Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi
Open in Telegram
311
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1430 days
Posts Archive
Repost from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
📊Samarqand viloyati eksportidagi TOP: 10 tuman va shaharlar
🏢 2024-yil davomida Samarqand viloyati eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan tuman va shaharlar:
🔹Samarqand shahri – 265,1 mln. AQSh dollari.
🔹Samarqand tumani – 130,1 mln. AQSh dollari.
🔹Jomboy tumani – 80,2 mln. AQSh dollari.
🔹Kattaqo‘rg‘on shahri – 64,9 mln. AQSh dollari.
🔹Urgut tumani – 59,1 mln. AQSh dollari.
🔹Oqdaryo tumani – 26,3 mln. AQSh dollari.
🔹Ishtixon tumani – 20,4 mln. AQSh dollari.
🔹Pastdarg‘om tumani – 16,8 mln. AQSh dollari.
🔹Tоyloq tumani – 16,6 mln. AQSh dollari.
🔹Bulungʻur tumani – 12,2 mln. AQSh dollari.
Repost from Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o'tkazilgan xarid natijalari bekor qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar doimiy ravishda monitoring tartibida o‘rganib bormoqda.
Jumladan, 2024-yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xaridlar o'rganildi.
Natijada:
▫️ 234 ta holatda jami 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalari bekor qilindi;
▫️vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma kiritildi;
▫️huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborildi;
▫️qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 44 nafar shaxsning intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Batafsil infografikada.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Demokratiya sogʼliq uchun foydali: korruptsiyalashgan davlatlarda aholi salomatligi yomonroq ekani maʼlum boʼldi
Davlat xizmatlari kuchliroq boʼlgan boy mamlakatlarda aholi odatda uzoqroq umr koʼradi, sogʼliqni saqlash tizimi ham kuchliroq boʼladi. 134 ta mamlakatda oʼtkazilgan tadqiqotga koʼra, faqat kambagʼallik emas, balki demokratiya va korruptsiya ham bu masalada hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tadqiqot natijalari PLOS Global Public Health jurnalida eʼlon qilingan.
Yangi tadqiqotda taʼkidlanishicha, mamlakatlar oʼz iqtisodiyoti hajmiga nisbatan sogʼliqni saqlash uchun qancha mablagʼ sarflaganidan qatʼi nazar, demokratiya, korruptsiya va tibbiyot xodimlari oʼrtasidagi bogʼliqlik oʼzgarishsiz qolgan.
Tadqiqot natijalariga koʼra, ulgʼayganidan soʼng qaerda yashashidan qatʼi nazar, hayotining dastlabki 20 yilini demokratiya sharoitida oʼtkazgan odamlar, avtoritar tuzum sharoitida ulgʼaygan kishilarga qaraganda 2,8 yil koʼproq umr koʼrgan. Bolalar oʼlimi ham 3,28 foizga past boʼlgan.
👉 Kanalga ulanish
2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣ Kirib kelayotgan yangi 2025-yil barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!
👉 Kanalga ulanish
+9
Bosh boshqarmasi majlislar zalida "Iqtisodiyot va moliya sohasida 2024-yilda erishilgan natijalar, amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilgi rejalar" bo‘yicha tadbir bo'lib o'tdi
Tadbirda bosh boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. B.Mirzayev tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, viloyat iqtisodiyoti hamda budjetiga doir masalalar sarhisobi aytib o'tildi va kelgusi yil uchun rejalar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Yakunda bir qator xodimlarning yil davomidagi samarali mehnati, oʼziga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarishi e'tirof etildi.
👉 Kanalga ulanish
+9
Bosh boshqarmasi majlislar zalida "Iqtisodiyot va moliya sohasida 2024-yilda erishilgan natijalar, amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilgi rejalar" bo‘yicha tadbir bo'lib o'tdi
Tadbirda bosh boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. B.Mirzayev tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, viloyat iqtisodiyoti hamda budjetiga doir masalalar sarhisobi aytib o'tildi va kelgusi yil uchun rejalar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Yakunda bir qator xodimlarning yil davomidagi samarali mehnati, oʼziga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarishi e'tirof etildi.
👉 Kanalga ulanish
+8
Bosh boshqarmasi majlislar zalida "Iqtisodiyot va moliya sohasida 2024-yilda erishilgan natijalar, amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilgi rejalar" bo‘yicha tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda bosh boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. B.Mirzayev tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, viloyat iqtisodiyoti hamda budjetiga doir masalalar sarhisobi aytib o'tildi va kelgusi yil uchun rejalar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Yakunda bir qator xodimlarning samarali mehnati, oʼziga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarishi e'tirof etildi.
👉 Kanalga ulanish
2024-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga to‘lab berilgan subsidiyalar to‘g‘risida hududlar kesimida maʼlumot e'lon qilindi
Unga ko'ra Samarqand viloyatida yil davomida ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga to‘lab berilgan subsidiyalar miqdori 186,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 10 508 ta viloyatimiz fuqarolari uy-joy olishda undan foydalanishgan. Bu ko'rsatkichda viloyatimizning respublikadagi ulushi eng yuqori, ya'ni 14% ga teng bo'lgan.
