O'zbek tili va adabiyot
Open in Telegram
👨🏻🏫 Javohir Yo'ldoshevning O'zbek tili va adabiyotga doir kanali. @Javohir_1110
Show more2 899
Subscribers
+724 hours
+197 days
+9530 days
Posts Archive
📌Dars esingizdami?!
📢Bugun 20:00 da esse darsi!!!
📍Manzil: @Milliy_til_1
✏️Esse yozishda yana bir e'tiborga loyiq jihat, shubhasiz, dalillar!
Nega dalillash muhim?💡 Siz kuchli qarashlarni ilgari sursangiz-u ularni faktlar bilan dalillamasangiz, bu esseni ishonchsiz, "zaif" ko'rsatadi. Xuddiki, argumentlar bino bo'lsa, dalil uning poydevori. Bino qanchalik ko'rkam bo'lmasin, poydevorsiz uzoqqa bormaydi.
Qanday dalil turlaridan foydalanish kerak?➡️ Esse va yozma ishlarda quyidagi dalillar ko‘p ishlatiladi: ✅Faktlar – statistik ma’lumotlar, tadqiqot natijalari Masalan: Tadqiqotlarga ko‘ra, muntazam kitob o‘qish lug‘at boyligini 30% ga oshiradi. ✅Misollar – real hayotdan yoki ijtimoiy holatlardan Masalan: Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bepul ta’lim ijtimoiy tenglikni ta’minlashi kuzatiladi. ✅Mutaxassis fikri – olimlar, ekspertlarning tadqiqotlari, taniqli shaxslarning bergan intervyulari Masalan: Psixologlarning ta’kidlashicha, stressni boshqarish akademik muvaffaqiyatga ta’sir qiladi. ❗ E'tibor bering, dalillar ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Qo'shningiz, qarindoshingiz yoki do'stingizning biror mavzuda aytgan subyektiv qarashlari sizga dalil bo'la olmaydi. ✔️@esse_u✔️
Xulosa qanday yoziladi? Bugun shu haqida gaplashamiz!
📱 Esening yana bir tarkibiy qismi bu xulosa. Bunda siz yuqorida keltirilgan fikrlarni 1-2 jumla orqali umumlashtirib qo'yasiz.
✔️Yangi fikr (argument) bermaysiz, dalil keltirmaysiz.
✔️Xulosada neytral qolmaysiz, aksincha, berilgan tomonlardan birini tanlash talab qilinadi.
✔️Esseyingiz yanada mukammalroq chiqishi uchun bu qismda yechim taklif qilish tavsiya etiladi.
Masalan:
Xulosa o'rnida, garchi jamoat transportidan foydalanish avtohalokatlar sonini qisman kamaytirsa-da, bu hodisalarni butunlay bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun hukumat vakillari qo‘shimcha yo‘l belgilarini o‘rnatish, mavjud yo‘llarni qayta ta’mirlash hamda haydovchi va yo‘lovchilarning malakasini oshirish kabi qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.🙋🏼♂️ Qisqa qilib aytganda, xulosada shaxsiy tanlovingizni aniq va bir nechta jumla bilan ko'rsatib berishingiz kerak. 🎯@Esse_u🎯
🟦🟦🟦🟦🟦
📢 Azizlar, payshanba kuni(15-yanvar) soat 20:00 da kanalimizda maxsus esse darsi o’tiladi.
🎯 Unda siz quyidagilarni chuqur o'rganishingiz mumkin:
✅esse strukturasi;
✅mantiqiy izchillikni hosil qilish;
✅leksik birliklarni o'rinli qo'llash;
✅to'g'ri dalillash;
✅baholash me’zoni.
🙋🏼♂️Albatta, qantashing, yaqinlaringizga ushbu xabarni ulashing!!!
📍 Kanan manzili: @Milliy_til_1
⭕️⭕️⭕️⭕️
✏️ Asosiy qism 3 ta xat boshidan iborat bo'ladi:
✅ Birinchi xatboshida mavzu yuzasidan dastlabki tomonning qarashlari yoritiladi. Odatda, uni siz yoqlamaydigan tomon bilan boshlash maqsadga muvofiq. Asosiy qismni kirishdagi kabi umumiy jumlalar bilan emas, to'g'ridan-to'g'ri argument bilan boshlash lozim.
