Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi
Open in Telegram
311
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1430 days
Posts Archive
28-noyabr kuni viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘lar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Dastlab, bosh boshqarma bo‘lim boshlig‘i O.Mardonov sohada 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, viloyat bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlarga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha ishtirokchilarga ma'lumot berdi.
Tadbir davomida jurnalistlar o'zini qiziqtirgan, sohadagi dolzarb muammolar haqidagi savollariga javob olishdi.
👉 Kanalga ulanish
Hurmatli jurnalist va blogerlar diqqatiga!
Joriy yilning 28-noyabr kuni soat 10:00 da viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘lar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
Anjuman doirasida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga aniq va batafsil javob olishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
📞(99) 042-01-77; 📞(66) 235-15-09
👉 Kanalga ulanish
Repost from Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Har bir noto‘g‘ri qaror halollikdan uzoqlashtiradi. Korrupsiya hayotingizni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ymang!Mazkur videorolik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Mening yurtim 5" telekanali, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri bilan hamkorlikda tayyorlangan. —————— Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
+3
Ayni daqiqalarda viloyat hokimligi kichik majlislar zalida "2025-yilgi byudjet loyihasi" bo‘yicha seminar bo‘lib o'tmoqda
Mazkur seminardan Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari qatnashishmoqda.
👉 Kanalga ulanish
Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari!
2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar mamlakatimizda “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.
👉 Kanalga ulanish
+1
Moliyachilar “Futzalda” bellashishdi
2024 yil 9-noyabr kuni Samarqand shahridagi o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabining sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi viloyat boshqarmalari (Iqtisodiyot va moliya, g‘azna, pensiya jamg‘armasi va h.k.) xodimlari o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha 11-noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida sportning futzal turi bo‘yicha musoboqa o‘tkazildi.
Musoboqa bayramona ruhda o‘tdi, unda barcha boshqarmalar faol ishtirok etdilar. Bundan tashqari, ushbu musoboqa joriy yil 18-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Hokim kubogi” musoboqasi oldidan tayyorgarlik vazifasini ham o‘tadi. Musoboqa yakunida jamoalar diplomlar bilan taqdirlandilar.
👉 Kanalga ulanish
+5
Bosh boshqarma majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.
Ushbu soat davomida "Yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar", "Ma'naviy-ma'rifiy video lavhalar namoyishi" mavzularida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
Aziz samarqandliklar!
Viloyat hududida kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, ko’mir bilan ta’minlash, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida 24 soat davomida uzluksiz ishlovchi shtablar tashkil etilgan.
Muammolar kuzatilsa, viloyat hokimligining shtabida o’rnatilgan (66)223-53-28; (66)223-53-29 telefon raqamlari orqali to’g’ridan-to’g’ri murojaat yo‘llashlaringiz mumkin.
Shahar va tumanlar hokimliklarida tashkil etilgan shtablardagi telefon raqamlari:
Samarqand shahar hokimligi – (66)233-03-60, (66)231-06-09;
Kattaqo’rg’on shahar hokimligi – (66)456-31-34, (66)456-38-94;
Kattaqo‘rg’on tumani hokimligi – (66)414-19-71;
Bulung’ur tumani hokimligi – (66)442-18-84;
Samarqand tumani hokimligi – (66)612-55-90;
Nurobod tumani hokimligi – (55)701-30-16;
Narpay tumani hokimligi – (66)432-10-98;
Pastarg’om tumani hokimligi- (66)465-13-87, (66)465-12-14;
Ishtixon tumani hokimligi – (66)629-15-69;
Payariq tumani hokimligi – (66)425-22-09;
Paxtachi tumani hokimligi – (66)403-13-51;
Jomboy tumani hokimligi – (66)475-15-05;
Oqdaryo tumani hokimligi – (66)492-52-45, (66)492-60-09;
Qo‘shrabot tumani hokimligi – (66)646-15-89;
Toyloq tumani hokimligi – (66)666-50-85;
Urgut tumani hokimligi – (66)483-16-64;
Kommunal va ijtimoiy soha muassasalarida tashkil etilgan shtablar telefon raqamlari:
“Hududgaz Samarqand" gaz ta‘minoti filiali – (66)239-78-12, (66)239-78-17;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filiali – (95)324-01-49, (95)324-01-68;
“Samarqand suv ta’minoti” AJ – (88)205-80-85;
Viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi – (66)221-42-60;
Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi – (66)235-35-80;
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – (66)238-88-18, (66)238-88-00;
Viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi – (66)234-99-64, (55)705-55-86;
Viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi – (95)324-24-88;
Repost from Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
8,1 mlrd so‘mlik 24 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan qariyb 8,1 mlrd so‘mlik 24 ta davlat xaridida sohaga oid qonunchilikka zid holatlar aniqlandi.
