Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti
Open in Telegram
🎓Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti "Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish" instituti Axborot xizmati 📲Elektron resurs: @samdu_IRB_elektron_adabiyotlar
Show more597
Subscribers
No data24 hours
+27 days
-630 days
Posts Archive
#Kun_hikmati
Hayot velosipedga oʻxshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakat qilish kerakAlbert Eynshteyn 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
🇺🇿#Mustaqillik35 – 35 yutuq
10-yutuq: Yangi O‘zbekiston islohotlarining boshlanishi (2017-yil)
2017-yildan boshlab mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.Bu islohotlar mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. 🦉 Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
Repost from Samarqandim jurnali
#Xalqaro_sertifikat
📌 Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti talabasi Abduvoxidov Tangriberdi chet tili bo’yicha xalqaro IELTS imtihonidan yuqori natija 7,5 (C1) sertifikatini qo’lga kiritdi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
Repost from Samarqand davlat universiteti
+6
Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi dotsentlari Saodat Jalolova, Mohinur Mahmudova va Dilnoza Ikromova Qozog‘iston Respublikasining Ostona xalqaro universitetida tashkil etilayotgan Xalqaro yozgi maktab dasturida ishtirok etmoqda.
Yozgi maktab dasturi doirasida ishtirokchilar akademik mashg‘ulotlar, ma’ruzalar, seminar-treninglar hamda madaniy tadbirlarda faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish, ilmiy salohiyatini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Mazkur xalqaro yozgi maktab qozoq tili, madaniyati, tarixi va zamonaviy jamiyatini o‘rganish hamda uni xalqaro miqyosda targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lib, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
#Talabalar_uchun
📚 O‘rtacha bitta kitob ishlab chiqarish uchun taxminan 5 kg yog‘och sarflanadi. Bu yog‘ochdan qog‘oz tayyorlanib, keyinchalik u kitob sahifalariga aylanadi.
🌳 Shu sababli ko‘plab nashriyotlar bugun qayta ishlangan qog‘ozdan foydalanishga o‘tmoqda. Bu esa nafaqat tabiatni asrashga, balki kelajak avlodlar uchun ham ko‘proq daraxtlarni saqlab qolishga yordam beradi.
“Har bir o‘qilgan kitob ortida tabiatning ham hissasi bor.”
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
🇺🇿#Mustaqillik35 – 35 yutuq
9-yutuq: Samarqand, Buxoro va Xivaning UNESCO ro‘yxatiga kiritilishi
O‘zbekistonning qadimiy shaharlari UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi. Bu yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi xalqaro miqyosda e’tirof etilganini yana bir bor tasdiqladi.Bugun ushbu maskanlar millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda. 🦉 Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
🇺🇿#Mustaqillik35 – 35 yutuq
9-yutuq: Samarqand, Buxoro va Xivaning UNESCO ro‘yxatiga kiritilishi
O‘zbekistonning qadimiy shaharlari UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi. Bu yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi xalqaro miqyosda e’tirof etilganini yana bir bor tasdiqladi.Bugun ushbu maskanlar millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda. 🦉 Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
#Talabalar_uchun
Talabalarga grandlarni taqdim etish va qayta taqsimlash bo'yicha ariza yuborish video-yo'riqnomasi.
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
#Talabalar_uchun
2026-Yilda 12 110 o‘rinli yangi talabalar turar joylari topshirilishi rejalashtirildi❗️
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar turar joylari bo‘yicha amaldagi loyihalar va 2026-yil rejalarini ma’lum qildi.
👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/518
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
#Talabalar_uchun
🇺🇿Alifboda o‘zgarishlar: ikkita simvol bilan yoziluvchi 4 ta harf o‘zgarmoqda va bitta simvol bilan yoziladigan qilinmoqda
❗️Shuningdek Ng harfidan voz kechilmoqda. Quyidagi harflarning yangi ko‘rinishi:
Sh o‘rniga — Ş
Ch o‘rniga — Ç
Oʻ o‘rniga — Ö
Gʻ o‘rniga — Ğ
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi. Rasmiy xabarda keltirilishicha, qonun loyihasi amaliyotda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xususan, qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi saqlab qolinadi.
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
🇺🇿 #Mustaqillik35 – 35 yutuq
8-yutuq: Davlat ramzlarining qabul qilinishi (1991–1992-yillar)
Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistonning davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi qabul qilindi. Davlat ramzlari xalqimizning milliy g‘ururi, birdamligi va mustaqilligini ifoda etuvchi muqaddas timsollarga aylandi.Bugun ular yurtimiz sha’ni va xalqimiz iftixorini dunyoga namoyon etmoqda. 🦉 Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
O‘zbekiston yoshlar ligasi platformasida faol yoshlarga grant va imtiyoz beriladi
✔️ Prezident uchrashuvda yangi platforma ishga tushirilishini e’lon qildi.
👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/527
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
#Kun_hikmati
To‘g‘ri ishni qilish — ishni to‘g‘ri bajarishdan muhimroq.Piter Draker 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
#Garmdori
📌 "Vaqtim yo‘q..." Rostdan ham shundaymi? ⏳
Bugungi kunda talabalar orasida eng ko‘p eshitiladigan jumlalardan biri — "Vaqtim yo‘q." Bu gap topshiriq bajarilmaganda ham, kitob o‘qilmaganda ham, yangi ko‘nikma o‘rganilmaganda ham bahona sifatida yangraydi. Ammo bir narsaga e'tibor berganmisiz: vaqt hammaga bir xil beriladi, natija esa hammada bir xil emas.
Nega ayrim talabalar bir kun ichida darsga ham ulguradi, tanlovlarda ham qatnashadi, til ham o‘rganadi, sport bilan ham shug‘ullanadi, boshqalari esa kun oxirida yana "vaqt yetmadi" deydi? Demak, masala vaqtning kamligida emas, unga bo‘lgan munosabatda.
📱 Bir necha daqiqaga ochilgan telefon bir soatni olib qo‘yadi. "Faqat bitta video ko‘raman" degan fikr esa butun oqshomni yutib yuboradi. Shu orada bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar ertangi kunga suriladi, ertaga esa yana o‘sha bahona takrorlanadi.
😔 Eng achinarlisi, talaba vaqtini yo‘qotayotganini o‘zi ham sezmaydi. Yo‘qotilgan daqiqalar yig‘ilib soatlarga, yo‘qotilgan soatlar esa imkoniyatlarga aylanadi.
📎 Vaqt hech qachon topilmaydi. Uni faqat to‘g‘ri boshqarish mumkin. Shuning uchun bugun "vaqtim yo‘q" deyishdan oldin o‘zingizga bitta savol bering:
Rostdan ham vaqt yo‘qmi yoki men vaqtimni qadriga yetmayapmanmi?
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Jadid“ gazetasi tahririyati oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha iqtidorli talabalar uchun yirik ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi!
Mukofot jamg‘armasi (umumiy) – 90 million so‘m!🥇 1-o‘rin (1 ta): 25.000.000 so‘m + Diplom va kitoblar jamlanmasi. 🥈 2-o‘rin (2 ta): 10.000.000 so‘mdan (jami 20 mln). 🥉 3-o‘rin (3 ta): 5.000.000 so‘mdan (jami 15 mln). 🎁 Rag‘batlantiruvchi o‘rinlar (15 ta): 2.000.000 so‘mdan (jami 30 mln).
Muddatlar:↪️Qabul: 2026-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar. ↪️Natijalar: Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi. ↪️Ijodiy ishlar maxsus Telegram bot orqali qabul qilinadi: @insho2026_bot ⚡️ Shoshiling, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘oliblikni qo‘lga kiriting!
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Repost from Samarqand davlat universiteti
+8
Samarqand davlat universitetining Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti professor-o‘qituvchilari hamda tayanch doktoranti Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou universitetida Xalqaro aloqalar dasturi doirasida tashkil etilgan "Yozgi maktab"da ishtirok etmoqda.
Dastur davomida Samarqand davlat universiteti vakillari o‘z yo‘nalishlariga oid dolzarb muammolar va ularning ilmiy asoslangan yechimlarini muhokama qilib, o‘zaro tajriba almashmoqda hamda kasbiy malakalarini oshirmoqda. Shuningdek, ular Samarqand davlat universiteti va Lanchjou universiteti o‘rtasidagi ilmiy-ta'limiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ham muzokaralar olib bormoqda.
Professor-o‘qituvchilar xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish, nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda hammualliflik asosida maqolalar chop etish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida faol hamkorlik qilmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
#Bilarmidingiz #Qiziqarli #Talabalar_uchun
🏅 Iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti haqida nimalarni bilasiz?
Ko‘pchilik "Iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti"ni Alfred Nobel vasiyat qilgan mukofotlardan biri deb o‘ylaydi. Aslida esa bu mukofot 1968-yilda (Shvetsiya Markaziy banki) tomonidan bankning 300 yilligi munosabati bilan ta'sis etilgan.
Mukofotning rasmiy nomi — "Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan Iqtisod fanlari bo‘yicha Sveriges Riksbank mukofoti". U ilk bor 1969-yilda topshirilgan.
Bugungi kunda ushbu mukofot iqtisodiyot faniga ulkan hissa qo‘shgan olimlarga beriladi. G‘oliblarni boshqa Nobel mukofotlari kabi tanlaydi va mukofot har yili 10-dekabr — Alfred Nobel vafot etgan kunda topshiriladi.
📚 Bu mukofot Nobel oilasi tomonidan emas, balki Shvetsiya Markaziy banki tashabbusi bilan yaratilgan bo‘lsa-da, u bugun dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofotlardan biri hisoblanadi.
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
#Kun_hikmati
Ilm insonni fikrlashga o‘rgatadi. Fikr bor joyda taraqqiyot bo‘ladi, taraqqiyot bor joyda esa kelajak porloq bo‘ladi.Oybek 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
#Yangilik
🏆 OTMlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Intellektual haftalik” saralash o‘yinlari yakuniga ko‘ra, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Zakovat” terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija jamoamizga musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani taqdim etdi.
👏 Universitetimiz jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda respublika bosqichida ularga omad va yangi zafarlar tilab qolamiz!
🦉Bizni kuzatib boring:
@IRMTB_rasmiy
