en
Feedback
YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI

YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI

Open in Telegram

Ёзёвон тумани ҳокимлиги расмий канали Веб-сайт: 👉yozyovon.uz Facebook: 👉 yozyovon24 Instagram: 👉 yozyovon_tuman_hokimligi YouTube: 👉 YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI

Channel YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI (@yozyovon24) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 238 subscribers, ranking 18 088 in the News & Media category and 7 537 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 238 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -232 over the last 30 days and by -14 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 12.61%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 10.66% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 1 293 views. Within the first day, a publication typically gains 1 093 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 4.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Ёзёвон тумани ҳокимлиги расмий канали Веб-сайт: 👉yozyovon.uz Facebook: 👉 yozyovon24 Instagram: 👉 yozyovon_tuman_hokimligi YouTube: 👉 YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.

10 238
Subscribers
-1424 hours
-547 days
-23230 days
Posts Archive
DEPUTAT FAOLIYATI 🔹Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Dilshodjon Djalilov “Qorisoqiy ota” ziyoratgohida
+2
DEPUTAT FAOLIYATI 🔹Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman  hokimi Dilshodjon Djalilov “Qorisoqiy ota” ziyoratgohida bo’lib, biriktirilgan vakillar hamda mas’ullar ishtirokida Prezidentimizning PQ-298-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. 🔹O‘rganish davomida ziyoratgoh hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini yaxshilash, sanitariya holatini ta’minlash hamda hududni zamonaviy va fayzli maskanga aylantirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi. 🔹Tuman Kengashi deputati, tuman  hokimi mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni sifatli va o’z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berdi.

YOZYOVONDA SPORTGA BO‘LGAN E’TIBOR E’TIROF ETILDI. 🔹Yozyovon yaqinda foydalanishga topshirilgan Sport maktabi binosi, markaz
+9
YOZYOVONDA SPORTGA BO‘LGAN E’TIBOR E’TIROF ETILDI. 🔹Yozyovon yaqinda foydalanishga topshirilgan Sport maktabi binosi, markaziy o‘yingohda olib borilayotgan ishlar hamda sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. 🔸Shuningdek, tumanda sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 🔰Yozyovonda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, mas’ullarga minnatdorlik bildirdi hamda kelgusidagi loyihalarni amalga oshirishda ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidladi. 🌐 Telegram | Instagram | Facebook |

DEPUTAT FAOLIYATI 🔹Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Ittifoq saylov okrugidan saylangan deputat A.Qo‘chqorov, tuman Kengasi kotibiyati mudiri S.Sobirov  hamda mahalla faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabr kungi PQ-298-sonli Qaror ijrosi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini o‘rgandi. 🔹O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan vazifalarning o’z vaqtida va talab darajasida bajarilishi, shuningdek, obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Yozyovon tumani Kengashi

photo content

photo content

Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va fuqarolar o’rganildi. 🔹Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Ittifoq saylov okrugidan saylamgan deputat A.Qo‘chqorov tomonidan “Beruniy” mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat yuritayotgan Ijtimoiy xodim O.Muhammadaliyevning ish faoliyati hamda mahalladagi ijtimoiy ahvol atroflicha o‘rganildi. 🔹O‘rganishlar davomida ijtimoiy reestrga kiritilgan quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi: 🔹Mahallada jami ijtimoiy reestrda turgan fuqarolar soni-43 nafar. 🔹Nogironligi bo’lgan shaxslar-73 nafar. 🔹O’rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir fuqaroga ko’rsatilayotgan tibbiy, moddiy va ma’naviy yordamlarning manzilliligi ko’rib chiqildi. 🔹Deputat tomonidan ijtimoiy xodim bilan birgalikda ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, uy-joyga muhtoj hamda nogironligi bo’lgan fuqarolarga davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va yordamlarni o’z vaqtida etkazish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 🔹Inson qadri va ijtimoiy himoya masalalari doimiy nazoratda! 🇺🇿Xalq deputatlari Yozyovon tumani Kengashi

photo content

Yangi hamkorlar — yangi tashabbuslar Janubiy Koreyaning qator kompaniyalari bilan Farg‘ona viloyatida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya “AHA Co., Ltd” kompaniyasida koreyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