Jumladan:
- Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi buyurtmachiligida 1,4 mlrd so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmati;
- Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 1,3 mlrd so‘mlik tibbiy jihozlar xarid qilish;
- Muzrabot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasi buyurtmachiligida 1,3 mlrd so‘mlik yo‘llarni taʼmirlash xizmati ko‘rsatish;
- “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qoshidagi Bino inshoot va jihozlarning kapital taʼmiri bo‘yicha direksiya AJ buyurtmachiligida 796 mln so‘mlik binolarni taʼmirlash xizmati ko‘rsatish;
- Denov tumani tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 735 mln. so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmati;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti buyurtmachiligida 337 mln so‘mlik ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish;
- Mirishkor tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida 88 mln. so‘mlik ofis jihozlari xarid qilish;
- “Qipchoq yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 49 mln. so‘mlik qurilish mollari sotib olish;
- Yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo‘limi buyurtmachiligida 47 mln so‘mlik texnik jihozlari xarid qilish;
- Narpay tuman 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi buyurtmachiligida 30 mln so‘mlik qurilish mollari sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.
Shuningdek:
- Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi buyurtmachiligida 612 mln so‘mlik nasoslarga texnik xizmat ko‘rsatish;
- Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi buyurtmachiligida 600 mln. so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish;
- “Yoshlik kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 239 mln so‘mlik montaj-pardozlash xizmatlari ko‘rsatish;
- Payariq tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida 75 mln so‘mlik maxsus texnikalarni joriy tamirlash yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi maʼlum bo‘ldi.
Bundan tashqari, Asaka Agrotexnologiyalar texnikumi buyurtmachiligida 442 mln. so‘mlik texnik jihozlarni xarid qilish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida baholash jarayonida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof tarzda o‘tkazilishining oldi olindi.O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. —————— Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dunyoning eng nufuzli iqtisodiy-moliyaviy nashrlaridan biri — Bloomberg tomonidan e’tirof etilmoqda
📺Bloomberg: O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotiga nazar
📈 Investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilishdagi dadil qadamlar bilan O‘zbekiston yangi iqtisodiy kelajak sari yo‘l ochmoqda.
O‘zbekiston biznes uchun ochiq
Imkoniyatlar cheksiz
📺 Bloombergdagi so‘nggi videoni tomosha qiling va O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlarni kuzating.
#Uzbekistan #economy #finance #business #Bloomberg #Investments #EconomicGrowth #Reforms
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
+3
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar tashkil etildi
Joriy yilning 1-noyabr kuni "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarni bosh boshqarmaning Komplayens nazorat va maxsus ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis D.Raxmonov olib bordi hamda ishtirokchilarga quyidagi masalalar bo'yicha tushunchalar berdi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishni ham taqozo etadi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi” murakkab va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlarda, xorijiy va milliy qonunchilikka asosan davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tufayli uchraydi.
👉 Kanalga ulanish
+5
Bosh boshqarma majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.
Ushbu soat davomida "Yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar", "Ma'naviy-ma'rifiy video lavhalar namoyishi" mavzularida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🇺🇿 “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi va Budjetnoma ishlab chiqildi
2025-yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2026-2027-yillar uchun budjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.
➡️ Batafsil
#DavlatBudjeti
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
+5
Bosh boshqarma majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.
Ushbu soat davomida "Yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar", "Ma'naviy-ma'rifiy video lavhalar namoyishi" mavzularida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining bugungi (24-oktabr, № 215) sonida "Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy harakat, yagona maqsad" nomli maqola eʼlon qilindi.
Unda yaqinda bo‘lib o‘tgan IV Aksilkorrupsiya forumida ishtirok etgan aksilkorrupsiya idoralari rahbarlari, xalqaro ekspertlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kechayotgan tendensiyalar, innavatsion yechimlar, muhim tashabbus va takliflar, hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalalar yuzasidan fikr-mulohazalari bayon etilgan.Maqolaning to‘liq matni ushbu havolada. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyani oldini olish yuzasidan vazirlik tomonidan qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyati mavzusida yig‘ilish Bulung‘ur tumanida tashkil etildi
Yig‘ilishni M.Ismoilov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish qatnashchilariga, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan keyin, yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan bosh boshqarmaning bosh yuristkonsulti A.Narzikulov chiqish qilib, xodimlarni vazirlik tomonidan qabul qilingan buyruqlar, ularning mazmun-mohiyati, ushbu buyruqlar bilan tasdiqlanan Nizomlar, Reglamet va Yoʻriqnomalar bilan tanishtirib o‘tdi
👉 Kanalga ulanish
✅ 27-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi kuni
👉 Kanalga ulanish
Repost from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
🎞 Samarqandda “O‘zbekiston-Qozog‘iston” IV mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi
