24/7
Open in Telegram
497
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1630 days
Posts Archive
497
📢 DIQQAT E'LON!!! Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
"Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filialiga qarashli "Molkombinat" nasos stansiyasida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli joriy yilning 5-avgust, dushanba kuni soat 09-00 dan 17-00 gacha Samarqand shahrining
Amir Temur,
Abdulla Avloniy,
O‘rikzor,
Marxabo,
Saxovat,
Mirzo Bedil mahallari va Ali Qushchi, Amir Temur, Buyuk ipak yo‘li ko’chalari hamda ushbu mahalla va ko‘chalarga tutash hududlarda ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ichimlik suvini zahira qilishlarini so‘rab qolamiz. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz deyiladi "Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filiali xabarida.
https://t.me/Samxabar
497
⚡️ Samarqandda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi
🔹Avval xabar berganimizdek, balandligi 7,5 metr va uzunligi 18 metr hajmdagi og‘ir yuk ortilgan yuk mashinalari viloyatimiz hududidan o‘tmoqda.
Bugun ham mazkur yuk ortilgan mashinalar soat 09:40 dan 15:00 oralig‘ida Samarqand, Pastdarg‘om tumanlari hamda Samarqand shahri hududidan o‘tishi kutilmoqda. Shu sababli yo‘lini kesib o‘tadigan barcha elektr tarmoqlari xavfsizlik uchun o‘chiriladi.
Buning natijasida Samarqand tumanidagi:
Chilquduq,
Do‘stlik,
Yangiariq,
Guliston,
Mehrobod,
Mironqul,
Chaqar,
Mirishkor,
Ipakchi,
Qorasuv,
Zaxlik,
Navbog‘,
Qaynama (quyi, yuqori, o‘rta) mahallalarida hamda
Samarqand shahridagi:
Do‘stlik,
Nurafshon,
Chorbog‘,
Mirzatup,
Madaniyat,
Darg‘om,
Shukrona,
Yuksalish,
Geologlar,
Zarafshon,
Navbog‘chiyon,
Ahmad Yassaviy,
Do‘kchiyon,
Bo‘zi,
Yangi qo‘rg‘on,
Bo‘ston,
Ko‘l mahallalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
https://t.me/Samxabar
497
#Тезкор
⚡️ИСРОИЛДАГИ ЎЗБЕИСТОНЛИКЛАР ОГОҲЛАНТИРИЛДИ!
Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси Ўзбекистон фуқароларини огоҳлантирмоқда
Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси минтақадаги вазият туфайли Исроил ҳудудида бўлиб турган фуқаролардан эҳтиёткорлик ва хавфсизлик чораларини кўришни ҳамда доимий равишда ҳушёр бўлишга чақирмоқда.
"Ушбу зиддиятли кунларда шахсий хавфсизликка таҳдид солиши мумкин бўлган ҳолатларни олдини олиш учун заруратсиз яшаб турган жойингизни тарк этмасликни тавсия қиламиз", — дейилади элчихона консуллигининг хабарида.
t.me/Samxabar
497
#Sharq_taronalari_2024
⚡️YUNESKO shafeligida 25-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o'tadi.
https://t.me/Samxabar
497
#DIQQAT
⚡️⚡️Samarqand shahrida suv to‘xtatiladi
Samarqand shahar Navoiyshox ko‘chasida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish sababli bugun, 31-iyul kuni soat 10-00 dan Ogahiy, Chuquryo‘l, Navoiyshox, Anhor, Husayn Bayqaro va Pomir ko‘chalarida vaqtinchalik suv ta'minoti to‘xtatiladi.
https://t.me/Samxabar
497
❗️Бугун магнит бўрони кузатилади
Meteonova хизматининг маълумотларига кўра, геотўлқинлар соат 14:00 дан кутилмоқда ва 20:00 да чўққига чиқади ва кейин аста-секин пасаяди.
https://t.me/Samxabar
497
❗️27 октябрь – Ўзбекистонда сайлов
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатларининг сайлови 2024 йил 27 октябрь куни бўлиб ўтади. Марказий сайлов комиссияси сайлов кампанияси бошланганини эълон қилди.
https://t.me/Samxabar
497
25-iyul kuni Samarqand shahrida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
“Omon” podstansiyasining T-2 transformatorida demontaj va montaj ishlari olib borilishi sababli ertaga, 25-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida Samarqand shahridagi:
Siyobcha
Mustaqillik
Alisher Navoiy
Amir Temur
Mir Said Baraka
Abdurahmon Jomiy
Bog‘i Temur
Nurobod
Kamoliddin Behzod
Anhor
Xo‘ja Yusuf mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan korxona va tashkilotlar (viloyat qo‘riqlash boshqarmasi, oriyent finans va hamkor bank), ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlarida (“Makon mall”, “Xovrenko” nomidagi vino kombinati) elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.
https://t.me/Samxabar
497
‼️ДИҚҚАТ! СУВ ТЎХТАТИЛАДИ!
Саттепо масканида магистрал сув тармоғида носозлик юзага келди. Ушбу носозликни бартараф қилиш максадида Саттепо масканида вақтинча сув таъминоти тухтатилади.
https://t.me/Samxabar
497
‼️«Афросиёб» электрпоездлари қатнови жадвали ўзгартирилиши мумкин
«Ўзбекистон темир йўллари» АЖ тезюрар поездларнинг эрталабки қатнов вақтини ўзгартиришни режалаштирмоқда. Бу ҳақда «Ўзбекистон темир йўллари» АЖ хабар берди.
