cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🔔Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

🏬Xorazm viloyati PYMO'MM axborot kanal 📠Tel: 62-2238965 📲Murojaat: uchun @xmohm_murojaat_bot 📭Manzil:Urganch shahri, Ulug`bek ko`chasi, 3-yo`lak, 15-uy 📝Matbuot kotib: @azik3940

Show more
Uzbekistan29 007The language is not specifiedEducation65 088
Advertising posts
1 290
Subscribers
-224 hours
-117 days
-4330 days
Posts Archive
IHTning turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi O‘zbekistonga berildi Bugun, 31 may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm vazirlari yig‘ilishida xalqaro tadbirni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e’tirof etildi. Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yig‘ilishida rasmiylar tomonidan Tashkilotda turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tganligi e’lon qilindi. O‘z navbatida, O‘zbekiston raisligi doirasida Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm hamkorligini, jumladan, yashil va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yo‘nalishlarda samarali loyihalar va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar. https://uzbektourism.uz/news/view?id=3290 Facebook |Instagram |YouTube
Show all...
❇️2024 yil 27-31 may kunlari Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi bazasida viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari hamda Urganch Davlat Pedagogika instituti o‘qituvchilari uchun singapurlik xalqaro trener janob Ben Sin Lek Xing Kxem tomonidan "Kreativ fikrlash" mavzusida 5-kunlik seminar-trening tashkil etildi. ❇️ Trening jarayonlarida davomida ishtirokchilarning mavzui bilim va ko‘nikmalari interfaol metodlarga doir mashqlar orqali rivojlantirildi. Guruh ishlari davomida ishtirokchilar tomonidan guruh ishlari taqdimotlari ham tashkil etib borildi. ❇️Treningni songi kunida Ben Sin Lek Xing Kxem janoblariga Viloyat hokimining tashakkurnomasi topshirildi. 🎤Markaz axborot xizmati
Show all...
07:52
Video unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatchilarini haqorat qilganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganmi? ⏺Ekspert, TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti Kurbanov Maʼrufjon Mamadaminovich ushbu savolga javob berdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
SINGAPURLIK MUTAXASSIS BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA ❇️Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Metodik xizmat ko`rsatish bo`limi metodistlari viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari va Urganch davlat pedagogika instituti prof. o’qituvchilari bilan xamkorlikda singapurlik xalqaro trener janob Ben Sin Lek Xing Kxem bilan o`zaro metodik tajriba almashishmoqda. Mahorat darsi davomida: -4K modeli asosida darslarni tashkil etish; - o`quvchilar bilimini tekshirish orqali o`qituvchilarga metodik tavsiyalar berish; - pedagogika yo`nalishidagi OTM lari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish kabi masalalar ko`rib chiqilmoqda. Mahorat darsi 31-mayga qadar davom qiladi. 🎤Markaz axborot xizmati
Show all...
Tojikistonda istiqomat qilayotgan Oʼzbekistonliklar oʼrtasida «Zakovat» oʼyini boʼlib oʼtdi Kuni kecha qoʼshni davlatdagi mamlakatimiz elchixonasida tashkil etilgan intellektual oʼyin 24 savoldan iborat boʼlib, 2 tur davom etdi. Yakunda gʼolib boʼlgan jamoa aʼzolari noutbuk bilan taqdirlandi. Munojat Yoʼlchiyeva, Ogʼabek Sobirov, Mardon Mavlonov kabi Tojikiston xalq artisti unvoniga ega Oʼzbekistonlik mashhur xonandalar ishtirokchilar uchun turli qoʼshiqlar kuylab berdi. Bu «Zakovat» klubi hamda «Vatandoshlar» jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan ikkinchi xalqaro tadbir boʼlib, bungacha 13 aprel kuni Germaniyada yashayotgan Oʼzbekistonliklar oʼrtasida ham «Zakovat» musobaqasi oʼtkazilgandi. Kelgusida Buyuk Britaniya, Turkiya va Koreya Respublikasi kabi qator xorijiy davlatlarda ham intellektual oʼyinlar oʼtkazish rejalashtirilgan. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
XORAZM VILOYATIDA DAVLAT DASTURI IJROSI YUZASIDAN MONITORING VA JAMOATCHILIK TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA 💬Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda ularning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. ✔️Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, deputatlar, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, “Yuksalish” harakati Xorazm viloyati hududiy boʻlinmasi masʼullari, shuningdek, onlayn va oflayn tarzda viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlar, OAV hamda keng jamoatchilik vakillaridan iborat jami 300 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
Show all...
❇️Joriy yilning 24-may kuni Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining ilmiy va metodik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sarimova Dildora Soatalievna malaka oshirish markazi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi tuzildi. ❇️Bundan tashqari Sarimova Dildora Soataliyevnaning Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi natijalari Xorazm viloyati PYMO’M markazida amaliyotga tatbiq etilgan. O‘quv qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, multimedia elektron ta’lim resurslari trening jarayonida tinglovchilar e’tiboriga havola etildi. ❇️Ushbu memorandum markaz direktori Y. Saidov va D. Sarimova tomonidan memorandum doirasida ilmiy pedagogik, tashkiliy ishlar boʻyicha istiqbol rejalari kelishib olindi. 🎤Markaz axborot xizmati.
Show all...
❇️Joriy yilning 23-may kuni Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida "Pedagogika markazining Xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorligi va xorijiy ekspertlarni jalb qilish borasidagi tadbirlar to’grisida" ochiq muloqot tashkil qilindi. ❇️Ushbu ochiq muloqot davomida Xorazm viloyat hokimining ta`lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Singapurlik xalqaro trener janob Ben Sin Lek Xing Kxem hamda milliy markazning professor o’qituvchilari, metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari va tinglovchilar qatnashdi. ❇️Ochiq muloqat bahs-munozaralarga boy tarzda bo’lib o’tdi. 🎤Markaz axborot xizmati.
Show all...
❇️Joriy yilning 23-may kuni Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida "Pedagogika markazining Xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorligi va xorijiy ekspertlarni jalb qilish borasidagi tadbirlar to’grisida" ochiq muloqot tashkil qilindi. ❇️Ushbu ochiq muloqot davomida milliy markazning professor o’qituvchilari, metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari hamda tinglovchilar qatnashdi. ❇️Ochiq muloqat bahs-munozaralarga boy tarzda bo’lib o’tdi. 🎤Markaz axborot xizmati.
Show all...