Bobosher's blog | #FreePalestine
Open in Telegram
A software engineer's thoughts, ideas and opinions. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov Engineering notes: @BoboshersNotes
Show more317
Subscribers
+124 hours
-27 days
+1130 days
Posts Archive
Anaqa, yaxshi dasturchi bo'lish uchun matematika kerak emas deydiganlar ham mening qahramonim ekan ))
2-3 hafta oldin Isroilning yonini olib turgan ba'zi davlatlar ham bugun unga qarshi chiqayapti. Bu yoqda bo'lsa Saudiya Isroilga otilgan raketalarni urib tushirayapti.
"Chernobil tavallosi"dan. Butun hududdagi hamma hayvonlar o'lgani va otib o'ldirilgani butun fojeaning eng "yengil" asoratlaridan biri bo'lgan ekan.
Yozda mediaga ancha addiktiv bo'lib qolibman, sezilayapti. O'qish ham ish ham yo'qligi sabab kitob/maqola o'qish kamaygan. Focus span ancha tushib ketgan. Engineering Notesda tuzukroq post yozishga ham "qo'lim kelishmay" qoldi.
Yaqinda sohaga va shaxsiy rivojlanishga oid kitoblardan tashqari badiiy kitob o'qishni ham boshladim (o'ylab qarasam, yil boshidan beri bittagina badiiy asar o'qigan ekanman, sharmanda). Abituriyent vaqtimdagi badiiy asardan zavq olish hissi esimdan chiqay degan ekan. Har kuni metroda o'tadigan 1 soatimni sarflashga yaxshi variant topildi. Ayniqsa, o'qish/ishdan charchab qaytayotganda dam olishga foydasi tegayapti. Hozircha aynan qaysi asar ekanini ayta olmayman, lekin 19-asrdagi Angliya hayoti yaxshi tasvirlangan.
"Coffee nerd" bo'lmoq istaydur bu ko'ngil 😮💨
Cho'ntak ko'tarmas lekil
"Germaniya bizdan 50 yil oldinda" emish. Tavba, oxirgi marta borganimda hali 3 soat orqada edi. Katta shaharlarda vaqt tez o'tadi deb shuni aytishsa kerak.
Repost from Vaqt.uz | Rasmiy
Турк телевиденияси орқали Ғазо секторидан келган фаластинлик интервью берди:
"Мусулмон давлатларига айтинг, биз учун жаноза намози ўқимасин. Биз тирикмиз, ўлган сизсиз".
👉 @Geosiyosatuz
G'azoga avvalroq oziq-ovqat, suv, endi telefon va internet ham uzilibdi. Xohlagan ishini qilib, xohlagancha cho'pchak to'qishadi. Alloh Falastin xalqiga kuch-quvvat va matonat bersin. Duodamiz. Boshqasi qo'limizdan kelmaydi.
Ko'rasan, o'qiysan, eshitasan, lekin yordam bera olmaysan. Alam qiladi. O'zi kifoya qilsin.
Ko'p joylarda duo qilishibdi. Duolar qabul bo'lsin. Mulla Qosimjon domla masjidida hatto yashirib ham bir og'iz bu haqida gapirilmadi.
Falastinliklar haqqiga bir og'izgina duo qilinar deb oxirigacha kutdim. Yo'q, lekin "tepa"ning qon-qarindoshigacha duo qilish esdan chiqmadi. Nomardlar. Ikkiyuzlamachilar.
Oxirgi 1-2 oydagi voqealardan keyin juma ma'ruzalariga shoshilib erta borishga ham hojat qolmadimikan deb o'ylab qoldim. Hijobni Arabning milliy kiyimi desa, zionistlar o'ldirgan minglab musulmon haqida churq etib og'iz ochmay, lekin har juma "tepa"ning oyog'ini yalab duo qilsa, ummatni birlashtirish o'rniga mahzablarni bir-biriga qayrasa, ... . Bilmadim. Harna o'z-o'zidan imom bo'lib qolishmagandir.
Call of Duty Infinite Warfare o'yinida Lewis Hamilton bor ekan.
Asterix va Obelix kinosida Schumacherni ko'rganimdayam buncha kulmagandim ))
