🇺🇿 Learn .NET
Open in Telegram
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing • Professional .NET va C# darslar • https://learn.net.uz rasmiy kanali
Show more1 281
Subscribers
No data24 hours
-37 days
+430 days
Posts Archive
1 281
4-5 marta shartnoma qilganman va barchasida tekis bitgan menda. Bu integratsion jarayonlarda odatda kuzatiladigan holat. Kasbiy faoliyatda odatda uchrab turadigan muammolarni normal qabul qila olishlik, bu professionallikning bir qismi hisoblanadi. Professionallik degani faqatgina shu sohada mutaxassis bo’lish yoki shu sohadan daromad qilishni anglatmaydi. Fikrlarimni feedback o’rnida qabul qilasiz degan umiddaman. Aytgancha, Clickda qarindoshim yo’qMukhammadkarim Tukhtaboyev Manba @learndotnetuz | learn.net.uz
1 281
Oktyabr Sovg'asi
Microsoft logitipi tushirilgan projectorni learn.net.uz platformamizdan eng ko'p foydalanib bilim olgan kishiga beramiz. Bundan tashqari Elbek Normurodov bilan uchrashib, soha haqida qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin.
.NET sohasida tezda o'sishni xohlaganlar bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Shartlar oddiy: Oktyabr oyi yakunigacha learn.net.uz platformasida bepul video-darslarni ko'ring va AI yordamchi bilan birgalikda mavzularni mustahkamlang.
@learndotnetuz | learn.net.uz
1 281
Ish Bilan Tabriklaymiz!
Kursimizni bitirib myflott.org loyihasini qilib kelayotgan Asror - bugun birinchi ishlariga kirdilar.
Bunga kurs davomida olinggan bilim, stajirovkadagi tajriba va yana bir omil sabab bo'ldi.
Bu nima deysizmi? Tarteeb Club!
Bu kursimizni bitirgan 60 dan ortiq dasturchilardan tashkil topgan jamoa. Har qanday ish imkoniyati chiqsa birinchi ushbu bitiruvchilar orasida aytiladi va oramizdagi ish izlovchilar tavsiya qilinadi.
Shuning uchun kursimizni bitirgan har qanday shogirdimiz 3-4 oy ichida aktiv bo'lishsa, ishlarini topib ketishadi.
P.S. 17-oktabrda ochiladigan guruhimizda hali ham bo'sh joylar bor. Aloqa uchun @ElbekDeveloper
@learndotnetuz | learn.net.uz
1 281
Ish Chiqdi!
2 yil tajribaga ega C# dasturchilar kerak ekan. Tune Consulting kompaniyasiga ishga topshirish uchun CV ni ushbu manzilga yuboring: hr@tuneconsulting.uz
Kutilayotkan talablar
• C# / .NET texnologiyalari bilan kamida 2 yil tijoriy tajriba
• Dasturlash tamoyillarini yaxshi tushunish va mavjud kod bilan ishlay olish
• Yangi texnologiyalarni o‘rganish va professional rivojlanishga intilish
• Savol berish, tashabbus ko‘rsatish va jamoada samarali ishlash qobiliyati
• Mas’uliyatli yondashuv va vazifalarni sifatli bajarish
Qo‘shimcha afzallik:
• Git bilan ishlash tajribasi
• SQL bo‘yicha bilim
• REST API bilan ishlash tajribasi
• Shaxsiy yoki pet-loyihalar
@learndotnetuz | learn.net.uz
1 281
Katta Yangiliklar
Platformamizdan dasturlashni o'rganayotganlar uchun katta yangiliklar qildik. Bulardan:
* Yana ham chiroyli interfeys
* Avvalgidan ham aqlli AI ustoz va imtihon oluvchi
* Bilimni sinab ko'rish uchun faqat suhbat sahifasi.
.NET ni bepul o'rganmoqchilar uchun barchasi hozir. Sentyabr oyidan dasturlashni universitet yoki kursda o'rganishni boshlaganlar bormi ushbu kanalda? Izohlarda kutib qolamiz.
@learndotnetuz | learn.net.uz
1 281
AGENTS.md
Claude 18-Sentyabrdan boshlab AGENTS.md faylini qo'llab-quvvatlashni boshladi. Avvallari faqat CLAUDE.md dagi instruksiyalarni sessiya boshlaganingizda yuklar edi.
