en
Feedback
𝟐𝟗𝟗 𝐬𝐜𝐡𝐨𝐨𝐥

𝟐𝟗𝟗 𝐬𝐜𝐡𝐨𝐨𝐥

Open in Telegram

🔹299 - maktab matbuot xizmati 🔹Shayxontohur tumani 🔹Direktor : Gulhayo Esonqulova

Show more
848
Subscribers
-424 hours
+27 days
-330 days
Posts Archive
👨‍👩‍👧‍👦📚 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabning 1-“D” sinfida “Farzandimiz kelajagi — bizning qo‘limizda” mavzusida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. 🤝💐 Yig‘ilish davomida ota-onalar va sinf rahbari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish hamda farzandlarning maktabdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. 🌱✨ Farzand tarbiyasida maktab va oila hamkorligi — yuksak natijalar garovidir! 💬 “Farzand kelajagi — ota-ona va ustozning birgalikdagi e’tiboridan boshlanadi!” 🌟

📚✨ Shayxontohur tumani 299-sonli maktabida dars jarayonlari 👩‍🏫👨‍🏫 Maktabimizda darslar malakali, tajribali va fidoyi o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida samarali olib borilmoqda. 🎓📖 Har bir dars — o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, kelajak sari mustahkam qadam tashlash yo‘lidagi muhim jarayondir. 💬 “Sifatli ta’lim — porloq kelajak poydevoridir!” 🌟 🔔 Biz bilan qoling! Bizning ijtimoiy bo'ling sahifalarimizga obuna bo'ling: ✈️Telegram 📱Instagram

📚✨ DARS JARAYONLARI BOSHLANDI! ✨📚 🏫 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabda yangi o‘quv yilining dars jarayonlari ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. 🎓📖 👩‍🏫 Ustozlarimiz o‘z bilim va tajribalarini o‘quvchilarga ulashar ekan, maktabimizda yana bilim, izlanish va yangi marralar sari ilk qadamlar tashlanmoqda. 🌟 💬 “Ta’lim — kelajak sari ochiladigan eng ishonchli eshikdir!” 📖✨ 🌱
Har bir dars — yangi bilim, yangi imkoniyat va yangi orzular sari bir qadam!
🔔 Biz bilan qoling! Bizning ijtimoiy bo'ling sahifalarimizga obuna bo'ling: ✈️Telegram 📱Instagram

Qabul davom etmoqda! 7-sentabr soat 14:00da boshlab dars jarayonlari START oladi!
Qabul davom etmoqda! 7-sentabr soat 14:00da boshlab dars jarayonlari START oladi!

🏫✨ Shayxontohur tumani 299-sonli maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri! 🔔🎓 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Shayxontohur tumani 299-sonli maktabida yangi o‘quv yilining ilk va unutilmas tadbiri — “Birinchi qo‘ng‘iroq” tantanali ravishda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. 🔔✨ 🎓 Tadbirda O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh.S. Javlonov hamda boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar. 💐 Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, bilim olish yo‘lida muvaffaqiyatlar va yorqin kelajak tilaklari bildirildi. 📚✨ “Ilm — kelajak sari eng yorug‘ yo‘ldir!” 🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi orzular, yangi maqsadlar va yangi marralar boshlanishi! 🔔 Biz bilan qoling! Bizning ijtimoiy bo'ling sahifalarimizga obuna bo'ling: ✈️Telegram 📱Instagram

