cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

📃✒ISLOMIY SHE'RIYAT📃✒

Juda go'zal va ma'noli satrlar ummoni... Hamkor kanal: @mumtozhikmat Taklif va murojaatlar uchun: @AshiraliyevJasurbek

Show more
Uzbekistan95 430The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
107
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Mehnatga munosib: manzil-martaba, Cho'qqini ko'zlagan ko'z yummas tunlar. Zahmatsiz natija kim qilar tama, Umrini boy bergan bo'lar butunlay. G'aflat to'shagida tinch-bexavotir Yotib azizlikni istamoq bekor. Dengizning tubidan dur-u javohir Olib chiqmoq uchun sho'ng'imoq darkor. ©️ Imom Shofe'iy @islomiysatr
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Қалб – турмуш қуруми қорайтган қозон, Остин кул, ичини тўлдирган хазон. Қулай фурсат келди: ювгил тозалаб – Рамазон ғанимат, эй дўст, Рамазон! ✍️ Н. Жонузоқ ©@turtliklar
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
“Оҳ”имда додим битмас, Фарёдим сенга етмас. Сенингдек келмас ҳеч ким, Сенингдек ҳеч ким кетмас. Усмон Азим @fariduddin_attor
Show all...
#bayt Ajal shunday dardki, yo'q unga darmon, Shohu gadolarga beradi farmon. Kirmon podshohikim yerdi Kirmonni, Endi yegay uning o'zini Kirmon. ©️ Pahlavon Mahmud @Nuktalarim
Show all...
Birdan esga oldim bolalik chog'im Menga vanna qilib berardi onam. Derdim:" Ona, issiq, kuydi oyog'im" Onam der:" Kuymasa tuzalmas, bolam. Beg'ubor paytlarim edi-ya qanday? Dunyo tashvishlari sezilmas ekan. Hozir o'ylab qoldim, yurak ham shunday, Agarchi, kuymasa, tuzalmas ekan. ©️ Savdoiy @islomiysatr
Show all...
Ochmay sira og'zingni kula olsang soz! Ko'zsiz yana dunyoni ko'ra olsang soz! O'ltir-da, safar ayla, oyoq zahmatisiz– Yer kurrasin agar keza olsang soz! ©️ Abduxoliq G'ijduvoniy @islomiysatr
Show all...
Yetti qavat osmon ostida turdim, Jigarim deb yetti og'a-inini. Rosa yetti kunlik yo'l yurib ko'rdim, Sohir kamalakning yetti rangini. Qo'lim hayrat ila yoqamni tutdi, Eslab sajdaga bosh qo'ygan bobomni. Ayt ko'ngil: Kim buning tagiga yetdi? Tashla "Men-buyukman!"–degan da'vongni. ©️ A'zam O'ktam @islomiysatr
Show all...
Ko'nglimdagi oh boisi savdo, ey dil, Ul aslida dil tufayli paydo, ey dil. Qondan yuragim mavj uradi to'xtovsiz, Bas, u dil emas, bo'libdi daryo, ey dil! ©️ Jaloliddin Rumiy @islomiysatr
Show all...
2.87 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.