en
Feedback
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi

Open in Telegram

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifasi 📍Samarqand shahar Ko’ksaroy maydoni 1-uy 🌐 samarqand.madaniyat.uz 📱https://www.instagram.com/sammadaniyatuz 📱https://www.facebook.com/sammadaniyat.uz 📱https://www.youtube.com/@SamMadaniyat

Show more
2 037
Subscribers
-124 hours
-47 days
-4530 days
Posts Archive
📢DIQQAT E'LON! 🎙"DUNYO SADOSI" CHET EL ESTRADA SAN'ATI VILOYAT KO'RIK-TANLOVIGA MARHAMAT! 📢Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi "Dunyo sadosi" chet el estrada san'ati viloyat koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi. 🎶Tanlov ijodkorlarning salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy va xalqaro estrada yoʻnalishlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda. Unda 7 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan isteʼdodli ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Barcha san'at ixlosmandlarini va iste'dodli ijrochilarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🏢Koʻrik-tanlov joriy yilning 15-sentabr kuni soat 09:00 dan boshlab Samarqand shahar Nurafshon madaniyat markazida boʻlib oʻtadi. Batafsil maʼlumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 📞 +998 94 257 28 81 Tanlov nizomi 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

Tug'ilgan kun muborak! Bugun Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Sattarov Maqsud Mamatqosimovichning ta
Tug'ilgan kun muborak! Bugun Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Sattarov Maqsud Mamatqosimovichning tavallud kuni! Hurmatli Sattarov Maqsud Mamatqosimovich! Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi nomidan Sizni tugʻilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Samarqand viloyati madaniy hayotini rivojlantirish yoʻlidagi fidokorona mehnatingiz hamisha qadrlanib, yangi marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz. Hurmat va ehtirom ila, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi jamoasi! 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

Repost from Zarnews.uz
Самарқанд Бутунжаҳон шахмат олимпиадасига тайёр Шу йилнинг 10-30 сентябрь кунлари Самарқанд шаҳрида III Пара шахмат, 46-Бутун
Самарқанд Бутунжаҳон шахмат олимпиадасига тайёр Шу йилнинг 10-30 сентябрь кунлари Самарқанд шаҳрида III Пара шахмат, 46-Бутунжаҳон шахмат олимпиадалари ва Халқаро шахмат федерацияси (FIDE)нинг 97-конгресси ўтказилади.   —- Samarqand Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyor Shu yilning 10-30-sentabr kunlari Samarqand shahrida III Para shaxmat, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadalari va Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 97-kongressi oʻtkaziladi. Batafsil: 📹👉 https://zarnews.uz/0sjv Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Instagram | Youtube

Repost from Botir Tugalov
📺 Samarqand viloyati teleradiokanalining “Bekat” ko'rsatuvi mehmoni bo'ldim. 🎙 Ko‘rsatuv davomida boshlovchi Bekzod Ismoilo
+5
📺 Samarqand viloyati teleradiokanalining “Bekat” ko'rsatuvi mehmoni bo'ldim. 🎙 Ko‘rsatuv davomida boshlovchi Bekzod Ismoilov tomonidan men kutganimdan ham mazmunli, saviyasi yuqori va qiziqarli savollar berildi. Suhbat davomida o‘zim uchun ham manfaatli va fikrlashga undaydigan jihatlar ko‘p bo‘ldi. 🚀Telegram 📱Instagram 😎Facebook

🎭 SAMARQAND VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA 48-MAVSUM OCHILDI! 🎉 Bugun, 4-sentabr kuni Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi ijodiy mavsum — 48-mavsumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov va oʻrinbosari V.Umarov, Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori v.v.b. F. Xudoyberdiyev hamda soha vakillari va teatr jamoasi ishtirok etdilar. ✨ Mavsum ochilishi munosabati bilan teatr jamoasi samimiy tabriklandi, ezgu tilaklar bildirildi hamda ijodkorlarga bayramona sovg‘alar taqdim etildi. 🎀 Marosimning ramziy lahzalaridan biri — sahna oldidagi qizil lentaning tantanali ravishda kesilishi bo‘ldi. Shu tariqa teatrning yangi ijodiy mavsumiga rasman start berildi. 🎭 Tadbir yakunida tomoshabinlarga teatr repertuaridan o‘rin olgan «Donishmand Topata» spektakli namoyish etildi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

