cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Tibbiy videolar olami_ Tibbiyot_Faktlar_Medic_Kitoblar_Malumotlar_Shifokorlar

SAHIFALARIMIZ 📊Tibbiy faktlar 📑Qiziqarli ma’lumotlar 🖼Tibbiy foto va videolar 📋Kasalliklar haqida malumotlar 📖Tibbiy kitoblar Test va Keyslar: @tibbiy_testlar_keyslar Grupamiz: @tibbiyvideolarolami Dorixona: @dorilar_dorixona Admin: @tibbiyvideola

Show more
Advertising posts
2 452
Subscribers
+724 hours
-317 days
-20530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#Koʻzlar uchun gimnastikani bajaramiz: Har kuni smartfon va noutbuklar ekranlari orqali biz shunchalik ko'p ma'lumot olamizki, kun oxiriga kelib charchagan, quruq ko'zlar ko‘pchiligimzni qiynaydi. Yaxshiyamki, bu noqulaylikni bartaraf etish kafolatlangan oddiy mashqni baham ko'ramiz * 🧘‍♂️ Oʻtirgan holatda 3-5 soniya davomida koʻzingizni mahkam yuming, soʻngra bir vaqtning oʻzida koʻzingizni oching, buni 6-8 marta takrorlang Ushbu mashqlar ko'z qovoqlarining mushaklarini kuchaytiradi, ko'zlardagi qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklarini bo'shashtiradi *🧘‍♀️ Shuningdek, oʻtirib ko‘zni tez miltillatishni boshlang va buni 1-2 daqiqa davomida bajaring - bu ham qon aylanishini yaxshilaydi * 🙄 Qorachiqlarni tepaga- pastga o‘ngga- chapga, qirg‘oqlarga qarating buni ham 1-2 daqiqa davom ettiring * 👉👀👈 Qorachiqlarni o‘rtaga yo‘naltiring * ⏰ Soat sterlasi bo‘ylab aylantiring. 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
👍 5
Dunyodagi eng qiyin kasalliklarga quyidagilar kiradi: 1. Saraton: Saratonning ko'plab turlari mavjud va kasallikning o'zgaruvchanligi va terapiyaga qarshilik ko'rsatish potentsiali tufayli davolash qiyin bo'lishi mumkin. 2. OIV/OITS: OIV/OITS immunitet tizimiga hujum qiluvchi surunkali virusli infeksiya bo'lib, kasallikni boshqarish uchun davolash usullari mavjud bo'lsa-da, hozircha davosi yo'q. 3. Ebola: Ebola juda yuqumli va tez o'limga olib keladigan virus bo'lib, og'ir gemorragik isitmani keltirib chiqaradi. Ebola epidemiyasini uning yuqori o'lim darajasi va resurslar cheklangan sharoitlarda yordam ko'rsatishdagi qiyinchiliklar tufayli nazorat qilish qiyin bo'lishi mumkin. 4. Altsgeymer kasalligi: Altsgeymer - bu xotira va kognitiv funktsiyaga ta'sir qiluvchi progressiv neyrodegenerativ kasallik. Hozirda Altsgeymer kasalligini davolovchi davo yo‘q va davolash imkoniyatlari cheklangan. 5. Multipl skleroz (MS): MS surunkali autoimmun kasallik bo'lib, markaziy asab tizimiga ta'sir qiladi. Bu keng doiradagi alomatlar va nogironlikka olib kelishi mumkin va davolash murakkab va qiyin bo'lishi mumkin. 6. Dori-darmonga chidamli sil: Sil kasalligi (sil) bakterial infeksiya bo‘lib, birinchi navbatda o‘pkaga ta’sir qiladi. Silning dori-darmonlarga chidamli shtammlari tobora keng tarqalgan bo'lib, davolanishni qiyinlashtiradi va qimmatga tushadi. 7. Parkinson kasalligi: Parkinson - bu harakat va muvofiqlashtirishga ta'sir qiluvchi progressiv nevrologik kasallik. Semptomlarni boshqarish uchun davolash usullari mavjud bo'lsa-da, hozirda Parkinson kasalligini davolash mumkin emas. Har bir kasallik o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va tibbiy tadqiqotlar va texnologiyadagi yutuqlar doimo ushbu kasalliklarga chalingan bemorlarning natijalarini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
😱 6
1:28:21
Video unavailableShow in Telegram
Oltin Qo'llar Ben Karsonning Tarixi (2009) O'zbek Tilida#drama #biografiya 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
👍 11
Photo unavailableShow in Telegram
Hayotimdagi burilish, oʻzgarish nuqtasi — onam televizorni oʻchirib, berkitib qoʻyib, meni oʻqishga majbur qilgan kuni boʻldi. © Ben Carson, neyroxirurg 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
👍 10
Photo unavailableShow in Telegram
