en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Brogrammist

Brogrammist

Open in Telegram
1 182
Subscribers
-124 hours
-27 days
-3130 days
Posts Archive
Bun.js ham dependency emasmi? Ichib olganmi bular🤨
Bun.js ham dependency emasmi? Ichib olganmi bular🤨

Umuman olganda, “frontend shitcode'ga to'la” degan gapning o’zi yolg’on. Shitcode hamma joyda va doim bo’ladi, menimcha frontendda uning yashirinishi qiyinroq, chunki u doim ko’rinib turadi. Backendning qanchalik do'zaxga aylanib ketganini esa, ortga qaytib bo'lmas darajaga yetguncha sezilmasligi mumkin. Frontendda oddiy foydalanuvchi ham nimadir noto’g’ri ekanini sezadigan signallar ko’p. Masalan, “miltillovchi interfeys” - state bilan bog’liq muammodan darak beradi. Yoki, tugma bosilishi qotib ishlasa, event loopni bloklayotgan, optimizatsiya qilinmagan kod borligini tushunish mumkin. Bunday belgilar juda ko’p, ularni topish oson va ular biznes uchun doim sezilarli. Backendda esa to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchilar deyarli yo’q, shuning uchun odatda backenddagi muammolar frontend muammolariga o’xshab ko’rinadi, kamdan-kam istisnolardan tashqari. Shuning uchun frontendda shitcode topish ancha osonroq. Habr.ru dagi maqolada qoldirilgan izohdan

Umuman olganda, “frontend shitcode'ga to'la” degan gap o’zi yolg’on. Shitcode hamma joyda va doim bo’ladi, menimcha frontendda uning yashirinishi qiyinroq, chunki u doim ko’rinib turadi. Backendning qanchalik do'zaxga aylanib ketganini esa, ortga qaytib bo'lmas darajaga yetguncha sezilmasligi mumkin. Frontendda oddiy foydalanuvchi ham nimadir noto’g’ri ekanini sezadigan signallar ko’p. Masalan, “miltillovchi interfeys” - state bilan bog’liq muammodan darak beradi. Yoki, tugma bosilishi qotib ishlasa, event loopni bloklayotgan, optimizatsiya qilinmagan kod borligini tushunish mumkin. Bunday belgilar juda ko’p, ularni topish oson va ular biznes uchun doim sezilarli. Backendda esa to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchilar deyarli yo’q, shuning uchun odatda backenddagi muammolar frontend muammolariga o’xshab ko’rinadi, kamdan-kam istisnolardan tashqari. Shuning uchun frontendda shitcode topish ancha osonroq. Habr.ru dagi maqolada qoldirilgan izohdan

Umuman olganda, “frontend shitcode'ga to'la” degan gapning o’zi yolg’on. Shitcode hamma joyda va doim bo’ladi, menimcha frontendda uning yashirinishi qiyinroq, chunki u doim ko’rinib turadi. Backendning qanchalik do'zaxga aylanib ketganini esa, ortga qaytib bo'lmas darajaga yetguncha sezilmasligi mumkin. Frontendda oddiy foydalanuvchi ham nimadir noto’g’ri ekanini sezadigan signallar ko’p. Masalan, “miltillovchi interfeys” - state bilan bog’liq muammodan darak beradi. Yoki, tugma bosilishi qotib ishlasa, event loopni bloklayotgan, optimizatsiya qilinmagan kod borligini tushunish mumkin. Bunday belgilar juda ko’p, ularni topish oson va ular biznes uchun doim sezilarli. Backendda esa to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchilar deyarli yo’q, shuning uchun odatda backenddagi muammolar frontend muammolariga o’xshab ko’rinadi, kamdan-kam istisnolardan tashqari. Shuning uchun frontendda shitcode topish ancha osonroq. Habr dagi maqolada qoldirilgan izohdan

😬
😬

Xullas, nima qilsangiz ham o'zingiz bilasiz. Bu mening shaxsiy fikrlarim.

Ofisda o‘tirgan hamma bilan birma-bir aylanib qo‘l berib salomlashib chiqishni MADANIYATSIZLIK deb hisoblayman. Bu faqat o‘tirgan odamning fikrini chalg‘itmaydi, balki birdaniga hammaning e’tiborini shu vaziyatga qaratadi. Masalan, men uchun oldimdagi 15 ta odamning hammasi bilan so‘rashib, qo‘l berib kelayotgan odamni ko‘rish, e’tiborimning chalg‘ishiga sabab bo‘ladi. 2-3 ta odam o‘tirgan bo‘lsak boshqa gap. Ishxonada shunday bir odam bor. Juda asabimni buzadi shu narsa. Lekin mendan boshqa hech kim bundan nolimaydiganga o‘xshaydi. Buni aytib ham ko‘rdim. Nima bo‘ldi deng? Jamoadagilar hamma bilan ko‘rishib chiqsa ham, menga kelganda o‘tib ketishadi. Ammo boshida aytgan odamim haliyam hamma bilan birma-bir salomlashib chiqadi. WTF?

