BUXORO VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI📚rasmiy telegram kanali
Open in Telegram
Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi. Web saytimiz: 🌏 www.https://buxorovbk.uz Kanal: t.me/Buxorovbkuz Elektron kitoblar:📚 https://t.me/Elektron_kitob_buxorovbk @kichkintoybuxvbk Guruh:https://t.me/buxorovbk_uz
Show more727
Subscribers
-224 hours
-97 days
-6130 days
Posts Archive
+5
📚 KITOB — YAXSHI KELAJAK SARI YO‘L!
Viloyat Bolalar kutubxonasiga IIBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi.
👧 Tashrif davomida yoshlar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli sayohat tashkil etildi. Ular Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi, o‘quv zallari, Ma’lumotnoma va bibliografiya bo‘limi, shuningdek, kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
📖 Sayohat davomida yoshlar turli mavzulardagi kitoblar bilan tanishib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va bilim olishdagi ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
💫 Bunday mazmunli uchrashuvlar yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📚 Kitob bilan do‘stlashgan yosh — kelajagini bilim bilan quradi!
📚 Kitob — doimiy do'st! ⭐️
Bugungi kunda oilaviy o'qish onlari eng qadrli lahzalardan biri.
Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasida har bir oila farzandlari bilan birga kitob sahifalarini varaqlab, yangi dunyolarga sayohat qilishlari mumkin.
Ota-ona farzandlari bilan birga o'qigan har bir kitob — bu nafaqat bilim, balki mehr-oqibat va yaqinlikning ham ifodasidir. 👨👩👧👦
Kutubxonamizga tashrif buyuring — farzandlaringiz bilan birga ajoyib kitoblar dunyosiga sayohat qiling!
👨👩👧👦 Farzandingiz bilan birga kutubxonamizga tashrif buyuring — chunki eng go'zal xotiralar aynan shunday oddiy, ammo mazmunli lahzalarda yaratiladi.
📚 QIZIQARLI BOLALAR KITOBLARINI — BIRGALIKDA MUTOLAA QILAMIZ!
Aziz ota-onalar! Farzandingiz bilan bo'sh vaqtingizni mazmunli o'tkazishning eng yaxshi usullaridan biri — umumiy kitob o'qish . 👨👩👧👦📖
🌈 Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi da bolajonlar uchun rang-barang, qiziqarli va yoshiga mos kitoblar sizni kutmoqda!
✨ Ertaklar va sarguzashtlar
🔬 Ilm-fan va tabiatga oid kitoblar
🐾 Hayvonot olami haqida qiziqarli asarlar
⚡️ Tasavvur va bilimni rivojlantiruvchi kitoblar
💎 Oila bilan birga o'qish — yanada maroqli!
Kitob o'qing — dunyoni yaqin kashf eting! 🌍📚
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Multfilim_2_qism
📚 SEHRLI SAHIFALAR — KITOB DUNYOSIGA SAYOHAT!
✅ Har bir kitob — bu yangi bir olamga ochiladigan sehrli eshik!
📖 Bugun sizlar bilan ajoyib bir video ulashamiz: ikki do'st — bir kitobni ochib, kutilmagan sehrli sarguzashtga yo'l oladi. Ularga sodiq yordamchi — kichkina robot ham hamrohlik qiladi!
🚀 Har bir sahifa — yangi bilim, yangi qahramon, yangi dunyo. Kitob o'qish orqali biz nafaqat bilim olamiz, balki tasavvurimiz chegara bilmaydigan sehrli safarlarga chiqamiz!
👉 Farzandingizni ham shu sehrli dunyoga qo'shing — Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasiga tashrif buyuring!
📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇
✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site
+7
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
📚 KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA EZGU TASHABBUS
(🎁 KUTUBXONAMIZGA 100 DONA KITOB SOVG‘A QILINDI)
📅 2026-yil 2-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi tomonidan Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.
📖 Kutubxona fondini boyitish, yosh avlodning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida 100 dona kitob taqdim etildi.
💡 Eslatib o‘tamiz: joriy yilning 3-avgust kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanovning Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasiga tashrifi davomida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi. 🤝 Tashrif davomida kutubxona fondini yangi nashrlar bilan boyitish maqsadida kitoblar to‘plamini sovg‘a qilish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish ta’kidlangan edi. ✨ Bugun ushbu ezgu tashabbus o‘zining amaliy ifodasini topib, 100 dona badiiy adabiyotdan iborat kitoblar to‘plami kutubxonaga topshirildi.📚 Yangi adabiyotlar yosh kitobxonlarning mutolaa doirasini kengaytirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. 🌱 Zero, kitob — inson tafakkurini yuksaltiruvchi, qalbini ezgulikka chorlovchi va kelajak sari yo‘l ko‘rsatuvchi bebaho ma’naviy xazinadir. 🌱 Ushbu kitoblar yosh kitobxonlar uchun yangi bilim va kashfiyotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. 🤝 Kitob sovg‘a qilgan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markaziga ezgu tashabbusi va e’tibori uchun minnatdorlik bildiramiz! 📚 Kitob — ma’naviyat xazinasi, bilim esa kelajak poydevoridir! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site
+7
📚 KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA EZGU TASHABBUS
(🎁 KUTUBXONAMIZGA 100 DONA KITOB SOVG‘A QILINDI)
📅 2026-yil 2-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi tomonidan Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.
📖 Kutubxona fondini boyitish, yosh avlodning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida 100 dona kitob taqdim etildi.
