O'zbek tili va adabiyot
Open in Telegram
👨🏻🏫 Javohir Yo'ldoshevning O'zbek tili va adabiyotga doir kanali. @Javohir_1110
Show more2 883
Subscribers
-424 hours
+107 days
+8330 days
Posts Archive
🔣3-may, I smena, esse mavzusi:
Ayrimlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda zavod va fabrikalarning sonini ko'paytirish zarur deb hisoblashsa, boshqalar zavod va fabrikalarning ko`payishi bir qancha muammolarga sabab bo'lishini ta`kidlashadi.
🔣3-may, II smena, esse mavzusi:
🕊@Milliy_til_1🕊
🔣2-may, I smena, esse mavzusi:
Bugungi kunda jamiyatimiz orasida teatrga bo'lgan e'tibor pasayib bormoqda. Ba'zilar bu jarayon kishilarning ijodiy inqirozga uchrayotganining belgisi ekanligini ta'kidlasa, ayrimlar zamonaviy texnologiyalar rivojlangan davrda odatiy hol ekanligini e'tirof etadilar.
🔣2-may, II smena, esse mavzusi:
———————-
🕊@Milliy_til_1🕊
➡️X va h tovushlarining ishlatilish o‘rnini yodda tutishda quyidagi kabi holatlardan foydalanish mumkin:
➖h tovushi yumshoqroq talaffuz etiladi, shuning uchun sezilar-sezilmas darajada eshitiladi. Ba’zan so‘zlayotganda so‘z tarkibidan tushib ham qoladi: xohlamoq – xolamoq; fahm – fam;
➖x undoshi qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil emas, aksincha, ba’zi shevalarda q ga o‘xshash xususiyatga ega bo‘ladi: xalq – qalq; xulq – qulq; mix – miq;
➖h undoshi tushib qolish darajasiga bormagan hollarda y deb talaffuz qilinishi mumkin, x undoshida esa bu holni ko‘rmaymiz: shohi – shoyi; Abdurahim – Abdurayim; Shohista – Shoyista; Ibrohim – Ibroyim;
➖yopiq bo‘g‘inda e tovushidan keyin doim h qo‘llanadi: ehtimol, ehtiyoj, istehkom, mehmon, istehzo, mehnat;
➖yopiq bo‘g‘inda i unlisidan keyin doim x undoshi keladi: ixcham, ixlos, ixtiro, ixtiyoriy, mix, six;
➖rus-yevropa so‘zlarida, ko‘pincha, x harfi yoziladi: texnika, xirurg, arxiv, arxitektor.
❗Sulh, bahor, subh, sahv, sahifa, sahro, sayyoh, ruhoniy, ruhan, ruhiy, rohat, rahm, rahmat, mehmon, pinhon, ohista, oh-zor, ohu, muhtaram, mahalla, mahkam, lahza, ishtaha, zohid, ahvol, ahd, ahamiyat, muharrir, muhtasham, muhtoj, muhabbat, muhayyo, muhrdor, muhim, muhlat, muhojir, muhokama, muhr, mehr, mehnat, mahsulot, mohtob, mahkum, zahmat, himmat
🕊@Milliy_til_1
🎁 Tarix Fanidan majburiy blokni yopmoqchi bo'lganlar qo'shilib oling malakali tarix ustoz dars olib boradi tavsiya beraman 👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
#ELON TARIX FANIDAN ‼️
⌛ DTM imtihonlariga atigi 3 oy qoldi!
📌 Majburiy tarix fanidan maksimal 100% maksimal natija topmoqchimisiz ?
🔥 Maqsad: 11/11 ball!
🎉Majburiy Tarixdan yuqori natija olishni istaganlar:
Pasdagi link orqali qo'shiling 👇
Kim Tarix kanal izlab yurgan bo'lsa tashab quying.➕️🎉
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
👉 @TARIX_AKADEMIYASIGO
https://t.me/Tarix_Akademiyasigo
Internet orqali daromad topish imkoniyatlari kengayishi turli muhokamalarni yuzaga keltirmoqda:
‒ ayrimlar bu yangi imkoniyatlar yaratadi deb ta`kidlaydi;
‒ ayrimlar esa bu holat barqaror emas deb hisoblaydi.
Ota-onalarning farzand kasbini tanlashga aralashuvi borasida turli munozaralar mavjud:
‒ ayrimlar bu farzandlarning to`g`ri yo`l tanlashiga yordamlashadi, deb hisoblaydi;
‒ ayrimlar esa shaxsiy tanlov va erkinliknini cheklaydi deb hisoblaydi.
