Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
Open in Telegram
Веб-сайт: https://gov.uz/uz/cirns Манзил: 100011, Тошкент ш., А.Навоий 27 Facebook: facebook.com/sanoatxavfsizligi1scis Instagram: https://www.instagram.com/sanoat_xavfsizligi/ Ишонч телефони: 712030239 Эл.почта: info@cirns.uz ЯИДХП: my.gov.uz
Show more3 116
Subscribers
+11824 hours
+1177 days
+13230 days
Posts Archive
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
—
Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qo‘mitada korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi joriy etilgani to‘g‘risida brifing
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt
MORATORIY DAVRIDA ASOSIY VAZIFA — XAVFNI BOSHQARISH
Prezidentimizning PF–175-son Farmoni bilan kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy joriy etildi.
Mazkur moratoriy biznesga ortiqcha ma’muriy aralashuvni kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan.
+5
Tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar boshlandi
⚛️ Joriy yilning 7-sentabr kuni Toshkent shahrida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamkorligida UZB9009 — “Kichik modulli reaktorlarni samarali tartibga solish va nazorat qilish uchun normativ-huquqiy baza va infratuzilmani mustahkamlash” texnik hamkorlik milliy loyihasi doirasida seminar o‘z ishini boshladi.
“Tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi seminarda Qo‘mita, Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi mutaxassislari, shuningdek, AEXA, Kanada va Misrdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida AEXAning yetakchi ekspertlari tomonidan tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etish, uning faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini baholashga oid ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Seminar ishtirokchilari ma’ruzalar, amaliy muhokamalar va savol-javoblar orqali AEXA hamda boshqa davlatlarning ilg‘or tajribasi bilan tanishib, mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
📅 10-sentabrga qadar davom etadigan seminar ishtirokchilarga sohadagi zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or xalqaro tajriba va AEXAning samarali baholash tizimi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, tajriba va fikr almashish imkonini beradi.
👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt
+5
Tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar boshlandi
⚛️ Joriy yilning 7-sentabr kuni Toshkent shahrida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamkorligida UZB9009 — “Kichik modulli reaktorlarni samarali tartibga solish va nazorat qilish uchun normativ-huquqiy baza va infratuzilmani mustahkamlash” texnik hamkorlik milliy loyihasi doirasida seminar o‘z ishini boshladi.
🤝 “Tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi seminarda Qo‘mita, Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi mutaxassislari, shuningdek, AEXA, Kanada va Misrdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida AEXAning yetakchi ekspertlari tomonidan tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etish, uning faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini baholashga oid ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Seminar ishtirokchilari ma’ruzalar, amaliy muhokamalar va savol-javoblar orqali AEXA hamda boshqa davlatlarning ilg‘or tajribasi bilan tanishib, mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
📅 10-sentabrga qadar davom etadigan seminar ishtirokchilarga sohadagi zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or xalqaro tajriba va AEXAning samarali baholash tizimi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, tajriba va fikr almashish imkonini beradi.
👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt
+9
🏃♂️ “Tashkent International Half Marathon – 2026”: faol hayot tarzi sari yana bir qadam
📍 6-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Tashkent International Half Marathon – 2026” xalqaro yugurish musobaqasida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
🏅 Qo‘mita xodimlari 5 kilometr masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🏃♂️ Sog‘lom turmush tarzi — faol jamoa va samarali mehnat garovidir.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt
Donolar bisotidan
Hamma qobiliyatlarning sarvari sog‘lom fikrdir. Xayrli ishning o‘zi kifoya emas, bu ishni vaqtida va mavridi bilan bajarmoq lozim. Iste’dod egasi nima qilish zarurligini biladi, ichki me'yor qachon va qanday ish qilish lozimligini aytib turishi kerak.
U.Metuz
Repost from Rasmiy axborot
+3
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Hurmatli neft va gaz sohasi xodimlari hamda fahriylari!
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi jamoasi Sizlarni kasb bayramingiz — Neft va gaz sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi va energetika xavfsizligini taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish yoʻlidagi mashaqqatli va masʼuliyatli mehnatingiz tahsinga loyiq. Sanoatda xavfsizlik va ishonchlilikni taʼminlash borasidagi hamkorligimiz bundan buyon ham samarali davom etishiga ishonamiz.
Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy farovonlik, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va hamisha xavfsiz mehnat sharoiti yor boʻlishini tilaymiz!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
—
В американском городе Сиэтл официально открылось Генеральное консульство Республики Узбекистан.
