Kreativ Rais | Otabek Sharapov
Open in Telegram
Dangasa bir tadbirkorning ish faoliyati va hayotidan fikrlar joylab boriladi. Muallif: Otabek Sharapov
Show moreThe country is not specifiedBusiness76 578
434
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1430 days
Posts Archive
Push24/7 bor lekin, kim bizda ishlagisi kelsa 🔥
Siz bilan — @otabeksharapov
Intervyuda shunaqa savol berishdi. "Bilmay ham, kuymay ham" deb "yo'q" deb qo'yaqoldim 🫣👾
Wow ChatGPT'ning agent funksiyasi menga ham ochilibdi (masalan kecha yo'q edi, ketma-ketlik bilan ochilyapti).
Test qilyapman. Hozircha amaliyotlar soni cheklangan ekan. 24-avgust kunidan boshlab amaliyotlar soni ko'payarkan. Demak, 24-avgustdan butun dunyoga ochilgan bo'ladi, menimcha.
Siz bilan — @otabeksharapov
+8
So‘nggi haftalarda ikki tadbirda qatnashdim. Birida tashkilotchi tarafdan, boshqasida mehmon-spiker
Uchrashuvlardan biri o‘zimning taklifim bilan, O‘zbekiston Marketing Uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazdik. Ground Zero Kitob Olami filialida bo‘ldi.
Maqsad, TAF25 haqida yangi o‘sayotgan agentlik va mutaxassislarga tushuntirish. TAF! bu - O‘zbekistondagi reklamachilar uchun eng katta festival. Lekin shu paytgacha u o‘zbekzabon auditoriya uchun begonaroq edi, to‘g‘risi. Shu sabab ularni chaqirib, nima uchun bu festival muhim, qanday qatnashish mumkin — shularni tushuntirdik. Savollarga javob berdik.
Unga O‘zbekistondagi eng kuchli mutaxassislardan taklif qildik. Temur Sa’diy, Shoxrux Nizamutdiniv, Zokir Xolmatov, bular xalqaro sovrinlar egasi, turki festivallarda hay’at a’zosi.
Diyor aka Mirzaaxmedov, TAF! festivali asoschisi, juda samimiy va ochiq inson. Shuning uchun savol va takliflarni eshitishga tayyor bo‘ldilar. Shu tariqa yig‘ilishni tashkillashtirdik.
Ha, yana uchrashuvda Starup Garage ham ishtirok etdi. Uchrashuvga kelganlarga 50 million soʻmlik grand e’lon qilindi.
Ikkinchi uchrashuv. Ground Zero minor filialida bo‘ldi. Bu safar meni Marketing Club taklif qildi. 605 agentligi qanday boshlanganini, qanday rivojlanayotganimiz, qanday kampaniyalar ustida ishlayotganimizni so‘zlab berdim. Oddiy, samimiy uchrashuv bo‘ldi.
Siz bilan — @otabeksharapov
Repost from Marketing bo'limi
Duv Duv Gap maktabiga yana qabul ochildi
605 Agentligida ko'pchilik mana shu Duv Duv Gap maktabidan kelgan. Har galgi kurslardan kamida bitta odam agentlikka ishga kiryapti. Undan tashqari, bir nechta agentliklardan ham qiziqishlar bildirilyapti.
Nim u Duv-Duv Gap. Bizda "Duv-duv gap" nomli kreativlik maktabimiz bor. Unda yosh yigit qizlarga kreativ loyihalar ishlab chiqishni o‘rgatamiz. Bepulga. Lekin tanlov talabi yuqori, filtrlar qiyin. Shuningdek, parallel ravishda 605 agentligida amaliyot ham o‘tiladi.
Batafsilroq maqtovlarni mana bu va bu postni o'qishingiz mumkin.
Bugun 4-potokni e'lon qilyapman, mana. Har bir potokka tahminan 150-200 kishi ariza topshiryapti. Bir nechta potokka kerma-ket ariza topshirayotganlar bor. Harakatni to'xtatmang.
Agar siz ham "Onasini emsin" reklamalar qilmoqchi bo'lsangiz, bu maktab ayni joyi. Buning uchun ariza topshiring.
Qunt bilan to'ldiring. Biz ham, shaxsan men har bir arizani puxta o'rganib chiqib, o'zim tanlov qilaman.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Agar mijozga biz tarafdan qo‘pollik munosabati “tuyulgan” bo‘lsa, demak biz bunga yo‘l qo‘yganmiz
Yaqinda agentlikda bitta holat yuz berdi: mijoz qo‘pollikdan shikoyat qildi. Bunaqa holatlar yangi kompaniyalarda ko‘p bo‘ladi, va bu IMKONIYAT!
Ayrim mahal jamoa aybdorligi ochiq oydin bo‘ladi. Ayrim mahal esa “mijozning o‘zi aybdor, biz ayb ish qilmadik” degan qarash bo‘ladi.
Mana shu yerda o‘z fikrimni bildirmoqchiman: Fakt shu-ki, mijoz qo‘ng‘iroq qilib, noroziligini bildirdi. Demak xato bizda(ayb emas).
Shu bilan birga, jamoa nohaq, mijoz haq degani emas bu. Tushuntiraman: agar mijoz hurmatsizlikni his qilgan bo‘lsa, bu unga tuyilgan bo‘lsa ham, bu allaqachon biz tarafdan o‘tgan xatolik. Kimdir ayb ish qildi emas. Qayerdadir mana shu tuyg‘uga yo‘l qo‘ydik.
Yana bir narsa. Albatta, biz do‘kon emasmiz. Biz kansaltingmiz. Bizda mijoz bilan bahslashish mumkin. Lekin mijozning hissiyotini inkor qilib bo‘lmaydi.
Biz har safar fidbek qabul qilganimizda, zudlik bilan ikki ishni qilamiz:
1 Mijoz so‘ragan narsasini beramiz
2 Jamoa bn jarayonlarni o‘zgartiramiz, qoidalarni aniqlashtiramiz, gaplashamiz.
Ba’zan jamoada savol tug‘iladi:
“Nega mana bu holatda bizning tarafimizni olmading?” Javon: biz haq bo‘lish uchun emas, professional bo‘lish uchun ishlaymiz. Biz mijozning hissiyotlari bilan tortishmaymiz. Qaytaraman, tuyildimi? Bu bizning xatoimiz.
Yaxshisi, bu hissiyotlarni keltirgan sabablarni bartaraf qilamiz.
O‘zimiz Korzinkaga “siz xo‘jayin” kampaniyasini o‘ylab topib, bu g‘oyaga qarshi ish qilmaymiz.
Chunki oxir-oqibat: aybdor mijoz yo‘q, aybdor tizim bor.