Na'muna: "Chop etilgan kitoblarni yoqlovchilar fikriga ko'ra, ular kitobxonga bir qancha qulayliklar taqdim etadi. Avvalo .."❗ Argumentlarni sanashda "Birinchidan", "Ikkinchidan", "Shuningdek", "Bundan tashqari", "Qolaversa" kabi kirish so'zlardan foydalaning. ✔️Ikkinchi xatboshida siz yoqlaydigan tomonning argumentlarni keltiring. Bunda ham avval kirish jumla, so'ng fikr va uni mustahkamlovchi dalil (ilmiy tadqiqotlar, so'rovnomalar, statistik ma'lumotlar) ishlatasiz.
Na'muna: "Mavzu yuzasidan ikkinchi tomon vakillari esa elektron kitoblarning ekologiyaga zarar yetkazmasligini ta'kidlashadi"🟢 Yodda tuting! Siz qo'llagan maqol, hikmatli so'z yoki iboralaringiz dalil hisoblanmaydi. Ular esseda leksik xilma-xillikni ta'minlaydi xolos. ✔️Shaxsiy fikr essening "mag'zi" sanaladi. Bunda siz tomonlardan birini tanlab, tanlovingiz sababini dalillar bilan yoritib berishingiz kerak.
Na'muna: "O'ylashimcha, texnologiyalar asrida elektron kitoblarning foydalari ko'proq. Negaki ularni har kim, har qayerda yuklab olib, ishlatishi mumkin va bu kitobxonlarning ham vaqtni, ham naqdini tejaydi"❗ Ko'pincha o'quvchilar bu qismga e'tibor berishmaydi, argumentlarni qisqa va kuchsiz tanlashadi, dalillar berib mustahkamlashmaydi. Aslida, siz mavzuni qay darajada tushunganingiz va tahlil qila olishingiz, fikrlash qobiliyatingiz aynan mazkur qismda aks etadi. 🎯@Esse_u🎯
✏️ Kuchli kirish qanday yoziladi?
⚠️Ko‘pchilik esse kirishini umumiy gaplar bilan boshlaydi. Natija — past ball. Keling, sabablarni batafsil ko'rib chiqamiz.
Insoniyat yaralibdiki, turli tanlovlar qurshovida yashaydi. Yaratganning marhamati ila hatto kishilarning barmoq izlari bir-biriga o'xshamas ekan jamiyatdagi u yoki bu masala yuzasidan bahs-munozaralar yuzaga kelishi tabiiy. Ana shunday muhokamali mavzulardan biri ... ❌ Yuqoridagi kirish bir qarashda jimjimador, har qanday esse mavzusiga qo'llash mumkindek tuyiladi, biroq yuqori balli esse yozish uchun bunday "oldi-qochdi" jumlalardandan foydalanish yaramaydi. ✅ Aslida kirish qismi qisqa, bir nechta gaplardan iborat bo'lishi va berilgan mavzuni qayta ishlab, "paraphrase" qilish maqsadga muvofiq:
So‘nggi yillarda texnologiya va ilm-fan yutuqlari ta’lim jarayonini sezilarli darajada yengillashtirmoqda. Ba’zilar bunga tayanib murabbiylarsiz ham bilim olish mumkin deb hisoblasa, boshqalar o‘qituvchi rahbarligining ahamiyati hanuz yuqori ekanini ta’kidlaydi.⤵️ So'ngra, asosiy qism va kirishni o'zaro bog'lash uchun tezis gap qo'yiladi:
- Xo'sh, mazkur vaziyatda qanday yo'l tutgan ma'qul? - Mavzu yuzasidan qay tomon fikrlari o'rinli? -Jamiyat rivoji uchun qay yo'ldan bormoq afzal? ❗ E'tiborli bo'ling, "Keling, mavzuni muhokama qilamiz.., sizning fikringiz qanday?" kabi tezislarni qo'llamang, umuman ikkinchi shaxsga murojaat qilmang! 🎯@esse_u🎯
⭐️ 🔤 va 🔤 tovushlarining ishlatilish o‘rnini yodda tutishda quyidagi kabi holatlardan foydalanish mumkin:
✅ h tovushi yumshoqroq talaffuz etiladi, shuning uchun sezilar-sezilmas darajada eshitiladi. Ba’zan so‘zlayotganda so‘z tarkibidan tushib ham qoladi: xohlamoq – xolamoq; fahm – fam;
✅ x undoshi qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil emas, aksincha, ba’zi shevalarda q ga o‘xshash xususiyatga ega bo‘ladi: xalq – qalq; xulq – qulq; mix – miq;
✅ h undoshi tushib qolish darajasiga bormagan hollarda y deb talaffuz qilinishi mumkin, x undoshida esa bu holni ko‘rmaymiz: shohi – shoyi; Abdurahim – Abdurayim; Shohista – Shoyista; Ibrohim – Ibroyim;
✅ yopiq bo‘g‘inda e tovushidan keyin doim h qo‘llanadi: ehtimol, ehtiyoj, istehkom, mehmon, istehzo, mehnat;
✅ yopiq bo‘g‘inda i unlisidan keyin doim x undoshi keladi: ixcham, ixlos, ixtiro, ixtiyoriy, mix, six;
✅ rus-yevropa so‘zlarida, ko‘pincha, x harfi yoziladi: texnika, xirurg, arxiv, arxitektor.
