O'zbek tili va adabiyot
Open in Telegram
👨🏻🏫 Javohir Yo'ldoshevning O'zbek tili va adabiyotga doir kanali. @Javohir_1110
Show more2 883
Subscribers
-424 hours
+107 days
+8330 days
Posts Archive
#ELON TARIX FANIDAN ‼️
⌛ DTM imtihonlariga atigi 3 oy qoldi!
📌 Majburiy tarix fanidan maksimal 100% maksimal natija topmoqchimisiz ?
🔥 Maqsad: 11/11 ball!
🎉Majburiy Tarixdan yuqori natija olishni istaganlar:
Pasdagi link orqali qo'shiling 👇
Kim Tarix kanal izlab yurgan bo'lsa tashab quying.➕️🎉
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
https://t.me/Tarix_Akademiyasigo
💬 Esse yozib qo’yish kerak bo’lgan mavzu. (8)
So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va tabiiy ofatlar soni ortib bormoqda. Ba’zi odamlar bu jarayonlarni tabiiy holat deb hisoblaydi. Biroq olimlar insonning tabiatga bo‘lgan salbiy ta’siri ekologik muvozanatni buzayotganini va agar chora ko‘rilmasa, kelajak avlodlar uchun jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
➡️@Milliy_til_1
💬 Esse yozib qo’yish kerak bo’lgan mavzu. (7)
Orol dengizi qurib borishi Markaziy Osiyodagi eng katta ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ba’zilar bu holat qishloq xo‘jaligi rivoji bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Boshqalar esa tabiat boyliklaridan noto‘g‘ri foydalanish va ekologik muvozanatni hisobga olmaslik bu fojianing asosiy sabablaridan biri ekanini aytadi.
➡️@Milliy_til_1
💬 Esse yozib qo’yish kerak bo’lgan mavzu. (6)
Yirik shaharlarda zavodlar, avtomobillar va sanoat korxonalari sonining ortishi havoning ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar buni iqtisodiy taraqqiyotning tabiiy natijasi deb biladi. Ammo mutaxassislar iflos havo inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirishini va bu muammoni tezroq hal qilish zarurligini ta’kidlaydi.
➡️@Milliy_til_1
💬 Esse yozib qo’yish kerak bo’lgan mavzu. (5)
Bugungi kunda inson faoliyati natijasida tabiatga zarar yetishi tobora kuchayib bormoqda. Ayrimlar texnologiya va sanoat rivoji inson hayotini yengillashtiradi, deb hisoblaydi. Boshqalar esa tabiatga ehtiyotsiz munosabat kelajakda katta ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlaydi.
➡️@Milliy_til_1
Bugungi kunda ko‘plab yoshlar bo‘sh vaqtini telefon va kompyuter qarshisida o‘tkazmoqda. Ayrimlar buni zamonaviy texnologiyalardan foydalanish deb biladi. Biroq mutaxassislar bunday holat jismoniy faollikning kamayishiga, ko‘z va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarning ortishiga olib kelishini aytmoqda.
@Milliy_til_1
Esse yozib qo’yish kerak bo’lgan mavzu.
Texnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda ko‘plab ishlar kompyuter va sun’iy intellekt yordamida bajarilmoqda. Ba’zilar bu inson mehnatini yengillashtiradi va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, deb hisoblaydi. Boshqalar esa texnologiyalar sabab ayrim kasblar yo‘qolib, ishsizlik muammosi kuchayishi mumkinligini ta’kidlaydi.
@Milliy_til_1
Ko‘plab mamlakatlarda tez tayyorlanadigan ovqatlar (fastfud) juda ommalashib bormoqda. Ayrimlar buni zamonaviy hayot tarziga mos, tez va qulay ovqatlanish usuli deb hisoblaydi. Ammo mutaxassislar bunday ovqatlar ko‘p iste’mol qilinsa, inson salomatligiga zarar yetkazishi va turli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘lishini aytmoqda.
➡️@Milliy_til_1
💬 Esse yozib qo’yish kerak bo’lgan mavzu.
Bugungi kunda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tobora ortib bormoqda. Ba’zilar bu orqali bilim olish, dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lish va muloqot qilish imkoniyati kengayganini aytadi. Boshqalar esa ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning vaqtini behuda sarflashi, kitob o‘qishga qiziqishning kamayishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlaydi.
➡️@Milliy_til_1
✅ Mavzu: Yoshlarning internet tarmog'idan foydalanishi ijobiymi yoki salbiy oqibatlarga sabab bo'ladimi?
KIRISH
Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, yoshlar uchun u nafaqat axborot manbai, balki muloqot, o'rganish va rivojlanish maydoniga ham aylangan. Biroq bu mavzu atrofida ikki xil qarash mavjud: internet yoshlar kamolotiga xizmat qiladi, deb hisoblovchilar bor; uning salbiy ta'siridan xavotirlanuvchilar ham kam emas.
