en
Feedback
O'zbek tili va adabiyot

O'zbek tili va adabiyot

Open in Telegram

👨🏻‍🏫 Javohir Yo'ldoshevning O'zbek tili va adabiyotga doir kanali. @Javohir_1110

Show more
2 885
Subscribers
-424 hours
+107 days
+8330 days
Posts Archive
🟢 “Akvarium” strategiyasi — bu interfaol o‘qitish usuli bo‘lib, unda kichik guruh muhokama qiladi, qolganlar esa kuzatadi va tahlil qiladi. ________________________________________ 🎯 QISQA TA’RIF: Akvarium strategiyasi — o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib, biri muhokama qiladi, boshqasi kuzatib baholaydigan metod. ________________________________________ 🧠 QANDAY O‘TKAZILADI? 1.Sinf 2 qismga bo‘linadi: Ichki guruh (akvarium ichida) Tashqi guruh (kuzatuvchilar) 2.Ichki guruh: mavzu bo‘yicha bahs qiladi savollarga javob beradi 3.Tashqi guruh: diqqat bilan kuzatadi xatolarni va yaxshi tomonlarni yozadi 4.Oxirida: tahlil qilinadi fikrlar almashiladi ________________________________________ 🔥 MAQSADI: O‘quvchini faollashtirish Tahlil qilish ko‘nikmasini oshirish Nutq va fikrlashni rivojlantirish ________________________________________ 💡 MISOL: “Ijtimoiy tarmoqlarning foydasi va zarari” ✔️Ichki guruh → bahs qiladi ✔️Tashqi guruh → kim qanday gapirdi, qanday fikr bildirdi — baholaydi ________________________________________ ⚠️ ESLAB QOLISH UCHUN: “Akvarium = ichkarida gap, tashqarida kuzatish” 🕊@Milliy_test_tizimi🕊

👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫Kabiy standart va pedogogik mahorat nima? ➡️ Kasbiy standart — o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak. ➡️ Pedagogik mahorat — o‘qituvchi qanday ishlaydi. 💡 Kasbiy standart — bu o‘qituvchi qanday bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerakligini belgilovchi mezonlar. Asosiy tarkibi: 1️⃣Kasbiy kompetensiya Fanini chuqur bilish Darsni rejalashtirish Zamonaviy metodlardan foydalanish 2️⃣Pedagogik kompetensiya O‘quvchilar bilan ishlash Individual yondashuv Motivatsiya berish 3️⃣Kommunikativ kompetensiya Ochiq va ravon nutq O‘quvchi, ota-ona, hamkasblar bilan muloqot 4️⃣Axborot-kommunikatsion kompetensiya Kompyuter, internetdan foydalanish Onlayn darslar o‘tkazish 5️⃣Shaxsiy rivojlanish O‘z ustida ishlash Malaka oshirish 💡 Pedagogik mahorat — bu o‘qituvchining bilimni samarali yetkazish san’ati. Asosiy elementlari: 1️⃣Pedagogik texnika Ovozni boshqarish Mimika, jestlar Sinfni boshqarish 2️⃣Pedagogik takt O‘quvchini hurmat qilish Tanbehni to‘g‘ri berish Vaziyatga mos muomala 3️⃣Pedagogik qobiliyat Tez fikrlash Vaziyatni to‘g‘ri baholash Ijodkorlik 4️⃣Pedagogik muloqot Dialog asosida dars Savol-javob usuli O‘quvchini jalb qilish 🕊@Milliy_test_tizimi🕊

🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🅰️🅱️🅰️🔠 QADRLI ONA TILI VA ADABIYOT USTOZLARI! Attestatsiya imtihoniga juda oz vaqt qoldi. ❗Agar siz ham attestatsiyaga jiddiy tayyorlanmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang. 👨‍🏫Tajribali testologlar Xurshid Jo‘rayev va Zafarjon Xurramov tomonidan 🔖10 ta namunaviy diagnostik test 📌Mukammal yechim va jonli tahlil bilan maxsus yopiq guruhda taqdim etiladi. 💡Guruhda siz: ✔ Testlarni xuddi imtihon formatida ishlaysiz ✔ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganasiz ✔Xatolaringizni tahlil qilib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz 💰Ishtirok etish narxi: atigi 67 000 so‘m 🎯Maqsad — attestatsiyada yuqori natija va 70% ustama! Testlardan namuna Xuddi shu narx va tartibdagi Milliy sertifikat kursimiz haqida “Milliy sertifikat Rash-2026” kitobimiz” haqida 👉Guruhga qo‘shilish uchun: @Xurshid_filolog 📍Attestatsiyaga va MSgaoid eng kerakli ma’lumotlar: *@ona_tili_attestatsiya

Leksikologiya 1.pdf3.58 MB

photo content

Faqat ishlaganlarga jacobini tashlab beraman. Rasm ko'rinishida muhokamaga tashlang.

savollar

savollar

Ovoz va ekran

Bugun, 21:30 da kanlada jonli dars o'tmqochiman. Leksikolgiya bo'limini to'liq o'tib beraman. Ham attetsatsiya, ham sertifikat uchun foydali. Qatnashuvchilar faol bo'lsa, darslarimiz 1-mayga qadar davom etadi. Kanal manzili: @Milliy_til_1

