MediaDataLab
Open in Telegram
Media research & educational development center Empowering media and data communities in Uzbekistan
Show more231
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
231
#Butunjahon_daryolar_kuni
#World_Rivers_Day🌊
Butun dunyoda har yili sentyabr oyining 4-yakshanbasi "Butunjahon daryolar kuni" sifatida nishonlanib keladi. 2023-yilda bu sana 24-sentyabrga to'g'ri keldi. Bugun biz daryolarimiz og'ir ahvolga tushib qolganini tan olyapmiz. Bir paytlar hayot bilan to'lib-toshgan bu gigantlar endi ifloslanish, ortiqcha foydalanish natijasida qurish va iqlim o'zgarishi xavfi ostida.
Bu kun sayyoramizning ushbu muhim arteriyalarini himoya qilish bo'yicha umumiy mas'uliyatimiz haqida fikr yuritish kunidir.
🌍💧 Daryolar ekotizimlarni qo'llab-quvvatlaydi, toza suv bilan ta'minlaydi va landshaftlarni shakllantiradi. Ularni asrab-avaylash va tiklash uchun birlashaylik. Faqat jamoaviy harakatlar orqali biz bu hayot beruvchi manbalar to'xtovsiz va kamaymasdan oqadigan barqaror kelajakni ta'minlashimiz mumkin.
💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
💧 #suvnitejang #tanlov
🎉 Hurmatli yoshlar va ekofaollar! Yodingizda bo'lsa, “Men bir kunda suvni qanday tejayman” aksiyamizning ikkinchi to'lqiniga start bergan edik.
Ayrim texnik sabablarga ko'ra g'oliblarni aniqlash sanasi kechikdi.
🏆 Tanlovning ikkinchi faslida eng ko'p ko'rishlar soni bilan (400 dan ortiq ko'rishlar) Feruzbek Sayfullayev tomonidan tayyorlangan videorolik g'olib deb topildi. Biz g'olibimiz bilan bog'lanib, ularga tegishli qimmatbaho sovg'ani yetkazamiz.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
#ZeroEmissionsDay
🌍 Bugun, 21–sentyabr, emissiyalarni yo'q qilish kuni. U bizga iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish bo'yicha umumiy mas'uliyatimizni eslatadi. Suvni tejash ham chiqindilarni kamaytirishga hissa qo'shishini bilarmidingiz?
💧 Suv va energiya bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Suvni tozalash, tashish va isitish ko'pincha qazib olinadigan yoqilg'idan olinadigan energiyani talab qiladi. Suvni tejash orqali biz nafaqat ushbu qimmatbaho resursni asraymiz, balki bu bizning uglerod izimizni ham kamaytiradi. 🌿
Bunda suvni asrash tushunchasi chiqindilarni kamaytirish va sayyoramizni himoya qilish g'oyalari bilan tutashib ketadi.
💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
🎨 Aktual mavzulardagi graffitilari bilan tanilgan ko'cha rassomi @inkuzart navbatdagi ishini SUV muammosiga qaratdi.
Chizma suvdan oqilona foydalanmaslik muammosini aks ettiradi. U binoning burchagida chizilgan bo'lib, ikkita devorga joylashtirilgan ikki qismdan iborat. Birinchi qismda suv jo‘mragi ko‘rsatilgan, undan suv oqimi tarvuzga oqib tushadi, bu afsuski, aholi o'rtasida uchrab turgan usullardan biri. Ikkinchi qismda yerga egilgan bolakay bu suvni ichayotgani tasvirlangan. Bu suvdan foydalanishda, suvning tanqisligi kabi muammoni oldini olishda, masalani har ikki tomondan o'rganish lozimligini bildiradi.
Suvni oltin rangda tasvirlanishi o'z navbatida uning qiymatini aks ettiradi.
