cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Alisher Sadullaev

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Show more
Uzbekistan245The language is not specifiedEducation441
Advertising posts
182 232
Subscribers
-1 28224 hours
-10 6097 days
+6 42030 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Gazeta 10 mingdan ziyod nusxada chop etilyapti. You tube (https://youtube.com/@yoshlarovozigazetasi?si=xChmqAdF11j7adCO) , instagram (Yoshlar ovozi) va telegram kanallaridagi (https://t.me/yoshlarovozi) obunachilari soni tezkorlik bilan o‘sib bormoqda. Yangicha yondashuvdagi videolavha, so‘rovnoma, podkastlari You tubeda qariyb 19 million marta ko‘rilgan. Menimcha, hozirgi matbuot zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishi kerak. Shunda ular axborot maydonida o‘z o‘rnini topa oladi. “Yoshlar ovozi” gazetasining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman. @alisher_sadullaev
150 81046Loading...
02
❗️Muhim so’rovnoma! Sun’iy intellekt sabab kasblar krizisi, ishsizlik muammosi jiddiylashayotgan davrda yashayapmiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, AI keyingi yillarda 20%dan ko’proq ishchi o’rinlarini egallashi mumkin. ❓Aynan shu mavzuga doir qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring! Soha mutaxassislaridan sizni qiziqtirgan savollarga birgalikda javob olamiz! 📌 @undovpodkast
129 81667Loading...
03
"IQtidorli"oromgohida qatnashishingiz uchun TOP 5 ta sabab Oromgohda sizni ajoyib muhit, yangi tanishuvlar, zoʻr master-klasslar, foydali darslar va koʻplab qiziqarli jarayonlar kutmoqda. 📌 Eslatib oʻtamiz,roʻyxatdan oʻtish jarayoni 1 kundan keyin yopiladi. Hoziroq murojaat qiling va jamoamizga qo'shiling. @alisher_sadullaev
187 094498Loading...
04
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladik Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Mutolaa” loyihasi doirasida “Mutolaa marafoni”ni oʻtkazish respublika miqyosida “O‘zbek ziyolilari”, “Kelajak liderlari” loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yosh ijodkorlar uchun grantlar ajratish, bolalar uchun milliy qahramonlar yaratish kabi bir qator rejalarimiz bor. Shuningdek, davlat xizmati uchun yosh kadrlar zaxirasini tizimli ravishda tayyorlash, davlat fuqarolik xizmatida yosh istiqbolli kadrlarning ulushi ortishi, yoshlar orasida davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi eskicha qarashlardan voz kechilishi, yoshlarning davlat xizmatidagi faolligi rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan. @alisher_sadullaev
207 423142Loading...
05
Magnus Carlsen 🔥 @uzchess
210 714300Loading...
06
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi! Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi. ⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin: - Ta’lim yo‘nalishi; - Imkon yo‘nalishi; - Madaniyat va san’at yo‘nalishi; - Ekologiya yo‘nalishi; - Media yo‘nalishi; - Sport yo‘nalishi; - Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi; - IT yo‘nalishi. 📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
80 491687Loading...
07
Yoshlar markaziga va‘da qilingan oʻzbek va jahon adabiyotiga oid eng sara kitoblar yetib bordi Yaqin kunlar oralig‘ida Samarqand viloyatidagi yoshlar muammolarini o‘rganish chog‘imizda Paxtachi tumanidagi Yoshlar markazi uchun kitoblar sovg‘a qilishni va‘da qilgan edik. Bugun ushbu kitoblar o‘z manziliga yetib bordi. Kitoblar borganidan soʻng markazdagi kutubxonani koʻrib yuragim hayajonga toʻldi, safardan qaytgandagi charchoq va horgʻinliklar ham chiqib ketdi. O‘ylaymanki, Paxtachilik yoshlarimizning kitobxonligi yanada ortib berilgan bu imkoniyatdan unumli foydalanishadi. @alisher_sadullaev
209 42591Loading...
08
“Sen nima uchun o’qiyabsan?” — Bu aslo oddiy savol emas! “Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin. Film havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ - Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying. @alisher_sadullaev
497 9162 499Loading...