Mavzu: Ayrimlar ta'lim tizimimizda an'anaviy metodlarni samarali deb hisoblasa, boshqalar xorijiy tajribalarni o'zlashtirishni qo'llab-quvvatlaydi. KIRISH GAP → Bugungi taʼlim tizimi rivojlanib borayotgan davrda jamiyatimiz faollarining oʻqitish usullari haqida turlicha qarashlari mavjud. MUAMMO → Baʼzilar milliy usullarni yanada sayqallab, uni rivojlantirish kerak deyishsa, qolganlar chet el tajribasini qoʻllash foydaliroq ekanligini maʼqullashmoqda. TEZIS → Xoʻsh, bu borada qaysi tomon fikr oʻrinliroq? TOMONNI TANISHTIRISH → Masala yuzasidan dastlabki fikrni yoqlaydiganlar oʻz qarashlarini quyidagicha izohlaydilar: BIRINCHI ASOS → milliy oʻqitish usullari millatimiz qadriyatlar va anʼanalarini davom ettirishga yordam beradi. DALIL → Masalan, ustoz-shogird anʼanasi millatimizning uzoq oʻtmishdan buyon saqlanib qolgan eng yaxshi usulidir. Xalqimiz: "Bilmaganini soʻrab oʻrgangan olim, orlanib soʻramagan oʻziga zolim", - deb bejiz aytmagan. IKKINCHI ASOS → Qolaversa, ushbu usullar jamiyat mentalitetiga uygʻunlashib boʻlgan. U orqali dars mavzulari oson, qiyinchiliklarsiz tushuntirilishi va tushunilishi tayin. DALIL → Buni ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻtkazgan soʻrovnomalar ham tasdiqlaydi. Unga koʻra, milliy oʻqitish metodikalaridan foydalangan 58 foiz oʻqituvchilar bor bilim va malakalarini oʻquvchilarga tushunarli tarzda yetqazib bera olgan. TOMONNI TANISHTIRISH → Shunga qaramay, qarshi tomon fikrlarini ham inkor etib boʻlmaydi. Ularning fikricha, chet el tajribasini qoʻllash zamon talabi darajasiga yetmoqda. BIRINCHI ASOS → Birinchidan, xorijiy maktab, universitetlarning oʻqitish usullari zamonaviy texnologiyalar bilan hamohanglikda amalga oshiriladi. DALIL → Natijada, oʻquvchilar kengroq fikrlashi, qiziqishlarining ortishi kuzatilishi mumkin. IKKINCHI ASOS → Ikkinchidan, ular orqali mamlakatimiz taʼlim berishda xalqaro standartlarga moslashib, yanada yuksaladi. DALIL → Ushbu holatga Milliy universitetining professori J. Nosirovning izlanishlarini misol qilib keltirish mumin. U turli chet davlatlarning taʼlim tizimini mukammal oʻrgandi va chet el usullarini qoʻllash dunyo reytingida Oʻzbekiston ta'lim darajasini 54 foizdan 87 foizga oshirish mumkinligini isbotladi. Mening fikrimcha, TOMONNI TANLASH → chet el tajribasi foydaliroq. BIRINCHI ASOS → Avvalo, ular dunyo boʻylab koʻplab davlatlarda sinovdan oʻtgan oʻqitish usullaridir. DALIL → Bunday tizimni keng qamrovda qoʻllash esa oʻquvchilarga koʻproq bilim va amaliy koʻnikmalar beradi. IKKINCHI ASOS → Zamonaviy ta’lim metodlari oʻquvchilarga bir-birlari bilan erkin fikr almashish va olgan bilimlarini amalda qo’llash imkonini beradi. DALIL → Yuqoridagi fikrimga ushbu statistik maʼlumot ham dalil boʻla oladi. Unga koʻra, aynan taʼlimi tizimi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning 65 foizida o’qituvchilar oʻquvchilarga chet el tajriba va usullaridan foydalanib dars berishadi. Xulosa qilib aytganda, POZITSIYANI MUSTAHKAMLASH → milliy oʻqitish metodikalari ham yaxshi natijalarga erishishga yordam bersa-da, ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlardan oʻzlashtirilanayotgan usullar tezroq va mukammalroq taʼlim olishga yordam beradi. YECHIM → Shuning uchun an’naviy usullarimizga zamonaviy metodlarni uyg’unlashtirib, o’zimizning yangi o’qitish usulimizni yaratish maqsadga muvofiqdir. 🕊@Milliy_til_1🕊

Shoshilamiz. 3-aprelgacha ro’yhatdan o’tish kerak!
Shoshilamiz. 3-aprelgacha ro’yhatdan o’tish kerak!

⚡️#namunaviy_esse Esse mavzusi O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda: - ayrimlar bu iqtisodiy daromad va xalqaro nufuzni oshiradi, deya qarashadi; -ayrimlar esa milliy qadriyatlarning tijoratlashuviga olib keladi, deb koʻrishadi.

Ekran hammada xirami

Ovoz va ekran joyidami

21:00

photo content

+1
1-va 2- testlar (Javobli).pdf0.87 KB