Bobosher's blog | #FreePalestine
Open in Telegram
A software engineer's thoughts, ideas and opinions. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov Engineering notes: @BoboshersNotes
Show more317
Subscribers
+124 hours
-27 days
+1130 days
Posts Archive
Bugun avtobusda bir yigit AQSH shtatlari nomlari va kartadagi joylashuvini yodlab ketayotgan ekan. Qiziqib bu nega kerakligini so'rab ko'rdim. Green card chiqdi, yaqind Amerikaga ketaman deydi...
Jilagim keldi.
Ko'chadagi reklama ekranlarida "Welcome to Uzbekistan, Charles Leclerc" degan yozuv ko'rib qoldim. Nimanidir o'tkazib yubordimmi?
Kuchlilar doim ojizlarni uradi. Agar men buning uchun kuchlini jazolasam, u ojizga aylanadi. Meni esa kuchli ekan deyishadi. Ko'rdingmi, baribir hech narsa o'zgarmaydi.
"Asteriks va Obeliks" filmidan.
I never fear death or dyin'
I only fear never tryin'
I am whatever I am
Only God can judge me now...
Agar miyamiz biz tushunadigan darajada sodda bo'lganida intellektimiz ham uni tushunmaydigan darajada past bo'lardi.
– Emerson M. Pugh
O'zbekistonda normani 250 mkg/m3 qilib qo'ysak bo'ldi, olam guliston.
Toshkentni yana qalin tumandek chang qoplagan. Yoshligimda televizorda Xitoy yoki Hindistonda shunday chang havoni ko'rsatishsa bular qanday yashar ekan deb o'ylardim. Mana, o'rganib ham qoldik.
P.S. Daraxtlar o'rniga qurilgan birbalo citylarning derazasidan changni tomosha qilish mazza bo'lsa kerak.
Falon so'mga kitob sotib olasan. 1 haftada o'qib bo'lib, keyin o'zining narxiga (yoki 1-2 so'm arzonga) sotib yuborasan. Bu (deyarli) tekinga kitob o'qishning ta'qiqlanmagan usuli. Hammasi normal, hammasi qonuniy. Lekin nimadir noto'g'ri.
Bugun biroz vaqt ajratib telegramdagi o'zbek tilidagi biror texnologiyaga oid communitylardagi savollarga qarab chiqdim. Aksariyat savollarda umuman ma'no yo'q. Savol yozgan odam nima qilayotganini o'zi ham bilmaydi. Aksariyat savollar matni shu darajada didsizlik bilan yozilgan-ki, o'qiging kelmaydi.
Bu bilan kimningdir ustidan kulmoqchi emasman. Aytmoqchi bo'lganim, ko'pchilik aytayotgan "O'zbekistonda dasturchilar ko'payib ketdi" dagan gapga qo'shilmayman. Dasturchilar haliyam juda kam. Qolgani yaxshi dasturchi bo'lishni hatto xohlamaydigan* yigit-qizlar. Xuddi oliy ta'limdagidek: Talabalar soni bir necha baravar ko'paygan bo'lsa ham sifatli kadrlar soni juda oshib ketgani yo'q. Shunchaki diplomi borlar ko'paydi.
Alohida holatda bir elementining xususiyatlarini oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan millionlab elementlardan iborat sistema kollektiv tarzda ishlaganida juda sodda va oldindan taxmin qilsa bo'ladigan xarakteristika ko'rsatishi bu shunchaki mo'jiza. Biz ehtimollik deb ataydigan xususiyat juda katta sonlar ustida ishlaganida bizga tepadagi holatni tushuntirishi mumkin bo'lgan kam sonli qurollarimizdan biriga aylanadi.
Hech qiziqib ko'rganmisiz, nega issiq narsaning ustiga sovuq narsa qo'ysangiz birozdan keyin ikkalasidagi harorat bir-biriga yaqinlashadi? Issig'idan sovug'iga issiqlik energiyasi o'tadi deysizmi? Unda nega sovug'idan issig'iga o'tmaydi? Xo'p, termodinamik balans sabab. Lekin nega o'zi termodinamik balans saqlanishi kerak? Sovuq obyektdan issiq obyektga issiqlik o'tmasligini nimadir to'sib turadimi?
Javob – yo'q. Umuman olganda, sovuq jismdan issig'iga energiya o'tishi mumkin. Faqat buning ehtimoli shunchalik kam-ki, buni hech qachon ko'rmaymiz. Qanchalik kam? Buni maktabda o'rgatiladigan oddiy binomal koeffitsientlar yordamida hisoblab chiqish mumkin. Natija normal distribution – "bell curve" shaklida bo'ladi, faqat diskret ko'rinishda. Obyektdagi atomlar soni oshgani sari grafigimiz gorizontal torayib, ya'ni "ingichkalashib" boraveradi. Biz kundalik ishlatadigan obyektlarda kamida 10 ^ 22 ta atom borligini hisobga olsak, grafik shu darajada "ingichkalashib" ketadi-ki, bitta vertikal chiziqqa aylanib qoladi. Ya'ni ikkala jismdagi harorat 100% ga juda-juda yaqin ehtimol bilan biz termodinamik balans deb ataydigan nuqtada to'xtaydi.
P.S. Bu bo'yicha kvant fizikasiga aloqador qilib jiddiyroq post yozmoqchi edim, lekin xato ma'lumot berib qo'yishdan qo'rqdim. Hali o'zim ham yaxshi tushunmaydigan narsalar...
@boboshersnotes
"Les is more" degan gapning ma'nosini kengroq tushunishni boshladim.