Bu kabi suvni tejash masalasidagi doimiy tashviqotlarga qaramay, bugun ko'cha-ko'yda asfaltni "sug'orayotgan"lar, mashinasini yuvish uchun yuzlab litr suv sarflayotganlarga, @inkuzart tasviridagi kabi tarvuzni ichimlik suvi yordamida muzlatayotganlarga duch kelamiz. Ijtimoiy mas'uliyatni his qilgan holda mazkur holatlarga tez orada barham berilmas ekan, yaqin yillarda suv tanqisligi muammosi O'zbekistonda ham o'ta chuqur ildiz otmasligiga hech kim kafolat bermaydi.
💧 MediaDataLab jamoasining "Suv bormi?" loyihasi doirasida yaratilayotgan suv resurslarining birinchi interaktiv xaritasi mamlakatimizda mavjud suv resurslari bo'yicha barcha ma'lumotlarni to'plashga qaratilgan.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so'zlagan nutqida ekologik muammolarga alohida to'xtalib o'tdi.
🗣️ Keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim gradusga ko‘tarildi. Bu – dunyodagi o‘rtacha isishdan ikki karra ko‘pdir. Oqibatda muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘qolib ketdi. Ushbu tendensiya saqlanib qolsa, yaqin yigirma yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin. Jon boshiga suv bilan ta’minlanish darajasi 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda.
Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suv resurslari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi ta’sis etilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasini yaratish jarayonida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – suv resurslari” mexanizmini ishga solib, eng ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va tatbiq qilish tarafdorimiz.
Biz mintaqamizda qabul qilingan Yashil taraqqiyot dasturi doirasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Bunday sheriklik manfaatlarimizga birdek mos bo‘lib, iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan. Bu borada “Markaziy Osiyo iqlim muloqoti”ni joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayman🗣️.
Prezidentning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida so'zlagan nutqidan.
💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi suv resurlari haqidagi ma'lumotlarni to'plashga qaratilgan "Suv bormi?" loyihasini amalga oshirmoqda.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
Uyg'onish vaqti keldi — har bir tomchi muhim! 🌍💧
Buni tan olish qanchalik og'ir bo'lmasin, bugun biz suv inqiroziga duchor bo'layotgan dunyoda yashamoqdamiz. Shunday ekan, ayni damda bu qimmatbaho resursni saqlab qolish uchun harakat qilishimiz juda muhimdir. Qurg'oqchilik, qisqarib borayotgan daryolar va qurigan landshaftlar — bularning barchasi biz HOZIR harakat qilishimiz kerakligidan dalolat beradi.
💧 Keling, suvdan oqilona foydalanish orqali ekotizimimizni himoya qilaylik. Toza suvdan foydalanish butun dunyo aholisining huquqi ekanligini his qilaylik. Agar birlashsak, biz birgalikda qurib borayotgan sayyoramizning chanqog'ini qondira olamiz. 🌱💚
#suvnitejang #suvinqirozi
Ijtimoiy rolik O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tayyorlangan bo'lib, agentlik MediaDataLab jamoasi tomonidan ilgari surilayotgan "Suv bormi?" loyihasining mahalliy hamkori sanaladi.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
💧 Bugun — butunjahon suv resurslari monitoringi kuni
2003-yildan buyon har yili 18-sentyabr kuni Butunjahon suv monitoringi kuni nishonlanadi. Amerika toza suv fondi tomonidan asos solingan ushbu ekologik bayram sayyoramizning suv resurslari muammolari haqida aholining xabardorligini oshirish va ularni ifloslanishdan himoya qilishga qaratilgan ta'lim dasturini o'z ichiga oladi.
💧 Har yili tobora ko'proq odamlar Suv monitoringi kunini nishonlashda qatnashmoqda. Bugungi kunda dunyoning 150 ta davlatidan 1,8 million kishi suv havzalarini kuzatib boradi.
