en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels πŸ‘‰ If you want to see the tag, subscribe

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: β€” Umar Sadullayev | JoshDeveloper β€” Sr. SWE @ EPAM β€” Google Developer Expert β€” "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Show more
5 161
Subscribers
-324 hours
+427 days
-5030 days
Posts Archive
Repost from Umar shares
Pullar kimniki? Oxirgi paytlardagi mavzulardan biri byudjet pullari haqida bo'layotgan ekan. Nihoyat qiziqroq mavzu. Shu joyda bir fikrimni siz azizlarga bildirsam degandim. Shu paytgacha dasturlash bo'yicha ishlagan pullarim 93 000$ atrofida ekan(Xudoga shukur). Ko'pincha IT Park rezidentligi ostidagi kompaniyalar bilan ishlaganimni hisobga olsak, oddiy oylik daromad solig'im 7.5% bo'ladi. Endi ozgina matematika: 93 000 * 0.075 = 6 975 Demak shu paytgacha jonajon davlatimizga tahminan 6 975$ daromad solig'i to'laganman. Iya ha? Byudjet pullari qayerdan kelayapti ekan? Juda katta qismi siz va bizni soliqlarimizdan, biznesmenlarni soliqlaridan va hokazo. Bu barcha davlatdagi kabi bizda ham shunday. Bu normal. Shu sabab byudjet sarfi haqida gaplashar ekanmiz, o'zimizni pulimiz haqida gaplashamiz. Kimgadir sportchilarga shuncha milliard so'mlab berilishi yoqmasa, bu uning haqqi. Chunki o'sha pullar ichida uning ham haqqi bor. Ha aytgancha, internetda "naushnikcha"larni taqib olib, "podkastcha"larda o'zini aqllidek ko'rsatadigan hammani ham eshitavermanglar. #thoughts #byudjet @umar_shares

Hozir AI'dan to'g'ri va sifatli foydalanuvchi dasturchilarni davri. Undan unumli foydalanib, ish sifatingiz va tezligingizni ba'zi joylarda 10x'ga ham oshirsangiz bo'ladi. #reminder @JoshDeveloper

Bizga yana Middle va Senior Angular dasturchilar kerak. Asosiy talab: Angularda 2.5+ yil tajriba Email: joshdeveloper22@gmail.com #vacancy @JoshDeveloper

Intervyuni ko'rganlar orasida 68% inson birinchi tanlovni bosibdi. Bu degani, keyingi intervyu Shahzod aka bilan bo'ladi, Xudo xohlasa. E'lonni vaqtlarni kelishgandan so'ng chiqaramiz inshaaAlloh. #reminder @JoshDeveloper

"Ortda qolyapman" demang. Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman. Barchaning o'z "
"Ortda qolyapman" demang. Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman. Barchaning o'z "timezone"i bor. Barchada vaqt har xil. Bu xuddi, hozir Yaponiyada soat 19:08 bo'lsa, bizda hali 15:08. Bu degani biz 4 soat ortda qolayotganimizni bildirmaydi. Balki, biz o'z vaqtimizdamiz. Ular o'zinikida. Siz ham o'z vaqtingizni yashayapsiz. Boshqalar o'zinikini. O'z vaqtingizni birovnikiga solishtirmang. Kimdir 20 yoshida erishgan narsaga, siz endi 25 yoshingizda erishgandirsiz, ammo siz kech qolgansiz deyilmaydi. Siz o'zingizga berilgan vaqtdan foydalanyapsiz, ular o'zinikidan. Kimniki qancha ? Alloh biladi. Chunki, qancha yutuqlarga erishib, erta o'lganlar talaygina. Boshqa tomonda esa qariganda muvaffaqiyatlarga erishganlar ham yo'q emas. Shunday ekan, boshqalar bilan o'zingizni solishtirmasdan, o'z hayotingizda, o'z vaqtingizda yashang. Ularga hasad qilmang. Balki, o'z vaqtingizni mehnatga, ilm olishga sarflang. Ustingizda ishlang. Siz qo'lingizdan kelgan harakat ila erishganingiz, o'z vaqtida erishganingizdir. Na kech va na erta. "Arxiv"dan ;) #thoughts @JoshDeveloper

Intervyuda aytganimizdek ko'rganlar ichida 50% inson xolis β€œo’tdi” deb belgilasa, Shahzod akani intervyu qilamiz. inshaaAlloh. #reminder @JoshDeveloper

