cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Tarixdan sirlar

Admin: @Navruz_Khodjayev Reklama xizmati: @tarixdan_sirlar_reklama Kanal VP qabul qilmaydi!

Show more
Uzbekistan11 836The language is not specifiedFacts2 605
Advertising posts
5 359
Subscribers
-224 hours
-317 days
-16230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Dengiz sayohatlari davrigacha davlat bayroqlari turli xil shakllarga ega bo'lgan. To'rtburchak shakldagi bayroqlar kema machtalariga o'rnatish uchun amaliy jihatdan eng maqbul bayroqlar edi. Asta-sekin bayroqlarning bu shakli avval Yevropada, keyin esa butun dunyoda standartga aylandi. Hozirgi kunda to'rtburchak shaklga ega bo'lmagan yagona bayroq Nepal bayrog'idir. Olimlarning fikricha, dengizga chiqa olmaydigan bu tog'li qirollikda bayroqlarni kemaga o'rnatish uchun qulay shaklga o'zgartirish zaruriyati bo'lmagan va ularning bayrog'i shu ko'rinishda qolib ketgan bo'lishi mumkin. @tarixdan_sirlar
Show all...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Viktor Soy nega tomirlarini kesgan edi? 1983-yilda Viktor Soy armiyaga bormaslik uchun o'z tomirlarini kesadi va o'zini ruhiy kasal qilib ko'rsatib, bir necha hafta ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotib chiqadi. Uning armiyadan qochishiga bir qancha sabablar bor edi. Bu voqeadan sal oldin Soyning amakisini o'g'li 2 yillik armiyaga ketgan va u yerdan tirik qaytmagan edi. Bundan tashqari o'sha paytlarda Sovet-Afg'on urushi davom etardi. O'sha paytda tashqi ko'rinishi osiyoliklarga o'xshaganlar albatta urushga yuboriladi degan mish-mishlar tarqalgan edi. Sabablardan yana biri guruh o'sha paytda ancha mashhur bo'lgan va Soyning 2 yillik armiyada paytida guruh tarqalib ketishi yoki odamlar ularni unutib yuborishi mumkin edi. U yo'q paytida sevgan qizi Maryananing turmushga chiqib ketishidan qo'rqqani ham sabablardan biri sifatida keltiriladi. Soyning bu ishini oqlaymizmi yoki qoralaymizmi😄 @tarixdan_sirlar
Show all...
👍 30😁 10👎 7🤣 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ideal jinoyat Bu voqea XIX asrda Londonda sodir bo'lgan. Jamiyatning hurmatli a'zosi Hovard Grin kundalik yurita boshlaydi. Kundalikda u o'zi judayam nafratlangan ayolini o'ldirishning 14 usuli haqida batafsil yozadi. Har bir usul nihoyatda aniqlik bilan, mayda detallarigacha yozilgan edi. Bir kuni uning xotini shu kundalikni topib oladi va jahli chiqib, erini qaychi bilan o'ldirib qo'yadi. Sud ayolnnging harakatlarini o'zini-o'zi himoya qilish deb topadi va uni ozod etadi. Bu yerda ideal jinoyat nima deb qiziqyapsizmi? Qotillikdan 100 yil o'tgach, mutaxassislar kundalikdagi qo'l yozuvi Hovardga tegishli emasligini aniqlaydilar. Bu yozuv jinoyat tashkilotchisi bo'lgan, Hovardning xotinining o'ynashi tomonidan yozilgan yozuvlar bo'lib chiqadi. Tesla haqida o'qib, uylanishga shoshayotganlar bo'lsa, yana bir o'ylab ko'ringlar😁 @tarixdan_sirlar
Show all...
👍 21😁 15👏 2🤣 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nikola Tesla butun umri davomida bo’ydoq o’tgan. U bo’ydoqlik uning ilmiy qobiliyatlariga yordam berishiga ishongan. Biroq, umrining so’nggi yillarda oila qurmaslik fikri to’g’ri qaror bo’lmaganidan afsuslangan ekan. Kimga yuborib qo'yishni bilasizlar) @tarixdan_sirlar
Show all...
