en
Feedback
𝐒𝐚𝐢𝐝𝐱𝐨𝐧 𝐀𝐛𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯

𝐒𝐚𝐢𝐝𝐱𝐨𝐧 𝐀𝐛𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯

Closed channel

Katta aqllar fikrlarni munoqasha etadi. O’rta aqllar hodisalarni, kichkina aqllar esa shaxslarni!

Show more
606
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Кет, бўлақол... Кетмасанг ўрганиб қоламиз сенга... Маънойингдан узоқлаштирамиз сени... Доим ёнимиздагиларга қилганимиз каби... Қарамаймиз кўзёшингга.. Чунки қолган ҳар қандай нарсага,нима бўлган тақдирда ҳам кетмайдиган барча нарсага қўпол муомала қиламиз биз, бу ёмон тўғри албатта, лекин шундаймиз биз, инсонмиз кўриб турганингдек... Ҳайр жонажон Рамазон... Кетиш вақтинг келди.. Яна келгин ҳўпми?

Ramazon hayiti Muborak bo’lsin! Ramazon va Hayit shukuhi ifori yaxshiliklari barchamizni dilimizga qalblarimizga butun umr yo’ldosh bo’lsin iymonimizni kelasi Ramazonga butun saqlab Allohning roziligida hayot kechirishlik nasib qilsin. Alloh barchamizni Keyingi hayitga ham yetkazsin Alloh barchamizni Rayyon Jannatida ham jamlasin.🤲🏻🥹

Yoshimizni “ulg’ayish” degan so’zga hech aloqasi yo’q… Ba’zilar 18 yoshida ulg’ayib ulgursa, ba’zilar 48 yoshida ham mayda gaplar bilan o’ralashib, nega yashayotganini bilmasligi mumkin… Va ulg’ayishlik biz eshitgandek, “hayotni ko’rganim uchun qattiqlashdim, qo’pollashdim, ishonmay qo’ydim” deyish emas ekan. Bilasizmiaksincha qalbda mehrni, ishonchni, xotirjamlikni ko’proq his qilish, boshqalardan avval o’ziga savol berishni o’rganish, samimiy tabassum hadya qilish, hatto go’zal havo uchun ham qalbi entikib rahmatlar aytish, yoqmaydigan vaziyatlarda “aniqki bu yerda bir hikmat bor” deyish ekan. Asil ulg’ayish atrofni, insonlarni, hayotni boricha qabul qilish, “sen qanday bo’lma men seni shundayligingcha sevaman” deya olish ekan… Gaplar avvalgidek botmaydi, insonlar avvalgidek g’ashingizga tegmaydi, ovozlar avvalgidek baland va qo’pol emas, munosabatlar avvalgidek “menga bo’lsin” degan hudbinlikdan iborat emas… Ulg’ayish aslida umr o’tyabdi deb xafa bo’lish emas, tajribalar, anglashlar, tushunchalar va eng muhimi xotirjamlikni his qilishdan zavqlanish ekan. Bu huzur Bu yoqimli tabassum Ko’zlardagi samimiy mehr

Ayollar emas, erkaklar yerga qarab yuradigon zamonga keldik..

