cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Navoiy adliya | Rasmiy kanal

Навоий вилояти адлия бошқармаси расмий телеграм гурухи!!! Мурожаатлар учун админ: @adliya_savol Ушбу гуруҳда қонунчиликдаги янгиликлар, ҳуқуқий савол-жавоблар бериб борилади!!! Гуруҳимизга аъзо бўлинг!!!

Show more
UzbekistanThe language is not specifiedThe category is not specified
5 510
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Navoiy Zakovat klubida 2023-yilning eng yaxshi ayol bilimdoni Navoiy viloyati yuridik texnikumi talabasi Donogul Abdullayeva boʻldi. Donogul Abdullayeva sardorligidagi Navoiy yuridik texnikumi zakovat terma jamoasi bir qancha respublika va viloyat bosqichidagi musobaqalarda gʻalaba qozondi. Donogul Navoiy Zakovat klubi professional ligasi va Ayollar ligasidagi jamoalari safida oʻzini har tomonlama koʻrsatib kelmoqda. Yuridik teshnikum rahbariyati, pedagog-xodimlari va yoshlari nomidan D.Abdullayevani qutlaymiz! ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook
Show all...
👍 1
#hokim_yoshlar_ uchrashuvi Navoiy viloyatida bo'lib o'tgan hokim va yoshlar uchrashuvi davomida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan insholar tanlovida 1-o'rin sohibi bo'lgan Lola Muzaffarovaga vazirlik sovg'asi topshirildi.
Show all...
#hokim va yoshlar_ uchrashuvi Navoiy viloyatida bo'lib o'tgan hokim va yoshlar uchrashuvi davomida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan insholar tanlovida 1-o'rin sohibi bo'lgan Lola Muzaffarovaga vazirlik sovg'asi topshirildi.
Show all...
👍 1
«Диёр 24».Вилоят адлия бошқармаси томонидан фуқароларнинг мурожаатлари асосида уларнинг ҳақ ҳуқуқларини тиклаш борасида амалий ишлар давом этмоқда. @Navoiy_vtrk
Show all...
📚 Kitob insonni ulug‘laydigan, yuksak ma’naviyat chirog‘idir. Xabaringiz bor, 2021- yil oktabr oyida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamda yuridik texnikum hamkorligida “Adliya kitobxonlari klubi” tashkil etilgan edi. Ushbu klub faoliyatini muntazam ta’minlash hamda Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbus doirasida Navoiy viloyati yuridik texnikumida “Eng yaxshi kitobxon!” kitobxonlik tanlovi 2023-yil 21-dekabr kuni axborot-resurs markazida bo’lib o’tdi. 🔰 Ayni paytda klub a’zolari ishtirokida texnikumda til soatlari ham yo‘lga qo‘yilib, bunda o‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib borilmoqda. ✅Navbatdagi tanlov o’zbek klassik adabiyoti durdonasi bo’lgan A.Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani, “Dahshat” asari, hamda O’tkir Hoshimov qalamiga mansub “Urushning so’ngi qurboni” asari asosida tashkil etildi. Yuridik texnikum kunduzgi bo’limida ta’lim olayotgan “yuridik xizmat ”41-42 yo’nalishining eng zukko kitobxonlari ishtirok etdi. Ushbu tanlov ko’pchilik o’quvchilarda katta qiziqish va taassurot o’yg’otdi. Hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko'ra, tanlovda I-o'rinni 41-guruh o'quvchisi Qahhorova Aziza; II-o'rinni 41-guruh o'quvchisi Maxmudova Aziza; III-o'rinni 41-guruh o'quvchisi Shomurodova Rushanalar egallashdi. Tadbir ishtirokchilari rahbariyat diplomi va kitoblar bilan taqdirlandi. Barcha ishtirokchilarimizni kitobxonlik tanlovida faol ishtirok etganliklari bilan qutlaymiz! ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook
Show all...
NAVOIY VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI

🏛 Navoiy viloyati yuridik texnikumi rasmiy kanali. ♻️ Murojaat uchun: 📩 @nvyut_bot - telegram ☎️ +998 (79) 223-07-28 📍Manzil: Navoiy sh., M.Tarobiy, 105.