Boshqa agentlar bilan ham ishlash uchun 2 ta faylni doimiy olib yurish kerak edi.
Endi esa Claude.md bo'lmasa Agents.md ni o'qib olyapti.
Bu "agent-agnostic" dasturlash sari tashlangan qadam.
Sizlarda ushbu fayllarda nechi qator instruksiya bor?
@learndotnetuz | learn.net.uz
1 281
Ustoz-shogird an’anasi sababli vaqtimizni tejab, ularning uzoq yillik bilim va taribalarini qisqa vaqtda oʻzlashtirish imkoniyatiga egamiz.
Tabriklaymiz ustozlar!
1 281
.NETchilar Uchun Maxsus!
Endilikda har oyning oxirida .NET o'rganuvchi bir kishi bilan texnik intervyu qilib, maslahatlarimizni ulashib boramiz. Va imkonimiz bo'lganda, esadalik sovg'a ham beramiz.
Qanday g'olibni aniqlaymiz?
Buni qanday amalga oshiramiz. Birinchi navbatda learn.net.uz saytidan, bizni bepul video darslarimiz va AI yordamchimiz yordamida dasturlashni o'rganayotganlar orasida reytinga qaraymiz va 1-o'rinni egallagan o'sha oy g'olibi bo'ladi.
Bundan sizga nima foyda?
Men yoki Nodirxon bilan keyingi oyning birinchi Shanba kunida 45 daqiqalik texnik intervyu qilamiz va taqdirlaymiz. Uchrashuvdan keyin keyingi darajada chiqishingiz uchun amaliy maslahatlar beramiz. Birinchi esdalik sovgamiz Microsoft logosi tushurilgan noutbuk tutgich!
Shartlar qanday?
Bizning bepul video-darslarimizdan o'rganing va AI yordamchimiz bilan savol-javob qilib, bilimingizni mustahkamlang.
@learndotnetuz | learn.net.uz
1 281
6 Oylik Mehnat
Tepada ko'rib turgan rezyumelaringiz kurs va stajirovka yakunida o'quvchilarimizning erishgan natijalarini isboti.
Ular junior dasturchi bo'lib ishlash uchun barcha bilim va tajribalarni o'zlashtirdilar.
Endi esa navbat sizniki!
6-7 oydan keyin, hozir ochilgan guruhimiz o'quvchilari ham o'zlarini yangi kasbda yangittan kashf qilishadi. Professional dasturchilar kabi barcha muammolarni yecha oladigan darajaga chiqishadi.
Buning uchun esa, 2 ta senior mutaxassis va doimiy izlanish/mehnat sababchi bo'ladi.
Biz bilim va tajribamizni ulashishga tayyormiz. Agar .NET dasturchisi bo'lish uchun sifatli onlayn kurs izlab yurgan bo'lsangiz, bu imkoniyat siz uchun.
Batafsil ma'lumot
1 281
Erkin aka sun’iy intellekt davrida ma’lumotlar xavfsizligi haqida nutq soʻzlayaptilar. Mana shu yerda dasturchi sifatida qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi haqida juda zoʻr nutq qildilar
1 281
Qabul!
4 oy oldin boshlagan guruhimiz keyingi oy bitirishadi va stajirovkaga o'tishadi. Odatdagidek yangi guruh uchun qabulni ochiq deb e'lon qilamiz. Bitiruvchilar orqali allaqachon 5 kishi guruhga yozilgan va suhbat orqali qabul qilindi.
Engi qolgan 5 ta o'rin uchun qabulni e'lon qilamiz. 6 oy davom etadigan kursda dasturchi sifatida ishni boshlab olish uchun kerakli barcha bilim o'rgatiladi. Tajriba-chi? - deysizmi.
Kursimiz davomida real loyihalar tuzish orqali tajribaga erishasiz. Jamoada ishlash tajribasini olish uchun, learn.net.uz, myflott.org yoki portal.tarteeb.uz loyihalarimizda real muammolarni hal qilish orqali tajriba ham olishingiz mumkin bo'ladi.
