en
Feedback
Yoshlar kundaligi... Farg'ona

Yoshlar kundaligi... Farg'ona

Open in Telegram

Farg'ona shahrida hamda yurtimiz yoshlari hayotidagi yangiliklar aks etgan kanal! https://www.facebook.com/YoshlarishlariagentligiFargonashaharbolimi

Show more
1 336
Subscribers
-224 hours
-257 days
-16830 days
Posts Archive
Repost from Alisher Sadullaev
Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi. Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. To‘liq nutq — videoda. #12IPU #Samarqand @alisher_sadullaev

🎾 “Istiqlol” tennis majmuasidagi sharoitlar o‘rganildi Farg‘ona shahar hokimi - Farg‘ona viloyati tennis federatsiyasi direk
+4
🎾 “Istiqlol” tennis majmuasidagi sharoitlar o‘rganildi Farg‘ona shahar hokimi - Farg‘ona viloyati tennis federatsiyasi direktori Vosiljon Nazarov, shahar prokurori hamda shahar IIB boshlig‘i ishtirokida shahardagi “Istiqlol” tennis majmuasidagi mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi. Tashrif davomida majmuadagi sport inshootlari holati, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, majmuadagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, sportchilar va yoshlar uchun qulay muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🏆 Farg‘ona futbol akademiyasining U-13 jamoasi — O‘zbekiston kubogi g‘olibi! Respublikadagi futbol akademiyalari o‘rtasida o
+9
🏆 Farg‘ona futbol akademiyasining U-13 jamoasi — O‘zbekiston kubogi g‘olibi! Respublikadagi futbol akademiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida Farg‘ona futbol akademiyasining U-13 jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibiga aylandi. Musobaqada munosib ishtirok etib, yuqori natijani qayd etgan yosh futbolchilar hamda ularning murabbiylari tantanali ravishda taqdirlandi. ⚽️ Ushbu g‘alaba Farg‘onada futbolni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kelajak avlod futbolchilarini tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlarning samarasi bo‘ldi. 👏 Yosh futbolchilarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan muborakbod etamiz!

Farg‘ona Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Yoshlar kuni munosabati bilan shaharda yoshlar
+8
Farg‘ona Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Yoshlar kuni munosabati bilan shaharda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni, xususan, sport va kasb-hunar yo‘nalishlaridagi imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida shahar hokimi, shahar prokurori, shahar IIB boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Tashrif davomida texnikumdagi mavjud infratuzilma, o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda texnikumning o‘quv binolari va o‘quvchilar turar joyi to‘liq ta’mirlangan. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishiga xizmat qiladigan 2 ta zamonaviy ustaxona qurilishi yakuniy bosqichda. Mazkur ustaxonalar foydalanishga topshirilgach, yoshlarning amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy sharoitlarda olib borishadi

#Байрам #35йиллик Фарғона шаҳри ёшлар етакчилари томонидан Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллик шодиёнаси муносиб кутиб олиниб, байрам челенжига старт берилди. Байрам тадбирлари шаҳарда чора-тадбирлар режасига мувофиқ, ташкил этилади.

🔴Farg'ona 24 29.08.2026 Fargʻona shahrida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun sunnat toʻyi oʻtkazildi. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook

Repost from Alisher Sadullaev
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod tashkil etadi. @alisher_sadullaev

Repost from Alisher Sadullaev
Yaponiya bugungi madaniyatga qanday erishgan? Yaponiyaning toza ko‘chalari, tartibli jamiyati va o‘ziga xos turmush tarzi haqida gap ketganda, ko‘pincha bu xalqning yuksak madaniyati bilan izohlanadi. Ammo ularda ham doim bunday tartib bo‘lmagan. Ko‘pchilik havas qiladigan yapon madaniyatining ortida yillar davomida ishlagan butun boshli tizim turibdi. Ya’ni, jamiyatdan madaniyat talab qilishning o‘zi yetarli bo‘lmagan. Qoida ham bo‘lgan, nazorat ham, javobgarlik ham. Shu bilan birga, odamlarning o‘z hududi va jamoat joylariga munosabatini o‘zgartiradigan mexanizmlar yaratilgan. Bu masala O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Ko‘chani tozalashga qancha kuch va mablag‘ sarflanmasin, uni iflos qilish odat bo‘lib qolaversa, muammo yana qaytib kelaveradi. Yaponiya odamlarni tozalik va tartibga qanday o‘rgatgan — batafsil videoda. @alisher_sadullaev