📚 ONA TILI VA ADABIYOT MILLIY SERTIFIKATIGA TAYYORMISIZ?
🔥 Aprel oyidagi ilk imtihonlar (25–26–27-aprel) asosida ENG MUHIM TESTLAR TIKLANDI!
Endi sizda imkoniyat bor — qisqa muddatda NATIJANI O‘ZGARTIRISH!
✔️Mutaxassislar:
Xurshid Joʻrayev hamda Zafarjon Xurramov
🚀 1-MINI KURS START OLDI:
📅 Imtihonoldi tavsiyalar
📊 3 ta tiklangan test va tahlili
✍️ 3 ta ehtimoliy esse yoziladi va TEKSHIRIB BERILADI
💰 Narxi: atigi 45 000 so‘m
❗️Natijadan xavotir olmang!
Oldingi 3 kunlik kursimiz o‘zini oqlagan — natijalar bilan isbotlangan!
Ma'lumki, har imtihonda savol tiplari yangilanib bormoqda. Savollar takrorlanishi ehtimoldan xoli emas.
💳 To‘lov uchun:
5614 6821 1934 4622
(ZAFAR XURRAMOV nomida)
📩 To‘lov chekini yuboring:
👉 @Xurshid_filolog
⚡️ Jamoamizga qoʻshiling!
@Onatili_Sertifikat_BMBA
@ona_tili_attestatsiya
🔣27-aprel, I smena, esse mavzusi:
Ayrimlar aholining kambag'alligini oldini olishda davlat mas'ul deyishsa, boshqalar har kim o'z muammolariga o'zi yechim topishi kerakligini aytishadi.
✅Mavzu: Ayrimlar maktablarda asosiy darslardan keyin qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borilishi lozimligini ta'kidlashsa, ba'zilar darslarning oʻzi yetarli ekanligini aytishadi.
KIRISH QISMI. Umumiy gap. Muammo. Tezis?
Maktab ta'limi har bir bolaning kelajagini belgilovchi asosiy poydevordir. Bugungi kunda esa bu poydevorni mustahkamlashda qo'shimcha mashg'ulotlarning o'rni haqida jamiyatda ikki xil qarash shakllangаn. Bir tomon ularni zaruriy deb bilsa, ikkinchi tomon asosiy darslarning o'zi yetarli, deb hisoblaydi. Jamiyatimiz gultojlari uchun qaysi qarash amaliyotda qo'llanishi kerak?
ASOSIY I. Tomonni tanishtirish, asos. Dalil. Qolaversa, asos. Dalil.
Qo'shimcha mashg'ulotlar tarafdorlari fikricha, zamonaviy hayot talablari maktab dasturidan ko'ra kengroqdir. Asosiy darslar o'quvchiga nazariy bilim beradi, ammo amaliy ko'nikmalar, ijodiy fikrlash va liderlik sifatlarini rivojlantirish uchun qo'shimcha mashg'ulotlar zarur. Buni Janubiy Koreya va Yaponiya misolida hma ko'rishimiz mumkin. Bu maktablarda asosiy darsdan tashqari qo'shimcha ta'lim olishi an'anaga aylangan bo'lib, bu mamlakatlar xalqaro PISA reytingida doimo yuqori o'rinlarni egallaydi. Bundan tashqari, sport, musiqa yoki robototexnika to'garaklari bola iste'dodini erta aniqlash va rivojlantirishga katta hissa qo'shadi.
ASOSIY II. Tomonni tanishtirish. Asos. Dalil. Ikkinchidan, asos. Dalil.
Biroq bu fikrga qo'shilmaydigan mutaxassislar ham bor. Ularning ta'kidlashicha, haddan ortiq yuklanish bolaning jismoniy va ruhiy sog'ligiga zarar yetkazadi. Bolaning o'yin o'ynash, dam olish va oila bilan vaqt o'tkazish huquqi ham muhim. Finlandiya ta'lim tizimi buning yorqin namunasidir — u yerda o'quvchilarga ko'p vazifa berilmaydi, qo'shimcha mashg'ulotlar majburiy emas, biroq sifat jihatidan ta'lim darajasi dunyoda eng yuqorilardan biri hisoblanadi.
ASOSIY III. Tomonni tanlash. Asos. Dalil. Bundan tashqari, asos. Dalil.
Shaxsan men qo'shimcha mashg'ulotlar foydali, lekin majburiy emas, ixtiyoriy bo'lishi kerak, deb o'ylayman. Har bir bolaning qiziqishi, salohiyati va sog'lig'i har xil. Shuning uchun ota-onalar va o'qituvchilar birgalikda har bir o'quvchi uchun muvozanatli yuk belgilashi zarur. Zo'rlab orttirilgan bilim emas, qiziqish bilan o'rganilgan bilim — bu haqiqiy ta'limdir. Zero, charchagan va ruhan toliqgan bola hech qanday mashg'ulotdan to'liq foyda ola olmaydi.
