Ostonov Minbari
Open in Telegram
Asosan, tarix, ba'zan siyosat, ba'zan achchiq satira... Tarixchi-jurnalist Jahongir Oston blogi Taklif, mulohaza va reklama uchun: @tilmoc Qo'llab-quvvatlash uchun donat: https://tirikchilik.uz/ostonovminbari
Show more2 072
Subscribers
+124 hours
-137 days
-2630 days
Posts Archive
2 072
Turon atamasi, geografiyasi, afsonalar haqida maestrodan ajoyib maqola.
Bugun soat 19:00da O'zbekiston tarixi telekanalida boshqa bir maestro Turkiston haqida gapirganini ham ko'ringlar.
2 072
Repost from Асанов. Форматдан ташқарида
Хейтерлар Қурултойни кўрмай (кўришга эриниб), нима дейилганини билмай ё тушунмай, ўзининг тасаввуридаги айбловлар билан комментда сўкиб кетишларига ўрганиб кетганман. Лекин мана бу хейтер ҳаммасидан ошиб тушибди. Менинг видеом тагида Ғайбулла ака Бобоёровга мурожаат қилиб сўкиб кетибди. Видеонинг номини ўқисаям у ерда мен гапирганимни, Ғайбулла ака йўқлигини биларди.
2 072
Maksim Gorkiy va TTZ orasidagi hududda A1 formatda print qiladigan joy bo'lsa aytib yuboringlar. Kontaktlari bilan, rahmat!
2 072
Yuristlarga savol: maxfiy kameralarning ochiq fuqarolik maqsadlarida savdoda bo'lishi qanchalik to'g'ri?
2 072
O‘zbekiston nufuzli Parijdagi “IFTM Top Resa – 2026” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasining hamkor mamlakati deb eʼlon qilindi.
“IFTM (International French Tourism Market) Top Resa” Fransiyadagi turizm va sayohatga bag‘ishlangan eng yirik ko‘p maqsadli ko‘rgazma bo‘lib, sayohatning barcha sohalarini qamrab oladi: biznes, dam olish, guruhlar, MICE. Tadbir butun dunyo bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishlarini targ‘ib qiladi, bu sohadagi yangi texnologik yutuqlarni namoyish etadi.
“Country of Honor” xalqaro ko‘rgazmalarda alohida faxriy maqom bo‘lib, egasi bo‘lgan mamlakatga keng reklama va imij imkoniyatlarini taqdim etadi. Xususan, milliy stend uchun katta ko‘rgazma maydoni ajratiladi, ko‘rgazmaning asosiy media-resurslarida mamlakat haqidagi maqolalar, intervyu va videomateriallar chop etiladi, rasmiy marosimlarda alohida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Bundan tashqari, “Country of Honor” maqomida ishtirok etish madaniy meros va turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus sessiyalar, seminarlar va B2B uchrashuvlarini tashkil etish uchun sharoit yaratadi.
O‘zbekistonning “IFTM Top Resa – 2026”da hamkor mamlakat sifatida ishtirok etishi xalqaro turizm bozorida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yana-da kengroq namoyish etish, milliy sayyohlik mahsulotini keng targ‘ib qilish, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish imkonini beradi.
@ostonovminbari
2 072
Repost from Azizbekh
Бишкекда ўтказилаётган «ШҲТ плюс» тадбири кулуарларидан кадрлар.
👉 @azizbekhmem
2 072
Ikki kundan buyon dunyoning yarmi Bishkekda. Ya'ni SHHT ning 25-sammiti bo'lib o'tyapti. Shuningdek, bu yil tashkilot tuzilganiga 25 yil to'ldi. Kecha davlat rahbarlari alohida uchrashuvlar tashkil qilgan bo'lsa, bugun asosiy uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Sammit davomida 28ta turli hujjat qabul qilindi. Ularning eng asosiysi esa Bishkek deklaratsiyasi. Deklaratsiyada tilga olingan asosiy masalalarga to'xtalsak.
Eron masalasida tashkilot ancha keskin pozitsiya oldi. Deklaratsiyada Eron hududiga qilingan harbiy zarbalar qoralangan, Eronning suvereniteti va hududiy yaxlitligi qo‘llab-quvvatlangan va mojaro faqat siyosiy-diplomatik vositalar bilan hal qilinishi kerakligi qayd etilgan. Shu bilan birga, BMT Nizomi va xalqaro huquqqa zid unilateral sanksiyalarga qarshi pozitsiya yana mustahkamlandi.
Afg‘oniston bo‘yicha tashkilotning eski formulasi saqlanib qoldi. Ya'ni Afg‘oniston mustaqil, neytral, tinch, terrorizm, urush va narkotiklardan xoli davlat bo‘lishi kerak. Bundan ham muhimrog‘i, deklaratsiyada barcha etnosiyosiy guruhlar keng ishtirok etadigan inklyuziv hukumat tuzish uzoq muddatli tinchlikning zarur sharti sifatida qayd etilgan. Hozircha, Rossiya Tolibon hukumatini rasman tan olgan bo‘lsa ham, SHHT qolgan a'zolarining birortasi bunday qadamdan tiyilib turibdi.
Yana bir qiziq jihat, tashkilot a'zolari Eron bo'yicha yakdil til topishgan bo'lsa-da, Ukrainadagi urush haqida deklaratsiyada hech qanday band yo'q. Ammo Narendra Modi Putin bilan yakkama-yakka uchrashuvda bunga to'xxtalib o'tgan.
Hozircha, o'zim uchun qiziq bo'lgan siyosiy jihatlari bilan cheklandim. Iqtisodiyot, bank, SI, xavfsizlik kabi bir qator masalalar ham muhokama qilingan.
@ostonovminbari
2 072
Tahlilchilarga ko'ra, Xitoy Markaziy Osiyoda Yuan muomalasini kengaytirishga harakat qilmoqda va o'zaro savdoda muhim valyutaga aylantirmoqchi.
@ostonovminbari
2 072
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—
На полях саммита ШОС в городе Бишкеке Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем.
#Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