Это первое консульское учреждение нашей страны на Тихоокеанском Северо-Западе и важный шаг в дальнейшем развитии отношений между Узбекистаном и Соединёнными Штатами Америки.
Новое генконсульство будет способствовать укреплению торгово-экономических, инвестиционных, технологических, образовательных и социальных связей между нашими странами.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Andijon shahrida avtomobil gaz balloni portlashi yuzasidan rasmiy munosabati.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 5-sentabr kuni soat 11:15 larda Andijon shahridagi “JINDIN GAZ INPEKS” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSh) “Spark” rusumli avtomashinaga gaz to‘ldirish jarayonida noxush hodisa sodir bo‘lgan.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni propan gazidan foydalanishga moslashtirilgan bo‘lib, metan gaz bilan to‘ldirish jarayonida bosim ortishi natijasida portlagan.
Hodisa oqibatida fuqarolarga tan jarohati yetmagan.
Ayni vaqtda hodisaning sabablari va unga olib kelgan omillar vakolatli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.
⚠️ Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ogohlantiradi!
Avtomobillarga gaz to‘ldirishda gaz balloni va gaz uskunalarining foydalanilayotgan gaz turiga mosligi ta’minlanishi shart. Nosoz, talabga javob bermaydigan yoki belgilangan muddati o‘tgan gaz ballonlaridan foydalanish jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Shu munosabat bilan Qo‘mita haydovchilar va gaz to‘ldirish shoxobchalari mas’ullarini sanoat va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.
🛡 Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — har birimiz uchun majburiy!
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱 YouTube | 📱Veb-sayt
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
—
Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Donolar bisotidan
Rostgo‘ylik va halollik — yuksak xarakterning ildizidir.
R. Emerson
🔹 Tadbirkorlar huquqi va xavfsizlik: Qo‘mita nazoratida yangi yondashuv
Prezidentning PF–175-son Farmoni bilan tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, biznesga ortiqcha aralashuvni cheklash hamda davlat nazoratini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan yangi tartiblar belgilandi.
Farmonga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy joriy etildi. Biroq inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlar, fuqarolar murojaatlari va Farmonda ko‘rsatilgan boshqa holatlar bundan mustasno.
Bu talablar Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega. Qo‘mita nazoratining asosiy maqsadi — tadbirkorga ortiqcha to‘siq yaratish emas, balki inson hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashdir.
Shu bois nazorat tadbirlarida xavf darajasi, qonuniylik va zaruriyat asosiy mezon bo‘ladi. Ya’ni ko‘proq tekshirish emas, xavfni o‘z vaqtida aniqlash va uning oldini olishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Farmon bilan davlat organlari qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va mutanosibligini isbotlash majburiyati ham davlat organi zimmasiga yuklanmoqda. Bu esa Qo‘mita tomonidan nazorat tadbirlarini yanada ochiq, asoslangan va adolatli tashkil etishni talab qiladi.
2027-yil 1-yanvardan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bir yil ichida takroriy tekshiruvlar, kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno, Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi. Birinchi marta qoidabuzarlik sodir etgan va zarar yetkazmagan tadbirkorga esa “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi qo‘llanilib, kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.
Shu bilan birga, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida xavfsizlik talablari ustuvor bo‘lib qoladi. Qo‘mita zamonaviy yondashuvlar asosida nazoratni kuchaytirish emas, balki uni aniq, manzilli va xavfga asoslangan shaklda tashkil etishga e’tibor qaratadi.
Zero, samarali davlat nazorati — bu tekshiruvlar soni bilan emas, xavflarning oldi olingani va xavfsizlik ta’minlangani bilan baholanadi.
#SanoatXavfsizligi #RadiatsiyaXavfsizligi #YadroXavfsizligi #Tadbirkorlik #DavlatNazorat
+3
Atom energetikasida yadro xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish
🇨🇳 Xitoy tajribasi
2026-yil 3–28-avgust kunlari Pekin shahridagi **Nuclear and Radiation Safety Center (NSC)**da Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) texnik hamkorlik dasturi doirasida “Yadro qurilmalari xavfsizligi sohasida davlat tartibga solish infratuzilmasi” mavzusida ilmiy-texnik tashrif tashkil etildi. Unda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mutaxassisi ishtirok etdi.
➡️Batafsil: https://gov.uz/oz/cirns
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt
