en
Feedback
MediaDataLab

MediaDataLab

Open in Telegram

Media research & educational development center Empowering media and data communities in Uzbekistan

Show more
231
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
🛎 Бюджет адвокацияси бўйича тренерлар учун тренинг. 5-7 декабрь кунлари “Медиа тадқиқотлар ва таълим ишланмалари маркази” ҳа
+8
🛎 Бюджет адвокацияси бўйича тренерлар учун тренинг. 5-7 декабрь кунлари “Медиа тадқиқотлар ва таълим ишланмалари маркази” ҳамда Zertteu Research Institute ҳамкорлигида 2 модулдан иборат бўлган “Бюджет адвокацияси бўйича тренерлар учун тренинг” ўтказмоқда. 🖇Кимлар иштирок этмоқда? ⚡️Журналистлар, тадқиқотчилар ва нодавлат нотижорат ташкилотлар вакиллари. ⚡️Тренингни  Zertteu  Research  Institute ташкилоти халқаро тренерлари Айтенова Шолпан, Нуркеева Алтынай, Седова Татьяна олиб боришмоқда. 🖇Биринчи кун қандай ўтди? ⚡️Тренинг бюджет масалаларига бағишланган қизиқарли кейсларга, муҳокамаларга, янгиликларга, интерактив машғулотларга бой бўлди. Бугун эса иштирокчилар янада қизиқарли мавзулар ва кейслар кутмоқда! Янгиликларни кузатиб боринг: https://t.me/mediadata_lab

Ассалому алайкум! 📰 Фарғона вилояти Бувайда туманида чоп этилаётган “Бувайда кўзгуси” газетаси ўзининг янги онлайн шаклини я
Ассалому алайкум! 📰 Фарғона вилояти Бувайда туманида чоп этилаётган “Бувайда кўзгуси” газетаси ўзининг янги онлайн шаклини яратиш устида иш олиб боряпти. Янги онлайн газетанинг ҳар томонлама қулай, ўқимишли ва қизиқарли бўлиши сиз, азиз муштарийларга ҳам боғлиқ. Қуйидаги сўровномада иштирок этинг ва маҳаллий газеталарнинг ривожланишига ўз ҳиссангизни қўшинг. Жавобларингиз учун олдиндан миннатдормиз!!! https://forms.gle/MuAP3Fsw2onfrvFJ9 Янгиликларни кузатиб боринг: https://t.me/mediadata_lab

Assalomu alaykum! 📰 Fargʻona viloyati Buvayda tumanida chop etilayotgan “Buvayda koʻzgusi” gazetasi oʻzining yangi onlayn sh
Assalomu alaykum! 📰 Fargʻona viloyati Buvayda tumanida chop etilayotgan “Buvayda koʻzgusi” gazetasi oʻzining yangi onlayn shaklini yaratish ustida ish olib boryapti. Yangi onlayn gazetaning har tomonlama qulay, oʻqimishli va qiziqarli boʻlishi siz, aziz mushtariylarga ham bogʻliq. Quyidagi soʻrovnomada ishtirok eting va mahalliy gazetalarning rivojlanishiga oʻz hissangizni qoʻshing. Javoblaringiz uchun oldindan minnatdormiz!!! https://forms.gle/MuAP3Fsw2onfrvFJ9 Yangiliklarni kuzatib boring: https://t.me/mediadata_lab

📢¨Budjet tahlili va advokatsiyasi¨ mavzusidagi Trenerlar uchun Treningda ishtirok etishga shoshiling! Tashkilotchilar: Media
📢¨Budjet tahlili va advokatsiyasi¨ mavzusidagi Trenerlar uchun Treningda ishtirok etishga shoshiling! Tashkilotchilar: MediaDataLab - media tadqiqotlar markazi va Zertteu Research Institute (Qozogʻiston) ◀️ Sana: 2022-yil 5-7 dekabr 📍 Manzil: Toshkent shahri, Roadside mehmonxonasi, 5-qavat. Trening rus va o'zbek (tarjima bilan) tillarida olib boriladi. Treningdan maqsad budjet tahlili va advokatsiyasi bo‘yicha trenerlik kompetensiyalarini rivojlantirish. Mashgʻulotlar uch qismdan iborat bo'ladi: * Budjet va budjet jarayoni asoslari * Budjet tahlili va advokatsiyasi * Muvaffaqiyatli trening vositalari ◀️ Kim ishtirok eta oladi? Treningda ishtirok etish uchun jurnalistlar, tadqiqotchilar va NNT vakillari ariza topshirishlari mumkin. ➖ Ishtirokchini tanlash mezonlari 🔘 Faol OAV yoki NNT vakili; 🔘 Budjet tahlilida tajribasi yoki qiziqishi borligi; 🔘 O'z o'quv dasturini ishlab chiqish va budjet tahlili va targ'ibot bo'yicha trening yoki webinar o'tkazishga tayyorligi; 🔘 O'quv mashg'ulotlarida faol ishtirok etish va dasturga muvofiq vazifalarni bajarish shartlarni qabul qilishi. 📧 Ishtirok etish uchun https://forms.gle/2SLBXHD9kfqyqeNR9 havola orqali o'tib arizani to'ldiring. Birinchi bosqichadan o'tgan nomzodlar online intervyuga taklif qilinadilar. ⏰ Ariza 2022-yil 27-noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Qo'shimcha savollar bilan mediadatauz@gmail.com manziliga yozing.