XULOSA. Xulosa qilib aytganda, tanlov mustahkamlanadi. Yechim.
Xulosa qilib aytganda, qo'shimcha mashg'ulotlar to'g'ri tashkil etilsa, o'quvchi kamolotiga ulkan hissa qo'shadi. Biroq asosiy mezon — bolaning qiziqishi va imkoniyatini hisobga olgan holda muvozanatni saqlashdir. Maktab nafaqat bilim, balki barkamol shaxs tarbiyalaydigan makon bo'lishi kerak.
✔️@Milliy_til_1✔️

🔣25-aprel, I smena esse mavzusi:
So‘nggi yillarda ta’limdagi muammolarni hal etish maqsadida malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilmoqda. Bu masala turli qarashlarga sabab bo‘lmoqda:
• Ayrimlar ularning til egalari sifatida xorijiy tillarni samarali o‘rgatishini ta’kidlaydi.
• Boshqalar esa ularga mahalliy mutaxassislarga nisbatan yuqori maosh berilayotganidan norozi.
✍️ 25-aprel, II smena esse mavzusi:
Ayrimlar tarixiy obidalarni saqlashga va taʼmirlashga mablagʻ ajratish kerakligini aytishsa, boshqalar unga ajratishdan koʻra jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga mablagʻ ajratish kerakligini aytishadi.
➡️@Milliy_til_1⬅️
Mavzu: Ayrimlar zamonaviy oʻyinchoqlarni bolalarga ziyon yetkazadi deb hisoblashadi.
Kirish: Mavzu aynan ko’chirilmaydi. Shaxsiy yondashuv yozilmaydi. Uch qismdan tashkil topadi: a) bitta umumiy gap b) esse mavzusi ozgina o’zgartirilib yoziladi. c) savol(tezis) qo’yiladi .Zamonaviy texnologiyalar rivojlangani sari bolalar o'yinchoqlari ham tubdan o'zgarib bormoqda. Oddiy qo'g'irchoq va mashinachalar o'rnini endi planshetlar, robot o'yinchoqlar va virtual o'yinlar egalladi. Bu o'zgarish jamiyatda munozarali savolni keltirib chiqarmoqda: zamonaviy o'yinchoqlar bolalarga foydalimi yoki zararlimi?
a) I tomon — Birinchi tomon fikrlari III shaxs tilidan bayon etiladi. Argument qo’yiladi. Dallillar sanaladi(avvalo, ikkinchidan, qolaversa).Zamonaviy o'yinchoqlar zararli deb hisoblaydiganlar fikricha, ular bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga putur yetkazadi. Ekran oldida uzoq o'tirish ko'rish qobiliyatini zaiflantiradi, harakatsiz o'tirish esa oshiqcha vazn to’plashga olib keladi. Psixologlar tadqiqotlarida aniqlanishicha, doimiy ravishda elektron o'yinlarga berilib ketgan bolalarda diqqatni jamlash qobiliyati pasayadi, haqiqiy hayotdagi muloqotdan uzoqlashish holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari, zo'ravonlik sahnalarini o'z ichiga olgan o'yinlar bolalar xarakteriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
b) II tomon—Ikkinchi tomon fikrlari III shaxs tilidan bayon etiladi. Argument qo’yiladi. Dallillar sanaladi(birinchidan, ikkinchidan, qolaversa).Biroq bu fikrga qo'shilmaydigan mutaxassislar ham bor. Ularning ta'kidlashicha, to'g'ri tanlangan zamonaviy o'yinchoqlar bolaning intellektual rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Masalan, dasturlashga asoslangan o'yinchoqlar mantiqiy fikrlashni, robototexnika to'plamlari esa muhandislik qobiliyatini rivojlantiradi. Finlandiya maktablarida o'quv jarayoniga o'yinga asoslangan raqamli vositalar kiritilgach, o'quvchilar natijasi sezilarli yaxshilangani buning yorqin dalilidir. Demak, muammo o'yinchoqning o'zida emas, uni qanday va qancha vaqt ishlatishda ekan.
c) Shaxsiy fikr—shaxsiy fikr yoziladi. Pozitsiya tanlanadi. Tanlovning asosi bo’lgan ijobiy tomon keltiriladi.Shaxsan men zamonaviy o'yinchoqlarni to'liq rad etish noto'g'ri, deb o'ylayman. Chunki bola yashayotgan dunyo raqamli dunyo — undan butunlay uzoqlashtirish kelajakda ijtimoiy hayotga moslashishni qiyinlashtiradi. Asosiy mas'uliyat ota-onalar zimmasida: vaqtni cheklash, o'yinchoq turini yoshga qarab tanlash va bolani ochiq havoda ham faol o'ynashga undash — mana shu oddiy choralar yordamida zamonaviy o'yinchoqlardan to'g'ri foydalanish mumkin. Zero, har qanday vositaning foydasi ham, zarari ham uni ishlatuvchining qo'lida.