🔔Yangi o‘quv yili muborak! 😉😉🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi davom etayotgan ushbu kunlarda shahrimizdagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanmoqda. 🌏Bu — o‘quvchi va talabalar uchun yangi bilimlarni egallash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va orzulari sari dadil qadam tashlash davri. Ustozlar uchun mas’uliyatli va sharafli mehnatning yangi bosqichi, ota-onalar uchun esa farzandlarining kamolini ko‘rish quvonchidir. 🔔 Bugun yoshlarning chuqur bilim olishi, zamonaviy kasb va texnologiyalarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, milliy tariximiz va madaniyatimizni qadrlab voyaga yetishi taraqqiyotimizning muhim shartidir. Zero, ta’lim maskanida boshlangan har bir izlanish kelajakdagi katta yutuqlarga yo‘l ochadi. ✍️Aziz o‘quvchilar va talabalar! Yangi o‘quv yili siz uchun qiziqarli saboqlar, muhim kashfiyotlar va yangi imkoniyatlarga boy bo‘lsin. Bilim olishdan, izlanishdan va o‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘yishdan hech qachon to‘xtamang. 🔔Ustoz va murabbiylarga sabr, ilhom va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyat, ota-onalarga farzandlarining yutuqlaridan faxrlanish baxtini tilaymiz. Ta’lim tizimining barcha xodimlariga yosh avlodning munosib kelajagini yaratish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. 📚Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi bilimlar, ezgu intilishlar va ulkan yutuqlar yili bo‘lsin! 🔔С Днём знаний и началом нового учебного года! 😉😉🇺🇿В дни празднования 35-летия независимости нашей Родины в учебных заведениях столицы начинается новый учебный год. 🌏Для школьников и студентов это время новых знаний, раскрытия способностей и уверенных шагов к своим мечтам. Для учителей — новый этап ответственного и благородного труда, а для родителей — радость видеть взросление и успехи своих детей. 🔔 Сегодня глубокие знания, владение современными профессиями и технологиями, изучение иностранных языков, уважение к истории и культуре своей страны становятся важнейшими условиями развития. Ведь каждый поиск, начатый в стенах образовательного учреждения, способен открыть дорогу к большим достижениям. ✍️Дорогие школьники и студенты! Пусть новый учебный год будет наполнен интересными занятиями, важными открытиями и новыми возможностями. Не переставайте учиться, задавать вопросы, развивать свои способности и ставить перед собой высокие цели. 🔔Желаем учителям и наставникам терпения, вдохновения и успехов в их почётном труде, а родителям — счастья гордиться достижениями своих детей. Выражаем искреннюю благодарность всем работникам системы образования за ежедневный вклад в достойное будущее молодого поколения. 📚Пусть новый учебный год станет для всех нас годом новых знаний, добрых стремлений и больших достижений! YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🔔🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 🏫 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabda ushbu
+8
🔔🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 🏫 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabda ushbu ezgu shior ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. 🔔✨ 🎓 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi xodimi Sh.S. Javlonov hamda boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar. 🌟 Yangi o‘quv yili barchaga yangi marralar, ulkan zafarlar va unutilmas quvonchlar olib kelsin! 💬 “Yangi avlod — Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajagi bunyodkorlaridir!” 🇺🇿 📚✨ Birinchi qo‘ng‘iroq muborak bo‘lsin! 🔔 Biz bilan qoling! Bizning ijtimoiy bo'ling sahifalarimizga obuna bo'ling: ✈️Telegram 📱Instagram

Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! 🌷 Barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabriklayman! 📚✨ 2-sentabr kuni yangi 2026–2027-o‘quv yili boshlanadi. Shu munosabat bilan farzandlaringizning soat 7:00 ga maktabda bo‘lishlarini, darslarga kechikmasdan va to‘liq qatnashishlarini ta’minlashingizni so‘rayman. Shuningdek, farzandingizning: 👔 maktab formasini; 👞 maktabga mos oyoq kiyimini; 📚 barcha o‘quv qurollarini; 💇 soch turmagi va tashqi ko‘rinishini oldindan nazorat qilib qo‘yishingizni iltimos qilaman. 2-sentabr kuni barcha o‘quvchilar maktab formasida, ozoda va tartibli holda maktabga kelishlari shart. Hurmatli ota-onalar, yangi o‘quv yilini birgalikda yaxshi kayfiyat va yuqori mas’uliyat bilan boshlaymiz. Farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasida hamkorligingiz uchun oldindan rahmat! 🌷

📚✨ ОДОБ — ИНСОН КЎРКИ! ✨📚 🏫 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabning 7-“G" sinf o‘quvchilari yangi o‘quv yilidan boshlab maktabning odob-axloq qoidalariga rioya qilish mavzusida mazmunli videorolik tayyorladilar. 🎥👏 🌿 O‘quvchilarimiz o‘z chiqishlari orqali maktabda tartib-intizom, hurmat, xushmuomalalik va odob-axloq qoidalariga amal qilishning muhimligini namoyon etdilar. «🌸 “Odob — insonning ziynati, tarbiya esa uning haqiqiy boyligidir.”» 👏 7-“G" sinf o‘quvchilariga ijodiy ishlarida omad va yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 📖

📚✨ ОДОБ — ИНСОН КЎРКИ! ✨📚 🏫 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabning 7-“A” sinf o‘quvchilari yangi o‘quv yilidan boshlab maktabning odob-axloq qoidalariga rioya qilish mavzusida mazmunli videorolik tayyorladilar. 🎥👏 🌿 O‘quvchilarimiz o‘z chiqishlari orqali maktabda tartib-intizom, hurmat, xushmuomalalik va odob-axloq qoidalariga amal qilishning muhimligini namoyon etdilar. «🌸 “Odob — insonning ziynati, tarbiya esa uning haqiqiy boyligidir.”» 👏 7-“A” sinf o‘quvchilariga ijodiy ishlarida omad va yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 📖🌟

Maktabimizda tartib-intizomga rioya qilgan holda, yangi o‘quv yilini birgalikda a’lo kayfiyatda boshlaymiz! 📚✨ E’tiboringiz uchun rahmat! Yangi o‘quv yili barchamizga omadli kelsin! 🤍🎓