«Qotillikda ayblab qamashdi va aldab urushga jo‘natishdi» - Ukrainadagi o‘zbek asiri

Farg‘ona shahrida yoshlar va aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qa
+9
Farg‘ona shahrida yoshlar va aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda shahar hokimi, shahar prokurori hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Sayyor qabul davomida 38 yafar yangi mehnat bozoriga kirib kelgan yoshlar va 10 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha muhokama qilindi. Murojaatchilar tomonidan uy-joy masalalari, moddiy yordam olish, ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit ajratish hamda davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Qabul jarayonida 33 nafar yoshlar umumta'lim maktablariga ishga joylashtirildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Repost from Alisher Sadullaev
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. @alisher_sadullaev

FARG‘ONA SHAHRIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Farg‘ona shahridagi “Do‘stlik” MFY hududida yoshlar yetakchilari tomonidan obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etilmoqda. Jarayon davomida hududni ozoda saqlash, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda mahalla qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌱Ozoda hudud — farovon hayot garovi! ➡️Bizni kuzatib boring: 📱Telegram  📱Instagram 📱Youtube

Repost from Alisher Sadullaev
@ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi? Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz. Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar? Izoh qoldiring.

🔴Farg'ona 24 12.08.2026 Farg‘ona shahrida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook

💼 Farg‘ona viloyati hokimligi IT va raqamlashtirish sohasida ishlash istagidagi yoshlarni ishga taklif etadi! 🏢 Farg‘ona vi
💼 Farg‘ona viloyati hokimligi IT va raqamlashtirish sohasida ishlash istagidagi yoshlarni ishga taklif etadi! 🏢 Farg‘ona viloyati hokimligi joriy yilning iyun oyida rasmiy delegatsiyalar bilan ishlash uchun ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarni mukammal biladigan istiqbolli yosh kadrlar o‘rtasida tanlov e’lon qilgan edi. Tanlovga 50 dan ortiq nomzodlardan hujjatlar qabul qilinib, har bir talabgor bilan bevosita suhbat o‘tkazildi. Ular orasidan 2 nafar munosib yosh kadrlar tanlab olinib, ishga qabul qilindi. Farg‘ona viloyati hokimligi IT va raqamlashtirish sohasida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar uchun navbatdagi tanlovni e’lon qiladi. 👨🏻‍💻 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ➡️ Axborot texnologiyalari, raqamli transformatsiya, dasturiy ta’minot, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar tahlili yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; ➡️ Xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki nufuzli xalqaro universitet diplomiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq; ➡️ Zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlar bo‘yicha yetarli bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lishi; ➡️ Ingliz tilini erkin bilishi (boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi); ➡️ Davlat boshqaruvida raqamlashtirish jarayonlarini tashkil etish va IT loyihalarini boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; ➡️ Mas’uliyatli, tashabbuskor, tahliliy fikrlaydigan va jamoada samarali ishlay oladigan bo‘lishi. ☑️ Iqtidorli, zamonaviy fikrlaydigan va o‘z bilim hamda tajribasi bilan Farg‘ona viloyatining raqamli rivojiga hissa qo‘shishni istagan mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz. 📩 Agar siz ushbu talablarga mos kelsangiz, o‘z rezyume (CV) va ma’lumotlaringizni Telegram'dagi maxsus @fvhrezumebot boti orqali yuborishingiz so‘raladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Alisher Sadullaev
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring. Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!

⚽️ DXX kubogi g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi Avval xabar berganimizdek, sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha D
+6
⚽️ DXX kubogi g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi Avval xabar berganimizdek, sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha DXX kubogining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Farg‘ona shahrining Yangi yo‘l va Ipak yo‘li mahalla jamoalari munosib taqdirlandi hamda moddiy rag‘batlantirildi. Tadbir davomida sportchilarni respublika bosqichiga puxta tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, jamoalarning muntazam mashg‘ulot olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratish, futbol maydonlarini ajratish hamda tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Bildirilganidek, sportni ommalashtirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda ularning yuksak natijalarga erishishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Yoshlar taqdiri – ustuvor masala: Farg‘ona shahar hokimligida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi F
+5
Yoshlar taqdiri – ustuvor masala: Farg‘ona shahar hokimligida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Unda otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, jinoyatchilikka moyil yoshlarning muammolarini bartaraf etish, yangi mehnat bozoriga kirib kelayotgan, ishsiz va migratsiyadan qaytgan yoshlarni rahbarlarga biriktirish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan murojaatlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Repost from Alisher Sadullaev
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.