cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

✍ ...𝕧𝕒 𝕓𝕠𝕤𝕙𝕢𝕒𝕝𝕒𝕣 ✍

Nazm anga gulshanda ochilmogʻligʻi, Nasr qaro yergʻa sochilmogʻligʻi. Boʻlmasa ejoz maqomida nazm, Boʻlmas erdi tengri kalomida nazm. Kanal muhokama guruhi: @muhokama_va_boshqalar

Show more
Uzbekistan57 640The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
196
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

“Kishining ezgu nomi qalb gavhari kabidir. Kimdir mening hamyonimdan boylik o‘g‘irlasa, bu hech narsa emas. Bu boylik oldin ham kimlarningdir mulki edi, bundan keyin ham minglab insonlarning mulki bo‘lib xizmat qiladi. Biroq mening ezgu nomimni mendan o‘g‘irlaydigan kishi bu orqali boyib qolmasa-da, mening qashshoqlashishimga sabab bo‘lib qoladi”. Vilyam Shekspir "OTELLO" TRAGEDIYASI @va_boshqalar
Show all...
image_2021-05-25_17-09-28.png2.57 KB
Kun tuhfasi Muallif Eshqobil Shukur Olcha guli "Radiospektakl" Bugun siz aziz kitobxonlarimizga Eshqobil Shukurning Olcha guli radiospektaklini taqdim etamiz. Asar juda ajoyib. Aktyorlar ham mohirlik bilan ijro etishgan. Uni barcha kitobsevar do'stlarimizga tavsiya qilamiz. Asar uchun o'z munosabatingizni bildirib o'tishni unutmang... Kanalimizga obuna bo'ling va o'z do'stlaringizga ham ulashing! https://t.me/va_boshqalar
Show all...
Olcha guli.mp331.53 MB
#hazillashamanda"😉 Товуқ тухум қўяр қағ этиб, Катагидан чиқар патиллаб. Қув шовқини хўжайин етиб, Дон сепкилар тешик пақирлаб. Қай дақиқа билмайди ўзи, Дарди тутиб қолса бўлгани. Жой ахтарур чиққудай кўзи, Қаға-қаға қаға қилгани. Замонаси чопқиллаб бир зум, Ижтимоий кўпириб келган. «Адабиёт дахлига, узр!» Шу пайтгача тупуриб келган. Дарди бир хил ўша "шоир"нинг, Туғилади кунда бир шеъри. Палағдаси чиқади ернинг, "Шоир" шеърин ёзмаган куни. Ш. Шодиев @va_boshqalar
Show all...
#sensiz... *** Сиз гулсиз... Бир гулсиз, дилларда гуллаган. Беадоқ кузларнинг бағрига Худонинг аршидан қулаган. Қӯшиқсиз... Бир қӯшиқ - оятдир сӯзлари. Куйлайди ҳар кеча ӯртаниб, Безабон дунёнинг кӯзлари. Китобсиз... Бир китоб - дард эрур вароғи Ӯқиса куйдирар, термулса Юракка айланар қароғи. Сиз гулсиз! Бир гулсиз, жудаям чиройли... Ҳ.Холмуродов
Show all...
Ketgin! Mardona ket. Nomardday ketma! Ochiq yara bilan qoldirma meni. "Endi qaytmayman" - de, Va aytgin: "kutma", Million yil kuttirib o‘ldirma meni. Ketgin! Umid berib ketmagin faqat, Umidi yo‘qlarning o‘lmog‘i oson. Menga qiyin o'lim tilaysanmi, ayt?! Axir umid bo'lsa uzilmaydi jon. Ketgin! Ketganingni bilmasin hech kim, Yotlarga kulmoqqa imkon qoldirma. Qalbimni sevgisiz qoldirgin, lekin, G‘urursiz qoldirma, orsiz qoldirma. Ketgin! Ketmaganing xo‘rlikdir asli, O‘zimning qadrimni bilmoq istayman. Axir qul bo'lmaydi Havvoning nasli, O‘lsam ham ayoldek o‘lmoq istayman. Ketgin! Umid berib ketmagin faqat! Gulrux Xudoyorova @va_boshqalar
Show all...
Iqror Bag'rimni ezmoqda zilday tosh, Bilmadim, yetgaymi qilday dosh? So'ramang, bu o'zi qanday tosh? Bilolning "tosh"ini ko'rmabsiz. Bu boshim og'riydi alamdan, Ne alam? So'ramang siz mandan, Kesilgan, tepilgan yo Hasan, Husanning boshini ko'rmabsiz. Bir kunlik dunyoni yil demang, Yiqitsa, sirotni qil demang, Eng uzun daryoni Nil demang, Ko'zlarim yoshini ko'rmabsiz. Bilmadim, yig'lashim ne sabab? Sog' odam yig'larmi besabab? Zartobut, bekafan, betaraf Fir'avn loshini ko'rmabsiz. Tavbali ashkimni xush ko'rdim, Bandalik ishqini ish ko'rdim, G'alvali ajrimni tush ko'rdim, Qaynagan doshini ko'rmabsiz. Bag'rimda toshlar bor zildayin, Har biri Mahmudi fildayin, O'tolmam, u ko'prik qildayin, Ul Yorning qoshini ko'rmabsiz. O'tolmam, u ko'prik qildayin... ©Mansur Nazarov @va_boshqalar
Show all...
Show all...
Nasiba non

   Shom qorong‘usida chol o‘g‘lini yetaklab darvozadan kirib keldi.Kampirning ikki ko‘zi ularda.«Ishqilib yaxshi xabar bo‘lsin» deya ko‘nglidan o‘tkazdi. -Hay, nima deyishdi?-sabri yetmay savolga tutadi. -Ko‘nmadi...prikaz qat’iymish. -Aytmadingizmi? Yosh oilali, erta kuzda o‘g‘liga to‘y boshlagan deb. -Qiziqsanda, kampir, rais buni tushunarmidi. Ana, Sayfullaning kenjasini to‘yiga bir oy qolganda olib ketishibdi .Shukr deyaver, har holda Yusufing uylanib, farzandli bo‘lishga ham ulgurdi... -Qachon ketar…

#Kun_qahramoni_haqida Sayyora Ernazarova 1966-yil 9-may kuni Boyovut tumanida tavallud topgan. Ijodkorning "Xazin kuy", "Dilkash navolar", "Ukam cholcha bo'p qoldi", "Zarralardan yaralgan dunyo", "Sevgizorlar makoni", "Maqtanchoqning ahvoli", "Ertaklar", "Quvnoq bolalar", "Boyovut g'unchalari" kitoblari "Yangi asr avlodi", "Muharrir", "Turon", "Ziyo" nashriyotlarida bosmadan chiqqan. Shoiraning she'rlari muntazam ravishda respublikaning barcha gazeta va jurnallarida yoritilib kelinmoqda. Hozirda Boyovut tuman "Barkamol avlod" bolalar markazi qoshida faoliyat yuritayotgan "Yosh jurnalist va notiq" to'garagining rahbari.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.