RealSoft
Open in Telegram
O‘zbekistondagi yetakchi IT kompaniyalardan biri RealSoft kompaniyasining rasmiy telegram kanali. Website: https://realsoft.uz Instagram: https://urls.uz/Mh3yMYY YouTube: https://urls.uz/eVbYmMt Koll-markaz: 71 205 84 84
Show more988
Subscribers
No data24 hours
-37 days
+1230 days
Posts Archive
988
1 Oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Ushbu kun munosabati bilan 😁 RealSoft kompaniyasi yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etadi!
Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, tog‘dek sabringiz, metin irodangiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
⚡️ Joriy yilning 27-28-sentabr kunlari Tojikistonning Xo‘jand shahrida "Xodimlarni boshqarish - asosiy HR jarayonlari" mavzusida II xalqaro biznes forum bo‘lib o‘tdi. Forumda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning HR sohasidagi yetakchi kompaniyalari ishtirok etishdi.
🌟 "RealSoft" kompaniyasi vakillari ham mazkur forumda ishtirok etib, o‘zining innovatsion loyihalari va platformalarini taqdim etdi. Ushbu forum bizga yangi hamkorlik eshiklarini ochib, global miqyosda HR jarayonlarini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
+2
🚀 RealSoft’ning innovatsion yechimlarini yaratgan insonlar!
Bizning menejerlar, bosh direktor va loyihalar boshqaruvchilari IT yechimlarimizning muvaffaqiyatli va sifatli amalga oshirilishida asosiy rol o‘ynaydilar. Ularning tajribasi va sadoqati har safar mijozlarimizga eng yaxshi xizmatni taqdim etishimizni ta’minlaydi.
🏆 Innovatsiya - bu jarayon. Jarayondan zavqlanib yangi marralarni zabt etishdan aslo to‘xtamaymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
Repost from N/a
🎓 Ekspert bilan yangi imkoniyatlarni kashf eting!
Ekspert - bu yetakchi mutaxassislardan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning eng samarali usuli. Karyerangizni yuksaltiring yoki yangi bilimlar orttiring:
✅ Ko‘plab yo‘nalishlar - IT, biznes va boshqalar
✅ Tajribali ustozlar - Eng yaxshilardan ta’lim oling
✅ Qulaylik - Xohlagan joyda, xohlagan vaqtda o‘rganing
✅ Sertifikatlar - Malakangizni tasdiqlang
Salohiyatingizni oshiring va bugunoq boshlang!
🔗 expert.uz
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook
988
💬 ICT Week Uzbekistan 2024 doirasida soha yetakchilari bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdik!
Biz ishtirokchilardan ushbu tadbirga kelishlarining asosiy sabablarini, ularni hayratga solgan innovatsiyalar va yechimlar haqida so‘radik. Shuningdek, O‘zbekiston IT sohasining jahon bozorida qanday raqobatbardosh bo‘lishi mumkinligi haqida qiziqarli fikrlarni ham o‘rganib oldik.
📊 O‘zbekistondagi IT ekotizimining global miqyosda rivojlanishiga qanday hissa qo‘shishimiz mumkinligi haqidagi qiziqarli va foydali intervyuni tomosha qiling!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
+2
⭐️ Toshkent viloyatidagi eng faol hokim yordamchilari taqdirlandi!
Joriy yilning ikkinchi chorak yakuni bo’yicha Toshkent viloyatidagi 1 ming 25 ta mahalla fuqarolari yig’inlaridagi hokim yordamchilari eng muhim samaradorlik ko’rsatkichlari (KPI) bo’yicha taqdirlandilar. Ushbu ko’rsatkichlar “RealSoft” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “OnlineMahalla” tizimi orqali 100 ballik mezon bo’yicha avtomatik ravishda baholandi.
⚡️ Nurafshon shahrida tashkil etilgan tadbirda hokim yordamchilariga Toshkent viloyati hokimining faxriy yorliq va mukofotlari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
🇺🇿 O‘zbekistonning axborot texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri “ICT Week Uzbekistan” bo’lib o’tmoqda.
📈 Tadbirni o'tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda IT xizmatlari eksportini oshirish, soha vakillari bilan o'zaro tajriba almashish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari hamda IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini namoyish etishdan iborat.
⭐️ Mazkur yirik xalqaro IT haftaligida RealSoft kompaniyasi ham o’zining xizmat va mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
+4

+3
🎉 23 yil davomida shakllangan RealSoft jamoasi!
💡IT olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan RealSoft kompaniyasi g‘oyalarni birlashtirish orqali platforma va tizimlar yaratib kelmoqda.
🏢 Hozirda kompaniyamizda jami 300 dan ortiq dasturchi, dizayner va menejerlar faoliyat yuritishadi. Bosh ofisda esa 200 dan ortiq xodim samarali mehnat qilmoqda.
🤝 Kompaniyamizdagi do‘stona muhit bizni jamoa sifatida birlashtiradi.
🏆 Innovatsiya - bu jarayon. Jarayondan zavqlanib yangi marralarni zabt etishdan aslo to‘xtamaymiz.
🚀 Chunki biz hali yo‘lning boshidamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
⭐️ RealSoft kompaniyasida biz sizning biznesingizning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus dasturiy yechimlarni yaratishga ixtisoslashganmiz.
📈 ERP va CRM tizimlaridan tortib mobil ilovalargacha bo‘lgan dasturiy yechimlarimiz korxonangizga samaradorlikni oshirish, unumdorlikni kuchaytirish va o‘sishni tezlashtirish imkonini beradi.