#OAV_NIGOHIDA #BOSMA_NASHR "Teatr" jurnalining 2-sonida Samarqand ixtisoslashtirilgan san'at maktabining oliy toifali o'qituv
+1
#OAV_NIGOHIDA #BOSMA_NASHR "Teatr" jurnalining 2-sonida Samarqand ixtisoslashtirilgan san'at maktabining oliy toifali o'qituvchisi, "Musiqa nazariyasi" kafedrasi mudiri Azizbek Mo‘minovning "Qalb toridan taralgan sado" sarlavhasi ostida maqolasi chop etildi. 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

#OAV_NIGOHIDA #BOSMA_NASHR "Zarafshon" gazetasining 79-sonida viloyat musiqali drama teatrining adabiy qism mudiri S. Mamanov
+1
#OAV_NIGOHIDA #BOSMA_NASHR "Zarafshon" gazetasining 79-sonida viloyat musiqali drama teatrining adabiy qism mudiri S. Mamanovaning "Teatrlarda yangi spektakllar" maqolasi chop etildi. 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

Repost from Rasmiy axborot
Bundan roppa-rosa 9 yil avval Toshkentda “Rekord osh” tadbiri tashkil etilib, o‘zbek oshi Ginness rekordlar kitobiga kiritilishiga muvaffaq bo‘lgan edi. Komil Allamjonov tarixiy tadbirdan arxiv video e’lon qilib, o‘sha kunlarni esladi:
“Jamoamiz bilan ushbu tadbirni tashkil qilganimizga roppa-rosa 9 yil bo‘libdi. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham, hayajon hamon o‘sha-o‘sha”, — deb yozdi K.Allamjonov.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Botir Tugalov
🌟SAYYOR QABUL 🇺🇿2026-yil 10-sentabr kuni soat 08:00 da Samarqand shahar 24-son Bolalar muisqa va san'at maktabida Samarqan
🌟SAYYOR QABUL 🇺🇿2026-yil 10-sentabr kuni soat 08:00 da Samarqand shahar 24-son Bolalar muisqa va san'at maktabida Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Tugalov Botir Baxromovichning sayyor qabuli o‘tkaziladi. 🔛Sayyor qabul davomida fuqarolarning madaniyat va san’at sohasi bilan bog‘liq murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi. 🖥Manzil: Samarqand shahar 24-Bolalar musiqa va san'at maktabi ➡️ Sana: 10-sentabr 2026-yil ⏰ Vaqt: 08:00 🚀Telegram 📱Instagram 😎Facebook

SAMARQAND YANGILIKLARI | VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRI 112-MAVSUMNI BOSHLADI 07.09.2026-YIL Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube

Repost from OVOZA | Rasmiy
Qo‘g‘irchoq teatri bolajonlarga o‘zining 48-mavsumini ochdi Efir: 07.09.2026 | 12:00 #Samarqand Muxbir: Maftuna Ubaydullayeva 🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE

#Tanlov ⚡️“Jonajon oʻzbek tilim” tanlovi e’lon qilindi
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ✔️ oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; ✔️ oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; ✔️ oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; ✔️ davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; ✔️ oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; ✔️ oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; ✔️ oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ❗️ Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. 📍 Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: ✔️ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); ✔️ @Jonajontilim_bot telegram boti; ✔️ Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank

Samarqand viloyati musiqali drama teatrining 112–mavsumning Joriy yilning 5- sentabr kuni Samarqand viloyat musiqali drama te
+9
Samarqand viloyati musiqali drama teatrining 112–mavsumning Joriy yilning 5- sentabr kuni  Samarqand viloyat   musiqali drama teatrining 112 yillik yubiley  mavsum ochilishi marosimi bо‘lib о‘tdi.  Ochilish marosimida tomoshabinlarni karnay-surnay va teatr simfonik orkestri sozandalari ijrosidagi kuy-qо‘shiqlar sadolari ostida qarshi olindi. Tadbir “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri, shoir va nosir, senator Farmon Toshevlar tomonidan respublikamizdagi eng keksa teatrning tarixi va istiqboli haqidagi kirish sо‘zlari bilan boshlandi. Viloyat hokimi o‘rinbosari R. Qobilov tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyor Raximov "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Sо‘ngra F. Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Behbudiy” (F. Toshev asari) spektakli  namoyish etildi. 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