Eslatib o'tish kerakki, O'zbekistonda suv resurslarini tejash va undan oqilona foydalanish yo'nalishiga alohida e'tibor berilmoqda, xususan, "Yangi O'zbekiston — 2030" strategiyasida uzoq muddatga mo'ljallangan respublikaning suv resurslari balansini ishlab chiqish va uning ustidan doimiy monitoring o'rnatish tizimini joriy qilish vazifasi belgilangan.
💧 MediaDataLab jamoasi ham suv resurlari haqidagi ma'lumotlarni to'plashga qaratilgan "Suv bormi?" loyihasini amalga oshirmoqda.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
"O'zbekiston — 2030" strategiyasining bitta yo'nalishi suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga bag'ishlandi.
Unda belgilab berilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, avvalgi strategik loyihalardan farqli o'laroq "O'zbekiston – 2030"ga suvni tejash masalasining kitirilganligi suv va undan oqilona foydalanish masalasi davlat siyosati darajasida kun tartibiga chiqqani va muhim ahamiyat kasb etayotganligini ko'rsatadi.
Shuni takidlash kerakki, agar har bir inson ijtimoiy ma’suliyatni his qilgan holda kundalik hayotida suvni tejash bo‘yicha kichik harakatlarini amalga oshirishni boshlasa, bu katta natijalarga olib keladi va, umuman, global muammoning hal etilishi tomon muhim qadam bo'ladi.
O'z navbatida, MediaDataLab jamoasi ham suvni tejashga qaratilgan "Suv bormi?" loyihasini ilgari surmoqda.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
Urikguli nomi bilan tanilgan ekobloger Mutabar Xushvaqtova MediaDataLab jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan "Suv bormi?" loyihasida faol ishtirok etmoqda.
Bu gal bloger Qashqadaryo viloyatidagi vaziyat bilan tanishdi va Qarshi shahrida yashovchi aholning suv bilan bog'liq kundalik muammolarini ko'rsatib berdi.
Loyiha qatnashchilari barchani suvni tejash va asrashga chaqiradi.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
Sun'iy intellektdan ichimlik suvini tejash bo'yicha kundalik maslahatlar:
1. Tishlaringizni yuvayotganda jo'mrakni yoping;
2. Sabzavotlarni yuvish uchun suv oqib turgan jo'mrakdan emas, idishdan foydalaning;
3. Uydagi suv tizimi bilan bog'liq nosozliklarni imkon qadar tezroq bartaraf eting;
4. Kirlarni yuvayotganda rejimga e'tibor bering, u suvni ham, elektr energiyasini ham tejaydigan bo'lsin;
5. Suv bug'lanishiga yo'l qo'ymaslik uchun o'simliklarni ertalab yoki kechqurun sug'oring.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
#XorijiyTajriba
🌍 Xorijiy mamlakatlar suvni tejash muammosiga e'tibor qaratib, undan samarali foydalanishning turli usullari va strategiyalarini ishlab chiqmoqdalar.
Ispaniya 🇪🇸
Iqlim va geografik xususiyatlari tufayli cheklangan suv resurslariga ega Ispaniyada sug'orish samaradorligini oshirish va qishloq xo'jaligida suvni tejash uchun yangi texnologiyalarni qo'llash choralari ko'rilyapti. Shuningdek, jamoat binolarida suvni tejash bo'yicha qat'iy qoidalar joriy etilgan bo'lib, mamlakatning ko'plab mintaqalarida maysazorlar va bog'larni sug'orishda cheklovlar mavjudligini bunga misol qilib keltirish mumkin.
✔️ Ispaniyadagi shaharlar, jamoat binolari suv iste'molini tejaydigan kranlar, suvni avtomatik o'chirish sensorlari va samarali suv boshqaruv tizimlarini o'rnatish kabi suvni tejash tizimlaridan faol foydalanmoqda.
