lyuis Kerrollning "Alisa mo'jizalar mamlakatida" kitobi
👉Kitobning elektron shakli👈
5–6–7-sinflar uchun
Abdulla Qahhorning – “Sinchalak” tarixiy romani
👉Kitobning elektron shakli👈
8–9–10–11-sinflar uchun
Go'fur G'olomning – “Yodgor” kitobi
👉Kitobning elektron shakli👈
🏆 1-2-3-o’rinlar hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. G’olib o’quvchilarga kutubxona tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshiriladi.
👨💻 Tanlovda Namangan viloyatining barcha tuman (shahar) umumta'lim maktablarining o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+9
🌍🌍🌍🌍
#Президент_совғаси
✅ Bugun vazirlik tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan "Prezident sovg‘alari"ni hududlarga yetkazish jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi.
➖ Tadbir vazirlik huzuridagi “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasida 1-sinf o‘quvchilar uchun 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” karvonining hududlarga yuborilishi jarayoni bilan boshlandi.🔰 Shundan soʻng, Chilonzor tumanidagi 202-umumtaʼlim maktabi misolida mas'ullar tomonidan: ➖ yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, ➖1-sinfga oʻquvchilarni qabul qilish jarayonlari, ➖yangilangan o‘quv dasturlari va darsliklar, ➖1-sinf o‘quvchilarining maktab sumkasi og‘irligi me’yori, ➖maktabga tayyorlov guruhlari faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi. 🔹PRESS-RELIZ O'ZBEK TILIDA 🔹PRESS-RELIZ RUS TILIDA 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️Oʻquvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi
Taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#audiochat
📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli kuzatuvchilar!
✅ Joriy yilning 28-iyul kuni soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy telegram sahifasida 2026-2027-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi.
➖ Unda qabul jarayonlari tartibi va bu boradagi yangiliklarga doir savollarga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javob beriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
‼️Кам балл тўплаган бўлсангиз ҳам ўқишга кирса бўлар экан, фақат йўналишни тўғри танлаш керак.
Йўналишни қандай танлашни видеодан ўрганиб олинг.
Барча абитуриент танишларга юбориб қўямиз.
👉@QORAXABAR - Телевизорда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар канали!
❗️ОТМ ва таълим йўналишини танлаш бошланди
25 июлдан тест синовларида қатнашган абитуриентлар ОТМ, таълим йўналиши ва таълим шаклини танлаш имкониятига эга бўлди.
5 тагача олийгоҳ ва йўналишни танлаш мумкин. Кундузги, кечки ёки масофавий таълим шаклини белгилаш имконияти мавжуд.
Танлов my.uzbmb.uz платформаси орқали амалга оширилади.
📅 Танловларни 8 августга қадар исталган вақтда ўзгартириш мумкин. Муддат тугагач, ўзгартиш киритиш имкони бўлмайди.
👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Xavfsiz_va_soglom_yurt
Namanganda yashirin hujra faoliyatiga chek qo'yildi
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
@KOSONSOY
📌Rasman: Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi
📊 Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 664 ming 609 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan.
⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
🏃🏻➡️🏃🏻♀️➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.
📋 Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi.
✅ Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.
❌ Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
🖊 @DtmTest2026_Bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!
🤳 @DTM_Mandat_Bot telegram-boti orqali Abituriyent ruxsatnomanisini yuklab olishi mumkin.
Hurmatli ota-onalar, haydovchilar! Yoʻllarda bolalarni asraylik!
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
@KOSONSOY
Repost from E’zoza Karimova
🎒 Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato)
🏫 Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🧠 Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim?
➖ Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika hamda tabiiy fanlarni ham anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz? ➖ Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga “til to‘sig‘i” ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi. ➖ O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi.🎓 Eng muhimi — farzandingiz maktabga o‘zlashtirishdan qiynalib, tushkun kayfiyatda emas, balki bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan borsin! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