Xulosa: Asosiy qismdagi fikrlar umumlashtiriladi. Pozitsiya mustahkamlanadi. Yechim berialadi. (Yangi fikr berilmaydi).Xulosa qilib aytganda, zamonaviy o'yinchoqlar o'z-o'zicha na to'liq foydali, na to'liq zararlidir. Ulardan oqilona foydalanish — bu zamonaviy ota-onalarning eng muhim vazifalaridan biridir. Bola kelajagi esa ko'p jihatdan aynan shu mas'uliyatni qanchalik his qilishimizga bog'liq. ✅@Milliy_til_1✅
Xulosa qanday yoziladi? Bugun shu haqida gaplashamiz!
📱 Esening yana bir tarkibiy qismi bu xulosa. Bunda siz yuqorida keltirilgan fikrlarni 1-2 jumla orqali umumlashtirib qo'yasiz.
✔️Yangi fikr (argument) bermaysiz, dalil keltirmaysiz.
✔️Xulosada neytral qolmaysiz, aksincha, berilgan tomonlardan birini tanlash talab qilinadi.
✔️Esseyingiz yanada mukammalroq chiqishi uchun bu qismda yechim taklif qilish tavsiya etiladi.
Masalan:
Xulosa o'rnida, garchi jamoat transportidan foydalanish avtohalokatlar sonini qisman kamaytirsa-da, bu hodisalarni butunlay bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun hukumat vakillari qo‘shimcha yo‘l belgilarini o‘rnatish, mavjud yo‘llarni qayta ta’mirlash hamda haydovchi va yo‘lovchilarning malakasini oshirish kabi qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.🙋🏼♂️ Qisqa qilib aytganda, xulosada shaxsiy tanlovingizni aniq va bir nechta jumla bilan ko'rsatib berishingiz kerak.
🎯Ona tili va adabiyot fanidan DTM guruh.
📣 Sertfikatga topshira olmadingizmi yoki natijaga ishonch yo'qmi? Bu muammo emas—bizda iyuldagi asosiy imtihon uchun(10 va 30 talik testga) yangi guruh ochilmoqda.
👨🏻🏫 Darslar 14 yillik repititorlik tarjibaga ega oliy toifali o’qituvchi(Javohir Yo’ldoshev) tomonidan yopiq guruhda olib boriladi.
➡️ Ilk darsimiz 2-may kuni bo'lib o'tadi(dars haftada uch marta: seshanba, payshanba va shanba kunlari 21:00 da telegramning yopiq guruhida). Asosiy fan uchun o'rganuchilarga she'riy san'atlar, adabiyot darsliklari alohida guruhda o'rgatiladi. Oldindan ro'yhatdan o'tishingizni tavsiya qilaman.
💳 Kursimiz narxi ona tilini asosiy fan sifatida o'rganadiganlar uchun 400 ming so’m(15-iyulgacha); Majburiy fan uchun o'rganadigalar uchun 200 ming so'm. To’lov qilganingizdan so’ng guruhga qo’shilasiz.
💳 Murojaat uchun: @Javohir_1110 (karta raqam olish uchun)
❤️❤️❤️
Zamonaviy hayot va iqtisodiy o'zgarishlar shaxsiy uyga egalik tushunchasini o'zgartirmoqda. Ba'zilar ijarada yashash erkinlik va hayotga moslashuvchanlikni ta'minlaydi deb hisoblashaydi. Boshqalar shaxsiy uyga egalik barqarorlik va kelajak kafolati deb biladi.
Aholidan olinadigan soliqlar davlat iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Ba'zilar mamlakat miqyosida san'atkorlarni ham soliqqa tortish kerakligini aytishadi. Ayrimlar bu holat san'at sohasidagilar uchun noqulayliklarni keltirib chiqaradi deb hisoblashadi.
🎁 Tarix Fanidan majburiy blokni yopmoqchi bo'lganlar qo'shilib oling malakali tarix ustoz dars olib boradi tavsiya beraman 👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