TIPU | Rasmiy kanal
Open in Telegram
🎓 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti Instagram sahifamiz:https://instagram.com/tipi_rasmiy?igshid=ZGUzMzM3NWJiOQ== 📲Murojaat uchun: +998559010604 +998559000604
Show more8 349
Subscribers
+1224 hours
+1277 days
+67830 days
Posts Archive
8 354
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
✔️ TIPUda 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan talabalar uchun kutib olish tadbir tashkil etildi.
✔️ Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ota-onalar ishtirok etib, yangi o‘quv yilining maqsad va vazifalari, ta’lim jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
✔️ Shuningdek, talabalarning ta’lim olishi, universitetdagi o‘quv jarayoni va ota-ona hamda universitet hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
✔️ Yangi o‘quv yili barchaga ulkan maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yuqori natijalar olib kelishiga tilak bildiramiz.
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 1191263, 05.09.2022)
🌐 Qabul sayti: https://qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
8 354
+4
Hayajonli kun: TIPUda yangi o‘quv yilining ilk kuni!
✔️ Bugun Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuni o‘zgacha hayajon va quvonch bilan boshlandi. Universitet hovlisida talabalikka ilk qadamini qo‘yayotgan yoshlar, ularning ota-onalari hamda ustozlar jam bo‘lib, yangi marralar sari ilk qadamni birgalikda qarshi oldilar.
✔️ Tadbir davomida universitet rektori so‘zga chiqib, 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan talaba-yoshlarni samimiy muborakbod etdi. Yoshlarni bilim olish, izlanish va universitetda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorlab, ularga o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
✔️ Tadbirda 1-bosqich talabalari ham so‘zga chiqib, universitet haqidagi ilk taassurotlari, ezgu niyatlari va yangi o‘quv yilidan kutayotgan maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bugungi kun — yangi do‘stliklar, yangi bilimlar va katta orzular sari boshlangan unutilmas yo‘lning ilk sahifasi bo‘ldi.
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 1191263, 05.09.2022)
🌐 Qabul sayti: https://qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
8 354
+8
#Universitet_Kengashi
TIPUda 5-sentyabr kuni Universitet Kengashining 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️ Unda 2026/2027-o‘quv yilining ustuvor vazifalari, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✔️ Yig‘ilish yakunida ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinib, mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar yuklatildi.
TIPU axborot xizmati
8 354
ABITURIYENTLAR, BU XABAR SIZ UCHUN!
🎓 Talabalikdagi ilk kuningizga sanoqli kunlar qoldi!
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetining 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga tavsiya etilgan kunduzgi va kechki ta’lim talabalari uchun darslar 7-sentabrdan boshlanadi!
⏰ Soat 8:00 gacha universitetda bo‘lishingiz so‘raladi.
✨ Yangi muhit, yangi do‘stlar va katta imkoniyatlar sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang!
📚 Barcha 1-kurs talabalarini universitetimizda kutib qolamiz!
❗️ Eslatma: Yuqori kurs talabalari uchun darslarning boshlanish sanasi bo‘yicha alohida rasmiy e’lon beriladi.
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 1191263, 05.09.2022)
🌐 Qabul sayti: https://qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
8 354
Repost from Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta?
Bugungi kunda 106 ta nodavlat (xususiy 74 ta, xorijiy 32 ta) OTM oliy ta'lim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.
Ilova qilinayotgan 106 ta oliygohlar diplomi Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)
Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi
Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
8 354
Repost from TIPU Bekobod Rasmiy kanal
🎓Bilimlar kuni — yangi bino, yangi orzular!
Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti qoshidagi Tomiris School o‘quv yilini yangi, zamonaviy binoda katta shod-u xurramlik bilan boshladi! 🎓⭐️
Bugungi unutilmas kunda shahrimizning nufuzli mehmonlari hamda sevimli estrada xonandalari ishtirok etib, bolajonlarimiz qalbiga yanada ko‘proq quvonch va hayajon ulashdilar. 🎙🎉
📚Yangi maskan — yangi imkoniyatlar!
