cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Abdullateef's stories

Oʻzim qiziqqan mavzular haqida. @progstories - dasturlash haqida. @econstories - iqtisodiyot haqida.

Show more
Uzbekistan44 287The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
264
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Feysbukni yana ma'lum muddatga tark etaman deb, tark etmayotganimning sababi yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi Qonun atrofida boʻlayotgan voqealarni shaxsan kuzatish edi. Umidga berilibman. Qonun qabul qilindi. Feysbukdan yana ketdim, 3 kun boʻldi. Bu yerda (https://youtu.be/Kkx81Kauico) qonunga taalluqli matbuot anjumani. Koʻp narsalarni xulosa qilib oldim. Xulosam, oʻzingiz xulosa qilib oling. Hali hech narsa tugamadi. Bosh Qonunimiz 10 martta atrofida oʻzgartirilgan ekan bu nima boʻlibdi. Kelaversinchi, vaqt koʻrsatadi. Bir joyda eshitgandim, Shamol qanchalik urinmasin togʻ hech qachon tiz choʻkmaydi. Ha aytgancha shu yilgi Oliy Majlisga murojaatnomada va'da qilingan islom moliyasi/bankchligiga oid qonun nima boʻlyapti?!
Show all...
​​Insonlardan uzoqlashishimiz ularni yomon ko‘rishimizni yoki o‘zgarib qolganimizni anglatmaydi. Uzlat charchagan ruhlar uchun vatandir! © Ernest Hemenguey ° ° ° Mutolaadan uzoqlashganim sari Alloh meni odamlar bilan jazoladi. © Marvon Rifo’iy ° ° ° Odamlarga kamroq aralashish kerak...
Show all...

Dasturchi - bu hamma kodlarni yoddan bilishi kerak boʻlgan odam emas. Dasturchi - bu kerakli kodlarni kerakli paytda topa olishni biladigan odam. @abdullatifstories
Show all...
​​Eskitdan bir hikoya boʻlardi. Bir saroyda ajdarho yashardi. Oltinlarni qoʻriqlardi. Qanchadan qancha askarlar uni oʻldirib, boyliklarga ega boʻlish maqsadida saroyga kirib qaytib chiqmas edi. Bir kuni ikki askar doʻst ham shu maqsadda saroyga kelishdi. Avval biri kirishiga, qaytib chiqmasa, ikkinchisi kirishga kelishib olishdi. Biri kirib ketdi va qaytib chiqmadi. Doʻsti uzoq kutdi, nihoyat oʻlgan deb oʻylab saroyga kirdi. Kirib ajdarhoni koʻrsa, u doʻstini kiyimida edi. Ya'ni avval kirgan askar ajdarhoni oʻldirgan lekin, oʻzi ajdarhoga aylanib qolgan edi. Azaldan shu zayilda davom etgan. Bu ajib voqeadan bir xulosa olish mumkin. Koʻplar, oʻzi qiyinchiliklar, zulm koʻrib turmush tarzini kechiradi. Bir kun kelib oʻzi ham qandaydir mansab(cha)ga yetishsa ajdarhoga aylanadi. Eng yomoni koʻz oldingda aylanadi va sen hech narsa qila olmaysan (yoki biror narsa qilishni istamaysan)... Va kurashga kirishasan... ajdarhoga aylanib qolmaslik hadiki bilan...
Show all...