Қайд қилинишича, бу хорижий ҳамда маҳаллий сайёҳларнинг тарихий шаҳарларда узоқроқ бўлишини таъминлаш мақсадида амалга оширилиши мумкин.
«Афросиёб» электропоездлари эрталабки қатнови вақтини 1 соат олдинга суриш таклиф қилинмоқда.
Жумладан:
Тошкент – Қарши йўналишида поезднинг амалдаги жўнаш вақти соат 7:24, таклиф қилинаётган вақт – 6:24
Тошкент – Самарқанд, амалдаги жўнаш вақти 7:47, таклиф қилинаётган вақт – 6:47;
Тошкент – Бухоро, амалдаги жўнаш вақти 8:23, таклиф қилинаётган вақт – 7:23
- Тошкент – Бухоро, амалдаги жўнаш вақти 8:50, таклиф қилинаётган вақт – 7:50.
https://t.me/Samxabar
497
Самарқанд давлат университетига 5 юлдузли университет мақоми берилди
Университет иштирок этган кўрсаткичлар бўйича тўплаш мумкин бўлган максимал 1000 балдан 780 балл тўплади.
https://t.me/Samxabar
497
❗️Samarqandda damaslar o`rniga mikroavtobuslar harakati yo`lga qo`yiladi
Samarqand viloyati transport boshqarmasi viloyatda yo‘nalishli taksi xizmatini ko‘rsatuvchi avtokorxonalar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan tarzda tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan Damas rusumli transport vositalarida yo‘lovchi tashish sohasiga qo‘yilgan talablar buzilayotganligini tanqidiy tahlil qildi.
Bunda belgilangan yo‘nalishdan chiqish holatlari, avtotransport vositalarini talablar asosida jihozlashga rioya qilinmayotganligi, shuningdek, yo‘lkira narxlarining sun’iy ravishda oshirilayotganligi asoslovchi dalillar orqali tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, barcha avtokorxonalar rahbarlariga yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan “Damas” rusumli avtomobillarni bosqichma-bosqich mikroavtobuslar va og‘irligi 3,5 tonnagacha bo‘lgan kam sig‘imli avtobuslar almashtirish yuzasidan tavsiya berildi.
https://t.me/Samxabar
497
Самарқандда ўзганинг номига кредит расмийлаштирган фирибгар ушланди
Самарқандда ўзганинг номига кредит расмийлаштирган фирибгар ушландиБу ҳақда ИИВ ТҚД Киберхавфсизлик маркази матбуот хизмати хабар берди.
Маълумотларга кўра, гумонланувчи Н.С. жабрланувчи Т.К. ва Р.З.га "СМС" хабарнома (сохта ҳавола) юбориш орқали шахсий маълумотларини қўлга киритиб, уларнинг банк мобил иловасига иккинчи фойдаланувчи сифатида уланиб олган ва уларнинг номидан 13.500.000 сўм ва 12.300.000 сўм онлайн кредит расмийлаштириб, ўша вақтнинг ўзида мазкур пулларни ўзининг фойдаланувида бўлган банк пластик картасига ўтказиб олган ва ўз эҳтиёжларига сарфлаб юборганлиги маълум бўлди.
Ҳозирда ҳолат юзасидан Н.С.га нисбатан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 169 моддаси 3 қисми "б" банди билан жиноят иши қўзғатилган.
https://t.me/Samxabar
497
+1
Samarqand shahar koʻchalari boʻylab, velosipedchilar, maped va skuter ishtirokida sodir etilayotgan YTHlarning oldini olish maqsadida keng qamrovli targʻibot ishlari olib borilmoqda.
https://t.me/Samxabar
497
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
“Shimoliy” podstansiyasidan chiquvchi 32-, 30-fiderlarida 6 kV kabel tarmog‘i ulash ishlari olib borilishi sababli bugun soat 11:00 dan 18:00 oralig‘ida Samarqand shahridagi Rahmatobod, Ro‘dakiy mahallalarida, Beruniy ko‘chasi, suv nasosi, 42-maktab, 78-MTM, 5-oilaviy poliklinikada elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatiladi.
https://t.me/Samxabar
497
🎞 Samarqand delegatsiyasi SHUARdagi yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishmoqda
https://t.me/Samxabar
497
+2
❗️Samarqand shahri uchun elektrobus va tramvay xarid qilinadi
Transport vaziri Ilhom Maxkamov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha direktori Xuseyn Ozxan boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Toshkent – Samarqand” pullik avtomobil yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini yakunlash hamda Samarqand shahri uchun elektrobuslarni xarid qilish loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, tomonlar Samarqand shahri uchun tramvay xarid qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.
https://t.me/Samxabar
497
⚡️Доллар курси 3 кунлик кўтарилишдан сўнг яна тушди
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 23 июль куни амалда бўладиган қийматини белгилади.
Унга кўра, долларнинг расмий курси 17,00 сўмга пастлади ва 12 593,04 сўмни ташкил қилди.
Евро курси 4,64 сўмга тушиб, 13 716,34 сўм этиб белгиланди.
Россия рубли 0, 54 сўмга пастлаб, 143,82 сўмни ташкил қилди.
https://t.me/Samxabar
497
Академик лицейларга кириш тест синовлари бўлиб ўтадиган саналар эълон қилинди
Академик лицейларга кириш тест синовлари 25 июл куни иккинчи сменада (фақат Тошкент шаҳрида) ва 26 июл куни икки сменада (барча ҳудудларда) бўлиб ўтади.
https://t.me/Samxabar