Dasturlashning endi oldingidek emas. Bir tarafdan ko'p imkoniyatlarga eshik ochilgan bo'lsa, bir tarafdan ish bozori siqilyapti. Hammasi ko'z o'ngimizda "real-time" o'zgaryapti. Ehh, qo'lda kod yozish davri boshqacha edi... Qaridimmi deyman)

AI agentlar bilan ishlash meni menejerga aylantiryapti Bu yangilik emas. Eng boshidan AI bilan ko'p ishlab ketyotganlardan ham shu fikrni eshitganman. Endi esa buni o'zimda kuzatyapman. Vanihoyat men ham kam kod o'qishni boshladim. Umuman o'qimay qo'yishim ehtimoldan uzoq, lekin bilib bo'lmaydi. 😬 AI ga topshiriq berishdan oldin uni yaxshiular muhokama qilaman. Qanday variantlarimiz bor-u, har birining qanday avfzalligi va kamchiliklari bor. E'tiborga olmagan nuqtalarimni ko'rsatadi, chunki undan shuni talab ham qilaman. Mendagi mas'uliyat esa, AI ga ko'proq kontekst berish, muammo/topshiriqni aniq taqdim qilish, va eng oxirida qaror qabul qilish. Kod yozishga kelganida esa, ishni boshlashdan oldin miyyamda uning qanday bo'lishi kerakligini shakllantiraman. Ya'ni agar kodni qo'lda yozsam qanday yozishimni o'ylab qo'yaman. Kodni qanday bo'lishi arxitekturaga va kelishilgan API kontraktlarga qisman bog'liq xolos. Shuning uchun ham AI ga ularni o'zi implementatsiya qilishiga qo'yib beraman. Keyin esa uning ishini o'zim kutgan, miyyamdagi versiya bilan solishtiraman. Bundan 2 xil foyda olaman: 1. Yoki AIning ishidagi kamchiliklarni topaman. 2. Yoki yaxshiroq usul o'rganib olaman. Tan olishim kerak, AI men yoza oladigan koddan yaxshiroq kod yozadi. Sifat masalasi esa ko'proq unga berilgan vazifaning aniqligiga bog'liq. Shu sababmi balki, kodni sinchiklab emas, xuddi kitob o'qiganda satrlar ustodan tez-tez sakrab o'qiydigan bo'lib qoldim. Ya'ni nima ish bo'lyotganini umumiy holda tushunish uchun. Agar nimadir tushunarsiz bo'lsa, uni tushuntirishni so'rayman. Va buning natijasida ham yo kod soddalashadi, yoki nimadir yangi narsa o'rganaman, yoki arxitekturadagi muammo oydinlashadi.

Ofisda shunaqa tekin narsalar bolishi zo'rda 🙂
Ofisda shunaqa tekin narsalar bolishi zo'rda 🙂

Yaqin kelajakdan bunday bo'lishi qiyin. Lekin qanchondir shunday bo'lsa, katta ehtimollik bilan brauzer+DOM API yaxshilanishi natijasida bo'ladi. Qisqasi, React keragi bo'lmay qoladi va ortiqcha kutubxonalarsiz murakkab loyihlarni qurish mumkin bo'ladi. Bu shunchakiy tahmin emas. Oxirgi yillarda JavaScript va brauzerlarga kiritilayotgan yangiliklar va takliflarga asoslanib aytayapman. Ko'ramiz.

Bir kun rostdan ham shunday bo'lishi ehtimoli yo'q emas! https://t.me/UmarSadullayev/3300

RIP Deno.js 🥲 Node va Deno muallifi Ryan Dahl bugun butun jamoasi bilan Cloudflare'ga qo'shilyotganini e'lon qildi. Deno loyihasi yana 1 yil qo'llab-quvvatlanadi va shu bilan loyiha butunlay to'xtatilar ekan. Ammo u open-source'ligicha qoladi va ishlatishda davom etish mumkin. Afsus, Deno yaxshi loyiha edi, lekin Node.js kabi ommalashishga ulgurmadi; performance va feature'lar bo'yicha Bun.js dan orqada qolib ketdi. https://deno.com/blog/cloudflare

Shu haqida o'qib turinglar chunki AOT-compiled JS ga qiziqish kuchaygan oxirgi paytda. Har holda twitter/X dagi muhokamalar kuchaygan va JS ni interpretatsiyas emas KOMPILYATSIYA qiladigan engine'lar yasalayapti.

Show me how a man treats his family AI agent, and I'll show you who he really is. — Odamni qandayligini uning oilasiga AI agentiga bo'lgan muomalasidan bilib olish mumkin.

Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular ataylab o'zlarini "almashtirishga" oson q
Men birga ishlagan eng zo'r senior dasturchilarning bir umumiy jihati bor edi. Ular ataylab o'zlarini "almashtirishga" oson qilib qo'yishardi (ya'ni, agar ishdan ketishsa, o'rniga kelgan odam ularning ishni bemalol davom ettira olardi). Chunki ular atrofidagilarni o'stirishardi (ya'ni, o'zlaring o'rnini bosadigan darajaga ko'tarilishiga yordam berishardi). Bu narsa boshida yoqimsiz tuyuladi. Lekin bu - sizga murakkab muammolar ishonib topshirilishiga erishishning eng tez yo'li.

👆

Yaxshi dasturchi baribir qo'lda kod yozadi Hatto kodning katta qismini Claude, Codex kabi agentlar yozgan bo'lsa ham. Chunki natijasini tushunmagan ishingizga ega chiqolmaysiz, natija uchun javob berolmaysiz. Bu shunchaki imkonsiz. "Promptchi"lar agent bergan birinchi javobni shundoqqina qabul qiadi. O'zlari qatorma-qator o'qib chiqmagan pull request'larni ochishadi. Production ishdan chiqqanda esa qotib qolishadi, chunki nimani "merge" qilganini hech qachon tushunishmagan. Jamoa esa nima qanday buzilganini bilmay o'tiraveradi. Juniorlar, Qo'lda kod yozmaydigan junior hech qachon intuitsiya orttirmaydi. Intuitsiya biror narsani noto'g'ri yozib, uning ishlamaganini ko'rib, xatoni anglab, o'z qo'lingiz bilan tuzatishdan paydo bo'ladi. Bu bosqichni o'tkazib yuborsangiz, 3 yillik tajribaga ega, lekin asinxron koddagi bironta bagni tuzatib ko'rmagan "ko'r" dasturchi paydo bo'ladi. Seniorlar, Sizlarda ko'p kuzatadiganim: ❌ Agentda "toza"roq g'oya bor ekan, deb ishlab turgan modulni qaytadan yozish ❌ Simptoplar bilan kurarish va asl xatolikni yashiradigan "fix"ni merge qilish ❌ Agent aytgan kutubxonani tekshirmasdan, benchmark qilmasdan qo'shish ❌ AI ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash ❌ AI ga ishonch bilan tushuntirgani uchun yechimni tasdiqlash ❌ Keraksiz murakkablik olib kirish. Kuchli dasturchilar esa bunday qiladi: ✅ Merge qilishdan oldin kodni o'qiydi ✅ Agent sayoz yechim beryotgan murakkab qismlarni o'z qo'li bilan yozadi. ✅ Agent hisobga olmagan/ololmaydigan holatlarni tekshiradi, unga qanday qilish kerakligini aytadi. ✅ Taklif arxitekturaga mos kelmasa, uni rad etadi ✅ PR'dagi istalgan qatorni jamoadoshiga tushuntirib bera oladi Dasturchilarga kod yozishgani uchun pul to'lashmaydi. Sizga biznes muammolarini hal qilganingiz uchun pul to'lanadi. Kod, bu ularni hal qilish usuli. AI agentlar esa IDE, debugger va linter yonidagi yana bitta instrument, xolos. Hech kim kodni qo'lda yozganingizni yoki AI bilan yozganingizni so'ramaydi. Menejmentni kod ishlaydimi va bir yildan keyin jamoa uni qo'llab-quvvatlay oladimi, kabi savollar qiziqtiradi. Hammamiz kodni qo'lda yozishdan AI bilan yozishga o'tdik. Lekin unga javobgarlik va mas'uliyat joyida turibdi. Agentlardan har kuni foydalanaman va ular bilan ishim tez bitadi. Oldin 1 kun yozadigan kodimni 1 soatda yozdiraman. Lekin tushunmasdan erishilgan tezlik, bu production'ga feature'lar bilan birga baglarni ham tez chiqarish degani. Agar agent nima yozganini tushuntira olmasangiz, o'sha feature'ni siz qilmagansiz. Siz shunchaki agentga production uchun "access" bergansiz, xolos. @brogrammist