en
Feedback
Mardon Sabaraliyev

Mardon Sabaraliyev

Open in Telegram

Maqsadimiz mohiyatlarni anglash, ma'lumotlar qutisiga aylanish emas.

Show more
2 363
Subscribers
+124 hours
-157 days
-6430 days
Posts Archive
photo content

📈 I am launching two new groups as of next week! 1. IELTS Senior. A standard 4-month long IELTS group. Time: 10:00-12:00, Mon/Wed/Fri 2. IELTS Practice. A month-long practice group for those looking to sit their IELTS exam in the mid/late October Time: 10:00-12:00/ Tues/Thurs/Sat Contact @cullensschooladmin for more details

Menga kitob o'qish yoqadi. Ko'p kitob sotib olaman. Lekin, bazi kitoblarni o'qishni boshlab, keyin ketgan vaqtimga afsuslanaman. Ko'pchilik kitoblar faqatgina 5 daqiqada tushunsa bo'ladigan fikr atrofida yozilgan, lekin nashriyot talablariga javob berish uchun sun'iy ravishda shishirilgan. Lekin bazi kitoblar bor. Ularni o'qiyotganingizda tugashini hohlamaysiz. Tugatib qo'yganingizga hafa bo'lasiz. Har oy qayta o'qishni hohlaysiz. Yaqinda Navaldan bu masalada bir iqtibos eshitib qoldim. Uning aytishicha, inson hamma kitoblarini o'qishi emas, o'zi uchun eng kerakli 50 ta kitobni topishi va faqat shularni yaxshilab o'rganishi va ularga amal qilishi yetarli. Menimcha juda to'g'ri fikr. Shuni o'zimda sinab ko'rmoqchidan. Yani, o'zim uchun eng kerakli 50 dona kitobni topmoqchiman. Ularning ro'yhatini kanalimda bo'lishib boraman. PS. Bu 50 dona kitoblarning ichiga hammamiz o'qishimiz shart bo'lgan kitoblar kirmaydi. Bu 50 ta kitob, qo'shimcha vazifasini bajaradi holos.

Qarzdor bo'lishni to'xtatish kerak. Qarzor bo'lish faqatgina pul qarz olish orqali bo'lmaydi. Biz har safar kimnidir haqqiga qanday usul bilan bolsa ham hiyonat qilsak, biz o'sha insondan qarzdor bo'lamiz. Masalan, kimnidir g'iybat qilsak, yoki kimnidir obro'sizlantirsak biz u insondan qarzdor bo'lib qolamiz. Qarz uzish uchun uning siz poymol qilgan haqqini to'ldirish va shaxsan o'zidan kechirim so'rab, rozilik olish talab qilinadi. End o'ylab koraylik. Bugun qancha qarzga botdik? Shu haftadachi? Shu oydachi?... Eng katta hasrat- bu qarzlarning qiyomatga qolib ketishi.

Bite-sized reading tasks : @dailyieltsreading Bite-sized listening tasks: @dailyieltslistening Both of these channels are run by me. They provide exercises which help you to effortlessly boost your reading and listening comprehension

Repost from Foydali Moliya
❗️ SUKUT SAQLASH FOYDALI BOʻLADIGAN HOLATLAR Pullaringiz haqida sukut saqlang: Boyligingiz haqida hamma bilishi shart emas. K
❗️ SUKUT SAQLASH FOYDALI BOʻLADIGAN HOLATLAR
Pullaringiz haqida sukut saqlang:
Boyligingiz haqida hamma bilishi shart emas. Ko‘z tegadi, hasad uyg‘onadi, ortiqcha e’tibor esa xotirjamligingizni buzishi mumkin.
Baxtingiz haqida sukut saqlang:
Shaxsiy hayotingiz haqida hamma bilishi shart emas. Har kim ham baxtingizni chin dildan qabul qilavermaydi.
Uy yoki mashina olayotganda sukut saqlang:
Kerakli mutaxassislardan tashqari boshqalar bu rejangizni ham bilmagani maʼqul. Ortiqcha savollar, maslahatlar va aralashuvlar sizni chalg‘itadi.
Yangi ish boshlashda sukut saqlang:
Hali ish boshlamasdan turib hammaga aytib yurish shart emas. Avval natijani ko‘rsating, keyin xabar bering.
Halovat istasangiz, sukut saqlang:
Har bir gapga javob berish, har bir fikrga aralashish shart emas. Eng yaxshi gap — aytilmagan gapdir. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling

