cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xorazm viloyati davlat xizmatlari yangiliklari

📩 [email protected] 🌐 www.davxizmat.uz 📲 https://t.me/XorazmDXA

Show more
Uzbekistan30 096The language is not specifiedLaw7 210
Advertising posts
312
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#Litsenziyalash_xizmati ⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash" mumkin. 🔸Murojaatlar qabul qilinadi: – "Litsenziya" AT - license.gov.uz; – YIDXP – my.gov.uz orqali; 🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs; 💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 1 320 000 so'm (BHMning 4baravari) 📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari); ⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun 🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🤔Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi? 🚶🏻Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas. ✅ Buning uchun: 1️⃣ My.gov.uz saytiga kirish 2️⃣ "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish 3️⃣"Fuqarolik" bo‘limini tanlash 4️⃣ “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish” tugmasini bosish kerak. 👨🏻‍💻Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin. 🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang! Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
#Bilasizmi ❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo'lishi mumkin emas 🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas: ▪️o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; ▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga, O'zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno; ▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga; ▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno; ▪️o'zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo'lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga; ▪️o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga; ▪️chet davlat fuqaroligini olishga; ▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga; ▪️O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno; ▪️o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI

Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring

#So'ragan_edingiz #Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz #Mutaxassisga_so'z_beramiz 📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi? ✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi. 📹VIDEOQOʻLLANMA Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibi

Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 💼Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega 📌Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi. 📄Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. 📝Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. 🖥YTT faoliyatini boshlamoqchi bo'lsangiz "New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 💳Firma nomida qanday prinsiplarga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak? 📄O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida: ✔️ davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi; ✔️tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz; ✔️firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar; ✔️jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Litsenziyalash_xizmati ⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Birja faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin. 🔸Murojaatlar qabul qilinadi: – "Litsenziya" AT - license.gov.uz; – YIDXP – my.gov.uz orqali; Litsenziyalanadigan faoliyat turlari: Tovar xom-ashyo birjasi faoliyati 🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar; 💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi 📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori: 💸1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari); ⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kun 🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🔍 Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi? 📎 Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi. 📌 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi; 📝 Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi; ❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi; ✅ So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi; Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
#Adliya_xabari Davlat xizmatlari kundan kunga yaqinroq! Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=rOC3DXfXlZw Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...
Davlat xizmatlari kundan-kunga yaqinroq!

Photo unavailableShow in Telegram
#Litsenziyalash_xizmati ⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin. ✅Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi. 🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs 📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi. 💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari) 💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari); ⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun; 🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil; Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/xorazmadliya
Show all...