cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yangibozor.uz | Rasmiy|

Янгибозор туман ҳокимлигининг расмий саҳифаси Facebook: http://www.fb.com/YangibozorAxborotXizmati Instagram: http://www.instagram.com/yangibozor_axborot_xizmati Мурожаат учун: @TumanHokimligiMurojaatbot

Show more
Advertising posts
2 729
Subscribers
+124 hours
+27 days
+6430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

TOMORQACHILIK MADANIYATI, YOSHLARGA YER AJRATISH 02.05.2024✅ Yangibozor tumani 📲@XorazmTELEKANAL✔️ 📲DASTURNING HD versiyasi👇 🎥 YouTube 📺 OnlineTV 📻 Online Radio
Show all...
#DIQQAT Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling! Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi. Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta'lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu👉 https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.   Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha diplom.   ➖ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. Ma'lumot uchun, tumanimiz xotin-qizlari uchun Yangibozor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida hujjatlar yig‘ish boshlandi. Murojaat uchun tel: 62-41-94-109 🏢 Manzil: Yangibozor tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi
Show all...
«Xotin Qizlar» - ягона интерактив миллий платформаси

Хотин-қизлар ягона интерактив миллий платформаси.

#Yangibozor_tumani #Vatanga_sodiq_yoshlar Uyushmagan yoshlarni “Harbiy-vatanparvarlik vaksinasi” bilan emlash bo‘yicha tumanda “Vatanga sodiq yoshlar” yig‘ini o’tkazildi Yangibozor tumanidagi 250 nafar otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida Qurolli Kuchlar Akademiyasi professor o’qituvchilari va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o’tkazildi. Tadbir yakunida yoshlar uchun dasturxon yozildi, konsert dasturi namoyish qilindi. Faol ishtirokchilar tuman hokimi tomonidan taqdirlandi. Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati @yangibozor_hokimligi
Show all...
#Vatanga_sodiq_yoshlar "Vatanga sodiq yoshlar" forumining 2-kuni Yoshlar Mudofaa ishlari tuman bo‘limi xodimlari hamrohligida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. @yangibozor_hokimligi
Show all...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⚡️"Dolzarb 40 kunlik" doirasida hududlarda olib borilayotgan yer nazorat tadbirlari hamda aholi bilan uchrashuvlar OAV nigohida 🌟 Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan yer va kadastr nazorati borasida joylarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlari hamda mahalla faollari bilan uchrashuvlar Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining "Xorazm 24" informatsion dasturi nigohida. 📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Show all...
Ўсиб келаётган ёш авлодни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, уларнинг қалби ва онгида юртга садоқат ва фидойилик туйғуларини уйғотиш энг долзарб масалалардан биридир. Форум доирасида туман Фавқулодда вазиятлар бўлими томонидан ўт ўчириш автомобилида мавжуд ёнғин ўчириш анжомлари намойиши ва бирламчи ёнғин ўчириш анжомларидан фойдаланиш тўғрисида тушунтириш ишлари олиб борилди. Шунингдек, ёнғин ўчириш автомобилининг тактик-техник хусусиятлари буйича маълумотлар берилди. Шунингдек, бўш иш ўринлари ярмаркалари, тадбиркорлик, ҳунармандчилик кўргазмалари намойиши ўтказилди. Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати @yangibozor_hokimligi
Show all...
#Vatanga_sodiq_yoshlar "Vatanga sodiq yoshlar" forumining 2-kuni ertalabdan "Salomatlik uchun besh ming qadam" loyihasi bilan boshlandi. @yangibozor_hokimligi
Show all...
Go to the archive of posts