Muallif: Aziz Rahimov
Muallif: Aziz Rahimov

Bugungi kundagi eng katta epidemiya bu COVID emas. Eng katta illat bu mas’uliyat olishni hohlamaslik. Yani, mas’uliyat hissi bor odamlarning biror mas’uliyatli ishni zimmalariga olishni hohlamasliklari. “Tinch” yashashni hohlash. Ko’p uxlashni hohlash. Boshqalar uchun xizmat qilishni hohlamaslik. Tassavur qiling agar hamma shunday yashasa dunyo qanday holga keladi.

photo content

Moliyaviy savodxonlik Ko‘p sohalarga qiziqaman. Lekin ba’zi sohalarga kelganda, chinakamiga yonaman. Masalan, moliyaviy savodxonlik. Bu soha bo‘yicha deyarli 10 yildan beri izlanaman. Allohning izni bilan yaxshi natijalarga erishdim, deb ayta olaman. Yaqindan beri o‘qish va tajriba orqali o‘rganganlarimni atrofimdagilar bilan bo‘lishishni boshladim. Ularda ham ijobiy o‘zgarishlar sezila boshladi. Endi esa bu bilimlarni yanada ko‘proq insonlar bilan bo‘lishmoqchiman. Shu maqsadda moliyaviy savodxonlik mavzusida Telegram (o‘zbek tilida) va Substack (ingliz tilida) platformalarida blog yuritishni boshladim. Maqsadimiz — zakot berishga qodir insonlar sonini ko‘paytirish va xalqimizning moliyaviy savodxonligini oshirish. Telegram: @milliyinvestor Substack:https://substack.com/@financewithali

Ilm - bu bir chelak lego bo'laklari. Hikmat-bu o'sha lego bo'laklarining eng keraklilarini kerakli joy o'rinda ishlatib, masalan, chiroyli uycha yoki boshqa go'zal buyumlar yasash. Lego bo'laklarining ko'p bo'lgani yaxshi, lekin ulardan biror narsa yasashni eplay olinmasa, ular ortiqcha yuk bo'ladi va ortiqcha joy egallaydi holos.

Farosat bo'lish aslida unchalik qiyin ish emas. Bor yo'g'i bu dunyoda sizdan boshqa odamlar ham borligini, ular ham siz hohlaydigan narsalarni hohlashini ongli ravishda tushunsangiz bo'ldi.

3D fikrlash G‘arb davlatlaridan kirib kelgan g‘oyalardan biri — doim boy va muvaffaqiyatli odamlar bilan birga bo‘lishga harakat qilish. Go‘yoki ularning boyligi sizga ham "yuqadi". Bu yomon qarash emas, agar maqsadingiz faqat boy bo‘lish bo‘lsa. Lekin bu qarash menga 2D tuyuladi. U boy odamlarning e’tiqodi, taqvosi, odobi, ilmi, boylikni qayerdan topgani va uni qayerga sarflashi-chi? Menimcha, biz atrofimizga bizdan taqvoda, ilmda, odobda, sabrda, sahiylikda va hikmatda ustunroq bo‘lgan odamlarni yig‘ishimiz kerak. Bu odamlar albatta boy bo‘lishi shart emas. Boy bo‘lsa, yanada yaxshi.

“Uzoq vaqt menga hayot hademay boshlanadigandek tuyulardi - chinakam hayot. Biroq yo’limda hamisha bir to’siq turardi: avval yengib o’tishim kerak bir narsa, chala qolgan bir ish, hali o’tashim lozim bir muddat, uzishim kerak bir qarz. Mana shulardan keyin hayotim boshlanardi, go’yo. Nihoyat anglab yetdim: aslida shu to’siqlarning o’zi - mening hayotim ekan.” - Alfred d’Souza

photo content

Look at a scenario of a parent scolding at their kid from two different angles. From the child’s perspective, it is a nightmare. The parent is ( like always) making a big fuss of seemingly a trivial item. Pretty annoying. They hate it. But the picture from the angle of a parent is rather different. The parent is experiencing a cocktail of anger, love, concern for the behavior of their kid, pain for scolding at the apple of their eye, remorse for having to go to this far all at the same time. This is something that one can only feel by experiencing it first-hand. Having experienced this, now we can revisit all of our childhood “nightmares” of being yelled at or beaten for misbehavior. Now, we can feel for the pain of our parents at the time.

The greatest skill you can learn is to stay in a good mood when there are a hundred reasons not to. Anyone can be at peace when life is easy, but the real work is choosing your state of mind when everything around you is giving you permission to fall apart.