ASOSIY I
Internet yoshlarga bergan imkoniyatlarini inkor etib bo'lmaydi. Birinchi qarashga ko'ra, internet — bu cheksiz bilim xazinasi. Dunyoning istalgan burchagida sodir bo'layotgan voqealardan xabardor bo'lish, onlayn kurslar orqali yangi kasb o'rganish, xorijiy tillarni mustaqil egallash — bularning barchasi internet tufayli mumkin bo'lmoqda. Masalan, ko'plab o'zbek yoshlari Coursera, YouTube va boshqa platformalar orqali dasturlash, dizayn, marketing kabi sohalarda bilim olib, ish topmoqda yoki o'z biznesini boshlamoqda. Bu esa internetning yoshlar hayotiga qo'shayotgan haqiqiy, moddiy hissasidir.
ASOSIY II
Ikkinchi qarash tarafdorlari esa internetning yoshlar ruhiyatiga va sog'ligiga zarar yetkazishini ta'kidlaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi cheksiz kontentlar, o'yin-kulgi va keraksiz ma'lumotlar oqimi yoshlarning vaqtini behuda sarflashga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kuniga 5 soatdan ortiq vaqtini telefon ekraniga sarflaydigan o'smirlar orasida depressiya va uyqu buzilishi holatlari sezilarli darajada ko'p kuzatilgan. Bundan tashqari, internetdagi noto'g'ri ma'lumotlar va zararli kontentlar yoshlar dunyoqarashiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
ASOSIY III
Mening fikrimcha, muammo internetning o'zida emas, balki undan qanday foydalanishda. Internet — bu qurol; quroldan kimdir non yeyish uchun pichoq yasaydi, kimdir esa zarar yetkazish uchun ishlatadi. Yoshlarni internetdan to'liq mahrum qilish zamondan orqada qolishga mahkum etadi. Lekin ularga raqamli savodxonlikni o'rgatish, vaqtni to'g'ri boshqarishni singdirish va ongli foydalanishga yo'naltirish — bu asosiy yechim. Ota-onalar va pedagoglar yoshlarga nafaqat "nima ko'rmaslik" kerakligini, balki "nima ko'rish" kerakligini ham ko'rsatishlari zarur.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, internet yoshlar uchun ham imkoniyat, ham xavf manbaidir. Uni inkor etish ham, nazoratsiz qoldirish ham noto'g'ri. To'g'ri yo'naltirilgan, ongli foydalanish madaniyati shakllantirilsa, internet yoshlarning kuchli rivojlanish vositasiga aylanishi shubhasiz.
🕊@Milliy_til_1🕊
Orol dengizi qurib borishi Markaziy Osiyodagi eng katta ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ba’zilar bu holat qishloq xo‘jaligi rivoji bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Boshqalar esa tabiat boyliklaridan noto‘g‘ri foydalanish va ekologik muvozanatni hisobga olmaslik bu fojianing asosiy sabablaridan biri ekanini aytadi.
Shu mavzuni o’rganib, shunga yaxshi esse yozib qo’ying!!!
➡️@Milliy_til_1
🎁 Tarix Fanidan majburiy blokni yopmoqchi bo'lganlar qo'shilib oling malakali tarix ustoz dars olib boradi tavsiya beraman 👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
𝗧𝗮𝗿𝗶𝘅 𝗙𝗮𝗻𝗶𝗱𝗮𝗻 𝗼𝗻𝗹𝗶𝗻𝗲. 𝘁𝗮𝘆𝘆𝗼𝗿𝗹𝗼𝘃 𝘁𝗮𝘃𝘀𝗶𝘆𝗮 𝗯𝗲𝗿𝗮𝗺𝗮𝗻 𝗾𝗼'𝘀𝗵𝗶𝗹𝗶𝗻𝗴
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
💻1. Bepul darslar
📗2. Har kunlik BMBA testlar
📜3. Qo'llanmalar
📕4. Majburiy blok tayyorgarligi
📘5. Mavzulashgan testlar
🔊6. Audio darslar
📊7. Quiz testlar
📈 DTM imtihonlarida majburiy O‘zbekiston tarixi blokini 10/10 ta natija bilan yopmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun eng qulay tayyorgarlik
Kim Tarix kanal izlab yurgan bo'lsa tashab quying.➕️🎉
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
https://t.me/Tarix_Akademiyasigo
Repost from namunaviy esselar
Yolg`on dalillarni yozish va ularni haqiqiydek ko'rsatish uchun turli esse mavzulari asosida misollar (1-qism)
1. Ijtimoiy tarmoqlarning ta'siriMAVZU BO’YICHA FIKR: "Ijtimoiy tarmoqlar odamlar o'rtasidagi aloqalarni kuchaytiradi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lgan odamlar o'z do'stlari bilan ko'proq vaqt o'tkazishadi va bu ularning ruhiy salomatligini yaxshilaydi."