09
🎼“Yoshlar ovozi” festivalining final bosqichi boshlanish arafasida Fevral oyida start olgan tanlovda yoshlarimiz 4 bosqichli sinovlardan o’tib, final bosqichiga yetib keldi. Qoraqalpog’iston Respublikasi tanlovning final bosqichini o’tkazishda mezbonlik qiladi. @alisher_sadullaev
198 20959Loading...
10
Samarqand o'rganishlar davom etmoqda ⚡️Respublika komissiyasi ishchi guruhi bilan Samarqand viloyatidagi o'rganishlarimizda Paxtachi tumanida viloyat hokimi tashabbusi bilan ochilgan Yoshlar markazi bilan tanishdik. 📚Mazkur maskanda xorijiy tillar, zamonaviy kasblar o'rganayotgan yoshlar hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. @alisher_sadullaev
233 666189Loading...
11
Endi mahallangizga sport maydonchasini o'zingiz sovg'a qilishingiz mumkin! 🗣O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo'yicha tanlov o'tkazilmoqda. Sport maydonchalari ovoz berish yo'li bilan g'olib bo'lgan mahallalarga qurib beriladi. ❗️Ovozlar joriy yilning 10-mayidan 1-iyunigacha tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi. ✅ Loyihamizda faol ishtirok eting va mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi yutib oling! Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
572 6213 236Loading...
12
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni, grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytib o‘tildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. @alisher_sadullaev
345 5932 488Loading...
13
🎗Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas! Yurt tinchligi, xalq farovonligi va ozodligi uchun kurashgan ajdodlarni xotirlash, nuroniylarni eʼzozlash va ularga munosib avlod bo‘lish har birimizning oliy burchimiz. 🇺🇿Tinchligimizga ko‘z tegmasin! #9mayXotiravaqadrlashkuni Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
255 424333Loading...
14
❤️🌳Bugun turmush o'rtog'im Xafizabonu, qizlarim Sadiaxon va Hamidabonular bilan xiyobonlarni aylandik. Imkon bo'lishi bilan qizlarimning kelajagi uchun ularga yangi bilimlarni o'rgatishga, erinmasdan barcha savollariga javob berishga harakat qilaman. Albatta bularning hammasi kelajakda ular yurtimiz manfaati uchun xizmat qiladigan olima, adiba qizlardan bo'lib ulg'ayishi yoki shunchaki baxtli insonlar bo'lishlari uchun qilingan harakatlardir. @alisher_sadullaev
247 375187Loading...
15
Rahmat, yigitlar! 🇺🇿 Umarali, hammasi hali oldinda. @alisher_sadullaev
258 06244Loading...
16
🔥Nodirbek Abdusattorov yana chempion 🇺🇿Nodirbek "Tepe Sigeman 2024" turniri g'olibligini qo'lga kiritmoqda. ⚡️U taybrekda Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag'lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi. 🤝"Uzchess" Nodirbekni bu katta muvaffaqqiyat bilan tabriklaydi va keyingi ishlarida omad tilab qoladi @alisher_sadullaev
294 273267Loading...
17
O'zbekiston finalda! Bugun U-23 Osiyo kubogi finalida U-23 olimpiya terma jamoamiz U-23 Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 🏟 Uchrashuv 3-may Toshkent vaqti bilan 20:30 da “Jassim bin Hamad Stadium” stadionida boshlanadi. O'yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin. ✊🏻Yigitlar omad yor bo‘lsin! @alisher_sadullaev
198 501337Loading...
18
STEM fanlari bilimdonlari uchun "IQtidorli" yoshlar oromgohi 🔈 Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda. STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz. ✉️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish ⬅️ ⏰ Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz. Batafsil: @iqtidorly
376 0272 128Loading...
19
“Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionatida—ayollar o‘rtasida Umida Omonovaga eng yuqori oʻrin hamda 7,5 ming AQSH dollari, erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin va 15 ming AQSH dollari Javohir Sindarovga nasib etdi. Umumiy sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etgan “Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Tezkor yo‘nalishda erkaklar guruhida 24 nafar, ayollar guruhida 18 nafar shaxmatchilarimiz davra tizimi bo‘yicha bahslashdilar. Gʻoliblar roʻyxati bilan tanishing. Oʻyinlar esa, doimgidek Uzchess loyihasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri efirlarda sharhlanib borildi. 💐Musobaqada ishtirok etgan barcha ukalarimiz va singillarimizni, ularning ota-onalarini chin yurakdan samimiy qutlayman! @alisher_sadullaev
244 20398Loading...