Ish beruvchi va xodim o'rtasida tuzluq bo'lmaydi Achtung! Post po'lniy subyektiv fikrlardan tashkil topgan. Tadbirkorlar xodimlardan doim jon kuydirib, o'zlarini shu loyihani egasidek tutib ishlashlarini kutishadi. Ayniqsa kompaniya endi oyoqqa turayotgan paytda. Tabiiyki yosh kompaniyada xodim kamroq oylikka ishlab turishi qulayroq, kompaniyani muammolari hammaga: tadbirkorga ham xodimlarga ham taqsimlanadi. Ho'p hammasi yaxshi, qachonki, kompaniya o'zini tutib tura oladigan kun kelganda foydani, huqularni taqsimlash uchun kechagi - ma'suliyatlarni taqsimlashga ishlatilgan tarozi ishlatilsa. Lekin ba'zi tadbirkorlarni bizneslarida "Mani majburiyatim bu sani majburiyating, mani foydam bu mani foydam" falsafasi doimo hukm surib kelaveradi. Yaqinda bir tadbirkorni gapini o'qib qoldim, boshqa kompaniyaga ikki baravar ko'proq oylik taklif qilgan joyga ketib qolgan shogirddan noliyapti, uning fikricha bunday shogirdlarni ko'tiga tepib haydash kerak ekan, ketgan shogird pulga o'chlikda ayblanyapti hullas. Unga kimdir ikki baravar oylik taklif qildimi, demak u kadrni kompaniyaga qo'shayotgan hissasini bozor shunday narxlayapti. Buyoqda bo'lsa shuni teng yarmi to'lanyotgan edi u kadrga. Men bunga qarab turib pulga o'ch deb boshqa tarafni aytgan bo'lardim. Shunaqa holatlarda yana ba'zi tadbirkorlar tuz yegan tuzlig'iga tupurib ketti deb qo'yadi. Xodim qandaydir qiymat qo'shadi kompaniyani mahsuloti yoki xizmatiga. Shuning uchun unga haq to'lanadi. U tadbirkordan birodarlarcha qo'llab turishini so'ramagan. Tuzluq ota-o'g'il, aka-uka, amaki/tog'a-jiyan o'rtasida bo'ladi. Tuzluq hech qanday manfaat ko'zlanmasdan qilinadigan yordam. O'zi shundog'am kapitalizmda xodimlar qo'shayotgan qiymatiga yarasha haq olishmaydi. Shu holiga endi bu gaplar ortiqcha. Bizda bizneslar o'o'o'o' anavi yerda noto'g'ri yo'lga ketib qolgan. Qadriyat, oliy maqsaddan gapirish uchun tadbirkor avvaliga kompaniyasida maoshni munosib hisoblashi, to'g'ri boshqaruvni yo'lga qo'yib qo'yishi kerak. Bo'lmasa u eng asosiy foydani olib chiqib ketayotgan joyida balandparvoz gaplar bilan o'zini hurmatiniyu, xodimlarni shashtini tushirgani qoladi. Biz kapitalizmda yashayabmiz, pul baxtni kafolatlamasa ham pulsizlik baxtsizlikni kafolatlay oladi. To'g'ri KPI qo'yib (o'zbekchasiga aytsak ishbay to'lash) pul bilan xodimni motivatsiyasini boshqarish kompaniyani o'ziga ham yaxshi. @Abduqodirovcom
Show all...
Abdulazizning fikricha

​​Bugun ikki yillik magistratura ta'limini yakunlab, magistrlik dissertatsiyamni himoya qildim va iqtisodiyot boʻyicha magistr ilmiy darajasini oldim. Alhamdulillah 🙂 Hali ilm sohasidagi niyatlar katta, inshaalloh amalga oshsin (Iqtisodiyot va IT yaxshi doʻst boʻlishiga ishonaman) 🙃 PS. Rasm himoyadan 5 daqiqa oldingi tayyorgarlik jarayonidan.
Show all...

Diqqat E'lon! Quyidagi xizmatlar asosida buyurtma olamiz: ├ Sayt yaratish xizmati; ├ Telegram bot; ├ O'quv platformalar; ├ Onlayn do'konlar; ├ SaaS projects; ├ Ichki chatlar; ├ Realtime applications; └ Avtomatlashtirish xizmati. Murojaat uchun: @MrAbbosov @abdullatifstories
Show all...
XIRGOYI Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz, qachon tiz cho‘kuvdik, hamon izzamiz, sirqirab og‘riydi shishgan tizzamiz, o‘rindan ozgina tursak maylimi? O‘tganlar bari bek, qolgan javdirar, gardanda ko‘rinmas g‘ullar shaldirar, mehnatdan yorilgan qo‘llar qaltirar, o‘z bekim yerida yursak maylimi? Nasimlar gullamish ozod tog‘larda, ozodlik mujdasi so‘lu sog‘larda, bobolar qiynalib tikkan bog‘larda ag‘anab bir xayol sursak maylimi? Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan, tafakkur sasigan, ruhlari so‘lgan, urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda o‘z bekim davlatin qursak maylimi? Yuz ellik yildirki mana shu holat, hanuz davom etar makkor tijorat, bilmadim, qayerdan ushbu jaholat, nega siz bo‘lmaysiz sira xijolat? Nega men so‘rayman sizdan ijozat?! © Shavkat Rahmon
Show all...
Shu joyiga dumaladim😂
Show all...
​​Zar qadrini zargar bilar, kod qadrini kodgar... P.S. Shu soʻz yoqib qoldi, boʻldi bugundan boshlab meni kodgar deb chaqiring va siz ham @kodgarchilik bilan shugʻillaning😄
Show all...

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.