cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bismillah_islam

🍃Shunchaki sahifa🍃 🌿18.08.2020.🌿 Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм "Ва эслатгин. Албатта, эслатиш мўминларга манфаат берур" («Зориёт» сураси, 55-оят).

Show more
Advertising posts
188
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Жаннатда юрибсиз. Қайсидир мевани егингиз келди. Ўша ондаёқ ўша мева яқинингизга келди. Мевани еб бўлиб, Жаннат боғлари аро юриб бораётганингизда, шу пайт... ...Рўпарангиздан икки олам сарвари, Аллоҳ таолонинг Ҳабиби, Расули, ҳали туғилмаган пайтимизда биз ҳақимизда «Умматим, оҳ, умматим!» дея ғам чеккан зот чиқиб қолдилар. Тасаввур қиляпсизми?! Шундай бахтни истаймиз, жудаям қаттиқ истаймиз. Келинг, қадрдоним, шу ондан бошлаб, шу бахтга эришиш учун астойдил уринайлик! Намозга, зикрга, яхшилик қилишга астойдил киришайлик! Аллоҳ таоло барчамизга Жаннатда Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам билан қўшни бўлишимизни насиб этсин, Aмин! @Mahbubiya | Ulanib oling
Show all...
Qalb qotishining sabablari: – Gunoh va ma'siyatlar; – Ko'p kulish; – Аllohdan boshqaga bog'liq bo'lish; – Nag'ma (kuy-qo'shiq) eshitish; – Qur'ondan uzoqlashish; – Yomon do'stlar bilan yurish; – Dunyoga berilib ketish; – Yeb-ichishda isrof qilish. So'ngra, shundan keyin qalblaringiz qattiq bo'ldi–toshdek yoki undan-da qattiq. (Baqara surasi, 74-oyat).
Show all...
#hulosa_ozingizdan Yahshi oilada tarbiya ko'rgan qizga uylaning ! Qozi Shurayk tobeinlardan Shobiy hazratlariga shunday nasihat berdi: — Ey Shobiy, agar uylansang, Bani Tamim qabilasidagi bir qizga uylan. Ular qizlariga yaxshi tarbiya berishadi. Shobiy: — Qaerdan bilasan? — deb so‘radi. Qozi Shurayk tushuntirdi: — Yosh va bekorchilik paytlarimda Bann Tamim qabilasi tomonga borgan edim. Qaytib kelayotib, qari bir ayol bilan yosh qiz o‘tirishganini ko‘rdim. Qiz g‘oyatda chiroyli, latofatli ko‘rinar edi. Qizni yaqinroqdan ko‘rmoq uchun suv ichish bahonasida ularning oldiga borib, suv so‘radim. Ayol qizga suv olib kelishni buyurdi. Suv ichgach, ul xotindan: — Bu qiz kimning qizi, ismi nima, — deb so‘radim. Keksa ayol: — Bu qiz Xudoyorning qizidir, ismi Zaynab, — dedi. — Turmushga chiqqanmi? — Yo‘q, turmush qurmagan. — Allohning amri ila menga berasizmi? — Kuyov bo‘ladigan bo‘lsang, so‘rab-surishtirib, loyiq bo‘lsang beramiz, — dedi. U yerdan uyimga keldim. Qizni ko‘rgim keldi. Unga uylanishni ixtiyor etdim. Qarindoshimdan birini olib, qizning amakisi oldiga bordik va maqsadimizni aytdik. U yerda qizni surishtirdik. «U senga munosib», dedilar. Nikoh bo‘lgandan keyin, Bani Tamim qabilasining ayollari qanday ekanligini yaxshi bilmayman, boshqa-boshqa muhit, boshqa qabila odamlarimiz, deb chin dilimdan pushaymon bo‘ldim. Lekin hech kimga aytmay, oxiri baxayr bo‘lar, deb kutdim. Uylandim, kelinni olib keldik. Kechasi qiz (kelin) menga: — Afandim, bu oqshom kuyov ikki rak’at namoz o‘qishi kerak. Alloh rizosi uchun o‘qiladigan bu namozdan keyin kelinning xayrli va baxtli bo‘lishini tilashi, Janobi Haqdan ezguliklar, barakot niyoz etmog‘ini tilashi sunnatdir, — dedi. — Xo‘p, mayli, — deb ikki rak’at namoz o‘qidim. Salomdan keyin qarasam, u ham namoz o‘qimoqda. Namozlarimizni o‘qib bo‘lgach, qiz menga bunday dedi: — Afandim, men sahroyi bir muhitning qiziman, Siz esa boshqa muhitda tarbiya topgansiz. Taqdir bizni birlashtirdi. Sizga o‘z muhitingizdan bir qiz, menga esa o‘z qabilamdan bir yigit topilar edi. Ammo taqdiri ilohiy shunday ekan, bir-birimizning fe’li-atvorimiz va axloqimizni bilmaganimiz holda taqdir hukmi bilan oila qurdik. Sizdan iltimosim, yaxshi ko‘radiganingiz va mamnun bo‘ladiganingiz narsalarni menga aytib qo‘ysangiz. Sizning istagingizga mos xizmat qilaman, yoqtirmaydigan va xush ko‘rmaydigan hollarni ham aytib qo‘ying, toki men ulardan saqlanay. Shundan keyin Siz menga lutf etib, muloyim fe’lli bo‘ling, men ham Sizga xotinlik vazifalarimni o‘rniga qo‘ymoq uchun astoydil harakat qilay. Agar men o‘z vazifamni bajarmay, tanballik va