"Candy" Life
Open in Telegram
▫️ 1-dia mama bloger 🇺🇿 ▫️ 2 diabetik qizning onasi ▫️ Diabetik hayot + motivatsiya ▫️ Tajriba | Maslahat | Nazorat ▫️ Foydali kanal + qo‘llab-quvvatlov ▫️ Murojaat uchun: @im_a_m1na
Show more533
Subscribers
-124 hours
-27 days
-530 days
Posts Archive
533
😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍
Muborak Hayit ayyomimiz qutluģ bòlsin🕌🌙
Barchamizning honadonimizdan tinchlik, hotirjamlik, qalblarimizdan halovat va sakiynat arimasin 🥰
Kirib kelgan ayyom barchamizga muborak bòlsin🕋
😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍😍
533
Teriga yopishmaydigan maxsus bintlar ham yana sotuvda mavjud ❤️
Razmer: 5m / 7.5 sm
Narxi : 40 ming sòm 😄
✔teriga allergiya bermaydi
✔kleyi yòq
✔havo òtkizadi
✔ishonchli himoya qiladi
533
Aidex cgm sensorlari ham sotuvda bor ✅
❗️ Ishlash muddati 15 kun
❗️ Android telefonlari bilan integratsiya qila oladi
🍑 Narxi -350.000 ming sòm
👤murojaat uchun: @im_a_m1na
Harid qilishga ulgurib qoling ,
Soni cheklangan !
💧💦☔️☂️🌊🌫🍏🍎
533
🎁🥹🥹🥹Uzoq tanaffusdan sòng
📸Sibionics sensorlari yana sotuvda mavjud ✅
Buyurtma uchun : 👤@im_a_m1na
ga murojaat qlishingiz mumkin ✅
533
1-tur diabetli bolalar uchun muntazam profilaktik tekshiruvlar kasallikni nazorat qilish, asoratlarning oldini olish va umumiy sog‘liq holatini baholashda juda muhim hisoblanadi. Shu sababli quyidagi analizlar har 6 oyda (yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra) topshirib borilishi kerak.
😜Birinchi navbatda glikirlangan gemoglobin (HbA1c) tekshiruvi muhim. Bu analiz oxirgi 2–3 oy ichidagi o‘rtacha qon shakar darajasini ko‘rsatadi. Bolalar uchun odatda HbA1c ko‘rsatkichi 7.0% dan past bo‘lishi ideal hisoblanadi. 6.0–6.5% oralig‘i qoniqarli, 7% dan yuqori bo‘lsa, nazorat yetarli emasligini bildiradi.
😜Umumiy qon analizi (ОАК) organizmning umumiy holatini, jumladan anemiya yoki yallig‘lanish jarayonlarini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
Gemoglobin miqdori 110–140 g/l, eritrotsitlar 3.5–5.0 x10¹²/l,
leykotsitlar 4–10 x10⁹/l va
ESR (SOE) 2–10 mm/soat atrofida bo‘lishi normal hisoblanadi.
😜Biokimyoviy qon analizi ichki organlar, ayniqsa jigar va buyrak faoliyatini baholashga yordam beradi.
ALT va AST ko‘rsatkichlari odatda 40 U/l dan past bo‘lishi kerak.
Kreatinin bolalarda 35–80 mkmol/l oralig‘ida,
mochevina esa 2.5–6.5 mmol/l bo‘lishi norma hisoblanadi.
😜Umumiy siydik analizi (ОАМ) buyrak holatini va metabolik o‘zgarishlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi. Normal holatda siydikda oqsil, glyukoza va ketonlar bo‘lmasligi kerak. Leykotsitlar 0–5 oralig‘ida bo‘ladi, siydik rangi esa och sariq va tiniq bo‘lishi kerak.
😜Mikroalbuminuriya tekshiruvi diabetik nefropatiyani erta aniqlash uchun juda muhim. Siydikdagi albumin miqdori 30 mg/kun dan kam bo‘lsa norma hisoblanadi. 30–300 mg oralig‘i boshlang‘ich o‘zgarishlarni, 300 mg dan yuqori ko‘rsatkich esa jiddiy muammoni bildiradi.
😜Lipid profili yurak-qon tomir tizimi holatini baholash uchun kerak bo‘ladi. Umumiy xolesterin 5.2 mmol/l dan past, LDL (“yomon” xolesterin) 3.0 mmol/l dan past,
HDL (“yaxshi” xolesterin) 1.0 mmol/l dan yuqori
triglitseridlar 1.7 mmol/l dan past bo‘lishi kerak.