20
⚡️ Birozdan soʻng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining forum yalpi majlisidagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Facebook va YouTube dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qiling. @alisher_sadullaev
250 23260Loading...
21
🌎 "WikiStipendiya"ning uchinchi mavsumi boshlandi. ✅ Mukofot jamg'armasi 375 million! 🌎 O'zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi. 📈 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda boshlangan uchinchi mavsum shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi. G'oliblar: 🔢- o'rin 150 mln. so'm; 🔢- o'rin 125 mln. so'm; 🔢- o'rin 100 mln. so'm. 🖥 Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring. Batafsil ma'lumotlar: 🔵 Rasmiy kanal 🤖 Rasmiy bot 📞+998330007133
304 988877Loading...
22
⚡️ Obunachilarimizga savol! Futbol boʻyicha Olimpiya terma jamoamizning qaysi futbolchisi dastxati tushirilgan koptokni yutib olishni istar edingiz? Keyingi post javoblaringizga bogʻliq... @alisher_sadullaev
68 80123Loading...
23
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Osiyo qit’asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir. Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Butun O‘zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g‘alabalar tilaydi, aziz bolalarim! @alisher_sadullaev
262 856250Loading...
24

10Loading...
25
Media files
105 116232Loading...
26
"Bugun hakam judayam bir odilona boshqarayapti o'yinni" Davron Fayziyev
371 56192Loading...
27
Respect Indoneziya va O'zbekiston oldinda! Yigitlar vaqtida uyg'onishdi. Bizga turtki kerak edi. Uyg'onish turtkisi)
115 21032Loading...
28
Omad kelsa shuncha kelar-da!
228 30930Loading...
29
Media files
272 155129Loading...
30
⚡️Parij olimpiadasi va final uchun asosiy o'yin Bugun U-23 Osiyo kubogining yarim finalida O'zbekiston olimpiya terma jamoamiz Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. 🏟 Uchrashuv 29-aprel Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Abdulloh Bin Xalifa” stadionida boshlanadi. O'yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin. ✊🏻Yigitlarga omad yor bo‘lsin! @alisher_sadullaev
283 059295Loading...
31
"Qo‘rqma" – Mutolaa'dan premyera Ilmni yoyish uchun jadidlardan qanday namuna olsak bo‘ladi? Shu haqda ko‘p o‘yladik, izlandik. 1908-yilda Behbudiy Samarqandda mutolaaxona tashkil qilganiga e'tibor berdik. Keyin shu yo‘lda bir zamonaviy yoshlarga mos loyihani ishga tushirdik. Uni yuritish uchun xuddi jadidlar kabi xorijda o‘qib, Vatanga hissa qo‘shishchun qaytgan, nufuzli Edinburg universiteti magistri Sirojiddin Olimovni taklif qildik. Kecha, 27-aprel kuni, ushbu loyiha – audio, video, sun'iy idrok texnologiyalari orqali kitoblar o‘qishni, yangi bilim va g‘oyalarga ega bo‘lishni ommalashtirishni niyat qilgan Mutolaa taqdim etildi. Mutolaa'ga, xususan, shu debyutning ilhom manbasi Javlon Jovliyev, bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov, rejissor va aktyor Erkin Bozorov kabilarni jalb qilganimiz loyiha uchun katta yutuq. Bizga yana yosh rejissor va aktyorlar, dyublaj ustalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham bergani uchun kitoblar asosida filmlar yaratishga qaror qildik. Mana, shu turkumdan birinchi film: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ Katta salohiyatga ega jamoa shunday ijodiy namunalarni yaratishda davom etadi.
538 9221 016Loading...
32
🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyoda kuchli uchlikda! Jamoamizga O'zbekistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida esa ulkan g'alabalar tilab qolamiz! @alisher_sadullaev
238 787106Loading...
33
O'zbekiston U23 olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi 2:0. Futzalda esa o'yin yonmoqda, dramatik jang O'zbekiston kuchli Eronga qarshi, hozircha 3:3. @alisher_sadullaev
271 19675Loading...