👉 Kanalga ulanish
+4
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi
Joriy yil 3-7-dekabr kunlari Samarqand viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlarida ishlayotgan xodimlar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosiga hissa qo‘shib, o‘z xonadonlari, yashayodigan ko‘cha va mahallasi hamda o‘qigan maktabi hududlarida jami 1875 ta daraxt ko‘chatlari ekildi, shundan mevali daraxtlar 1057 ta, manzarali daraxtlar 254 ta va 570 ta butasimon ko‘chatlardir.
Bundan tashqari, joriy yil kuz mavsumida belgilangan hududlarda jami 11817 ta daraxt ko‘chatlari ekildi, shundan manzarali daraxt ko‘chatlari 9430 ta, mevali daraxtlar ko‘chatlari 2137 ta, butasimon ko‘chatlar 250 ta. Bu boradagi ishlar 2025 yilda ham davom ettiriladi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
⚡️“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening maktabim” loyihasi o‘tkaziladi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq joriy yilda tanlab olingan 14 ta tumandagi 612 ta maktabda sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi o‘tkaziladi.
Bunda,
1️⃣18–27-dekabr kunlari – loyihalarni shakllantirish (10 kun);
2️⃣2025-yil 2–11-yanvar kunlari – loyihalarni saralash (10 kun);
3️⃣13–17-yanvar kunlari – ovoz berish (5 kun) bosqichlari bo‘lib o‘tadi.
‼️Eslatma: ushbu loyihada maktablarning 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
➡️“Mening maktabim” loyihasi doirasida o‘quvchilar tomonidan o‘zlari ta’lim olayotgan maktabni jihozlash va qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalar shakllantiriladi hamda o‘quvchilar tanlagan (ovoz bergan) loyihalar moliyalashtiriladi.
🪙 Joriy yilda g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir maktabga 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Mening maktabim – mening orzularim uyi! Tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!#mening_maktabim #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Ayni daqiqalarda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining "Ochiq muloqot" ko'rsatuvida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etishmoqda
👉 Kanalga ulanish
+5
✅ Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Pensiya jamgʼarmasi viloyat boshqarmasi hamda viloyat Gʼaznachilik boshqarmalari hamkorlikda,
2024-yil 6-dekabr kuni “9-dekabrь - Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash” va 8-dekabrь konustituttsiyamiz kabul kilingan kun umumxalq bayramiga bagʼishlab davra soʼhbati oʼtkazildi.
✅ Davra suhbatida viloyati prokuraturasining boʼlim katta prokurori, Аdliya 1-darajali yuristi X.Sattarov va viloyat Аdliya boshqarmasi mutaxasisi Аdliya 2-darajali yuristi S. Mamarajabovlar ishtirok etdi va davra suhbatini Pensiya jamgʼarasi Samarqand viloyat boshqarma boshligʼi oʼrinbosari Husniddin Saparov olib bordi.
👉 Kanalga ulanish
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
+1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🤝 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida Yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha 9 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘larini ajratish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Repost from Zarnews.uz
2024 йил Самарқандда ташаббусли бюджет учун 518 миллиард сўм ажратилган
Вилоят иқтисодиёт ва молия бош бошқармаси бўлим бошлиғи Орзумурод Мардоновнинг маълум қилишича, инвестиция дастури доирасида жорий йилда 1,6 триллион сўмлик 259 та объектда қурилиш ишларини бажариш белгиланган.
———
2024-yil Samarqandda tashabbusli byudjet uchun 518 milliard soʻm ajratilgan
Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi Orzumurod Mardonovning maʼlum qilishicha, investitsiya dasturi doirasida joriy yilda 1,6 trillion soʻmlik 259 ta obyektda qurilish ishlarini bajarish belgilangan.
Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/unwu
Каналга қўшилинг: 👇
Telegram | Facebook | Youtube
+2
Konstitutsiya kuni – mazmunli kutib olinmoqda
Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi sport majmuasida 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan ommaviy sportning stol tennisi, darts va turnikka tortish turlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musoboqalar “Sog‘lom turmush tarzi – barchamizga kerak” shiori ostida o‘tkazilib, xodimlarning salomatligini mustahkamlash ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tayorgarligini oshirish hamda xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni yaratish asosiy maqsad qilib olindi.
Musoboqalar yakuniy natijalariga qarab gʻolib va faol xodimlar rahbariyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
👉 Kanalga ulanish
+2
Konstitutsiya kuni – mazmunli kutib olinmoqda
Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi sport majmuasida 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan ommaviy sportning stol tennisi, darts va turnikka tortish turlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musoboqalar “Sog‘lom turmush tarzi – barchamizga kerak” shiori ostida o‘tkazilib, xodimlarning salomatligini mustahkamlash ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tayorgarligini oshirish hamda xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni yaratish asosiy maqsad qilib olindi.
Musoboqalar yakuniy natijalariga qarab gʻolib va faol xodimlar rahbariyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
👉 Kanalga ulanish
+2
Bugun Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida bosh boshqarma hamda Samarqand shahar Iqtisodiyot va moliya bo'limi xodimlari ishtirokida siyosiy-ma'rifiy o'quv soati o'tkazildi.
O'quv soati davomida xodimlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning yalpi majlislari, shuningdek, Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko'rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo'ljallangan dasturi muhokamasiga bag'ishlangan majlisidagi nutqlari mazmun-mohiyati, ularda ilgari surilgan fikr va tashabbuslari yetkazildi.
👉 Kanalga ulanish