itoatsizlik qilsam, meni otamning uyiga qaytarib yuborishingiz mumkin. Buning uchun hech xafa bo‘lmayman. «Boshga tushganni ko‘z ko‘rar», «Boshga tushsa yig‘lamas», deydilar. Men Sizdan shularni iltimos qilaman. Janobi Haqdan bir-birimiz uchun xayrli va barakotli turmush qurishimizni tilayman. Islomiy bir oila hayoti ila yashamog‘imiz uchun duo qilaman. Men: — Xonim, sen menga shunday bir purma’no so‘zlar aytdingki, agar aytganlaringni ado etsang, meni tolei baland va baxtiyor etasan. Agar so‘zingda turmasang, ahvol boshqacha bo‘ladi. Men ushbularni istayman. Bunday narsalarni sevaman, undaylarni yoqtirmayman. Men orzu qilganlarimni ado et, xush ko‘rmaganlarimni yashir, ko‘rsatma. Qiz: — Qarindoshlarimning kelib-ketishlarini xohlaysizmi? Men: — Uzoq turmaslik sharti bilan mayli, lekin tez-tez kelishini xohlamayman. Qiz: — Qo‘shnilarimdan kimlar kirib-chiqa oladi? Xohlamaganingiz bilan ko‘rishmayman. Men: — Falon qo‘shnilar chiqishi mumkin. Ular nomusli va dindor odamlardir. Falon kimsalarni xohlamayman, ularning hayoti yaxshi emas, islomiy emas. Undaylarning uyimizga kelishlari yaxshilik keltirmaydi. Bunday mezonlar bilan qurilgan oila qisqa vaqt ichida bir jannati xonadon bo‘ladi.. Biror yil o‘tgach, bir kun uyimga kelsam, bir keksa ayol mehmon bo‘lib o‘tirgan edi. U uy sohibasiga: «Qizim, bunday qil, unday qilma», deb nasihat qilar edi. Men xotinimdan: — Bu kim? — deb so‘radim. Xotin: — Qaynonangiz, — dedi. Men qaynonamning qo‘lini
Show all...
#Davomi O‘pib, hurmat va ehtirom ko‘rsatdim. Keksa ayol: — Xotiningdan mamnunmisan? — deb so‘radi. Men: — Juda mamnunman, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin, juda ham yaxshi farzand yetishtiribsiz. Bundan yaxshisi bo‘lmaydi, nihoyatda mamnunman, — dedim. Bunga javoban qaynona: — Men uni jannatday oila go‘shasida o‘stirganman, o‘g‘lim. Ayolning badfe’lidan Alloh saqlasin. Qarindoshlarimiz sizni ko‘rgani kelishmoqchi, qachon kelishsin? — deb so‘radi. Men: — Istagan kunlari kelishsin. Uyimning to‘ri ularniki, — dedim. Qaynona har yili bir marta kelib, nasihatlar qilib ketarkan. Qozi Shurayk u xonim bilan rosa yigirma yil turmush qurdi. Bu vaqt ichida xotinining birorta aybini ko'rmadi Bahtiyor_oila💍
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Эй муслима айол,умматнинг янигдан тирилиши сенга боглик..☝️ @bismilllah_islam
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Hamma bilan yaxshi muomalada bo'ling, chunki qachonligi sizga ma'lum bo'lmagan hayrlashuvning vaqti bor. Sizda uzr so'rashga imkon topilmasligi mumkin...
Show all...
Нима учун оналарнинг оёқлари оғришини биласизми? Аллоҳ таоло онанинг бачадонидаги суюқликни ҳаддан ташқари шўр қилиб қўйган. Шунинг натижада, бачадон ичидаги ҳомила вазнсиз ҳолатда бўлади. У доим суюқликнинг юқори қисмида бўлади. Болага озуқа киндигидан онага боғланган ришта орқали осонгина келиб туради. Ҳомиладор аёл тўйиб таом истеъмол қилмаса ёки кўпроқ вақт оч қолса, ҳомилага келадиган озуқа онанинг тишлари ва суякларининг эриши орқали қопланади. Шунинг учун аксарият аёлларнинг ёши ўтгани сайин тишлари тўкилиши, тизза ва оёқларининг оғриши кузатилади. Шунинг учун ҳомиладор аёлларнинг вақтида ва тўйиб овқатланиши ўзларининг келажакда соғлом бўлишларида жуда муҳим. Кошкийди, онасининг тиззаси ёки оёғи нима учун оғриётганини фарзанд билганида, фақат ўзини ўйлайвермасдан қандай қилиб онасини рози қилиш устида бош қотирган бўлар эди. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам бежизга: "жаннат оналар оёғи остидадур" демаганлар.
Show all...
Insonlar bilan orangizga shunday masofalar qo'ying-ki - qayerda jim bo'lish, - qayerda gapirish va - qayerda to'xtashni bilsinlar..! #by_me
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️🤕 В июле землю четыре раза накроют магнитные бури Первая геомагнитная тряска пройдет с 8 до 11 июля. Далее ожидается активность с 14 июля по 18 и после этого пройдет буря посильнее — с 20 и по 23 июля. @bismilllah_islam
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.