Yuridik texnikumda “Eng yaxshi kitobxon!” aniqlandi
Show all...
Toshkent davlat yuridik universitetida “Raqamlashtirish davrida huquq sohadagi zamonaviy chaqiriqlar” mavzusida Yosh huquqshunoslar forumi oʻtkazildi. Huquq sohalari va ularning asosiy institutlari muammolari va rivojlanish istiqbollari, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotidagi oʻzgarishlar, milliy huquqiy tizimlar va xalqaro huquqlarni rivojlantirishning asosiy tendensiyalariga bagʻishlangan forum Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan USAID LRP koʻmagida tashkil etildi. Forumning birinchi qismida huquqshunoslik yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar, TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey va Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. 2 toifada oʻtkazilgan intellektual bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi: Talabalar oʻrtasida: 1-oʻrin — Toshkent davlat yuridik universiteti; 2-oʻrin — Huquqni muhofaza qilish akademiyasi; 3-oʻrin — Ichki ishlar vazirligi akademiyasi. Oʻquvchilar oʻrtasida: 1-oʻrin — Qashqadaryo viloyati yuridik texnikum; 2-oʻrin — Navoiy viloyati yuridik texnikumi; 3-oʻrin — Toshkent shahar yuridik texnikumi. Gʻoliblar va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Forum doirasida “Huquqning zamonaviy muammolari: hal etish yoʻllari” mavzusida talabalar konferensiyasi ham tashkil etildi. Anjumanda mavzu yuzasidan maʼruzalar tinglanib, sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, forum davomida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulovning Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, universitet qoshidagi akademik litsey hamda Adliya vazirligi yuridik texnikumlar oʻquvchilari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi. Gibrid (onlayn va anʼanaviy) shaklda tashkil etilgan ochiq muloqotda 500 nafardan ortiq yosh huquqshunoslar ishtirok etdi. Ochiq muloqotda A.Tashkulov oʻzining hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Vazir oʻz nutqida mamlakatimizda malakali kadrlar, xususan, professional huquqshunoslarni tayyorlash borasida qilinayotgan ishlar xususida soʻz yuritib, davlatni taraqqiyotga yetaklovchi avlodlar almashinuvi roʻy berishi uchun taʼlimga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligini, bizning yoshlar ham dunyoning yetakchi kompaniyalarida faoliyat olib borib, yangi olamshumul korporatsiyalarga asos solishi kerakligini taʼkidladi. Shu bilan birga har bir iqtisodi rivojlangan davlatning orqasida koʻrinmas fundament – institutlar, qonunlar turishini, qonun hamma narsaga tarozi boʻlib xizmat qilishini, u adolat mezoni, davlatning vijdoni, standarti va oʻlchovi ekanini qayd etdi. Shuningdek, A.Tashkulov barcha sohalar qatori huquq sohasida ham kun sayin yangidan yangi muammo va vazifalar paydo boʻlayotganini, huquq sohasi faqat qonunlar va qarorlar yigʻindisi emas, balki jamiyat tuzilishini shakllantiradigan tirik va nafas oluvchi kuch ekanini hamda yuridik kasbning muhim jihatlaridan biri uning adolatga sodiqligida ekanini aytib oʻtdi. Forum doirasida ishtirokchilar raqamlashtirish va huquq, adliya tizimida ishlash tartibi, yosh huquqshunoslar uchun kerak boʻladigan koʻnikmalar haqida foydali maʼlumotlarga ega boʻldi. Ochiq muloqot davomida Adliya vaziri talabalar va oʻquvchilarning savollariga batafsil javob berdi. Yakunda “Oʻzbekiston” mehmonxonasida forumning yopilish va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. ⚖️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook
Show all...
NAVOIY VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI

🏛 Navoiy viloyati yuridik texnikumi rasmiy kanali. ♻️ Murojaat uchun: 📩 @nvyut_bot - telegram ☎️ +998 (79) 223-07-28 📍Manzil: Navoiy sh., M.Tarobiy, 105.

Yosh huquqshunoslar forumi yakunlandi
Show all...
Repost from Davxizmat_NAVOIY
#adliya_yangi_yilingiz_bilan ADLIYA BOSHQARMASIDA YANGI YIL SHUKUHI 🎄Dekabr oyining so'nggi o'n kunligi mamlakatda bayram taraddudidir. 🎄Har bir oila, xonadondan tortib tashkilot va muassasalargacha, yirik chorrahalardan kichik yo'laklargacha o'zgacha ko'rinishda bezatiladi. 🎄Shular qatori Navoiy viloyat adliya boshqarmasida ham yangi yil shukuhi kezib yuribdi. Soha xodimlarining ish xonalari,kirish yo'laklar-u, boshqarma hovlisi bayramona yasayildi. YANGI YILINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!
Show all...
🔥 2
#ostonada_yangi_yil Adlya: Yangi yilga sanoqli kuhlar qolmoqda. Yangi yil munosabati bilan adliya tizimining har bir maskanida bayram shukuhi kezmoqda. Zarafshon shahri viloyatning olis hududlaridan biri. Aholi eng ko'p kiradigan manzil Zarafshon shahar adliya bo'limining davlat xizmatlari markazida esa yangi yilga tayyorgarlik o'zgacha. Odamlarga sifatli davlat xizmati ko'rasatish bilan bir qatorda bayram kayfiyati ulashish xodimlarning asosiy vazifasi.
Show all...