Germaniya 🇩🇪
Suvni tejash va suv resurslaridan samarali foydalanish texnologiyalarini faol joriy qilmoqda. Bu sanoat korxonalari uchun zamonaviy suv xo‘jaligi tizimlari, qishloq xo‘jaligida sug‘orishning innovatsion usullarini ishlab chiqish, yakka tartibdagi xo‘jaliklarda suvni tejashga say-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimizda ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi uskunalardan unumli foydalanilgan holda sohaga yangi texnologiyalar yanada keng tatbiq etilmoqda. Suvni tejovchi uskunalardan foydalanish amaliyotini joriy etish har gektar yer hisobiga suvni 40-45 foizga tejash imkonini berishi bilan bir qatorda hosildorlikni 15-20 sentnerga oshiradi.
_____
Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
📢 Salom, do'stlar! Jamoamiz tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan unikal lohiya — Suvmap xaritasi va saytini yaratishda sizga hamkorlikning yana bir turini taklif qilamiz.
Agar sizda suv obyektarini o'rganish imkoniyati mavjud bo'lmasa, biroq loyihaga qiziqish bildirayotgan bo'lsangiz, endi sizda suv bilan bog'liq muammolarni yoritishda boshqacha tarzda jarayonga hissa qo'shish imkoni bor.
Siz bizga suv bilan bog'liq mavzularda fotohikoya, foto reportaj va foto esselar tayyorlab yuborishingiz mumkin. Har bir yuqorida nomi tilga olingan foto loyiha uchun 200-250 ming so'm miqdorida gonorar ajratilishi ko'zda tutilgan.
Foto loyiha uchun qo'yiladigan talablar:
✔️ Uning sarlavhasi bo'lishi kerak;
✔️ Tarkibida o'rtacha 100 so'zdan iborat sharh, izoh yoki ma'lumot kabi to'ldiruvchi qism bo'lishi kerak;
✔️ Loyihadan eng sara 10tadan kam bo'lmagan fotosurat joy olishi kerak.
📥 Savollaringiz yoki tayyor materialni quyidagi manzillardan biriga yo'llang: @mediadata_aloqabot
mediadatauz@gmail.com
Eslatib o'tamiz, ishlar 20.09.2023 gacha qabul qilinadi.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
🗣 Вчера в онлайн-режиме прошел круглый стол на тему “Smart Agriculture”: технологии и преимущество для Центральной Азии.
🖇 В настоящее время в странах Центральной Азии (ЦА) все более актуальными становятся вопросы изменения климата, которые оказывают негативное воздействие на развитие экономики стран в целом, и в особенности на развитие сельского хозяйства. Снижение доступности оросительной воды в бассейне Аральского моря и неблагоприятная экологическая обстановка в этом регионе приводят к значительным ежегодным потерям качества и количества урожая многих хозяйственно-ценных сельскохозяйственных культур.
📌 Во время круглого стола эксперты из стран ЦА поделились результатами проведенных анализов аграрного сектора, проводимых в странах политиках с акцентом на внедрение инновационных подходов в сельскохозяйственный сектор.
⚡️ Учитывая важность и актуальность тематики, команда Центра медиа исследований и образовательных разработок Mediadatalab не осталась равнодушной и также приняла участие в онлайн мероприятии. Напомним, что на сегодняшний день Центр реализует проект по водным ресурсам при поддержке Регионального проекта USAID по водным ресурсам и окружающей среде.
⚜️ Мы в социальных сетях:
Facebook | Telegram | Instagram
231
🗣 Kuni kecha onlayn tarzda “Smart Agriculture": Markaziy Osiyo uchun texnologiyalar va imtiyozlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🖇 Hozirda Markaziy Osiyoda yuzaga kelayotgan iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq dolzarb muammolar butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Orol dengizi havzasidagi sug‘orish suvlarining kamayishi va bu hududdagi noqulay ekologik sharoit ko‘plab iqtisodiy qimmatli qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifati va miqdorining har kuni sezilarli darajada yo‘qotilishiga olib keladi.
📌 Davra suhbati davomida Markaziy Osiyolik ekspertlar qishloq xo'jaligi sohasi tahlili natijalari, qishloq xo'jaligiga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga e'tibor qaratgan holda tashqi sektorda amalga oshirilayotgan siyosat haqida so'z yuritildilar.
⚡️ Mavzuning ahamiyati va dolzarbligini inobatga olgan holda "Mediadatalab" media tadqiqotlari va taʼlimni rivojlantirish markazi jamoasi ham onlayn tadbirda ishtirok etdi. Eslatib o'tamiz, bugungi kunda markaz USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko'magida suv resurslari bo'yicha loyihani amalga oshirmoqda.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
🇺🇿 Mustaqilligimizning 32 yilligi muborak bo‘lsin!
Aziz yurtdoshlar, hurmatli do'stlar!
"MediaDataLab" jamoasi barchangizni Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi. Sizga va yaqinlaringizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, sog'lik va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
🎆 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz doimo to'kin-sochin bo'lsin!
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
🇺🇿 O'zbekistondagi suv resurslari xaritasi yaratilayotganidan xabardorsiz. Ushbu videoda loyihamizda faol ishtirok etayotgan Og'abekning hikoyasini tinglashingiz mumkin. Og'abek shu vaqtga qadar @suvmapbot botiga 10 dan ziyod suv resurslari haqida ma'lumot kiritgan.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
🇺🇿 O’zbekiston suv xaritasini yaratishda faol bo’lgan ishitrokchilar orasida o’tkazilgan haftalik tanlovimizning g’oliblari:
1. Diyorbek Xolmuminov 58-raqamli ishtirokchi
2. Gulshoda Axmadjonova 54-raqamli ishtirokchi
3. Sevinch Qalandarova 4-raqamli ishtirokchi
4. Biloliddin Tulanboyev 80-raqamli ishtirokchi
5. Qalandarova Farangiz 38-raqamli ishtirokchi
✅ Yangi haftani yangi g’alabalar bilan boshlaganlarni tabriklaymiz.
⚜️ Loyihamizda faolroq bo'ling. Oldinda hali ko'plab tanlovlar bizni kutmoqda. Suvdan oqilona foydalanishni birgalikda targ'ib etamiz.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
🔰 Hurmatli obunachilar ayrim texnik sabablarga ko'ra bugungi online efirimiz ertaga qoldirildi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!
🔱 Hurmat bilan MediaDataLab jamoasi!
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
‼️ Hurmatli loyihamiz ishtirokchilari! O'zbekiston suv xaritasini yaratishda ishtirok etayotgan obunachilar!
⏱ Bugun soat 20:00 da telegram messenjeri orqali xaritaga ma'lumot kiritayotgan obunachilarimiz orasidan 5 nafari tanlovimiz g'oliblarini aniqlab olamiz.
♻️ G'oliblar "random" ilovasi orqali jonli efirda, ixtiyoriy sonlar generatsiyasi orqali aniqlanadi. Hozirgacha 100 ga yaqin ishtirokchilar loyihamizda faol qatnashib kelmoqda.
⚜️ Siz ham kelasi hafta uchun tanlovda ishtirok etishni istasangiz hozirdan ma'lumot to'plashni unutmang.
✅ Qancha ko'p suv havzalari haqida ma'lumot kiritib borsangiz shuncha ko'p imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Asosiysi, ma'lumotlarni to'g'ri kiritishni unutmang.
🎉 Loyihada ishtirok etish uchun havola: https://t.me/suvmapbot
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
231
⁉️ “Katta Farg‘ona” kanali qanday qurilgan?
🔸 O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab sovet hukumati Turkiston mintaqasida bog‘lar, g‘alla maydonlarini keskin qisqartirib, paxta dalalarini kengaytirishga katta ahamiyat qaratdi, – deydi Muhayyo Sirojiddinova.
🔸 Rasmiy raqamlarga murojaat etsak, O‘zbekiston SSR bo‘yicha paxta maydonlari 1928-yilda 589 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 10 yil ichida ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki barobar, aniqrog‘i 946 ming gektarga ko‘paygan.
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