Intervyudan o’ta oldimmi yoki yo’qmi?
Anonymous voting

Boshladik! Link

Intervyu boshlanishiga 20 daqiqa vaqt qoldi. #reminder

Bu safargi intervyuni Pavel bratga bag'ishlaymiz 😒 #PavelBack @JoshDeveloper

Bugun jonli texnik intervyu bo'lib o'tadi inshaaAlloh Qo'llab turasizlar degan umiddaman 🌚 #reminder @JoshDeveloper

Kutganmidingiz? Texnik intervyularning bu safargisi – o'zgacha. Intervyuver kandidat sifatida qatnashadi. @JoshDeveloper'ning (meni aytyapti πŸ˜‰) intervyu olaverib bilimi zanglab ketmadimikin? Qani tekshirib ko'ramiz 😎️️️️️️ Qachon? - Yakshanba, 21:00 Kim bilan? - Uzum'da Team Lead Shahzod Tursunov va AiMono kompaniyasida Senior SWE Muhammadxon Najimov bilan Jonlimi? - Albatta-da πŸ˜‰ "Send me location!" deysizmi? Mana - https://youtube.com/live/NNorio2aYek #interview #frontend @JoshDeveloper

Git submodules Oxirgi 1 haftalikda Git'da "submodule"lardan foydalanyapman. Bu boshqa "repo"ni o'z "repo"yingizga "submodule" sifatida qo'shib beruvchi Git xususiyat. Bu bilan 2 ta loyiha kodini bir joyga jamlay olasiz. Ammo, "development" paytida 2 ta yoki ko'proq "repo"ni boshqarishga to'g'ri kelishi chatoq. Shu sabab Shell komandalar to'plamini yozib chiqdim(ChatGPT salomat bo'lsin). Bunda bitta Terminal'dan turib, istalgan "repo folder"iga buyruqlar yozsa bo'ladi. Masalan qaysidir "submodule"da "pull" qilish yoki "branch" ochish... Qiziqqanlar uchun ko'proq ma'lumot Atlassian tomonidan yozilgan ushbu maqolada bor. Link. #git #submodules @JoshDeveloper

Shu paytgacha Youtube'da o'zim texnik intervyu olibman, ammo mani olishmapti. Balki, man bilan ham intervyu qilarmiz? πŸ™‚ Ancha bilimlarim zanglab ketgan, yangi narsalardan ham biroz ortda qoldim. Intervyu qilib, bir tekshirib ham olardim. Kim olarkin...) #interview @JoshDeveloper

<?php echo "Miss me?"; ?>

Bilasiz, dasturlashdan tashqari ba'zan o'zim ulashishim shart deb bilgan mavzularni ulashib turaman. Bu safargisi Ustozation tomonidan chiqarilgan "Propaganda 2" videosi. Umid qilamanki ko'rasiz va manfaat olasiz. #offtopButMustBeTop @JoshDeveloper

Televideniya qayerga qarayapti?! Shu paytgacha ishlatgan pullik ommaviy dasturlarning ko'pchiligida karta qo'shish qismi bor, ammo uni o'chirish qismi yo'q. Bular qonuniy ishlashyapti. Nahotki qandaydir qoidalar bo'lmasa? Kartani ulab olishadi-da, shu bilan o'chirishga qo'yishmaydi. Bu menimcha xato. Masalan "Jet" degan skuter ishlatish dasturidan kartamni o'chirish uchun akkount bilan birga ichidagi pulini ham o'chirishga majbur bo'ldim. Tovba... Shu bilan karta o'chdi deb umid qilaman... #tanqid @JoshDeveloper

Repost from Umar shares
Nomingizga loyiq bo'ling! Yaxshi ish yoki pul topish qiyin emas, ammo yaxshi nomga erishish va uni ushlab turish qiyin. O'z sha'n va nomingizni doim ushlab turing. Noloyiq ishlar qilmang. Yo'qsa qayta tiklolmasligingiz mumkin. #maslahat @umar_shares

Bugun ertalabdan biroz ko'ngilni ko'tarishdi 🌚 O'zbekistondagi IT blogerlar qatorida sanashibdi. Link Blogda content biroz kamaygan edi, Xudo xohlasa yana aktivlashamiz βœ… #blog @JoshDeveloper

Aslida ushbu mentoring'ni Angular dasturchilari uchun ochyotgan edim. Qarasam Umumiy Frontend mavzularida oqsaydiganlar talaygina. Shu sabab to'liq Frontend mavzulari (freymvorklarsiz) va xohishga ko'ra Angular mavzulari uchun qiladigan bo'ldim. Umid qilamanki qatnashgan barcha o'quvchilarimiz bilimlarini ancha oshirishadi va intervyulardan ham qiyinchilik ko'rishmaydi. P.s: Ingliz tilida o'tish imkoni ham bor. #frontend #angular @JoshDeveloper