@Milliy_til_1
Repost from Oʻzbek tili va adabiyoti | Zafarjon Xurramov
Kanalimizda oʻtilgan jonli darslarimiz roʻyxati:1. Ilmiy matn 2. Sheʼriy san'atlar 3. Qofiya ilmi 4. Gʻazalistika 5. Diagnostik test tahlili 6. ESSE STRATEGIYASI 7. Yozma ish(ESSE)ni baholash mezoni 8. ESSE (Yolgʻon dalillar) 9. Yozma savodxonlik (Esse) qolipi Safimizga qoʻshiling: @Onatili_Sertifikat_BMBA
📚📚📚📚📚📚📚📚
2026-yil bahorgi attestatsiya sinovlari uchun ona tili va adabiyot fanidan spetsifikatsiya asosida test namunasi.
✅@Milliy_til_1
Repost from Oʻzbek tili va adabiyoti | Zafarjon Xurramov
📢 E’LONBugun, 9-yanvar kuni, ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik test o‘tkaziladi. Mazkur test katta auditoriyada tashkil etilib, imtihon jarayoni 19:00 dan 22:00 gacha davom etadi.
🔍 Testning asosiy afzalliklari:•✓ Test topshiriqlari milliy sertifikat imtihoni talablari asosida tuzilgan; •✓ Natijalar Rash modeli asosida tekshiriladi, bu esa ishtirokchilarning bilim darajasini xolis va aniq aniqlash imkonini beradi; •✓ Olingan natijalar orqali ishtirokchilar o‘z bilimidagi kuchli va sust jihatlarni aniqlab oladilar.
🎯 Diagnostik testda qatnashish orqali siz:•✓ haqiqiy imtihon muhiti bilan tanishasiz; •✓ bilim darajangizni real baholaysiz; •✓ keyingi tayyorgarlik bosqichini to‘g‘ri rejalashtirish imkoniga ega bo‘lasiz. 📊 Test natijalari hamda keyingi diagnostik jarayonlarga oid barcha ma’lumotlar rasmiy Telegram kanalimiz orqali e’lon qilinadi: 👉 @Onatili_Sertifikat_BMBA 📌 Milliy sertifikatga jiddiy tayyorgarlikni aynan bugundan boshlang. Imkoniyatni boy bermang!
Bobur qalamiga mansub ushbu baytni o‘qib, navbatdagi ikkita savolga javob bering.
Labing bag'rimni qon qildi. ko'zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi - men andin bir so'rorim bor.
1. Berilgan baytda quyidagi san’atlarni qaysi birlaridan foydalanilgan?
1) tanosib; 2) talmeh; 3) tazod; 4) iyhom.