132. Қадр кечасининг тартиб жадвали: – соат 21:30 дан соат 23:30 гача хуфтон, таровеҳ намозлари ва илм мажлисларида бўлиш. – соат 23: 30 дан 24:00 гача зикр, дуо ва муножот. – соат 24:00 дан 24: 30 гача бироз дам олиш (ёки саҳарлик тановул қилиш). – соат 24:30 дан 01:15 гача таҳажжуд намозини ўқиш. – соат 01:15 дан 01:45 гача зикр ва тасбеҳ айтиш. (Масалан: "Субҳоналлоҳи валҳамдулиллаҳи валаа илааҳаа иллаллоҳу валлоҳу акбар" 100 марта. "Субҳоналлоҳи ва биҳамдиҳи субҳоналлоҳил ъазийм"ни 100 марта. "Лаа илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳу, лаҳул мулку валаҳул ҳамду ваҳува ъала кулли шай`ин қодийр"ни 100 марта . "Астағфируллоҳал ъазийм ва атубу илайҳ"ни 100 марта. "Аллоҳумма солли ъала Муҳаммадин ва ъала оли Муҳаммад"ни ёки бошқа салавотни 100 марта айтиш). – соат 01:45 дан 02:15 гача яна зикр, дуо ва муножотга машғул бўлиш. – соат 02:15 дан 02:45 гача хатми Қуръон ва унинг дуоси билан машғул бўлиш. соат 02:45 дан 03:00 гача агар масжидда витр ўқимаган бўлса, уни адо этиш. Бу айтганларимиз Қадр кечасида нимага машғул бўлайлик, деб сўраганлар учундир. Умуман олганда қадр кечасида зикр, ибодат, Қуръон тиловати, таҳажжуд ва дуога машғул бўлинади. У кечада Аллоҳдан гуноҳларини кечириб, афв қилишини сўраб, қалбининг тўридаги истакларини Аллоҳдан ихлос билан сўрашга машғул бўлинади. Ҳар орада “Аллоҳумма иннака афуввун, туҳиббул афва, фаъфу ъанний”, деб айтиб турилади. Маъноси: Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв қилишни севасан, мени афв қилиб кечиргин. Бомдод намози вақти киргач масжидга бориб, бомдодни жамоат билан ўқийди. Қуёш чиққач дам олиши мумкин бўлади. @arabicuz Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | vk

Saxarligu, iftorlikda beminnat xizmat qilayotgan Muslimalarimizga beadad ne'matlari bo'lgan Jannatda eng oliy maqomlarni bergin Robbim! Robbim sizlarni Jannati bilan siylasin!

Juma har bir daqiqasi ila Allohning marhamatiga, rahmatiga to'la bo'lgan kundir.. Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadinin-nabiyyil-ummiyyi va ‘ala alihi va sahbihi va sallim ✨

Oldin juftimdan so'ray, deydiganiga uylaning. Sizdan qo'rqqani uchun emas, sizning fikringiz unga muhim bo'lgani uchun...

Halovat topishni istagan inson muhabbat kutmaydi, balki ulashadi. Qadrlaydi, qadr kutmaydi. Yordam beradi, ta’ma qilmaydi. Uzr aytadi, uzr kutmaydi…

#mulohaza Yoshing ulgʻayib borar ekan, hamma narsaning kaliti–koʻp narsa qila olishda emas, ortiqcha narsa qilib qoʻymaslikda ekanini tushunasan. Ortiqcha gapirmaslikda. Senga taaluqli boʻlmagan narsalarni oʻylamaslikda. Sen ta’sir oʻtkazolmaydigan narsalar haqida bosh qotirmaslikda. Asabiylashmaslikda. Kamroq olib, koʻproq berishda. Ota-onaga va oilaga vaqt ajratishda. Imoningni mustahkamlashda. Chin dildan sevishda. Va eng qiyini–oʻz xatolaringni va nohak ekaningni koʻra olishda. Kimdir mol dunyo, shuhrat, e’tibor qozonsa, kimdir qalb qozonadi. Manba: Farohun!

Kunlar o'tgani sayin sizga yaqin bo'lgan insonlarning barchasi ham sizni yaxshi ko'ravermasligini, chiroyli gapirganlarning barchasi ham yurakdan chiqarib gapiravermasliklarini, tabassum qilganlarning barchasi ham qalbi toza inson emasliklarini bilib olasiz.

Insonlar bilan juda ham ko'p suxbatlashish tarafdori emasman. Istaklarim kamayib borgani sayin, yolg'izlik yanada jozibali ko'rinyabdi...

Hammasi yaxshi faqat, qilayotgan amallarim men xohlagan ne’matlar uchun kamlik qiladi, muammo shunda.