🚀 Innovatsiyalarga tayyormisiz? Biznesingizni birgalikda o'zgartirish uchun hamkorlik qilaylik.
____
⭐️ В компании RealSoft мы специализируемся на создании индивидуальных программных решений, разработанных с учетом уникальных потребностей вашего бизнеса.
📈 От систем ERP и CRM до мобильных приложений – наши решения помогают бизнесу повысить эффективность, увеличить производительность и ускорить рост.
🚀 Готовы к инновациям? Давайте объединим усилия, чтобы трансформировать ваш бизнес.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
📚 Raqamli ta’limning yangi bosqichi! "Raqamli maktab" platformasi maktablardagi davomat, o‘quv jarayonlari va tarbiyaviy ishlardagi samaradorlikni oshirishga qaratilgan zamonaviy yechimlarni taqdim etadi.
Ushbu texnologiya yordamida maktablar nazorati kuchaytiriladi, o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoni sifatli va samarali bo‘ladi.
🌐 Yangiliklarni biz bilan kuzating!
____
📚 Новый этап в цифровом образовании! Платформа "Raqamli maktab" предлагает современные решения для повышения эффективности посещаемости, учебного процесса и воспитательной работы в школах.
Благодаря этой технологии контроль в школах усиливается, а учебный процесс для учащихся становится более качественным и продуктивным.
🌐 Следите за нашими новостями!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
Repost from N/a
+3
🚀 Smart Office jamoasi bilan tanishing!
Bizning jamoamiz Smart Office orqali biznes jarayonlaringizni soddalashtirishga yordam beradi.
To'liq ma’lumotni smart-office.uz saytidan bilib oling.
988
Repost from N/a
📄 Hujjatlarni boshqarish hech qachon bunchalik oson bo‘lmagan!
Bizning universal yechimimiz biznesga muhim hujjatlarni xavfsiz saqlash, tartibga solish va osonlik bilan almashish imkonini beradi.
Hujjatlarni boshqarish yondashuvini o‘zgartirish orqali vaqtni tejang va samaradorlikni oshiring.
___
📄 Управление документами еще никогда не было таким простым!
Наше универсальное решение позволяет бизнесу безопасно хранить, организовывать и делиться важными документами с легкостью.
Сэкономьте время и повысте эффективность, трансформируя подход к управлению документами.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook
988
🇺🇿 1-sentyabr — O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni!
Barcha yurtdoshlarimizni erkin va farovon hayot qurish yo'lini ochib bergan O'zbekiston Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklaymiz!
Mamlakatimizdagi axborot texnologiyalari taraqqiyoti va yuksalishi yo’lida RealSoft kompaniyasi jamoasi bundan keyin ham IT sohasi uchun hissa qo‘shishda davom etadi.
“Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”. Faqat birlashsak, ko‘zlangan marraga yetamiz, faqat bir bo‘lsak, maqsadlarimiz ro‘yobini ko‘ramiz! Shunday qutlug’ kunda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
#products
🧮 Buxgalteriya hisobini yuritish uchun innovatsion yechim qidiryapsizmi?
⚡ Sizga Keeping.uz tizimini tavsiya qilamiz!
🔥 Keeping.uz axborot tizimi bilan buxgalteriya hisobini yuritish endi oson va qulay!
💵 keeping.uz
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
#products
🎉 Biznes portal platformasida buxgalteriya hisobini oson va samarali yuritish maqsadida buxgalteriya bo’limi joriy qilindi.
⚡️ Unda hujjatlar va hisobotlar avtomatlashtirilgan tarzda shakllanadi. Bu esa hujjatlarning o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlab, ish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.
💻 biznes-portal.uz
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
988
Repost from TATU | Rasmiy kanali
+5
#FGCH #musobaqa #TATU
Ajoyib g‘alaba!!!
🎉 Bugun 13-avgust kuni Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi Almata shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining yarim finalida ishtirok etib qaytishdi. Bunda BAA va Qozoqiston terma jamoalarini ortda qoldirib g‘alaba bilan qaytishdi hamda Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
✅ O‘zbekiston terma jamoasiga 2024-yil 26-29-sentyabr kunlarida Gretsiyada bo‘lib o’tadigan musobaqada omad tilab qolamiz.
Terma jamoaning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, TATU, IT park rezidentlari Realsoft, Robotics Lab korxonalari hamda terma jamoa ustozlari yaqindan yordam berib kelmoqda.
👥 Terma jamoalarga universitetimizning TUIT FIRST GLOBAL laboratoriyasida Zarif Qodirov, Adizbek Ergashev va Temur Rajabovlar murabbiylik qilmoqda.
✈️@tuituz_official
988
+6
Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi RealSoft kompaniyasiga tashrif buyurdi.
Tojikiston Respublikasi Hukumati qoshidagi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya a'zolari RealSoft kompaniyasida bo'ldi.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad O’zbekistonda atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayonida raqamli texnologiyalarni qo’llash amaliyoti bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Tojikistonlik mutaxassislar RealSoft tomonidan ishlab chiqilgan “Yashil olam”, “Yashil to’lov” va “Eco-service” tizimlari faoliyatiga qiziqish bildirishdi. Kelgusida ekologik sohada tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tojikiston delegatsiyasining tashrifi O‘zbekistonning ekologik ekspertiza borasidagi tajribasini o‘rganish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn