en
Feedback
Bobosher's blog | #FreePalestine

Bobosher's blog | #FreePalestine

Open in Telegram

A software engineer's thoughts, ideas and opinions. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov Engineering notes: @BoboshersNotes

Show more
317
Subscribers
+124 hours
-27 days
+1130 days
Posts Archive
Watch "Can a New Law of Physics Explain a Black Hole Paradox?" on YouTube https://youtu.be/yLOHdW7dLug

Kar bo'l, ko'r bo'l, tishla til, Boshga balo keltirma. Gapirganga o'n besh yil, Eshitganga yigirma. © Erkin Vohidov

Hikaru klassik o'yinda yutib oxirgi turda g'alabani ilib ketdi. Fabiano butun turnir davomida juda kuchli o'ynadi. Oxirgi o'yinda bittagina noto'g'ri yurish va hammasi tamom.

Hikaru Norway Chess oxirgi turida, hal qiluvchi o'yinda, kamiga turnir peshqadami Fabianoga qarshi fried liver attack o'ynayapti. Clown😂

Ertalabdan beri Uzmobile mobil internet menda juda past ishlayapti. Muammo providerdami yo telefonimda bilmayman. Supportga telefon ham qilmadim, baribir yordam berishmaydi (shu vaqtgacha birorta foydali javob ololmaganman).

Self-study orqali rivojlanishning iloji yo'q deyotganlar mening qahramonim. Sizlar bekorchi o'tirganda bizda rivojlanishga ko'proq vaqt bo'layapti ))

Meme of the day
Meme of the day

Matematik savol: Guruhdagi 23 kishining ichida tug'ilgan kuni bir xil bo'lgan (faqat oy va kun, yil bir xil bo'lishi shart emas) 2 kishi topilishi ehtimoli qancha?

Fizik do'stim: — Nima qiziganida muzlaydi? Men: — Komputer

"We live in a time where intelligent people are silenced so that stupid people won't get offended"

Bir gap aytaymi? 6 oydan keyin yana qish keladi. Yana sovuq bo'ladi, qor yog'adi. Hozir isitish tizimlarini ta'mirlashning ayni vaqti. Qor yog'ib butun xalq svet-gazsiz o'tirganida bezrayib "qishni kutmagandik", "bilmay qoldik" deb munosabat beradiganlarga shunchaki eslatib qo'yayapman.

Bugun maktabni bitirayotganlarga maslahat: hayotda hammaning ham maslahatiga amal qilavermanglar.

Yaqinda universitetda bir ish bilan prorektorimiz Bahodir akaning xonasiga borgandim. Meetingda ekan, boshqa vaqt kelaman degandim, lekin ertasiga ishim hal bo'ldi. Qaytib bormaganim uchun bugun Bahodir akaning o'zi ishim hal bo'lganini so'rab darsimga kelibdi. Respect. P.S. Agar academic staff o'zgarmasa va "tepadagilar"ning rejasi o'zgarib qolmasa keyingi 3-4 yilda universitet yaxshi potensial yig'a olsa kerak.

"My queen identifies as a pawn" – they said.
"My queen identifies as a pawn" – they said.

UKda dasturchi bo'lib ishlaydigan bir do'stim bilan bo'lgan voqea esimga tushdi. Qisqasi, USdagi serverlar bilan ma'lumot almashadigan yangi serviceda date format chalkash yozilgan. Oyning boshi bo'lgani uchun testlar yaxshi o'tgan, change approve bo'lgan. Oyning 13-sanasiga borib "yaxshi ishlab turgan" feature error berishni boshlagan.

Repost from Nuruddin Blogs
Amerikada ko’p o’lchash tizimlari boshqacha ekanligidan xabaringiz bo’lsa kerak, masalan km - mil, kg - lb/pound, cm - feet/i
Amerikada ko’p o’lchash tizimlari boshqacha ekanligidan xabaringiz bo’lsa kerak, masalan km - mil, kg - lb/pound, cm - feet/inch. Balki siz kamroq eshitgan yana bir narsalardan biri bu sanalardir. Bugun buni ko’rib oxo 6-yanvargacha bo’lgan ekan deb turgandim esimga tushib ketdi, 1-iyungacha ekanligi. Yani bu yerda birinchi oy, keyin kun yozilgan. Yana bir o’ziga xos narsalardan biri bu kalendarda xafta Sunday yani yakshanbadan boshlanishi. Ba’zida buyam odamni chalg’itadi. Xullas, amerikaning o’ziga xos tomonlari ko’p. @nuruddinblogs

Biz dasturlashda "master-slave", "motherboard"ga o'xshash "haqoratli" so'zlarni ishlatgan oxirgi avlod bo'lib qolsak kerak. P.S. Idea: "Process killing"ni ham almashtiringlar endi.

Ko'z oldimda avariya bo'ldi. Eng qizig'i, hali 20 sekund o'tmasidan turib yonimda qarab turgan odam yosh bola bilan peshexodsiz yo'lni to'g'ri kesib o'tayapti. Odam bo'lmaymiz. Farzandlarni ham shunday tarbiya qilamiz.

Anaqqisa, Formula 1 Youtube kanalida 2005-yilgi San Marino GP berilayapti: https://www.youtube.com/watch?v=bflJGN9YByM