✨Yangi o‘quv yili — yangi marralar!
🇺🇿Tomiris School — farzandlaringiz kelajagi sari ishonchli qadam!
📞Murojaat uchun:
+998909400779
+998900004987
@TIPU_Bekobod_yoshlari
8 354
ILM-ZIYO — MUSTAQILLIK YILLARINING MUHIM VOQEALARI BIR NASHRDA!
🏢 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetining “Yosh olimlar” klubi tashabbusi bilan “ILM-ZIYO” gazetasining maxsus 1-soni nashrdan chiqarildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tayyorlangan ushbu sonida yurtimizning mustaqillik yillaridagi muhim yutuqlari, tarixiy sanalar va dolzarb yangiliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar jamlangan.
📥 Gazetani mutolaa qiling!
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 1191263, 05.09.2022)
🌐 Qabul sayti: https://qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
8 354
#QONUNDAGI_YANGILIKLAR
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida
🔗 Havola
📌 Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida
🔗 Havola
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari
📌 Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
🔗 Havola
📌 “Odil sudlov-2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida
🔗 Havola
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
📌 Texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va bitiruvchilar bandligini ta’minlashda buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
🔗 Havola
📌 Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda 10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlari to‘g‘risida
🔗 Havola
📌 Kasbiy ta’lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
🔗 Havola
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📖 Batafsil: Lex.uz
TIPU axborot xizmati
8 354
+1
#DIQQAT
ABITURIYENTLAR, QABUL HALI DAVOM ETMOQDA!
🎓 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida 31-avgust hamda 1-sentyabr kunlari ham qabul davom etadi!
🗓 Dam olish kunlari ham hujjat topshirishingiz mumkin.
🕘 9:00–18:00
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 1191263, 05.09.2022)
🌐 Qabul sayti: https://qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
8 354
Assalomu alaykum, hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — bu erkinlik, milliy g‘urur, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash va buyuk kelajak sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir.
Bugun yurtimiz taraqqiyoti, yoshlarimizning ta’lim olishi, ilm-fan va bunyodkorlik yo‘lidagi ulkan imkoniyatlar — Mustaqillikning bebaho mevasidir.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti rektori Adilov Sanjar Anvarovich
TIPU axborot xizmati
8 354
🔥 DTM BALINGIZGA QARAB — 100% GACHA CHEGIRMA!
🎓 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida:
📌 110–140 ball — 25% chegirma
📌 140–180 ball — 50% chegirma
📌 180+ ball — 100% chegirma!
🚀 Yuqori ball — katta imkoniyat!
📲 Batafsil ma’lumot uchun hoziroq murojaat qiling👇
🌐 Qabul sayti: https://qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
8 354
🇺🇿 YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!
✨ 35 yil — mustaqillik, birlik va ulkan marralar sari dadil qadamlar!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti rektori hamda professor-o‘qituvchilarining bayram tabrigi
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 1191263, 05.09.2022)
🌐 Qabul sayti: https://www.qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
8 354
Repost from Yoshlar.edu.uz
#ijodkor_talaba
☑️1-video: Zokirjonova Sevinch, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabasi
☑️2-video: Obidov Abdulaziz, University of Business and Science talabasi
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
8 354
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Facebook|Instagram|X
8 354
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.
– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz! O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q,– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi. Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi. Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi. Facebook|Instagram|X
8 354
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,– dedi davlatimiz rahbari. Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi. Facebook|Instagram|X
8 354
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish,– dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi. Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi. Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.
– Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
8 354
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Bizning eng katta boyligimiz – ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlaridir,– dedi davlatimiz rahbari. Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda. Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi. Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi. Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi.
– Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!– deya yoshlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
8 354
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.
– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,– dedi davlatimiz rahbari. Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi. Facebook|Instagram|X