Bo'yin #osteoxondroz ni o'zimiz davolaymiz! Oltita samarali mashq👇 🔸Jag'ingizni bo'yningizga tushiring. Boshingizni o'ngga va chapga 8-10 marta aylantiring. 🔸Iyagingizni ko'taring. Yana 5 marta boshingizni o'ngga, so'ngra chapga 5 marta aylantiring. 🔸Boshingizni o'ngga egib, qulog'ingiz bilan yelkangizga yetib olishga harakat qiling - 5 marta, keyin 5 marta chapga. 🔸Boshingizni to'g'ri yo'naltiring. Bo'yinning tarang mushaklarining qarshiligini engib, iyagini bo'yinbog' chuquriga bosing. Boshning yuqori qismi yuqoriga tortiladi. 🔸Peshonangizni kaftingizga bosing va bo'yin muskullarini torting. Mashqni 10 soniya davomida 3 marta bajaring. 🔸Bo'yin muskullarini taranglashtirib, chap chakkani chap kaftga bosing (10 soniya davomida 3 marta). Va endi o'ng chakkangiz bilan o'ng kaftingizga bosing (10 soniya davomida 3 marta). 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔰  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bo‘yin #osteoxondroz i nima? Bu kasallikdan qanday qilib qutulish mumkin. Bo‘yin osteoxondrozi bu — umurtqaning bo‘yin qismidagi umurtqaaro diskning shikastlanishidir. Xalq orasida esa uni bo‘g‘imlar orasiga tuz yig‘ilishi deb  atashadi. ✅ Kelib chiqish sabablari Uzoq davom etuvchi yumushdan so‘ng umurtqaga katta zo‘riqish tushadi. Bu holat osteoxondroz paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan sanaladi. Shuningdek: 👉 o‘tirganda gavdani noto‘g‘ri tutish, 👉 bukchayib yurish 👉 og‘ir sumkani bir yelkada ko‘tarish natijasida ham umurtqa og‘riqni sezadi va bu og‘riq bo‘yinning yuqori qismiga tarqaladi. Ba’zan og‘riq qo‘lga (hatto yurak sohasiga) ham o‘tishi mumkin. Bunda ko‘pincha barmoq yoki qo‘lning uvishib qolishi yuzaga keladi. Og‘riq yana boshni burganda, gavdaning ko‘rinishini o‘zgartirganda kuchayadi. ❗️ Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bo‘yin osteoxondrozi nam havoda kuchayadi. 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔰  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Osteoporoz (lot. osteoporosis) -suyakning surunkali, progressiyalanuvchi, tizimli va almashinuv kasalligi yoki klinik sindromi bo‘lib, boshqa kasalliklar birga namoyon bo‘ladi. Suyakning zichligi pasayishi bilan xarakterlanadi. Suyak to‘qimasida metabolizmni buzilishi bilan suyak hosil bo‘lish jarayonida katabolizmni ustunlik qilishi hisobiga suyak mo‘rtligini oshishi va mikroarxitektonikasini buzilishi, suyak mustahkamligini kamaytiradi va sinish xavfini oshirib yuboradi. Asosiy sabab kalsiy va vitamin D almashinuvini buzilishidir. Jarayon ko‘pincha umurtqalarda boradi, qarigan chog‘da bel bukilib qolmasligi uchun, 50 yoshdan keyin Ca va vit.D3 preparatlarni muntazam qabul qilish kerak! Ovqat ratsionida sut va sut mahsulotlarini ko‘paytirish kerak! Ayniqsa brinza, pishloq va tvorog! 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#​​​​Vitamin "C" ( #Askorbin kislota) 🔶Asosiy vazifalari: 1. Kollagеn sintеzida; 2. Xolеstеrindan o't suyuqligi hosil qilishda; 3. Qon tomir dеvorlarini mustahkamlashda; 4. Yaralarni tеz bitishida 5. Tеmirni ichaklarda so'rilishida  6. Immunitеtni kuchaytirishda ishtirok etadi. 🔶Gipo/avitaminoz vitamin "C" MKB-10: Е54 🔶Asosiy bеlgilari: • Milklar qonashi; • Yarani sеkin bitishi; • Tishlarni bo'shab qolishi, tushishi; • Tеrida qon quyilishlar; • Ishtaha yo'qolishi; • Qon kеtishlar (burundan, bachadondan) • Tеri quruqlashishi • Og'ir formalarida Singa kasalligi rivojlanadi. 🔶Sutkalik ehtiyoj: 70–100 mg 👆Rasmda C vitaminiga boy mahsulotlar kеltirilgan 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
👍 5
1:34:29
Video unavailableShow in Telegram
#Albatta_ko‘ring #Kinotavsiya: Sotsial dilemma Farzandlaringiz elektron qurilmalar, gadjet, ijtimoiy tarmoqlarga haddan ortiq bog'lanib qolganmi? Hurmatli ota-onalar, agar javobingiz "ha" bo'lsa, ushbu hujjatli filmni ko'rishingiz shart. Farzandlaringiz bilan birga ko’rsangiz, yanada yaxshi. 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
#Askaridoz - to'garak chuvalchanglar tipiga mansub askaridalar keltirib chiqaradigan gijja kasalligi bo'lib, odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ko'proq bolalarda uchraydi. Bemor kasallik tarqatuvchi manba hisoblanadi. Yuqishi: tuxumlar bilan ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qo'llar. Ilk davri asosan, umumiy alomatlar bilan kechadi: ⚜Darmonsizlik ⚜Yo'tal ⚜Harorat ko'tarilishi Keyinchalik: 🔼Bosh aylanishi 🔼Bosh og'rig'i 🔼Me'da-ichak faoliyatining buzilishi(ko'ngil aynishi, qusish, ko'p so'lak ajralishi) 🔼O'ta toliquvchanlik. 🪱Askaridani o't yoki me'da-ichak yo'llariga kirishi natijasida yiringli xoletsistit, jigar abssessi, perifonit, sepsis, o'tkir pankreatit, appenditsit kabi a'zolarning yallig'lanish kasalliklari kuzatiladi. 🩺Davolash: Shifokor nazorati ostida davo qilinadi. 📈Profilaktikasi: shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish. 🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning: ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🧑‍⚕  @tibbiyvideolarbazasi
Show all...
👍 4