LG Innovation Galleryda ilg‘or texnologik ishlanmalar namoyishi Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona
+9
LG Innovation Galleryda ilg‘or texnologik ishlanmalar namoyishi Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrining Gangso tumani Magok hududidagi LG Sciencepark majmuasida joylashgan LG Innovation Gallery texnologik ko‘rgazma markazida bo‘ldi. LG Innovation Gallery — LG guruhining zamonaviy texnologik imkoniyatlari, innovatsion ishlanmalari va istiqbolga mo‘ljallangan yechimlari namoyish etiladigan markaz hisoblanadi. Bu yerda kompaniyaning turli sohalardagi ilg‘or texnologiyalari yagona innovatsion makonda taqdim etilgan. Tashrif davomida viloyat delegatsiyasiga markaz faoliyati va namoyish etilayotgan texnologik yechimlar haqida batafsil ma’lumot berildi. — В LG Innovation Gallery представлены передовые технологические разработки — Advanced Technological Innovations Showcased at LG Innovation Gallery Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

ЁЗЁВОНДА СПОРТГА БЎЛГАН ЭЪТИБОР ЭЪТИРОФ ЭТИЛДИ Ўзбекистон Республикаси Спорт вазирининг ўринбосари Авазбек Каримов туманимизд
+9
ЁЗЁВОНДА СПОРТГА БЎЛГАН ЭЪТИБОР ЭЪТИРОФ ЭТИЛДИ Ўзбекистон Республикаси Спорт вазирининг ўринбосари Авазбек Каримов туманимизда соҳада амалга оширилаётган ишлар билан танишиш мақсадида ташриф буюрди. Вазир ўринбосари яқинда қуриб битказилиб, фойдаланишга топширилган Спорт мактаби маъмурий биноси, марказий ўйингоҳда амалга оширилаётган ишлар ҳамда спорт тўгараклари фаолияти билан танишди. Туман ҳокими ўринбосари Шероз Мирзалиев, спорт мактаби директори Музаффар Каримов туманимизда спортни ривожлантириш бўйича амалга ошириладиган янги лойиҳаларни тақдимот қилишди. Меҳмон Ёзёвонда таҳсинга лойиқ ишлар амалга оширилганини гапириб, туман ҳокими ҳамда масъулларга раҳмат айтди. Келгусида амалга ошириладиган лойиҳаларда кўмакдош эканлигини билдирди.

ЁШ ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан ҳудудларда тадбиркорликни ривожлантириш, ёшларни тадбиркорликка кенг жалб этиш, ишбилармонлик фаолиятини йўлга қўйиш истагида бўлган фуқароларни қўллаб-қувватлаш, шунингдек, тадбиркорлар фаолиятига тўсқинлик қилаётган муаммоларни аниқлаш ва уларни бартараф этишга қаратилган сайёр қабуллар тизимли равишда ўтказиб келинмоқда. Шу мақсадда туман ҳокимининг биринчи ўринбосари Акрамжон Эралиев иштирокида АТ «Халқ банки» ишчи гуруҳи томонидан ёш тадбиркорлар ҳамда тадбиркорлик фаолиятини бошлаш истагида бўлган фуқаролар учун очиқ мулоқот ва сайёр қабул ташкил этилди. Қабул давомида жами 27 нафар фуқаронинг мурожаатлари тингланди. Мурожаатлар асосан тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш учун кредит олиш, субсидия ажратиш, ишга жойлашиш, «Ёшлар дафтари»га киритиш ҳамда касб-ҳунарга ўқитиш каби масалаларга оид бўлди. Мурожаатларнинг 2 таси жойида ижобий ҳал этилди. Қолган масалалар юзасидан масъулларга аниқ вазифалар юклатилиб, уларни ҳал этиш учун 10 кунлик муддатлар белгиланди. Учрашув давомида ҳар бир мурожаат алоҳида ўрганилиб, фуқароларнинг таклиф ва муаммолари бўйича тегишли мутасаддиларга кўрсатмалар берилди. Мурожаатларни белгиланган муддатларда ижобий ҳал этиш ҳамда натижаси бўйича фуқароларни хабардор қилиш чоралари белгиланди. Бундай очиқ мулоқотлар тадбиркорлар ва давлат органлари ўртасидаги тўғридан-тўғри мулоқотни мустаҳкамлаш, мавжуд муаммоларни жойида аниқлаш ва уларга амалий ечим топишда муҳим аҳамият касб этади.