605 toʻyonasi 😉
Bugun bir jamoamiz a’zolasi toʻyiga sovgʻa sifatida uni oilasi bilan safarga joʻnatdik. Sovgʻani toʻydan keyin bergandik, endi safar vaqti keldi, mana. Vetnam yoki Misr variantlaridan Vetnamni tanlashdi.
Biz xohlaymizki, odamlar bu yerda ishlashdan faxrlansin. Ularning ota-onalari farzandlari haqida xotirjam va mamnun boʻlishsin.
Biz uchun jamoamiz - eng asosiy yutugʻimiz.
Ular o‘zini qadrlangan, munosib sharoitda ishlayotgan va munosib yashayotgan inson deb his qilishligisini xohlayman!

🍲 605 agentligida endi tushlik bepul 🤤
Agentlikda bepul tushliklarni yo'lga qo'ydik. Va... buning uchun oyliklarni kamaytirmadik 😅 To'g'risi, bu biz uchun oylikni pasaytirish instrumenti emas. Balki imkon qadar qulay sharoitlar yaratish.
Tushlik tayin bo'lsa odam xotirjam ishlaydi. Har kuni "obedga nima yeymiz" savoli qiynamaydi. Turfaxillik xohlasa bemalol ko'chada ovqatlansa bo'ladi, ofis tushligidan voz kechib.
Amerika ofislarida ko'ramiz-ku, nonushta, sneklar, istalgan narsalar bepul. Shunaqa sharoitlar yaratishga harakat bu. Internetda "O'zbekistondagi bepul tushlikni tushunmayman" degan fikrlar bor ekanda. Avvaliga suv (oxooo), choy, qahva shundoq ham bor edi. Mana endi yana bitta qulaylik qo'shildi. Davom etaveramiz in shaa Alloh.

The Economist jurnaliga obuna bo'voldik. Digital + Print versiyalariga.
Bir yil oldin Aziza Umarova maslahat bergandilar "hayotilardagi sarflagan eng foydali pullardan bo'ladi, obuna bo'lilar" - deb.
Dunyo bo'ylab ham bu jurnalning obro'si juda baland. O'zlarining pozitsiyasi ham shunaqa "dangasalar o'qimaydigan jurnal" deb qo'yishadi. O'shalardan bo'lmaslik uchun ham o'qib turaylik-da endi. Alloh xayrli qilsin

Gap shunda-ki, o‘tgan yili Texnomart jamoasi ko‘plab mahsulotlarga chegirma kampaniyasi uchun bizga murojaat qilgan edi.
Biz esa biroz kengroq o‘ylab, faqat bitta kampaniya emas, balki doimiy foydalaniladigan platforma yaratishga qaror qildik:
• G‘oya
• Nom
• Logotip va uslub
• Piktogrammalar va butun dizayn tizimi
Natijada bu platforma o‘zini to‘liq oqladi:
Yuqoridagi postda koʻrganingizdek, Texnomart hali ham uni faol ishlatmoqda. Texnomartga, 605 jamoasiga va SIZGA ham rahmat :)
Siz bilan — @otabeksharapov
Hozir Texnomart postini koʻrib qoldim. Oʻtgan yili biz ishlab chiqqan “kreativ mahsulot”ni ishlatishyapti ekan. Ichimda oʻyladim - mahsuloting uzoq vaqt davomida mijoz jamoasi tomonidan ishlatilsa qandoq ham yaxshi. Demak u ish beryapti, foyda va qiymat keltiryapti.
Yana bizning "sher"larimiz Young Lions musobaqasida butun Markaziy Osiyo bo'yicha uchinchi o'rinni olishdi.
Dangasa tadbirkor — @otabeksharapov
+3
Yozishga hech qo'l bormadi. Xullas, ikki hafta oldin O'zbekistonda Market Yandex Go kirib kelishi munosabati bilan, brendning tizer kampaniyasini o'tkazdik. Alhamdulillah, sal-pal shov-shuv bo'ldi 🥳
Mana rasmlarni ko'ring.
Dangasa tadbirkor — @otabeksharapov
Assalomu alaykum! Hayit bayrami muborak bo’lsin. Alloh sizdan ham, bizdan ham bajarilgan ibodatlarni qabul qilsin.
Siz bilan dangasa tadbirkor — @otabeksharapov