456
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-230 days
Posts Archive
456
⚡️ 15-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida quyidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi:
🕙 11:00 da – “O‘zarxiv” agentligi
✅ Mavzu: “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda arxiv sohasidagi muhim yangiliklar.”
🗂 Matbuot anjumanida quyidagi dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi:
🔹 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar;
🔹 2026-yil 1-avgustdan boshlab davlat tashkilotlarida arxiv ishiga oid barcha hujjatlar faqat elektron shaklda yuritilishi tartibi;
🔹 2026-yil sentyabr oyidan “Shajara” axborot tizimining ishga tushirilishi, uning imkoniyatlari va kutilayotgan natijalari.
📲 /Telegram/ Facebook/
456
Дилнозахон Каттахонова Бош вазирнинг ўринбосари – Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ёшлар ишлари агентлиги директорининг биринчи ўринбосари лавозимидан озод этилди.
Зулайхо Махкамова бошқа ишга ўтиши муносабати билан Бош вазирнинг ўринбосари – Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раиси лавозимидан озод этилди.
📲 /Telegram/ Facebook/
456
⚡️ 7 iyul KUNI O‘zbekiston Milliy matbuot markazida quyidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi:
🕙 11:00 da Tehnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi.
✅ Mavzu: “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda nazorat xarididan bozor nazoratiga o‘tish mexanizmi”.
👉 Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillarini taklif qilamiz.
📲 /Telegram/ Facebook/
456
Prezidentimiz Farg‘ona viloyatiga kelgach, Qo‘qon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivi bilan tanishdi.
456
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar davomida tuman va shaharlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
456
23-APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.
456
🔴Қўшни давлатдан олиб келинган 24 кг.дан ортиқ наркотик модда тўхтатиб қолинди
➡️Гиёҳвандлик воситаларининг ноқонуний айланмасига қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Ички ишлар ва Божхона идоралари билан ҳамкорликда ўтказилган тезкор-қидирув тадбирлари давомида қўшни давлатдан контрабанда йўли билан олиб келинган катта миқдордаги наркотик модда тўхтатиб қолинди. Хусусан, олдиндан кузатувга олинган, Марғилон шаҳрида яшовчи, 1973 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахс ўзининг қирғизистонлик танишлари томонидан Хўжаобод туманидаги хуфия жойга яшириб кетилган 24 кг 475 гр “гашиш” моддасини қабул қилиб олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди. Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 28,246-моддаси (контрабанда) 2-қисми ҳамда 25,273-моддаси (гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш...) 5-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. 📲 /Telegram/ Facebook/
456
+7
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlarni borib koʻrdi.
456
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Ostonada Mintaqaviy ekologik sammit tadbirlari boshlandi. Xalqaro ko‘rgazmalar markazida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi.
Ayni paytda delegatsiyalar rahbarlari milliy pavilonlar ko‘rgazmasi bilan tanishmoqda.
456
#kun_prognozi
22-APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.
456
❗️ Самарқанд вилоятида машинасозлик саноати ривожлантирилади“Самарқанд вилоятида машинасозлик саноатини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–145-сон, 20.04.2026 й.) қабул қилинди. 🔰 Қуйидагилар мазкур қарорнинг асосий мақсадлари этиб белгиланди, жумладан: 🔹 Самарқанд вилоятида машинасозлик кластерини ривожлантириш, вилоят саноатида машинасозлик тармоғининг улушини 2030 йилгача 15 фоизга, саноатда қўшилган қиймат улушини 40 фоизга етказиш; 🔹 мазкур қарорга мувофиқ ташкил этиладиган машинасозлик саноат зонасида йиллик 10 минг дона тижорат транспорт воситалари (юк автомобиллари, автобус, микроавтобус, пикап ва махсус транспорт воситалари, шу жумладан, электрда ҳаракатланувчи) ишлаб чиқариш қувватларини яратиш. 🏛 Қарорга кўра, Каттақўрғон тумани ҳудудининг 100 гектар ер майдонида Машинасозлик саноат зонаси ташкил этилади. ✅ Машинасозлик саноат зонаси иштирокчилари сифатида фақат N, M2, M3, O ва L тоифага кирувчи транспорт воситалари ҳамда улар учун эҳтиёт қисмлар ва бутловчи буюмлар ишлаб чиқаришни ташкил этувчи корхоналар рўйхатдан ўтказилади. 📁 Машинасозлик саноат зонасининг фаолияти “Самарқанд вилояти саноат зоналарини бошқариш дирекцияси” давлат муассасаси томонидан бошқарилади. 📲 /Telegram/ Facebook/
456
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishida ishtirok etish uchun 21-22-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.
456
#kun_prognozi
21-APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-29° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.
456
🛫 Уч ойда 1,6 миллиондан зиёд ўзбекистонликлар чет элга сафар қилган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-март ойларида 1 631 234 нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда чет элга сафар қилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда қарийб 111,6 минг нафарга ошган.🌍 2026 йилнинг дастлабки уч ойида Ўзбекистон фуқаролари энг кўп борган ТОП-10 давлат: Қирғиз Республикаси — 660 579 нафар; Қозоғистон — 284 024 нафар; Тожикистон — 282 040 нафар; Саудия Арабистони — 136 060 нафар; Россия — 88 267 нафар; Туркия — 52 199 нафар; БАА — 28 125 нафар; Хитой — 15 844 нафар; Таиланд — 13 839 нафар; Миср — 12 186 нафар. 📲 /Telegram/ Facebook/
