en
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Show more
4 724
Subscribers
-624 hours
-567 days
-8330 days
Posts Archive
Angular dasturchisi bo'lish uchun o'zim ishlatgan va ishlatayotgan Roadmap(Yo'l xaritasi)ni tuzdim. Marhamat. 1. HTML/CSS/JAVASCRIPT dan yaxshi bilim talab qilinadi. 2. TYPESCRIPT o'rtacha bilimlar. Angular o'zidan quyidagi mavzular: 3. Dastur strukturasi (Modullar, Componentlar, Servicelar va hkz), 4. Componentlar orasida ma'lumotlar almashish, 5. Component strukturasi 6. Property binding 7. Event binding 8. Two-way binding 9. CLI 10. ng-template, ng-container, ngTemplateOutlet 11. ng-content 12. RxJS boshlang'ich tushuncha, Operatorlar, subscribtionlar va hkz 13. subscribe() va unsubscribe() 14. Pipes 15. Async pipe 16. Built-in Directives 17. Attribute directive 18. Structural directive 19. Forms 20. Reactive Forms 21. Services 22. Dependency injection 23. Angular HTTP 24. Interceptors 25. Routing 26. Route Guards 27. Lazy loading 28. PWA 29. Change detection 30. Testing va yana boshqa ko'plab mavzular. Esimga kelsa bu listni yana to'ldirib boraman inShaaAlloh. Kanal: @JoshDeveloper

Assalaamu alaykum! Bugun men sizlarga o'zim haqimda va EPAMgacha bo'lgan kichik sayohatim haqida gapirib beraman. 2019-yilning yoz fasli. Men uchun muhim oylar edi. Chunki birinchi marta universitetga topshirish yilim edi. Iqtisodiyot universitetining Turizm yo'nalishini tanlagandim. Javoblar chiqdi, yaxshiyamki kirolmadim 😉. Shu yoz faslidan boshlab dasturlashga ilk qadamlarimni qo'yganman. Deyarli bir yarim yil oraliqida, ayrim kompaniyalarda ishladim, o'qidim, ko'plab xatolar qildim. 2021 - yilda EPAMga referral tizimi orqali taklif qilindim. To'g'risini aytsam, birinchi hammasi oddiy hazildek tuyuldi 😹. Keyin hammasi jiddiylashishni boshladi, birinchi texnik intervyuga chaqirishdi. Sanani belgiladik. Hayajonlanishni boshlagan edim, chunki intervyu ingliz tilida bo'lar edi. Tushadigan savollarga tayyorlanishni boshladim. JS/TS va Angulardan savollar tushishi kutilyotgan edi va shunday ham bo'ldi. Intervyu chamasi 2 soat davom etdi. Ingliz tilini juda yaxshi bilmaydigan men , intervyuga kelganda sayrab ketdim 😂. So'ngra natijalar chiqdi. Javoblar yaxshi edi va hal qiluvchi 2-chi intervyu bo'lib o'tdi. Bu yerda oyliklar, ish , ish vaqtlari va hkz.lar haqida gaplashdik. Oradan ko' o'tmay Alloh EPAMga rasman qabul qilinishimni nasib qildi Alhamdulillah. Ilk ish kunim juda zerikarli o'tdi. Yangi noutbuk va shu kabi narsalar bilan ta'minlashdi. Yangi tanishlar orttirib oldim ham. Hozir esa oradan deyarli 6 oy o'tadi kirganimga. Bu orada juda ko'p narsalar bo'ldi, o'zgardi. )) EPAMga ishga kirishning ustunliklari haqida gapirsam. 1. Uydan ham, ofisdan ham bemalol ishlashingiz mumkinligi judayam ajoyib. 2. Bilim olishingiz va o'sishingiz uchun katta imkoniyatlar beriladi. 3. Chet elning Judayam katta projectlarida ishlash imkoni juda yuqori va sizga ma'qul kelmaydigan projectda ishlamasligingiz mumkin. (Xarom projectlarni ham nazarda tutdim) 4. Shuningdek, chet ellik ko'plab tanishlar orttirishingiz ham mumkin 😋 (O'zimda shu paytgacha, Amerika, Meksika, Ukraina, Belarusiya, Venusuela va boshqa davlatlardan tanishlarim bor) va boshqa ko'plab qulaylik va ustunliklar bor. Savollarga kommentda javob berishga harakat qilaman :) InshaaAlloh. E'tiboringiz uchun rahmat! @JoshDeveloper