34
⚡️“Mutolaa” jamoasidan menga kreativ taklifnoma keldi.  Sun’iy idrok orqali tayyorlangan bo‘lsa-da, jadidlar otasi Behbudiyning o‘tli so‘zlari, tilaklari, loyiha taqdimotiga chorlovini tinglash shunchaki ajoyib. Men jamoaning kitobxonlikka yangicha yondashayotganidan, milliy tariximiz, qadriyatlarimizni zamon bilan uyg‘un ko‘rayotganlaridan xursandman. Loyihaning teatrlashtirilgan taqdimoti hamda “Qo‘rqma” filmi premyerasini Youtube sahifamiz orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. Yana bir ajoyib loyiha barchamizga muborak Taqdimot va premyerani https://youtube.com/@mutolaafilms?si=aWI_rt6F22u_R2ot
393 559410Loading...
35
Kuni kecha, U-23 Osiyo kubogida guruh g'olibligi uchun olimpiya terma jamoamiz U-23 Vetnam olimpiya terma jamoasini 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda biror marta mag'lubiyatga uchramay birinchi o‘rinni egalladi. Parij-2024 Olimpiadasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma uchun juda yaqin qoldik. Bugun esa futzal bo'yicha Osiyo kubogi 1/4 uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 24-aprel Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Bangkok” arenasida boshlanadi. Siznincha, bugun hisob qanday bo'ladi? @alisher_sadullaev
255 77886Loading...
36
Bugun U-23 Osiyo kubogida guruh g'olibligi uchun milliy terma jamoamiz U-23 Vetnam milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 23-mart Toshkent vaqti bilan 20:30 da “Khalifa International” stadionida boshlanadi. ✊🏻Yigitlarga omad yor bo‘lsin! @alisher_sadullaev
270 115158Loading...
37
“Assalom, xush omaded!” "Sinchalak" — bu loyiha orqali bugungi kunda rasmiy jarayonlardan rasmiy tarmoqlar orqali e'lon qilinmagan qiziqarli videolar berib boriladi. Davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifini o’zgarcha rakursda, norasmiy kontentda ko’rishni tavsiya qilaman. Ushbu videoni batafsil ko'rish uchun havola: https://youtu.be/K_AH4H6kqeA?si=E_yyVJTnwSfinrno @alisher_sadullaev
81 32870Loading...
38
Tez orada, Mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun amalda qo'llab yaxshi natijaga erishsa bo'ladigan ko'plab yangi loyihalarni e’lon qilamiz Jamoamiz bilan birgalikda mahallalardagi yoshlar yetakchilarini faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida uzoq hamda qisqa muddatli strategik vazifalar, loyihalar hamda 1-chorakda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildik. Tan olish kerak, hal etilishi kerak bo'lgan va yechilmagan muammolar bir talay. Lekin barchasini bosqichma-bosqich bartaraf etishni imkoni ham bor. Yoshlar yetakchilari faoliyatingizga oid takliflaringiz bo’lsa, izohda qoldiring! @alisher_sadullaev
262 271207Loading...
39
“Mutolaa” – eng sara kitoblarning elektron, audio hamda video shaklidagi sifatli va tizimli platformasida yangi kitoblar joylandi. Mutolaa loyihasi foydalanuvchilari soni hozirga qadar 248 mingdan nafardan ortgan bo’lsa, platformada 290 nafarga yaqin mualliflarning 501 ta audio, 576 ta elektron kitoblari joylashtirilgan. O'qilayotgan kitoblar soni esa 442 772 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida 3 ta kitob-kino formatida hujjatli-badiiy film suratga olingan bo’lib, “Qo’rqma” kitobi asosida tasvirga olingan film ispan, rus va ingliz tillariga dublyaj qilindi. Siz hozirda qaysi kitobni o'qimoqdasiz? @alisher_sadullaev
328 151519Loading...
40
Media files
267 24178Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Gazeta 10 mingdan ziyod nusxada chop etilyapti. You tube (https://youtube.com/@yoshlarovozigazetasi?si=xChmqAdF11j7adCO) , instagram (Yoshlar ovozi) va telegram kanallaridagi (https://t.me/yoshlarovozi) obunachilari soni tezkorlik bilan o‘sib bormoqda. Yangicha yondashuvdagi videolavha, so‘rovnoma, podkastlari You tubeda qariyb 19 million marta ko‘rilgan. Menimcha, hozirgi matbuot zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishi kerak. Shunda ular axborot maydonida o‘z o‘rnini topa oladi. “Yoshlar ovozi” gazetasining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman. @alisher_sadullaev
Show all...
