Umar Sadullayev | Blog
Open in Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: β Umar Sadullayev | JoshDeveloper β Sr. SWE @ EPAM β Google Developer Expert β "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Show more5 131
Subscribers
+424 hours
-37 days
-830 days
Posts Archive
Keyingi postim nima haqida bo'lishini xohlaysiz ?
14 May 2021, 10:35
Muvaffaqiyatlar qoidasi.
Bu postni o'qigandan keyin ayrimlarni ensasi qotishi, ayrimlar "ee shu edimi !?" deyishi mumkin. Ammo aqlli insonlar bu so'zlarimni tafakkur qiladi, manfaat topadi. Shunga umidvorman.
Demak, qoidani aytaman va tushuntirib o'taman.
Qoida shuki: " Yaxshi Musulmon - Muvaffaqiyatli inson hamdir. "
Sizda muvaffaqiyatli inson bo'lishingizga aynan nima halaqit berayotganini tasavvur qiling va postni o'qishda davom eting.
Yaxshi Musulmon - dangasa bo'lmagan insondir. Payg'ambarimiz Muhammad sollallahu alayhi vassalamga to'liq ergashgan insonda bu sifat bo'lmaydi.
Demak sizning dangasaligingizga davo yaxshi Musulmon bo'lish.
Davom etamiz.
Yaxshi Musulmon - bir ishni mukammal qiladigan inson hamdir. Chunki, U sunnatga amal qiladi va mas'uliyatli bo'ladi. Unga topshirilgan ishda Allohga taqvo qiladi.
Demak, ishingizda yuqori darajaga chiqishingizga Yaxshi Musulmon bo'lishda yechim bor.
Yaxshi Musulmon - oilasi, ayoli, yaqinlari va barchaga go'zal xulq bilan muomila qiladigan inson hamdir. Chunki, Rosulimiz buni bizga ta'lim berganlar. Xo'sh, demak bu bilan siz oilada, jamiyatda o'z o'rningiz va hurmatingizga ega bo'lasiz.
Yaxshi Musulmon - barcha yaxshiliklarni o'zida jamlashga harakat qiladigan insondir. U har doim muvaffaqiyatga erishadi. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham.
Demak, Muvaffaqiyat siri - Islomga amal qilishda.
Siz o'zingizda shu yaxshiliklarni topmoqchi bo'lsangiz, bunga birgina javobim "Yaxshi Musulmon" bo'ling.
Alloh barchamizni Yaxshi bandalaridan qilsin.
@joshDeveloper
14 May 2021, 10:33
Ishingizda,
Oilada,
Ko'chada, Dasturlashda, Bu barchasida muvaffaqiyat erishishni istaysizmi ? Menda bir qoida bor. Sizga buni ulashish niyatim bor. Xoxlaysizmi?
14 May 2021, 09:02
Quyidagi kod nima qaytaradi ?
let user = {name: 'Josh'} console.log(user?.address?.city)
14 May 2021, 07:35
quyidagi kod nima qaytaradi ?
let user = {name: 'josh'}; alert(user.address.city)
14 May 2021, 07:33
Bu postda JavaScript da Optional chaining (?.) haqida gaplashamiz.
Marhamat.πβοΈ
#JavaScript
@joshDeveloper
14 May 2021, 06:34
14 May 2021, 06:33
So'rovnoma.
πππ
1. Qayerdansiz ?
2. Qaysi dasturlash tili va Freymvorki siz uchun eng yaxshi deb hisoblaysiz.
Misol uchun : Toshkent , Javascript, Angular
Javoblarni kommentda kutamanππ
13 May 2021, 14:50
Keyingi maqolamda Angular davom etsinmi ? yoki JavaScript ni ham boshlab yuboramizmi?
13 May 2021, 11:59
Savol.
Angular ni o'rganishimiz uchun bizdan nimalar talab qilinadi ?
1. HTML va CSS dan yaxshi ko'nikma.
2. JavaScript dan yaxshi ko'nikma.
3. *Typescript dan boshlang'ich , iloji bo'lsa yaxshi ko'nikma.
*Angular Typescript texnologiyasi orqali yozilgan ekanligini unutmaylik. Shuning uchun darslar davomida Ts haqida ham ma'lumotlar berib boraman. inShaaAlloh
#angular
@joshDeveloper
13 May 2021, 06:02
1. Angular , Kirish
Bu post da Angular texnologiyasini qisqacha tanishtirib o'tdim.
#angular
@joshDeveloper
13 May 2021, 05:03
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Assalamu Alaykum barchaga.
Kamina, Josh* Allohni izni bilan ushbu kanalni ochishlikka qaror qildim. InshaAlloh kanalimizda, Front end bo'yicha o'z bilimlarimni sizlar bilan bo'lishaman va o'z blogimni yuritaman.
Alloh xayrli va manfaatli qilsin.
Demak biz boshladik. βΊοΈβΊοΈ
13 May 2021, 04:23