photo content
+8

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Janubiy Koreyaning yetakchi IT kompaniyalaridan biri — “EXEM” faoliyati bilan tanishdi Janubi
+4
Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Janubiy Koreyaning yetakchi IT kompaniyalaridan biri — “EXEM” faoliyati bilan tanishdi Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Seul shahri Gangso tumanidagi Magok innovatsion hududida joylashgan “EXEM Co., Ltd” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. — Делегация Ферганской области ознакомилась с деятельностью EXEM — одной из ведущих IT-компаний Южной Кореи — Fergana Region Delegation Explores the Activities of EXEM, One of South Korea’s Leading IT Companies Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

photo content
+9

Farg‘ona viloyati va Gangso tumani hamkorlikning yangi bosqichini boshlamoqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Janub
+6
Farg‘ona viloyati va Gangso tumani hamkorlikning yangi bosqichini boshlamoqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreya poytaxti Seulning g‘arbiy qismida joylashgan Gangso tumani hokimi Jin Gyo Xun bilan uchrashdi. Muloqotda Farg‘ona viloyati va Gangso tumani o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, ta’lim yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. — Ферганская область и район Кансо начинают новый этап сотрудничества — Fergana Region and Gangseo District Embark on a New Stage of Cooperation Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Koreyalik ishbilarmonlar bilan samarali kelishuvlarga erishildi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy t
+9
Koreyalik ishbilarmonlar bilan samarali kelishuvlarga erishildi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi doirasida koreyalik ishbilarmon doiralar bilan manfaatli muzokaralar davom etmoqda. Tashrif davomida qator kompaniyalar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilmoqda. Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Samyoung Material Inspection Technology Co., Ltd”, “Korea Health Certification Association” hamda “Chalgomu Key Board Co., Ltd” va "KINGDOM GLOBAL Co., Ltd" kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. — Достигнуты результативные договорённости с корейскими деловыми кругами — Productive Agreements Reached with Korean Business Representatives Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

ХОРИЖДАН КЕЛГАН ЎҚИТУВЧИ — ЎҚУВЧИЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТ 3-мактабга ўқувчиларнинг хорижий тилларни, хусусан, инглиз тилини ўрганишга бўлган қизиқишини янада ошириш, уларнинг тил билими ва мулоқот кўникмаларини ривожлантириш мақсадида навбатдаги муҳим лойиҳа амалга оширилмоқда. Лойиҳа доирасида мактабга Филиппин Республикасидан халқаро тоифадаги инглиз тили ўқитувчиси Ms. Ричард ташриф буюрди. Айни кунларда хорижлик мутахассис мактаб ўқувчиларига инглиз тилидан дарс машғулотларини олиб бормоқда. Машғулотлар замонавий ва интерактив усуллар асосида ташкил этилиб, ўқувчиларнинг инглиз тилида эркин мулоқот қилиш, тўғри талаффуз ва кундалик вазиятларда тилдан фойдаланиш кўникмаларини ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Шунингдек, туман ҳокими Дилшоджон Джалилов мактабга ташриф буюриб, хорижлик ўқитувчи Ms. Ричард билан мулоқот ўтказди. Мулоқот давомида хорижлик мутахассиснинг мактабдаги фаолияти, ўқувчилар учун яратилаётган имкониятлар, таълим жараёнида замонавий хорижий тажрибалардан фойдаланиш ҳамда ўқувчиларнинг инглиз тилини пухта ўзлаштириши учун амалга оширилаётган ишлар хусусида фикр алмашилди. Туман ҳокими хорижлик ўқитувчига ўз миннатдорчилигини билдириб, мактаб ўқувчиларининг хорижий тилларни ўрганиши учун бундай замонавий ва амалий лойиҳаларни изчил давом эттириш муҳимлигини таъкидлади.

