Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi
Open in Telegram
311
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1430 days
Posts Archive
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик
—
Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
📖 Moliyaviy savodxonlik
Talab elastikligi
Bu narx oʻzgarishiga nisbatan talab miqdorining oʻzgarish reaksiyasi, narxning ozgina oʻzgarishi, talabning nisbatan koʻproq oʻzgarishiga olib kelsa, bu talabning elastikligidir. Talabning narx boʻyicha egiluvchanlik koʻrsatkichi talab hajmiga taʼsir qiluvchi boshqa omillar oʻzgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga oʻzgarishi talabning necha foizga oʻzgarishini ifodalovchi koʻrsatkich.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin.
👉 Kanalga ulanish
+3
✅ “O‘zbek tili" bayrami kuni manasabati bilan tadbir o‘tkazildi.
✅ Samarqand viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda G‘aznachilik boshqarmalari xodimlari ishtirokida 2024 yil 18 oktabr kuni Samarqand kuni va Davlat tili “O‘zbek tili” bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
✅ “ Tadbirda Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor I.Mirzaev ishtirok etdi va Davlat tili "O‘zbek tili" bo‘yicha mazmunli ma’ruza qildi va xodimlarni kuni Samarqand kuni va davlat tili “O‘zbek tili” bayrami bilan tabrikladi. Tadbir savol va javoblarga boy xodimlarning faolligi bilan qiziqarli va esda qoladigan tarzda o‘tkazildi.
Repost from Boshqaruv samaradorligi agentligi | Samarqand
⚡️Давлат хизматчисини қонуний фаолиятига тўсқинлик қилиш учун белгиланган жазо чоралари тўғрисида хабардормисиз?
Ушбу масала юзасидан эксперт, ТДЮУ Жиноят ҳуқуқи, криминология ва коррупцияга қарши курашиш кафедраси доценти Курбанов Маъруфжон Мамадаминович маълумот берди.
✅ “Мening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlandi!
Ovoz berish bosqichi 25-oktabr 10:00 ga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:
“Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.
Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
👉 Kanalga ulanish
+2
O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan davra suhbati tashkil etildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda Qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbati Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi hamda Yuridik departamenti mutaxassislari, O‘quv markazining xodimlari hamda vazirlikning hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tuman/shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari, vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari, tuman/shahar bo‘limlaridan kelgan tinglovchilar ishtirok etdi.
👉 Kanalga ulanish
+2
"Xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi hamda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari" mavzusidagi navbatdagi yig‘ilish Ishtixon tumanida tashkil etildi
Yig‘ilishni, Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi boshlig‘i Ismoilov Muxiddin kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z nutqida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda tuman(shahar) bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
👉 Batafsil
👉 Kanalga ulanish
+2
Jomboy tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishi hamda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari borasida yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risida”gi 85-sonli buyrug‘i, 2023-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimi xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 111-sonli buyrug‘i hamda Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 26-iyundagi 00001-r-sonli buyruqlari ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
👉 Batafsil
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
❗️ Firibgarlikdan ogoh boʻling!
Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har bir fuqaroga kompensatsiya toʻlanayotgani” toʻgʻrisidagi yolgʻon maʼlumotlar tarqatilib, fuqarolarning bank plastik kartalaridagi mablagʻlar yechib olinishi holatlari kuzatilmoqda.
📣 Hurmatli fuqarolar!
Sizdan shubhali havolalarga kirmaslikni, rasmiy manbalardan olinmagan maʼlumotlarni tekshirishni va ehtimoliy firibgarlikdan ogoh boʻlishingizni soʻraymiz. Bank plastik kartangiz maʼlumotlari va boshqa shaxsiy maʼlumotlaringizni begona shaxslarga oshkor qilmang!
✅ Barcha ishonchli va rasmiy ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi veb-sayti (www.imv.uz) hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Davlat organlari va tashkilotlari funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazildi.
👉 Kanalga ulanish
3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
👉 Kanalga ulanish
✅ “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz”
Samarqand viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.
👉BATAFSIL
O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan davra suhbati tashkil etildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan vazirlik markaziy apparati mas’ullari, vazirlik huzuridagi respublika ijro etuvchi organlari hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, “ZOOM” platformasi orqali hududiy boshqarma va bo‘lim xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vazirlik tizimi xodimlariga ushbu Qonunning mazmun-mohiyati, ya’ni “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasi xususida hamda manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi, shuningdek, vazirlik tizimida Qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tildi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
📈 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli Qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida davlat budjetidan avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish, rekonstrkusiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari uchun 2024-yilda ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot
#infratuzilma #infografika
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Repost from Zarnews.uz
Кимлар субсидия олиши мумкин?
Субсидия олишда инсон омили қатнашадими? Бошқа вилоятдан субсидия олиш мумкинми? Фуқароларга субсидия неча марта ажратилади? Субсидия олишнинг янги тартиби қандай?
Ушбу саволларга вилоят иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси бўлим бошлиғи Шохруҳ Эшқувватов жавоб берди.
@Zarnews_uz
+3
✅ Bugun viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mutasaddilari hamda bir guruh jurnalistlar ishtirokida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘lar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib o‘tdi.
Tadbirda bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Oqbo‘tayev ishtirokchilarga "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bo‘yicha ajratilayotgan mablag‘lar va sohada olib borilayotgan ishlar" yuzasidan ma'lumotlar berdi. Shundan so'ng Matbuot anjumani jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berish, o‘zaro muloqot tarzida davom etdi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi yetakchilari
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmoni ko‘ra:
📣Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23-sentabr kuni soat 09:00 da boshlanishi ma’lum qilamiz.
💠Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
💠Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi.
Hurmatli fuqaro! Siz Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirishingiz mumkin.
❗️Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori:
🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming soʻm);
🔹Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