👍 124🔥 18 15
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Muhim so’rovnoma! Sun’iy intellekt sabab kasblar krizisi, ishsizlik muammosi jiddiylashayotgan davrda yashayapmiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, AI keyingi yillarda 20%dan ko’proq ishchi o’rinlarini egallashi mumkin. ❓Aynan shu mavzuga doir qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring! Soha mutaxassislaridan sizni qiziqtirgan savollarga birgalikda javob olamiz! 📌 @undovpodkast
Show all...
👍 170🔥 20 17
Photo unavailableShow in Telegram
"IQtidorli"oromgohida
qatnashishingiz uchun TOP 5 ta sabab
Oromgohda sizni ajoyib muhit, yangi tanishuvlar, zoʻr master-klasslar, foydali darslar va koʻplab qiziqarli jarayonlar kutmoqda. 📌 Eslatib oʻtamiz,roʻyxatdan oʻtish jarayoni 1 kundan keyin yopiladi. Hoziroq murojaat qiling va jamoamizga qo'shiling. @alisher_sadullaev
Show all...
👍 148 27🔥 26
Photo unavailableShow in Telegram
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladik Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Mutolaa” loyihasi doirasida “Mutolaa marafoni”ni oʻtkazish respublika miqyosida “O‘zbek ziyolilari”, “Kelajak liderlari” loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yosh ijodkorlar uchun grantlar ajratish, bolalar uchun milliy qahramonlar yaratish kabi bir qator rejalarimiz bor.
Shuningdek, davlat xizmati uchun yosh kadrlar zaxirasini tizimli ravishda tayyorlash, davlat fuqarolik xizmatida yosh istiqbolli kadrlarning ulushi ortishi, yoshlar orasida davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi eskicha qarashlardan voz kechilishi, yoshlarning davlat xizmatidagi faolligi rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.
@alisher_sadullaev
Show all...
👍 257 35🔥 25
00:43
Video unavailableShow in Telegram
Magnus Carlsen 🔥 @uzchess
Show all...
👍 586🔥 176 56
Photo unavailableShow in Telegram
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi! Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi. ⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin: - Ta’lim yo‘nalishi; - Imkon yo‘nalishi; - Madaniyat va san’at yo‘nalishi; - Ekologiya yo‘nalishi; - Media yo‘nalishi; - Sport yo‘nalishi; - Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi; - IT yo‘nalishi. 📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
👍 161🔥 23 14
00:45
Video unavailableShow in Telegram
Yoshlar markaziga va‘da qilingan oʻzbek va jahon adabiyotiga oid eng sara kitoblar yetib bordi Yaqin kunlar oralig‘ida Samarqand viloyatidagi yoshlar muammolarini o‘rganish chog‘imizda Paxtachi tumanidagi Yoshlar markazi uchun kitoblar sovg‘a qilishni va‘da qilgan edik. Bugun ushbu kitoblar o‘z manziliga yetib bordi. Kitoblar borganidan soʻng markazdagi kutubxonani koʻrib yuragim hayajonga toʻldi, safardan qaytgandagi charchoq va horgʻinliklar ham chiqib ketdi.
O‘ylaymanki, Paxtachilik yoshlarimizning kitobxonligi yanada ortib berilgan bu imkoniyatdan unumli foydalanishadi.
@alisher_sadullaev
Show all...
👍 190🔥 42 25
01:30
Video unavailableShow in Telegram
“Sen nima uchun o’qiyabsan?” — Bu aslo oddiy savol emas! “Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin. Film havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ - Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying. @alisher_sadullaev
Show all...
254👍 174🔥 69
00:39
Video unavailableShow in Telegram
🎼“Yoshlar ovozi” festivalining final bosqichi boshlanish arafasida Fevral oyida start olgan tanlovda yoshlarimiz 4 bosqichli sinovlardan o’tib, final bosqichiga yetib keldi. Qoraqalpog’iston Respublikasi tanlovning final bosqichini o’tkazishda mezbonlik qiladi. @alisher_sadullaev
Show all...
👍 139 22🔥 22
01:48

👍 288🔥 43 24