cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xushnudbek's blog)

Ilm yoʻlida birgamiz! Instagram: http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi

Show more
Advertising posts
1 352
Subscribers
-124 hours
-207 days
+7930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🤩 Ajoyib yangilik! 😊 Mutolaa loyihasi doirasida Fyodor Dostoyevskiyning “Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar” asari ilk bor audiolashtirildi. ⚡️ Dostoyevskiyning eng yirik asarlaridan biri boʻlgan ushbu asar rus podsholarining poytaxti boʻlgan Peterburg shahrining eng qashshoq, baxtsiz fuqarolari hayotini tasvirlaydi, ularning oliyjanobligini, zolim knyaz Valkovskiy kabi katta yer egalarining berahm, ochkoʻzligini chuqur badiiy vositalar bilan ko‘rsatadi. 📱Asarni “Mutolaa” ilovamiz orqali tinglashingiz hamda mutolaa qilishingiz mumkin: • Play Market / App Store Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzi odatda koʻp detektiv asar oʻqimayman. Lekin shu kitob qoʻlimga tushib qolgach, qiziqib oʻqishni boshladim. Haqiqatdan ham zavqli, hayajonga soladigan roman ekan. Qiziqib ketganimdan bir oʻtirishda ancha oʻqib qoʻyibman. Oʻqib boʻlgach kitob haqida batafsil yozaman.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Vaqti-vaqti bilan ahmoqlarga ham quloq sol, arzirli gap chiqib qolishi mumkin. Lekin hech qachon ular bilan bahslashma." Bugun shu fikr toʻgʻri ekaniga yana bir marta amin boʻldim. Zudlik bilan shu kitobni oʻqib kelishim kerak sheklli🙄) T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
19.05.24. Buxoroda oʻtkazilgan kitobxonlar uchrashuvidan esdalik) T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Show all...
Buxorolik kitobxonlar diqqatiga! Facebookdagi "Kitobxonlar davrasi" dan xabaringiz bordir. Ana shu guruh Buxoroga tashrif buyurmoqda. Shu munosabat bilan barchangizni 19-may, 11:00 da Buxoro shahridagi Yoshlar ittifoqi binosida kutamiz. Butun Respublikadan tashrif buyurayotgan kitobxonlar, siz tanigan bookblogerlar, xullas barcha shu yerda boʻladi. Kitoblar haqidagi qiziqarli uchrashuvni oʻtkazib yubormang. Chunki, viloyatlarda bunday tadbirlar kamdan-kam boʻladi. T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun oʻzbek xalqining buyuk shoirasi, Oʻzbekiston Xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tugʻilgan kun! *** Ko‘rdim qishloq, go‘zal shaharlar ko‘rdim, Ohorlari ketib borar, bilmaslar. Jamalaksoch pari-paykarlar ko‘rdim, Bahorlari ketib borar, bilmaslar. Tugmak bo‘lsa yetmas belbog‘ uchlari, Dunyo molin mahkam tishlar tishlari - Bog‘larining shirinzabon qushlari - Olqorlari ketib borar, bilmaslar. Otlari-ya, qorabayir otlari Gijinglaydi, deb o‘ylasam, dodladi. Yoli bo‘ron bo‘lganligin yodladi - Shunqorlari ketib borar, bilmaslar. Kuzatib bu dunyoning o‘r-qirini, Bilmay qoldim kelmak, ketmak sirini. Yolg‘on yorlar yalashib bir-birini, Chin yorlari ketib borar, bilmaslar. Charsillagan bir o‘t yonar ichimda, Men she’r aytsam, aytmadim til uchinda. Bu talato‘p, quv-quv, chop-chop ichinda, Halima ham o‘tib borar, bilmaslar. ✍Halima Xudoyberdiyeva
Show all...
​​​​#book_review ✅ "Mindset: The new psychology of success" by Carol S.Dweck It’s not always the people who start out the smartest who end up the smartest. (My favourite quote in this book) Ushbu kitob Amerikalik mashhur psixolog Carol Susan Dweck tomonidan yozilgan boʻlib, muvaffaqiyatga erishishda inson ongi va fikrlashining, maqsadga erishish yoʻlida unga qanday yondashishning ahamiyatini tushuntirib beradi. Jumladan, muallif muvaffaqiyat faqat bizning qobiliyatimiz va tugʻma isteʼdodimizga emas, balki oldimizga qoʻygan maqsadimizga nisbatan qanday munosabat bildirayotganimizga bogʻliq ekanligiga urgʻu beradi. Susanning fikricha, odamlar ikki toifaga boʻlinadi: 1) "fixed mindset" ga ega odamlar. Bunday odamlar tugʻma isteʼdodni hamma narsadan ustun qoʻyishadi. Ularning fikricha, biror sohaga tugʻma qobiliyati boʻlmagan odam bu sohadan ketishi kerak. Chunki, hech qanday harakat bu odamga yordam bera olmaydi. Bunday toifadagi odamlar qiyinchilik va sinovlardan qochishadi, oʻzlariga ishonishmaydi, tez taslim boʻlishadi, nimanidir oʻrganishga emas, balki oʻzlarining aqlli ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi. 2) "growth mindset" ga ega odamlar. Ularning fikricha, har qanday sohaga boʻlgan isteʼdodni tinimsiz mehnat va oʻz ustida ishlash orqali shakllantirish mumkin. Bunday insonlar qiyinchilik va toʻsiqlardan choʻchishmaydi, har doim tavakkul qilishadi, yangi sohalarni sinab koʻrishadi, xatolardan ham nimanidir oʻrganishadi va eng muhimi hech qachon hech kimga oʻzlarini isbotlashga harakat qilishmaydi. Kitob 8 ta chapterdan iborat boʻlib, ularning har birida yuqoridagi ikki yondashuvning sport, biznes, oila, munosabatlar, farzand tarbiyasi va boshqa sohalarda qanday ahamiyatga egaligi hayotiy misollar, tajriba va usullar orqali batafsil tushuntirib berilgan. Ayniqsa, eng oxirgi boʻlim foydali boʻlib, unda "dunyoqarashni qanday oʻzgartirish mumkin?", muallif tilidan aytganda: "how we can change our mindset from fixed to growth?" degan savolga javob topasiz. Umaman olganda inson psixologiyasi va xulq-atvoriga befarq boʻlmaganlar hamda shaxsiy rivojlanishga oid yaxshi kitob izlab yurganlar oʻqishi kerak boʻlgan kitob. Tavsiya qilaman. P.S: 2024-yilda oʻqilgan 12-kitob) T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Show all...

Photo unavailableShow in Telegram
Mirmuhsinning "Ilon oʻchi" nomli romani Zabarjad mediadan sotuvga chiqibdi. Mirmuhsinning bir qancha kitoblarini oʻqigan kitobxon sifatida aytishim mumkinki, bu romani ham oʻqishga arzigulik. #new_book
Show all...
You were born to live, to be happy, to enjoy the life you were given. You were not born to be perfect. T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Grey's anatomy" ni yashin tezligida koʻrib tugatgach, "The Good doctor" ni koʻrishni boshladim. This is a very interesting TV series. I recommend it to all of you, guys. T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Show all...