# giyohvandlik 🚫 GIYOHVANDLIKKA QARSHI BIRGAMIZ! 🎭 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining ijodkorlari sog‘lom va farovon hayot tarafdori! Giyohvandlik — inson salomatligi, oilasi va kelajagiga tahdid soluvchi illat. Unga qarshi kurashish esa barchamizning umumiy vazifamiz. 💚 Sog‘lom hayot — baxtli kelajak! 🤝 Giyohvandlikka qarshi birgamiz! 📢 Bugun befarq bo‘lmaylik! O‘zimizni, yaqinlarimizni va kelajagimizni bu illatdan asraylik! Giyohvandlikka yo‘l yo‘q! Birgalikda sog‘lom jamiyatni bunyod etamiz! ✊ 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

«Mustaqillik simfoniyasi» 🇺🇿✨ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsert davomida estrada orkestri va iste’dodli xonandalar ijrosidagi go‘zal kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 🎶 Ushbu unutilmas musiqiy kecha Vatanimiz mustaqilligi, tinchligi va farovonligiga bo‘lgan ezgu tuyg‘ularni o‘zida mujassam etdi. 🇺🇿❤️ Mustaqillik — qalblarimizdagi eng go‘zal ohang!«Симфония Независимости» 🇺🇿✨ В рамках празднования 35-летия Независимости Республики Узбекистан состоялся праздничный концерт эстрадного оркестра с участием талантливых солистов. Вечер был наполнен живой музыкой, яркими выступлениями и особенной атмосферой единства и гордости за нашу Родину. 🎶🇺🇿 Музыка, которая объединяет сердца и звучит в честь Независимости! ❤️

#Fleshmob #Vatan_simfoniyasi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida aholi gavjum maskanlar va jamoat joylarida “Vatan simfoniyasi” fleshmobi tashkil etildi. Flesh­mobda Samarqand shahar 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etib, Vatanga bo‘lgan yuksak mehr va sadoqatini, ona yurtga muhabbatini musiqiy chiqishlar orqali namoyon etdilar. 🎶 Ushbu tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va faxr-iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq! Yangi hayot va yangi kelajak sari! 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

#sport 🏃‍♀️ SOG‘LOM HAYOT — SOG‘LOM JAMOADAN BOSHLANADI! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sport s
+4
#sport 🏃‍♀️ SOG‘LOM HAYOT — SOG‘LOM JAMOADAN BOSHLANADI! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari hamda Madaniyat vazirligining 277-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan xodimlar o‘rtasida sport mashg‘ulotlari tashkil etildi. 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

⚡️ Samarqand viloyatidagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyati o‘rganildi. 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

Repost from Botir Tugalov
🎭 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 48-mavsumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soha mas’ullari v
+8
🎭 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 48-mavsumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soha mas’ullari va teatr jamoasi vakillari ishtirok etib, yangi mavsumning ahamiyati, ijodiy rejalar va bolajonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Marosim yakunida qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruz Abdurayimov hamda mas’ullar bilan birgalikda ramziy lentani kesib, yangi mavsumga start berdik. Bolajonlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning quvonchiga sherik bo‘ldik. 48-mavsum muborak bo‘lsin! Yangi mavsum barchaga yangi taassurotlar va go‘zal uchrashuvlar olib kelsin! 🚀Telegram 📱Instagram 😎Facebook

⚡️ Samarqand viloyatidagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyati o‘rganildi ✅ Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/
+3
⚡️ Samarqand viloyatidagi madaniyat va san’at muassasalari faoliyati o‘rganildiBatafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/215119  Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank