24/7
Open in Telegram
497
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1630 days
Posts Archive
497
❗️Amerikaga bormoqchi bo`lgan Samarqandliklar diqqatiga!
AQShning yurtimizdagi elchixonasi viza xizmatlari bo'yicha yangi veb-saytni (https://ais.usvisa-info.com/uz-uz/niv) ishga tushganini ma'lum qildi.
Endilikda ushbu sayt orqali Iyul va kelgusi oylar uchun noimmigratsion viza suhbat o'rinlari ochiladi. Veb-sahifa (https://uz.usembassy.gov/uz/news-events-uz/) ushbu yangi platforma orqali ko'rsatiladigan yaxshilangan xizmatlarimiz haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda Iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari,belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun to'lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak bo'ladi deyiladi elchixona xabarida.
👉🏻 https://t.me/Samxabar
497
❗️Samarqandda zid holatda qurilgan tandirlar va savdo rastalari ustidan nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda
Sanitariya talab-qoidalarga zid holatda qurilgan tandirlar va savdo rastalari ustidan nazorat tadbirlari hamda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Nazorat tadbiri Sanepidqo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i boshchiligida o‘tkazildi.
Katta yo‘l yoqalarida yuzaga kelayotgan noxush holatlarning oldini olish hamda maxsus ko‘cha savdolarida inson salomatligiga ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan mazkur nazorat tadbirida yo‘l yoqasidagi 26 nafar sotuvchiga profilaktik tushuntirish, оbodonlashtirish ishlari tashkil etildi hamda aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Xususan, Sanitariya qoida va me'yorlariga asosan sharoit yaratilmaganligi bois somsaxona faoliyati to‘xtatildi hamda tandirlar olindi. https://t.me/Samxabar
497
‼️Samarqandda qidiruvda boʻlgan transport vositalari aniqlanib, avtomashinalar vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.
"Xavfsiz yo‘l-xavfsiz piyoda 2024" konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan qidiruvda boʻlgan transport vositalari aniqlanib, avtomashinalar vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Pastdarg‘omda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida suvni ifloslantirgan fuqarolar jarimaga tortilmoqda
Pastdarg‘om tumani hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchalarida olib borilayotgan reyd tadbirlari jarayonida, qonun talablariga bo‘ysunmay, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay faoliyat olib borgan fuqarolarga maʼmuriy jarimalar belgilanmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tumanning “Xoncharvoq” MFYda yashovchi fuqaro H.J faoliyati davomida chiqindili oqova suvlarni mahalliy ariqqa oqizib qo‘yishi va suvni ifloslantirayotganligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismiga binoan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 020 000 so‘m miqdoridan jarima qo‘llanildi.
https://t.me/Samxabar
497
⚡️Bugun Samarqandda kuchli magnit bo'roni yopiriladi va yarim tungacha davom etadi
Magnit bo'roni ta'sirida bosh og'rig'i, qon bosimning ko'tarilishi, surunkali kasalliklarning kuchayishi, bo'g'imlardagi og'riq kuzatilishi mumkin.
❗️Bunday kunlarda quyoshga chiqmay ko'proq dam olish, yog'li va achchiq ovqatlarni yemaslik, ko'proq choy va suv ichish kerak.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Баходир Аликулович Холиков - Самарқанд давлат чет тиллари институти ректори этиб тайинланди.
Б.Холиков ушбу лавозимга тайинлангунига қадар, Бош вазир котибияти Давлат тилини ривожлантириш департаментининг Ўзбек тилини ривожлантириш ва атамашунослик масалалари бўйича бош мутахассиси бўлиб ишлаган.
https://t.me/Samxabar
497
Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Melixoʻja” mahallasi yangicha ko`rinish kasb etdi
https://t.me/Samxabar
497
Yangi tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining tegishli buyrug‘i bilan Tojiyev Ravshan O‘tkir o‘g‘li Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Бугун Самарқандда ултрабинафша нурланишининг ҳаддан ташқари тушиши кутилмоқда
Бугун ташқарида юриш фотодерматит, конъюнктивит, ириснинг яллиғланишига олиб келиши мумкин, шунингдек, тери саратони эҳтимолини оширади.
Аҳолига ташқарида кепка кийиш ва қуёшдан ҳимояловчи воситалардан фойдаланиш тавсия этилади, ёки кўчага умуман чиқмаслик яхшироқдир.
https://t.me/Samxabar
497
Qizil kitobga kiritilgan 30 ta O‘rta Osiyo cho’l toshbaqalari tabiatga qo’yib yuborildi
Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Cho‘pon ota massivi hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida voqea joyidan qochib ketgan noma’lum shaxslar tomonidan 30 bosh O‘rta Osiyo toshbaqa bolalari noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi.
Toshbaqalar salomatligini o‘rganish uchun Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markaziga o‘tkazildi. Sudralib yuruvchilar tabiatga qo'yib yuborildi. Shuningdek, huquqbuzarlarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo toshbaqasi TMXI Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga zaif va kamayib borayotgan tur maqomida kiritilgan.
https://t.me/Samxabar
497
‼️Elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lov tizimida uzilishlar
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2024 yil 2 iyun soat 00:00dan 3 iyun soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilmoqda.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabarida.
https://t.me/Samxabar
497
"Самарқанд сув таъминоти" АЖ шаҳар филиали томонидан бугун, соат 23:00 дан 2 июнь соат 05:00 гача ичимлик суви тармоғидаги носозликни бартараф этиш мақсадида Садриддин Айний кўчасининг "Намозгоҳ" масжидидан бошлаб кўчанинг кейинги чорраҳагача бўлган қисмида автомобильлар ҳаракати бир томонлама чекланади.
Йўлларда ҳаракат хавфсизлигига риоя этиб, эътиборли бўлишинигизни сўраб қоламиз!
https://t.me/Samxabar
497
Iyun oyida Samarqand viloyat musiqali drama teatrida qoʻyiladigan spektakllar jadvali eʼlon qilindi
https://t.me/Samxabar
497
📢 DIQQAT E'LON!!!
Ichimlik suvi vaqtinchalik toʻxtatiladi!
"Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filiali tomonidan bugun, 31-may kuni soat 9-30 dan 18-00 gacha Qorasuv massividagi 58-ko‘p qavatli uylardan 68-ko‘p qavatli uylargacha bo‘lgan qismi ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
👉 https://t.me/Samxabar
497
‼️O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi — FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi
O‘zbekiston Respublikasi hududida 31-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:25 da zilzila yuz berdi. Yer silkinishi epimarkazi Jizzax viloyati, Baxmal tumanida bo‘lib, uning magnitudasi 3,2 ni tashkil etdi.
👉 https://t.me/Samxabar
497
❗️Ayni kunlarda Samarqand shahri bilan Toyloq va Urgut tumanlarini bog‘lovchi Panjakent ko`chasida yo`llarni rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
👉 https://t.me/Samxabar