photo content

#Ёшлар_куни ҒОЛИБЛАР ТАҚДИРЛАНИШДИ Президентимизнинг 2019 йил 3 майдаги “Иқтидорли ёшларни аниқлаш ва юқори малакали кадрлар тайёрлашнинг узлуксиз тизимини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ҳамда 2021 йил 19 майдаги “Ўзбекистон Республикасида хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш фаолиятини сифат жиҳатидан янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорлари ижросини таъминлаш юзасидан 2021 йил 9 сентябрда Вазирлар Маҳкамасининг 562-сонли қарори қабул қилинган. Унга мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Президенти соврини учун “Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб” танловини ўтказиш белгиланган. Ушбу қарорлар ижросини таъминлаш мақсадида танловнинг туман босқичи ўтказилди. Танловда 40 та мактаб ўқувчилари иштирок этишди. Танлов шаффоф тарзда, ташқаридаги кузатувчилар учун мониторларда онлайн узатиб берилди. Якунда туман босқичининг ғолиблари аниқланди. Унга кўра, 1-мактаб 1-, 3-мактаб 2- ва 6-мактаб жамоаси 3-ўринларни эгаллашиб, 100, 75, 50 млн сўмликдан ваучерга эга бўлдилар. Туман ҳокими Дилшоджон Джалилов, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган масъуллари Ёшлар куни муносабати билан 3-мактабда бўлишиб, мактаб жамоасини 2-ўринни қўлга киритганликлари билан табриклашди. Шунингдек, ёшларнинг маънавий дунёқарашини кенгайтириш, китобхонлик маданиятини юксалтириш, уларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш ҳамда иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш мақсадида Ёзёвон туманида қатор маънавий-маърифий тадбирлар ва китобхонлик кўрик-танловлари ташкил этилмоқда. Жумладан, Ёзёвон тумани прокурори ташаббуси билан ташкил этилган “Ёш китобхон” кўрик-танловида Ёзёвон тумани ММТБ тасарруфидаги 3-мактаб ўқувчилари ҳам фаол иштирок этдилар. Танлов якунларига кўра, мактаб ўқувчиси Хабибуллаева Нигора фахрли 1-ўринни эгаллаб, ўзининг китобхонлик ва билим салоҳиятини муносиб намоён этди. Шунингдек, Ёзёвон тумани ММТБ бўлими ҳамда Ёзёвон тумани “Келажак” маркази ҳамкорлигида ташкил этилган китобхонлик танловида мактабимиз ўқувчиси Сарвиноз Худобердиева фахрли 1-ўринни қўлга киритди. Мактаб жамоаси учун яна бир қувончли натижа — “Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб” танловида фахрли 2-ўринни эгаллаганидир. Танловларда юқори натижаларни қайд этган ўқувчиларимизнинг меҳнати муносиб баҳоланиб, улар телевизор ҳамда тумани ҳокимининг Фахрий ёрлиғи билан тақдирландилар. Туман ҳокими юртимизда таълимга берилаётган эътибор ҳақида гапириб, ўқувчилар бундан самарали фойдаланишлари кераклигини таъкидлади.