👍 20😁 17😢 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Zakovat”dagi uzoq yillik jamoadoshim Abbos Salaydinov mutlaqo yangi yo‘nalishda kanal yuritmoqda. U kanalida “Zakovat” savollarini qanday qilib oson topish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishib bormoqda. Kanalda savollardagi kalit so‘zlar, almashtirishlar, bo‘shliq, anagrammalar va boshqa mavzularda qiziqarli ma’lumotlar berilmoqda. “Zakovat”da professional bilimdon bo‘lish orzusidagilarga kanalni alohida tavsiya qilaman. Bizda bunday kanalga ehtiyoj bor edi va shu ishga qo‘l urilganidan xursandman. Kanalga ulanish 👇🏻 https://t.me/zakovat_anagramma
Show all...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
Shumercha ajrashish Rasmda miloddan avvalgi VII asrga oid sopol taxtacha. Ossuriyaning buyuk shohi Ashshurbanipalning Nineneveyadagi kutubxonasidan. Matnda shunday deyilgan: “Agar xotin erini yomon ko‘rsa va unga “sen mening erim emassan”, - desa, er uni daryoga cho‘ktirishi mumkin”. Mana nimaga qadimda oilalar mustahkam bo'lgan) @tarixdan_sirlar
Show all...
😁 36👍 20👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
XVIII asrda hukmronlik qilgan Shvetsiya qiroli Karl XII shunday degan edi: "Rossiya - karlik, men uni tiz cho'ktiraman". Karl XII ning Rossiya bilan urushi natijasida Shvetsiya buyuk davlatlar safidan butunlayga chiqib ketadi. O'ziyam qirolni mahobatidan odam qo'rqarkan) @tarixdan_sirlar
Show all...
😁 32👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Киноманлар учун тавсия. "Катта Оға" телеграм каналда сиз ҳар хил фильмларга тақриз, мақола ва "китоб севарлар учун тавсия" каби қизиқарли фильмлар рўйхати билан танишишингиз мумкин. Яқинда Мартин Скорсезенинг "Қутурган Буқа" фильми канал ҳомийлигида ўзбек тилига (субтитрда) таржима қилинди. Ушбу канал орқали фильмни юклаб олишингиз ва фильм ҳақидаги мақолани ўқиб кўришингиз мумкин. Телеграм каналга ҳавола: https://t.me/KoKinoKanali
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Altay - bu tahminan zamonaviy smartfolar o'lchamidagi telefon. Undan siz boshqa altayga, taksofonga yoki oddiy shahar telefoniga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin bo'lgan. U Sovet Ittifoqida 1963-yilda, Motorola "birinchi mobil telefon"ni taqdim etishidan 10 yil oldin chiqarilgan. @tarixdan_sirlar
Show all...
👍 25🤯 4👏 1
Monakoning rivojiga katta hissa qo'shgan aktrisa Urushidan keyin Monako knyazligi og'ir iqtisodiy ahvolda edi. Knyazlikni Grimaldilar sulolasidan bo'lgan yosh Rene III boshqararardi. Bu vaziyatda Renega juda mashhur va keng aloqalarga ega rafiqa kerak edi. Shunda yangi malikaning tanishlari va mashhurligi ortidan knyazlik turistlar oqimini ko'paytirib olishi mumkin bo'lardi. Mashhur millioner Aristotel Onassis Reneni Merlin Monro bilan tanishtirib qo'yishga harakat qiladi. Lekin Monroning imiji malikalik uchun mos emas edi. Ajoyib kunlarning birida, Kann kinofestivalida, Rene mashhur aktrisa Greys Kelli bilan tanishib qoladi va unga maftun bo'ladi. Bu paytda Greys 2 marta oskarni qo'lga kiritgan bo'lib, Hollywoodning eng kassabop aktrisasi hisoblanardi. Tez orada Greys ham Reneni yoqtirib qoladi va u uchun eng sevimli ishi, kinodan ketishga ham rozi bo'ladi. Shu tariqa ularning to'yi bo'ladi. Knyazlikning iqtisodiy ahvoli yaxshi emasligi sababli, to'y xarajatlarini MGM kompaniyasi ko'taradi va buning evaziga to'y translyatsiyasi huquqini oladi. Translyatsiyasini 30 mln odam tomosha qilgan. Greysning davrida Monakoda turistlar oqimi ko'payib, mamlakat gullab yashnagan.  Greys Kelli 1982-yilda avtohalokatda vafot etadi. @tarixdan_sirlar
Show all...
👍 24