A) 1, 3
B) 2, 3
С) 1, 4
D) 3, 4
2. Qaysi javobda yuqoridagi bayt mazmuniga muvofiq keladigan fikr berilgan?
A) oshiq yigitning labi ma'shuqa hajrida qonab ketgani taTddlangan
B) oshiq o'zidagi zahmatlarning sababi sifatida yorning labini ayblagan
C) ma'shuqaning labi shunchalar qizilligidan osliiqning ko‘zidan qonlar oqishi ta ’kidlangan
D) oshiq ma’shuqaning labidagi qizillikni o'zidagi barcha o‘zgarishlarning davosi deb biladi
💡@Milliy_til_1💡
🔥Diqqat, diqqat, diqqat !!! Bizda super yangilik
💃SHoshiling
🗣Bizda 1-yanvardan boshlab tasdiqlangan badiiy asarlardan bepul savol-javoblar bo'lyapti.
🗣Sertifikat imtihoniga qadar siz deyarli barcha asarlarni mukammal o'zlashtirib olishingiz mumkin.
♒️Asarlar savol-javobida faol qatnashgan o'quvchi yoki o'qituvchilarimiz, sertifikat guruhida 1 oy bepul o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi 😊
🔥🔥🔥Qani ketdik...
Murojaat uchun:@dildora_filolog
https://t.me/+_5BXMmxDDy9kYTli
Esse yozishda qo‘llaniladigan iboralar va klişelar
1. Kirish qismi uchun iboralar
• “Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb bo‘lib turibdi.”
• “Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarni bevosita ta’sir qiladi.”
• “Ko‘plab olimlar va mutaxassislar … haqida turli qarashlarni bildiradilar.”
• “Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud.”
• “Avvalo, … masalasining ildizlariga nazar tashlaylik.”
________________________________________
2. Birinchi tomon fikrlarini bayon qilish uchun iboralar
• “Ayrimlar fikricha, …”
• “Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, …”
• “Shuni e’tirof etish lozimki, … ga qarshi fikrlar ham mavjud.”
• “Ba’zi odamlar bu borada quyidagicha o‘ylashadi: …”
• “Ularningcha, … esa eng muhim yo‘ldir.”
________________________________________
3. Ikkinchi tomon fikrlarini ifodalash uchun iboralar
• “Boshqa bir qarashga ko‘ra, …”
• “Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.”
• “Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar.”
• “Mazkur masalani boshqacha izohlaydiganlar ham bor.”
• “Bu fikrga qo‘shilmaganlar esa … ga urg‘u beradilar.”
________________________________________
4. Shaxsiy fikrni ifodalash uchun iboralar
• “Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: …”
• “Mening nazarimda, …”
• “O‘zimning tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, …”
• “Barchasini inobatga olgan holda, men quyidagicha fikrdaman: …”
• “Eng to‘g‘ri yondashuv deb … ni hisoblayman.”
________________________________________
5. Dalil va misollar keltirishda ishlatiladigan iboralar
• “Masalan, …”
• “Statistik ma’lumotlarga qaraganda, …”
• “O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, …”
• “Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, …”
• “Buni quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin: …”
________________________________________
6. Xulosa qismi uchun iboralar
• “Yuqoridagi mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, …”
• “Xullas, … masalasi jamiyatimizda muhim o‘rin tutadi.”
• “Umuman olganda, …”
• “Natijada shuni aytish mumkinki, …”
• “Xulosa qilib aytganda, … kelajak taraqqiyoti uchun hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.”
________________________________________
7. Esse yozishda tez-tez qo‘llaniladigan umumiy klişelar
• “Hech kimga sir emaski, …”
• “Zamon talabidan kelib chiqib, …”
• “Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu – …”
• “Insoniyat taraqqiyoti yo‘lida …”
• “Shuni alohida ta’kidlash kerakki, …”
• “Ko‘plab tadqiqotlar isbotlaydiki, …”
• “Jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri bu – …”
• “Har bir inson uchun …”
________________________________________
Xulosa
Esse yozishda iboralar va klişelar — yozuvchining “til quroli”dir. Ular fikrni tartibga soladi, matnni silliqlaydi va o‘quvchiga qulay tarzda yetkazadi. Ammo bu iboralardan haddan tashqari ko‘p foydalanmaslik kerak, chunki esse sun’iy tuyulib qolishi mumkin. Muhimi — iboralar orqali yozuvchi o‘z fikrini ta’sirchan va aniq ifodalashni bilishi lozim.
➡️@Milliy_til_1