2. Sog'lom ovqatlanishMAVZU BO’YICHA FIKR: "Sog'lom ovqatlanish insonning umumiy salomatligini yaxshilaydi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Xalqaro dietolog va nutritsiologlar assotsiatsiyasi sog'lom ovqatlanish orqali yurak kasalliklari xavfini 34,3% ga kamaytirish mumkinligini ta'kidlaydilar."
3. Ta'lim va innovatsiyalarMAVZU BO’YICHA FIKR: "Innovatsion ta'lim usullari o'quvchilarning muvaffaqiyatini oshiradi." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: " Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, o'quvchilar PISA tizimi asosidagi interaktiv darslarda ishtirok etganda, ularning bilim darajasi 25.5% ga oshadi."
4. Ekologik muammolarMAVZU BO’YICHA FIKR: "Plastik chiqindilar muammosi global darajada jiddiy ahamiyatga ega." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "Xalqaro ECOSAN jamg’armasining hisob-kitoblariga ko’ra, har yili 8 million tonna plastik okeanlarga tushadi, bu esa dengiz hayvonlarining 1 milliondan ortiq o'limiga sabab bo'ladi."
5. Sport va sog'liqMAVZU BO’YICHA FIKR: "Sport bilan shug'ullanish sog'liqni saqlash uchun muhimdir." FIKRNI DALILGA AYLANTIRISH: "SSV tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, haftada 150 daqiqa jismoniy faoliyat yurak kasalliklari xavfini 40% ga kamaytiradi." 📮 Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatib boring: @esse_u
Repost from Milliy sertifikat/O’zbek tili
🟢 “Akvarium” strategiyasi — bu interfaol o‘qitish usuli bo‘lib, unda kichik guruh muhokama qiladi, qolganlar esa kuzatadi va tahlil qiladi.
________________________________________
🎯 QISQA TA’RIF: Akvarium strategiyasi — o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib, biri muhokama qiladi, boshqasi kuzatib baholaydigan metod.
________________________________________
🧠 QANDAY O‘TKAZILADI?
1.Sinf 2 qismga bo‘linadi:
➖ Ichki guruh (akvarium ichida)
➖ Tashqi guruh (kuzatuvchilar)
2.Ichki guruh:
➖mavzu bo‘yicha bahs qiladi
➖savollarga javob beradi
3.Tashqi guruh:
➖diqqat bilan kuzatadi
➖xatolarni va yaxshi tomonlarni yozadi
4.Oxirida:
➖tahlil qilinadi
➖fikrlar almashiladi
________________________________________
🔥 MAQSADI:
✅O‘quvchini faollashtirish
✅Tahlil qilish ko‘nikmasini oshirish
✅Nutq va fikrlashni rivojlantirish
________________________________________
💡 MISOL: “Ijtimoiy tarmoqlarning foydasi va zarari”
✔️Ichki guruh → bahs qiladi
✔️Tashqi guruh → kim qanday gapirdi, qanday fikr bildirdi — baholaydi
________________________________________
⚠️ ESLAB QOLISH UCHUN: “Akvarium = ichkarida gap, tashqarida kuzatish”
🕊@Milliy_test_tizimi🕊
Repost from Milliy sertifikat/O’zbek tili
👨🏻🏫👩🏻🏫Kabiy standart va pedogogik mahorat nima?
➡️ Kasbiy standart — o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak.
➡️ Pedagogik mahorat — o‘qituvchi qanday ishlaydi.
💡 Kasbiy standart — bu o‘qituvchi qanday bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerakligini belgilovchi mezonlar.
Asosiy tarkibi:
1️⃣Kasbiy kompetensiya
➖Fanini chuqur bilish
➖Darsni rejalashtirish
➖Zamonaviy metodlardan foydalanish
2️⃣Pedagogik kompetensiya
➖O‘quvchilar bilan ishlash
➖Individual yondashuv
➖Motivatsiya berish
3️⃣Kommunikativ kompetensiya
➖Ochiq va ravon nutq
➖O‘quvchi, ota-ona, hamkasblar bilan muloqot
4️⃣Axborot-kommunikatsion kompetensiya
➖Kompyuter, internetdan foydalanish
➖Onlayn darslar o‘tkazish
5️⃣Shaxsiy rivojlanish
➖O‘z ustida ishlash
➖Malaka oshirish
💡 Pedagogik mahorat — bu o‘qituvchining bilimni samarali yetkazish san’ati.
Asosiy elementlari:
1️⃣Pedagogik texnika
➖Ovozni boshqarish
➖Mimika, jestlar
➖Sinfni boshqarish
2️⃣Pedagogik takt
➖O‘quvchini hurmat qilish
➖Tanbehni to‘g‘ri berish
➖Vaziyatga mos muomala
3️⃣Pedagogik qobiliyat
➖Tez fikrlash
➖Vaziyatni to‘g‘ri baholash
➖Ijodkorlik
4️⃣Pedagogik muloqot
➖Dialog asosida dars
➖Savol-javob usuli
➖O‘quvchini jalb qilish
🕊@Milliy_test_tizimi🕊