EPAM haqida va EPAMga kirishim haqida kichik postlar ham yozib boraymi ?
Anonymous voting

Pure va Impure function nima ekanligini bilasizmi? Kommentga bilimingizni qolganlarga ulashing👇 @JoshDeveloper

Yurganingizda, o'tirganingizda va xatto yotganingizda tez va oson savobga erishishni zo'r usulini aytaymi ? Zikr qiling😊 SubhaanAlloh - Alloh (ayb-nuqsonlardan) pokdir. Alhamdulillah - Allohga hamd bo'lsin. Allohu Akbar - Alloh buyuk. Astag'firulloh - Alloh mag'firat qilsin. .............. va hkz. @JoshDeveloper

"Vaqtiki yer o'ziga xos zilzilaga tushsa ... " Surah Zalzalah. Tinglang ☝️ #dinim_islom @JoshDeveloper

"...Ikki kutib oluvchi o'ngda va chapda o'tirgan hollarida kutib olurlar" Tinglang☝️ Ikki kutib oluvchi - ikki yelkamizdagi farishtalar va ular insonni har bir amali va so'zlarini kutib oladi. #dinim_islom @JoshDeveloper

Bilasizmi, Alloh O'zining eshigida turishingiz uchun, ba'zan qolgan eshiklarni yopiq qo'yadi. Musibat, g'am yoki qiyinchilik
Bilasizmi, Alloh O'zining eshigida turishingiz uchun, ba'zan qolgan eshiklarni yopiq qo'yadi. Musibat, g'am yoki qiyinchilik keldimi ? Alloh balki sizni O'z eshigiga chorlayotgandir...) #dinim_islom @JoshDeveloper

Hurmatli kanal a'zolari. Jum'a kunlari kanalga "Iymonimizni yanada ziyoda qiladigan postlar tashlash kuni" qilishimga qanday qaraysiz ?
Anonymous voting

Eshiting ☝️ * * * Jum'a Muborak Azizlar 🌙 😊 @JoshDeveloper

Tepada va'da qilgan maqolam chiqdi. Dasturlashni mustaqil o'rganyotganlarning xatolari va bularga yechimlar haqida qisqacha maslahatlarimni ulashdim. Marhamat. @JoshDeveloper

Dasturlashni tez va mustahkam o'rganishingiz uchun o'z maslahatlarimni ulashishimni istaysizmi?😉
Anonymous voting

Siz TypeScript ni bilasizmi ? Oramizda nechta odam TypeScript ni bilarkin :)
Anonymous voting

Allohning yaratgan go'zal maskanlaridan biri. Ko'rib maza qiling! Norvegiya https://www.youtube.com/watch?v=CxwJrzEdw1U @JoshDeveloper

Diqqat! "Asynchronous JavaScript" nomli maqolalar ketma-ketligining yangi qismi. Mavzusi: "Callback" nima ? Marhamat! #JavaScript #Asynchronous_JavaScript @JoshDeveloper

"Asynchronous JavaScript" haqida maqolalar ketma-ketligi ham ishim tufayli biroz to'xtab qolgan edi. Ushbu dam olish fursatidan foydalanib 1-2 kun ichida inShaaAlloh keyingi qismini ham yozishga qaror qildim. Yangiliklarni kuting😉 @JoshDeveloper

Assalamu alaykum. Hozir bir narsaga juda ko'p guvoh bo'lyapman. «Egasini roziligisiz darslarini pullayotgan xarom pulga o'ch insonlarni» Sizlarni ogohlantiraman, Shu insonlardan biri bo'lsangiz Allohdan qo'rqing, bu ochiq oydin xarom. Kimki ulardan kurs olgan yoki olmoqchi bo'lsa darhol to'xtatsin. Bu judayam xunuk xolat, o'zingiz besh daqiqa dars o'tib ko'ring, qanaqa qiyin. Roziliksiz bunday xarom ishlarni qilishdan sizlarni qaytaraman! Roziliksiz tekinga tarqatishingiz ham joiz emas! Alloh ko'rib turibdi. @JoshDeveloper

photo content