cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali.

Ушбу канал орқали Урганч шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими тизимда бўлаётган янгиликлар ва таълим тизими ходимлари учун меъёрий хужжатлардан намуналар бериб борилади.

Show more
Advertising posts
575
Subscribers
+124 hours
-27 days
-430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Urganch_shahar_3_maktab #Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor_ 🔰Urganch shahar 3-son maktabning 8-sinf o'quvchisi Yuldashev Elbek SEFR milliy sertifikatini qo'lga kiritdi. ✨14 yoshli Elbek C1 darajani qo'lga kiritdi. 🎗Yuldashev Elbek, uning ota-onasi va ustozlarini chin dildan tabriklaymiz!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Urganch_shahar_3_maktab #Bizning_shunday_uquvchilarimiz_bor 🔰Urganch shahar 3-son maktabning 9-sinf o'quvchisi Yuldashev Kamron  IELTS xalqaro  sertifikatida 7.0 ball bilan C1 darajani qo'lga kiritdi. 🎗 Yuldashev Kamron , uning ota-onasi va ustozlarini chin dildan tabriklaymiz!
Show all...
😢 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Urganch_shahar_3_maktab #Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor_ 🔰Urganch shahar 3-son maktabning 9-sinf o'quvchilari Yakubbayev Amirbek va Yuldashev Kamron IELTS xalqaro sertifikatida 7.5 ball bilan C1 darajani qo'lga kiritdi. 🎗Yakubbayev Amirbek va Yuldashev Kamron , ularning ota-onalari va ustozlarini chin dildan tabriklaymiz!
Show all...
🤩 2
Rustamova Sug'diyona Davronbek qizi - Urganch shahar 21-son AFCHO'M 11-sinf o'quvchisi. AQShning 4 ta - Arizona - PennWest - Colorado - Minnesota Morris Universitetlariga muddatidan oldin o'qishga qabul qilindi.
Show all...
Qadamov Muhammadali - Urganch shahar 3-son maktabining 11-sinf o'quvchisi muddatidan oldin bir nechta Xalqaro Universitetlar talabasi, jumladan Malayziya Davlat Universitetiga o'qishga kirish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Abdukarimov Orifjon - Urganch shahar 3-son maktabining 11-sinf o'quvchisi, muddatidan oldin bir nechta Xalqaro Universitetlar talabasi, jumladan Italiya Davlat Universitetiga o'qishga kirish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Urganch shahridagi 2-sonli umumta'lim maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi Polvonova Gulira'no B2 darajadagi CEFR sertifikatiga ega bo‘ldi.
Show all...
Bugun Urganch shahridagi 19-son maktabga Germaniya davlati Saksoniya federal o‘lkasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyani maktab hovlisida milliy raqs va qo‘shiqlar bilan kutib olishdi. Maktab o‘quvchilarining 70 nafaridan ortig‘i Germaniya davlatining turli shaharlarida yozgi o‘quv kurslarida qatnashib kelmoqda. O‘quvchilar tomonidan nemis tilida Germaniya davlatidagi sayohatlari yuzasidan so‘zlab bergan taqdimotlardan mehmonlar xursand bo‘ldilar. Delegatsiya ishtirokchilari tomonidan Saksoniyaning yuqori texnologiyalari ya'ni: 🚙mashinasozlik, 🚗avtomobilsozlik, ✈️aviatsiya sanoati, 🚉temir yo‘l sanoati, 📱mikroelektronika, ⚙sanoat korxonalarini zamonaviylashtirish, 👩‍⚕Germaniyada bemorlarga qarash, 💒qariyalarni parvarish qilish, 🏫qarovga muhtoj bolalarga g'amxo‘rlik qilish, 🏥hamshiralik o‘qishi, 🏨tibbiyot xodimlari tayyorlash, 🏭zamonaviy to‘qimachilik texnologiyasi, 👷‍♂mehnat bozori uchun xorijiy mutaxassislarni tayyorlash sohasi, 🧑‍🎓dual kasb- hunar ta'limi xizmatlari, 🏗metallurgiya va texnika mashinalarini boshqarish, 🏭sozlash va payvandlash texnolgiyalari, 💻axborot texnologiyalari, menejment, 📍biznes treninglar, anjumanlar tashkil etish, 🏭innovatsion cho‘yan quyish, 🏕qishloq xo‘jaligi sohasi, 🏢o‘quv korxonalari va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari bilan tanishtirdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga delegatsiya ishtirokchilari tomonidan javob oldilar.
Show all...
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
Show all...