😜Qalqonsimon bez gormonlari ham tekshiriladi, chunki 1-tur diabet ko‘pincha boshqa autoimmun kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
TSH darajasi 0.5–4.0 mIU/l,
FT4 esa 10–23 pmol/l oralig‘ida bo‘lishi normal hisoblanadi.
😜Vitamin D darajasini aniqlash ham muhim. 30–50 ng/ml norma hisoblanadi. Agar bu ko‘rsatkich 20 ng/ml dan past bo‘lsa, yetishmovchilik mavjud bo‘ladi.
😜Bundan tashqari, bolaning vazni, bo‘yi va tana massasi indeksi (BMI) muntazam kuzatib borilishi kerak, chunki bu ko‘rsatkichlar umumiy rivojlanish va diabet nazoratiga bevosita ta’sir qiladi.
Shuningdek, zamonaviy glyukoza monitoring tizimlari (masalan, CGM) orqali olingan ma’lumotlar ham tahlil qilinadi. Time in Range (3.9–10 mmol/l oralig‘ida bo‘lish vaqti) 70% dan yuqori bo‘lishi kerak. Gipoglikemiya (3.9 mmol/l dan past) 4% dan kam bo‘lishi maqsadga muvofiq.
💡Xulosa qilib aytganda, ushbu analizlar 1-tur diabetli bolalarda kasallikni to‘g‘ri boshqarish, asoratlarni oldini olish va sog‘lom hayotni ta’minlash uchun zarur hisoblanadi. Har bir bolaning ko‘rsatkichlari individual baholanadi va davolash rejasi shunga qarab moslashtiriladi.
533
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
Men candy life kanali asoschisi Amina
Endilikda òz diabet maktabimni ochdim ! 💙
Bu dia maktab asosida siz, diabetni nazorat qilish uchun kerakli barcha bilimlarni jumladan :
☝Uglevod hisoblash
☝Insulin dozalash
☝qandni normada ushlash
☝zaruriy hollarda kòriladigan choralar
☝analizlar tahlili
☝nazoratsiz diabet asoratlari
Shu va shu kabi ònlab mavzularda dars olgan holda, diabetda foydalaniladigan dia qurilmalar
⚙ CGM lar turlari
⚙ularning afzalliklari
⚙Ózingiz mustaqil ravishda òrnatish
⚙sozlash
⚙statistika tahlili
⚙va ulardagi barcha sir asrorlarini ham òrganasiz kurs davomida !
Bu dia maktabning boshqa shu kabi kurslardan farqli tomoni ham aynan dia gadjetlar haqida chuqur bilimga ega bòlishingizda !
📱 Bir marttalik tòlov evaziga butun umrlik bilimga ega bòling ! 💙
😎Murojaat uchun:
🔗@A_mina_001
533
🔗O‘smir yoshdagi bolada diabet: qanday yo‘l tutish kerak?
O‘smirlik — bu tanada ham, ruhiyatda ham katta o‘zgarishlar davri. Lekin to‘g‘ri yondashuv bilan bu davrni yengilroq o‘tkazish mumkin.
❓O‘smirlik davridagi diabetning farqli tomoni nimada?
Gormonal o‘zgarishlar O‘smirlikda o‘sish gormonlari va jinsiy gormonlar juda katta tezlik bilan rivojlanadi. Bu esa insulin ta’sirini pasaytiradi.
Natijada:
🟣Qand ko‘tarilishi osonlashadi
🟣Insulin dozasi oshishi mumkin
🟣Nazorat qiyinroq bo‘lishi mumkin.
📌Psixologik holat
⏺️“Nega aynan men?” degan savol
⏺️Tengdoshlar oldida uyalish
⏺️Inyeksiya yoki sensor taqishdan hijolat bo‘lish
⏺️Mustaqillikka intilish
⏺️Ovqatlanish va tartibning buzilishi
⏺️Fast foodga qiziqish
⏺️Rejimga amal qilmaslik
⏺️Dozani o‘tkazib yuborish
Bu – beparvolik emas. Bu — yosh davrining tabiiy xususiyati.
🔗 Ota-ona qanday yo‘l tutishi kerak?
1️⃣ Qo‘rqitish emas, tushuntirish
Diabet — jazoni emas, boshqarishni talab qiladigan holat ekanini tushuntiring.
“Qand kòtarilib ketadi!” deb qo‘rqitish o‘rniga:
“Qandni nazorat qilsak, sen o‘zingni yaxshi his qilasan” deb yondashing.
🔤 Nazoratni asta-sekin o‘ziga topshiring
O‘smir o‘zini mustaqil his qilishi kerak.
Qandni o‘zi o‘lchasin
Dozasini nazorat ostida o‘zi hisoblashi o‘rgansin,
Mas’uliyat berilsin
👍 Ishonch – eng katta motivatsiya.
🔤 Uyda tinch muhit yarating
Diabet fonida stress qandni yanada oshiradi.
Tanqidni kamaytiring
Natija yomon chiqsa, ayblamang
“Birgalikda tuzatamiz” degan pozitsiyada bo‘ling
🔤 Zamonaviy vositalardan foydalaning
Agar imkon bo‘lsa:
CGM sensor (uzluksiz monitoring)
Insulin pompasi
Mobil ilovalar orqali nazorat
Bu o‘smirning hayotini yengillashtiradi va ortiqcha igna stressini kamaytiradi.
🔤 O‘smir bilan ochiq suhbat qiling
Savollar bering:
Nima seni qiynayapti?
Maktabda o‘zingni qanday his qilasan?
Do‘stlaring biladimi?
Ba’zida bolaga maslahat emas, tinglovchi kerak bo‘ladi.
🗣Vaziyatni yengillatish uchun kichik, ammo muhim qadamlar:
❗️ Diabetni “kasallik” emas, “hayot tarzi” sifatida qabul qilish
❗️Sport bilan shug‘ullanish (nazorat ostida)
❗️Diabetli boshqa bolalar bilan tanishtirish
❗️ Yutuqlarini maqtash (hatto kichik bo‘lsa ham)
❗️ Psixolog ko‘magini rad etmaslik
💛
Eng muhim narsa O‘smir diabet bilan emas, diabet o‘smir bilan yashashi kerak.U o‘zini “kasal” emas, “kuchli” his qilishi lozim. Chunki diabet bilan ham: O‘qish mumkin Sport bilan shugullanish mumkin Orzular sari qadam tashlash mumkin Sog‘lom, baxtli hayot kechirish mumkin 🔗 Xulosa O‘smirlikdagi diabet – bu nazorat qiyinlashadigan, lekin imkoniyatlar yo‘qolmaydigan davr. Mehr, sabr, tushunish va bilim bilan bu yo‘lni yengilroq qilish mumkin. Telegram https://t.me/candy_life_dia Instagram https://www.instagram.com/candy_life_dia
533
📌Kartoshka saryogda qovurilgan
100 gr 14.8 gr uglevod
📌Qòziqorin - 100 gr 3 gr uglevod
📌 Tovuq qovurilgan - 100 gr 0.1 gr uglevod
Shu tarelkadagi ovqat massasi 230 gr -
100 grammiga esa 15 gram uglevod hisobladim
Demak :
230×15÷100= 34.5 gr uglevod
(3.5 non birligi) ✔️
1 non birligiga uchun kerakli bolgan individual dozani - 3.5 non birligiga kopaytrgan holda, insulin inektsiyasini amalga oshiramiz !
Vualya🍴
533
Diabet bilan yashayotgan bolalar uchun eng muhim narsa — qo‘rquv emas, tushunish ❤️
Diabet tashxisi qo‘yilgan paytda eng ko‘p og‘irlikni boladan ko‘ra ona yuragi his qiladi.
Lekin bolalar diabetni biz o‘ylagandek qiyin qabul qilmaydi — agar biz uni qanday tushuntirishni bilsak.
Bolaga diabetni “kasallik”, “cheklov” yoki “muammo” sifatida ko‘rsatish uning ichida qo‘rquv, qarshilik va charchoq paydo qiladi.
Ammo diabetni o‘yin, ertak va mehr orqali tushuntirsak — bola uni hayotining tabiiy bir qismi sifatida qabul qiladi.
