en
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Open in Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: β€” Umar Sadullayev | JoshDeveloper β€” Sr. SWE @ EPAM β€” Google Developer Expert β€” "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Show more
4 792
Subscribers
-324 hours
-337 days
-2830 days
Posts Archive
Object tipi nega "Reference type" deyilishini bilasizmi ?
Anonymous voting

Dasturchilardan harnarsa kutsa bo'ladi degan rasm bo'libdi β˜οΈπŸ€«πŸ˜„ #joke @JoshDeveloper
Dasturchilardan harnarsa kutsa bo'ladi degan rasm bo'libdi β˜οΈπŸ€«πŸ˜„ #joke @JoshDeveloper

Javascriptdan #Ninja bo'lmoqchisiz? Bu kanal aynan siz uchun. @jstutorial Ushbu kanalda har kuni #Javascript ga doir bir biri
Javascriptdan #Ninja bo'lmoqchisiz? Bu kanal aynan siz uchun. @jstutorial Ushbu kanalda har kuni #Javascript ga doir bir biridan qiziqarli #Quizz testlar va #Js haqida #Maqolalar berilib boriladi. Biz bilan birgalikda #Javascriptni yuqori darajada o'rganing.

Va'da qilganimdek, Call, apply, Bind va this kalit so'zi haqidagi maqolamni yozdim. Tepada ko'rishingiz mumkin πŸ˜‰ @JoshDeveloper

* * * Jum'a Muborak Azizlar πŸŒ™ 😊 @JoshDeveloper

Assalaamu alaykum. Kanal a'zolaridan bir narsani iltimos qilmoqchiman. Iltimos mandan diniy mavzular haqida lichkamda savol so'rurmeyla. Hozirgina bittasiga bergan javobimni deb Otasidan qancha tuhmatga qoldim. Dinni o'rgangiyla kesa domlaladan oliyla, yoki savollar.islom.uz portalidan savol javob qiliyla. Mani bezovta qilib bunaqa tuhmatga qoldirishiylani boshqa istamiyman. Ilmim ham yetarli emas. Alloh hidoyat qilsin barchamizni! @JoshDeveloper

Kechagi so'rovnomada kelgan javoblar. queue 🌚 Ts prototypes Promise Call apply bind JS ni 1kunda oʻrganish🌚 Shu oxirgini yozgan ishtirokchimiz juda g'ayratli ekan 🀣 Demak , keyingi maqolam inshaaAlloh "call, apply, bind va this kalit so'zi" mavzusida bo'ladi. Keyin esa inshaaAlloh Promise va prototypelarni ko'rib chiqamiz. @JoshDeveloper

Assalaamu alaykum. Anchadan beri maqola yozmay qo'ygandim. InshaaAlloh shu bir hafta ichida JS/TS dan qaysi mavzuni aytsangiz, bilsam maqola yozib beraman. Qaysi mavzudan maqola yozay ? Variantlarni kommentga yozing. Promise ? . . . . @JoshDeveloper

Kod 'compile' bo'lmagan paytda bitta tanga yig'ishni boshlasak ... 1 soatdan keyinβ˜οΈπŸ˜‚πŸ˜‚ Kimlardir bir kunda millioner bo'lar
Kod 'compile' bo'lmagan paytda bitta tanga yig'ishni boshlasak ... 1 soatdan keyinβ˜οΈπŸ˜‚πŸ˜‚ Kimlardir bir kunda millioner bo'larmidi ?πŸ‘€πŸ˜‚ #joke @JoshDeveloper

Kanalga tashlanib ketgan dokumentni kim ochgan bo'lsa iltimos darxol o'chirib tashlasin 😊 Alloh rozi bo'lsin Noqulaylik uchun uzr. @JoshDeveloper

Sadullaev_J_Supplement_Fri_Sep_17_2021_20%3A26%3A52_GMT%2B0500_Uzbekistan.pdf2.91 KB

Mana haqiqat. p.s: Jahiym - Do'zzahni bir pog'onasi. #dinim_islom @JoshDeveloper

... ularning biriga o'lim kelgan chog'da ... Tinglang va tafakkur qiling.☝️ #dinim_islom @JoshDeveloper

Eshiting ☝️ * * * Jum'a Muborak Azizlar πŸŒ™ 😊 @JoshDeveloper

MENU: O'zbek tilidagi barcha maqolalarim va boshqa manbalarni ushbu jadvaldan topib olasiz. Yangi maqola chiqsa ushbu menyuga albatta qo'shib boriladi. InshaaAlloh JavaScript 1. Optional chaining(?.) 2. Data types(ma'lumotlar tiplari) 3. First class functions Array metodlari 4. Array metodlari #1 5. Array metodlari #2 6. Array metodlari #3 7. Destructuring assignment 8. JSda Garbage Collection 9. Closure 10. Hoisting 11. Mantiqiy operatorlar Asynchronous JavaScript 12. Kirish. Sinxron va Asinxron JavaScript 13. "Callback" nima ? 14. Promise nima va qanday ishlatiladi ? 15. Promise metodlar va ishlatilishi 16. Async await 17. Object descriptors va flags (Kanal a'zosidan) 18. this kalit so'zi va call, apply, bind 19. Object tipi va reference Angular 1. Kirish. 2. Angular roadmap Node.js 1. Node.js da event loop (kanal a'zosidan) Boshqa postlar: 1. Muvaffaqiyatlar qoidasi 2. Dasturlashni mustaqil o'rganayotganlarga maslahat. 3. Nega bizdan yana avalgidek olim va allomalar chiqmayapti ? 4. Ilk namoz, ilk sajda Knowledge sharing program Knowledge sharing dasturi bo'yicha barcha darslar ushbu pleylistda <β€”β€”β€”β€”β€”β€” MENU β€”β€”β€”β€”β€”β€”>