💡 Eslatib o‘tamiz: joriy yilning 3-avgust kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanovning Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasiga tashrifi davomida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi. 🤝 Tashrif davomida kutubxona fondini yangi nashrlar bilan boyitish maqsadida kitoblar to‘plamini sovg‘a qilish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish ta’kidlangan edi. ✨ Bugun ushbu ezgu tashabbus o‘zining amaliy ifodasini topib, 100 dona badiiy adabiyotdan iborat kitoblar to‘plami kutubxonaga topshirildi.📚 Yangi adabiyotlar yosh kitobxonlarning mutolaa doirasini kengaytirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. 🌱 Zero, kitob — inson tafakkurini yuksaltiruvchi, qalbini ezgulikka chorlovchi va kelajak sari yo‘l ko‘rsatuvchi bebaho ma’naviy xazinadir. 🌱 Ushbu kitoblar yosh kitobxonlar uchun yangi bilim va kashfiyotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. 🤝 Kitob sovg‘a qilgan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markaziga ezgu tashabbusi va e’tibori uchun minnatdorlik bildiramiz! 📚 Kitob — ma’naviyat xazinasi, bilim esa kelajak poydevoridir!
+6
📚 BILIMLAR KUNI — KUTUBXONADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI!
📅 2026-yil 2-sentabr kuni Bilimlar kuni munosabati bilan viloyat Bolalar kutubxonasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
🏛 Tadbir davomida o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli sayohat uyushtirildi. Yosh kitobxonlarga kutubxonadagi bo‘limlar, ularning faoliyati hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil tushuncha berildi.
📖 Sayohat davomida bolalar turli yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan tanishib, kutubxonadan foydalanish tartibi va kitoblarni tanlash imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.
🌟 Bilimlar kuni — yangi bilimlar, yangi maqsadlar va kitob bilan do‘stlashish uchun ajoyib imkoniyat!
📚 Aziz bolajonlar, kitoblar olamiga marhamat!
+8
🇺🇿 “TUPROG‘ING KO‘ZIMGA TO‘TIYO, VATAN!”
📚 Bugun, 2-sentabr kuni, viloyat Bolalar kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Tuprog‘ing ko‘zimga to‘tiyo, Vatan” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🌿 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan, ona yurt, tinchlik va mustaqillik haqida ta’sirchan she’rlar ijro etildi. Yosh kitobxonlar o‘z chiqishlari orqali yurtga bo‘lgan mehr va sadoqatlarini namoyon etdilar.
📖 Tadbir so‘nggida “Ozod va obod Vatan” hamda “Mustaqillik — baxtimiz” nomli kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. O‘quvchilarga Vatan tarixi, mustaqillik va ona yurtimizning bugungi taraqqiyotiga bag‘ishlangan kitoblarni mutolaa qilish tavsiya etildi.
💚 Kitob — Vatan tarixini anglash, uning qadri va kelajagini chuqurroq his etishning muhim vositasidir!
💎 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
📚 Kitoblar dunyosi jonlanadi!
☑️Bir oddiy oqshom... bir sehrli sarguzasht boshlanadi!
🌙 Planshetni ochgan bolakay bir zumda hayratda qoladi — chunki kitob sahifalaridan qanotli, ajoyib do'sti uchib chiqadi!
✅ Bu — bizning yangi jonlantirilgan qissamiz, kitob sevgisi haqida, hayolot haqida va har bir sahifada yashiringan mo''jiza haqida!
✔️ Farzandingiz bilan birga tomosha qiling va bu sehrni his qiling!
📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇
✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#mustaqillik35
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 🇺🇿 YILLIGI MUBORAK BO'LSIN!
🇺🇿 Ana shu ulug' bayram sharafiga Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi bayram tusiga kirdi — bolalarimiz bayroqchalar bilan o'z Vatanlariga bo'lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini izhor etishdi.
⏩ Erkinlik, tinchlik va taraqqiy yo'lida qo'lga yordam har bir yutuq — Vatanimiz farzandlari bo'lishimiz siz, aziz yosh kitobxonlarimiz uchundir!
🟢 Mustaqillik — bu bizning eng qimmatli boyligimiz. Uni asrab-avaylash, yanada yuksaltirish barchamizning burchimizdir!
📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇
✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK! 🇺🇿
✨ Barchangizni yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
🪙 Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimizdan fayz-u baraka, qalblarimizdan ezgu niyatlar hech qachon arimasin!
🌿 Mustaqil Vatanimizning ravnaqi, xalqimizning baxt-u saodati va kelajagimiz yanada porloq bo‘lishini tilaymiz!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi direktori
- N. Nizamova
+6
📚 KITOB BILAN DO‘STLASHGAN QALBLAR
Bugun Viloyat Bolalar kutubxonasiga IIBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi.
👧 Tashrif davomida yosh kitobxonlar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli sayohat tashkil etildi. Ular kutubxonaning kitob fondi, o‘quv zallari va kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
📖 Shuningdek, tarbiyalanuvchilar bilan o‘qigan asarlari yuzasidan savol-javob va fikr almashish jarayoni tashkil etildi. Yoshlar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar qahramonlari, voqealari va asarlardan olgan taassurotlari haqida fikr bildirdilar.
💫 Bunday uchrashuvlar yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📚 Kitob — bilimga eltuvchi yo‘l, mutolaa esa kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir!