🌈 Diabetni ertakka aylantirish mumkin
Biz diabetni bolalar uchun “Candy Life” kabi ertaknamo dunyoga aylantirishni taklif qilsak boladi 💌
✔️Bu dunyoda:
❤️Insulin — yordamga keladigan qahramon
❤️CGM — oldindan ogohlantiruvchi do‘st
❤️Glyukometr — vaziyatni tekshiruvchi super yordamchi
💡Bola esa — bosh qahramon
Bu yondashuv bolaga shuni his qildiradi:
😜“Men kasal emasman. Men vaziyatni boshqaraman
😜Bolalar uzun tushuntirishni eshitmaydi, lekin hikoyani eslab qoladi )
😜“Birgalikda yana yashil zonaga qaytdik” kabi òyinlar bilan masalan
Bu ertaklar bolada:
👍qo‘rquvni kamaytiradi
👍insulin va o‘lchovlarga qarshilikni yo‘q qiladi
👍o‘ziga ishonchni oshiradi
🎮Diabetni nazorat qilishni o‘yinga aylantirsak:
😜Yashil zona — yutuq
😜Har yaxshi kun — stiker yoki yulduzcha (balki biror sovģa))
😜Har harakat — rag‘bat
✨Bola nazoratni majburiyat emas, muvaffaqiyat sifatida ko‘ra boshlaydi. Shu bilam birga òziga ishonch ortadi 👍
❤️ Diabetni hayotning bir qismiga aylantirish uchun esa:
💡Insulin qalamiga stiker yopishtirish
💡CGMga ism qo‘yish
💡Glyukometrni “do‘stim” deb atash mumkin !
Bu kichik qadamlar bolaning ichki qarshiligini sindiradi.
💓Eng muhimi — bolaning hislari
💓Bolaga eng kerakli gaplar:
😜“Bu sening aybing emas”
😜"Sen buni uddalay olasan”
😜“Onang yoningda”
😜 Sen hammadan kuchlisan 🫶
👎Qo‘rqitish, jazolash va taqqoslash esa — bolaning ichki kuchini sindiradi.
✨Diabet bolaga dars bilan emas, mehr bilan o‘rgatiladi.
Qoidalar bilan emas, hikoya bilan tushuntiriladi.
Bizning vazifamiz — diabetni bolaning dushmani emas, boshqariladigan hayotiy hamrohiga aylantirish.
Agar biz farzandimizga ishonsak — ular bizdan ham kuchli bo‘lishadi ❤️
Keyingi mavzu òsmir yoshdagi diabet bolalar uchun bòladi🗣
533
Tushlik qilayotganlarga yoqimli ishtaha 😁😂
P.S// Lirik chekinish, biroz hazil tarzida olingan video 📸😊
533
Yangi yil bu - yangi kun, yangi imkon ,yangi maqsadlar va yangi yutuq 🤍
Kirib kelgan 2026-yil barchamizga hayirli bòlsin ✨
533
🌍 2025-yil Nobel mukofoti
✨Ilm, sabr va insoniyatga xizmat tantanasi
🆕2025-yil insoniyat tarixida yana bir bor ilm-fan g‘alaba qilgan yil sifatida muhrlandi. Bu yil Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uch nafar buyuk olimga topshirildi:
🏅Mary E. Brunkow (AQSh)
🏅 Fred Ramsdell (AQSh)
🏅Simon Sakaguchi (Yaponiya)
⚠️Ular o‘z hayotini inson immun tizimining eng murakkab va eng muhim sirlarini ochishga bag‘ishlagan olimlardir.
🧬Ularning kashfiyoti nimasi bilan muhim?
Bu olimlar periferik immun tolerans tushunchasini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Oddiy qilib aytganda:
➡️ Immun tizimimiz qanday qilib dushmanlarni yo‘q qiladi, lekin o‘z tanasiga zarar yetkazmaydi?
➡️Nega ba’zan immun tizimi adashib, o‘z hujayralarimizga hujum qiladi?
Ana shu savollarga ular ilmiy, aniq va ishonchli javob berdilar.
Ular T-regulyator hujayralar (Treg) va FOXP3 geni orqali immun tizimni “nazorat qiluvchi ichki tormoz mexanizmi” mavjudligini isbotladilar. Bu mexanizm ishlamasa — autoimmun kasalliklar paydo bo‘ladi.
💉Bu kashfiyot kimlar uchun umid?