Ushbu texnologiyalarni o'qitamiz:
1. C# va .NET asoslari
2. SQL, Dapper va EF Core
3. CLR, Clean Code va Design Patternlar
4. ASP.NET Core Framework
5. Soft Skills yoki Agentic Dasturlash
Narxi: 1 500 000 so'm/oyiga
Agar sizga .NET yo'nalishida 2 ta Senior Dasturchi ham Microsoft MVP larda ushbu hunarni o'rganmoqchi bo'lsangiz, @ElbekDeveloper ga o'zingiz haqingizda va nima uchun aynan siz bu kursga qabul qilinishingiz kerakligi haqida motivatsion xat yozib qoldiring!
1 281
Prompt yozish ozgina zerikarli bo'lsa, VS Code da
/vscode-pet command bilan shu `pet`chani chiqarib olsangiz bo'ladi😅1 281
Diyorjon dasturchilar uchun Agentic Engineering yoʻnalishida amaliy kurs ochibtilar.
Batafsil ma'lumot uchun havola
1 281
🚀 GitHub Copilot’da yangi qiziq feature — HydraFusion
Oldin Copilot’da Auto model selection bor edi. Ya’ni siz Auto’ni tanlaysiz, Copilot taskga qarab mos modelni o‘zi tanlaydi.
HydraFusion esa bundan biroz boshqacha.
Bu faqat “qaysi modelni ishlatay?” demaydi, balki:
“Bu taskni qanday workflow bilan bajarganim yaxshi?” 🤔
Hozir HydraFusion 3 xil execution pattern’dan foydalanishi mumkin:
🔹 Single — bitta model taskni boshidan oxirigacha bajaradi.
🔹 Cascade — avval efficient model urinib ko‘radi. Agar quality yetarli bo‘lmasa, kuchliroq modelga o‘tadi.
🔹 Critique — bir model yechim tayyorlaydi, boshqa model uni review qiladi, keyin birinchi model feedback asosida revision qiladi.
Eng qiziq joyi: bularni biz qo‘lda tanlamaymiz. HydraFusion taskga qarab qaysi workflow kerakligini o‘zi tanlaydi.
Shuning uchun juda sodda qilib:
Auto → “Qaysi model?”
HydraFusion → “Qanday qilib yechamiz?”
Hozircha HydraFusion Research Preview sifatida Copilot CLI’da mavjud.
Qanday qilib ishlata olamiz?
1. Github Copilot CLI ni o'rnatamiz yoki /update command orqali yangilan olamiz.
2. /experimental on
3. /model hydrafusion
Qizig'i o'zim bitta bir xil request bilan Ham
Hydrafusion ham Auto ni tekshirdim.
Auto modelida GPT-5.6-luna ishlatilindi.
HydraFusion da esa Claude Sonnet - 5 Single execution patternda.
Lekin Auto nisbatan kam token sarflagan.
Balki buni boshqa usul bilan yani Code yozdirish bilan sinab ko'rish ancha maquldir.
Siz sinab ko'rdingizmi?1 281
Sarhisob
Claudega o'tgan bir oy davomidagi suhbatlarimizni sarhisob qilishni so'radim.
Buning uchun
Settings -> Reflect bo'limiga o'tdim.
Qiziq bir insaytni chiqarib berdi. Ya'ni odatda u bergan taklifni rad qilar ekanman. Yaqinda BRB da bo'lgan trainingda ham u yerdagi arxitektorlar va senior dasturchilar, AI bergan taklifni ko'r-ko'rona qabul qilmasliklarini aytib o'tgandilar.
Sizchi? AI takliflarini yaxshilab o'qib, keyin o'zgartirishlar qilishiga ruxsat berasizmi yoki o'qimasdan "bosaverasizmi"?
@learndotnetuz | learn.net.uz1 281
Reyting
Platformamizda reytingni ishlab chiqdik. Yuqori ballga erishish uchun nafaqat video ko'rish, balki Lexining savollariga javob berish va u bilan birga o'rganish ham inobatga olinadi.
Agar foydalanuvchi shaxsiy profil yaratgan bo'lsa, ism-familiyasining ustiga bosish uning profiliga olib boradi va uning bilimini baholaganimizni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Ushbu havola orqali siz ham o'tib ko'rishingiz mumkin.
@learndotnetuz | learn.net.uz