Angular dasturchisi bo'lish uchun o'zim ishlatgan va ishlatayotgan Roadmap(Yo'l xaritasi)ni tuzdim. Marhamat. 1. HTML/CSS/JAVASCRIPT dan yaxshi bilim talab qilinadi. 2. TYPESCRIPT o'rtacha bilimlar. Angular o'zidan quyidagi mavzular: 3. Dastur strukturasi (Modullar, Componentlar, Servicelar va hkz), 4. Componentlar orasida ma'lumotlar almashish, 5. Component strukturasi 6. Property binding 7. Event binding 8. Two-way binding 9. CLI 10. ng-template, ng-container, ngTemplateOutlet 11. ng-content 12. RxJS boshlang'ich tushuncha, Operatorlar, subscribtionlar va hkz 13. subscribe() va unsubscribe() 14. Pipes 15. Async pipe 16. Built-in Directives 17. Attribute directive 18. Structural directive 19. Forms 20. Reactive Forms 21. Services 22. Dependency injection 23. Angular HTTP 24. Interceptors 25. Routing 26. Route Guards 27. Lazy loading 28. PWA 29. Change detection 30. Testing va yana boshqa ko'plab mavzular. Esimga kelsa bu listni yana to'ldirib boraman inShaaAlloh. Kanal: @JoshDeveloper

Assalaamu alaykum! Bugun men sizlarga o'zim haqimda va EPAMgacha bo'lgan kichik sayohatim haqida gapirib beraman. 2019-yilning yoz fasli. Men uchun muhim oylar edi. Chunki birinchi marta universitetga topshirish yilim edi. Iqtisodiyot universitetining Turizm yo'nalishini tanlagandim. Javoblar chiqdi, yaxshiyamki kirolmadim πŸ˜‰. Shu yoz faslidan boshlab dasturlashga ilk qadamlarimni qo'yganman. Deyarli bir yarim yil oraliqida, ayrim kompaniyalarda ishladim, o'qidim, ko'plab xatolar qildim. 2021 - yilda EPAMga referral tizimi orqali taklif qilindim. To'g'risini aytsam, birinchi hammasi oddiy hazildek tuyuldi 😹. Keyin hammasi jiddiylashishni boshladi, birinchi texnik intervyuga chaqirishdi. Sanani belgiladik. Hayajonlanishni boshlagan edim, chunki intervyu ingliz tilida bo'lar edi. Tushadigan savollarga tayyorlanishni boshladim. JS/TS va Angulardan savollar tushishi kutilyotgan edi va shunday ham bo'ldi. Intervyu chamasi 2 soat davom etdi. Ingliz tilini juda yaxshi bilmaydigan men , intervyuga kelganda sayrab ketdim πŸ˜‚. So'ngra natijalar chiqdi. Javoblar yaxshi edi va hal qiluvchi 2-chi intervyu bo'lib o'tdi. Bu yerda oyliklar, ish , ish vaqtlari va hkz.lar haqida gaplashdik. Oradan ko' o'tmay Alloh EPAMga rasman qabul qilinishimni nasib qildi Alhamdulillah. Ilk ish kunim juda zerikarli o'tdi. Yangi noutbuk va shu kabi narsalar bilan ta'minlashdi. Yangi tanishlar orttirib oldim ham. Hozir esa oradan deyarli 6 oy o'tadi kirganimga. Bu orada juda ko'p narsalar bo'ldi, o'zgardi. )) EPAMga ishga kirishning ustunliklari haqida gapirsam. 1. Uydan ham, ofisdan ham bemalol ishlashingiz mumkinligi judayam ajoyib. 2. Bilim olishingiz va o'sishingiz uchun katta imkoniyatlar beriladi. 3. Chet elning Judayam katta projectlarida ishlash imkoni juda yuqori va sizga ma'qul kelmaydigan projectda ishlamasligingiz mumkin. (Xarom projectlarni ham nazarda tutdim) 4. Shuningdek, chet ellik ko'plab tanishlar orttirishingiz ham mumkin πŸ˜‹ (O'zimda shu paytgacha, Amerika, Meksika, Ukraina, Belarusiya, Venusuela va boshqa davlatlardan tanishlarim bor) va boshqa ko'plab qulaylik va ustunliklar bor. Savollarga kommentda javob berishga harakat qilaman :) InshaaAlloh. E'tiboringiz uchun rahmat! @JoshDeveloper