Bu ilmiy ishlar quyidagi kasalliklar uchun yangi davolash yo‘llariga eshik ochdi:
⚡️1-tur qandli diabet ✔️
⚡️Revmatoid artrit✔️
⚡️skleroz✔️
⚡️Allergiyalar✔️
⚡️transplantatsiya asoratlari✔️
⚡️Hatto saraton✔️ immunoterapiyasi
Bu shunchaki ilmiy maqola emas — bu millionlab insonlar uchun umid, hayot va kelajak demakdir. 🥹
Bu olimlar bir kunda mashhur bo‘lishmadi. Ular o‘nlab yillar davomida sinovlar, shubhalar va muvaffaqiyatsizliklar ichida ishladilar. Ammo oxir-oqibat, haqiqat g‘alaba qildi 🐱
Bugun kichik bir labaratoriyada qlingan tadqiqot, ertaga millionlab insonlar hayotimi saqlab qolishi mumkin 🌟
Shu qatori bizning farzandlarimiz uchun ham yangi bir umid
🥹🤍
Telegram
https://t.me/candy_life_dia
Instagram
https://www.instagram.com/candy_life_dia
533
+3
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠
❗️0.5 birlikdan boshlanuvchi kòp martalik shprits ruchkalari sotuvda mavjud ✔️
‼️ Insulin inektsiyalarini qilishda qulaylik, aniqlik va kichik dozalar uchun ham juda mos 📌
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 ❤️🔥❤️🔥❤️🔥 ❤️🔥❤️🔥❤️🔥
⚡️ULGURIB QOLING ⚡️
🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠
🚫🚫🚫1.000.000 sòm 🚫🚫🚫
🔥🔥 6️⃣5️⃣0️⃣⏺0️⃣0️⃣0️⃣ sòm 🔥🔥
🛡Bunday narxda hech qayerdan topa olmaysiz ✔️(xatto òzini joyidan ham ))
🔔SHOSHILING SONI CHEKLANGAN 🚨
✏️Murojaat uchun: @Amina_001 ✉️
533
🔴🔴🔴🔴🟠🟠🔴🔴🔴
🤍Sibionics gs1 sensorlari sotuvda mavjud
🤍Ishlash muddati 24 kun
🤍Android telefonlar bilan sugarjoy dasturi yordamida ishlaydi
🤍Muddati: 17.04.2027
🤍Narxi: 450.000 sòm
🟠Buyurtma uchun: @A_mina_001✒️
533
+1
Hiki kalkulyatorini shunisi yahshidee,
Yemoqchi bòlgan mahsulotizni topib grammini kirgizsez bòldi ❤️🐱
Hamma narsasi, oqsil, yoģ, uglevod, kaloriyasigacha hisoblab beradi 🤍
Sizdan qoladigani faqat NB ga qarab insulin qilish 💗
Ha eslatib òtaman nechi non birligi chiqsa, bu shuncha doza insulin qilish kerak degani emas !🥰🩷
533
Stenford medicine olimlari 1-tur qandli diabetni sichqonlarda butunlay davolashdi !
Bu fanda inqilob bòlishi mumkin.
CD117 antikorlariga asoslangan orolcha va gematopoetik hujayra transplantatsiyasi bilan autoimmun diabetni davolash
Bu yondashuv 1-tip qandli diabetni immunologik ildizidan davolashga qaratilgan tajribaviy (preklinik) usuldir. Unda CD117 (c-Kit) ga qarshi maxsus antikorlar yordamida suyak iligidagi eski, autoimmun xotiraga ega immun hujayralar selektiv ravishda yo‘q qilinadi. Bu usul kimyoterapiyasiz suyak iligini yangi immun tizim uchun tayyorlaydi.
Shundan so‘ng gematopoetik ildiz hujayralar transplantatsiyasi o‘tkazilib, organizmda beta-hujayralarga hujum qilmaydigan yangi, sog‘lom immun tizim shakllantiriladi (immun reset). Keyingi bosqichda Langerhans orolchasi (insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayralar) ko‘chirib o‘tkaziladi. Yangi immun tizim ularni begona deb tanimaydi va autoimmun hujum qaytmaydi.
Sichqonlar (NOD modeli) ustidagi tajribalarda qon shakari normallashgan, insulin ehtiyoji yo‘qolgan va kasallik qaytalanmagan. Ushbu yondashuv doimiy immunosupressiyasiz va kasallik sababini nishonga olgani bilan ahamiyatli.
Xulosa: bu usul 1-tip diabet uchun katta istiqbolga ega, ammo hozircha faqat hayvonlarda isbotlangan va odamlar uchun klinik amaliyotga to‘liq joriy etilmagan.
Keyingi bosqich tadqiqotlar odamlar ustida òtkaziladi !
Original maqola uchun havola: https://med.stanford.edu/news/all-news/2025/11/type-1-diabetes-cure.htmlTelegram https://t.me/candy_life_dia Instagram https://www.instagram.com/candy_life_dia