📚🌟🏊‍♂️🥉 3-«V» sinf o‘quvchisi AKMALOV MUHAMMADYUSUF suzish musobaqasida faxrli 3-o‘rinni egalladi! 🏆🎉👏 🎊🌸 Tabriklaym
📚🌟🏊‍♂️🥉 3-«V» sinf o‘quvchisi AKMALOV MUHAMMADYUSUF suzish musobaqasida faxrli 3-o‘rinni egalladi! 🏆🎉👏 🎊🌸 Tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 🥇🏊‍♂️✨ 👩‍🏫 S/r: MUXIDDINOVA FERUZA

📚“Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” — chellenjga start berildi! ➖ O‘zingiz ta’lim olgan maktabingizni sog‘indingizmi? Unda u yerga ezgu va foydali sabab bilan qaytish vaqti keldi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi loyiha boshlandi. 📝 Ushbu loyihaning asosiy maqsadlari:
➖ Maktab kutubxonalarini boyitish — yangi o‘quv yilini o‘quvchilar uchun eng yaxshi sovg‘alardan biri bo‘lgan kitob bilan boshlash; ➖ O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash — sovg‘a qilingan har bir kitob orqali yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirish va kelajagiga hissa qo‘shish; ➖ Ma’rifat ulashish — o‘zimiz ta’lim olgan dargohga qaytib, bugungi o‘quvchilarga ma’naviy meros qoldirish.
💻 Chellenjga qo‘shiling hamda ijtimoiy tarmoqlarga video yoki rasm joylashtirganda Vazirlikning instagram sahifasini (instagram.com/mmtv_uz/) belgilashni unutmang! 👉 Maktab o‘quvchilarining yoshiga mos tavsiyaviy adabiyotlar ro‘yxati 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 🌐Youtube                     🌐Instagram 🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ❗️ 299-sonli maktab atrofida o‘quvchilar xavfsi
#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
❗️ 299-sonli maktab atrofida o‘quvchilar xavfsizligini kuchaytirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umidjon Sanakulov tomonidan Shayxontohur tumani “Katta Jarariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 299-sonli umumta’lim maktabi atrofida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish masalasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 📝 Deputatlik faoliyati doirasida hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida 299-sonli umumta’lim maktabi atrofida, ayniqsa maktab bilan “Uzumzor” restorani oralig‘idagi yo‘l qismida o‘quvchilarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurati mavjudligi aniqlangan. 📍 Mazkur yo‘l qismidan maktab o‘quvchilari muntazam ravishda piyoda foydalanishi, ayniqsa darsga kelish va maktabdan qaytish vaqtlarida transport vositalari hamda piyodalar harakatining kesishishi bolalar xavfsizligiga qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan. ⚠️ Shu bois haydovchilarning maktab hududiga yaqinlashganda yanada ehtiyotkor harakatlanishini ta’minlash, transport vositalari tezligini pasaytirish hamda ularni piyodalar va bolalar qatnovi mavjudligidan oldindan ogohlantirishga xizmat qiluvchi qo‘shimcha texnik vositalardan foydalanish masalasi ko‘tarildi. 🔎 Deputat Umidjon Sanakulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-son “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan 299-sonli umumta’lim maktabi va “Uzumzor” restorani oralig‘idagi yo‘l qismini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish so‘raldi. 🚦 Xususan, hududdagi “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilarining mavjudligi va ko‘rinuvchanligi, yo‘l chiziqlarining holati, tungi yoritish darajasi hamda piyodalar o‘tish joylarining amaldagi talablarga muvofiqligiga baho berish masalasi deputatlik so‘rovida alohida qayd etilgan. ❌ Shuningdek, haydovchilar e’tiborini maktab o‘quvchilari qatnoviga yanada kuchliroq jalb qilish maqsadida “Uzumzor” restorani va 299-sonli umumta’lim maktabi oralig‘idagi yo‘l qismiga yo‘l-patrul xizmati xodimi maketini o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan. ✍️ Deputatlik so‘rovida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilovdan o‘rganish natijalari, amalga oshirilgan yoki rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma javob taqdim etish talab etilgan. 🤝 Mazkur masala deputat Umidjon Sanakulov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, asosiy maqsad maktab o‘quvchilari va boshqa piyodalar uchun xavfsiz yo‘l infratuzilmasini shakllantirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

🌿 SHAYXONTOHUR TUMANI 299-SONLI MAKTAB " Dolzarb 40 kun" hashar va obodonlashtirish ishlari Bugungi umumxalq hasharida 299-sonli maktab jamoasi faol ishtirok etdi. 🧹 Sinf xonalari tartibga keltirildi ✨ Yo‘laklar tozalandi 🌳 Maktab hovlisi obodonlashtirildi 🔨 Ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda “Obod maktab — sifatli ta’lim va porloq kelajak poydevoridir.” 🌱 🔔 Biz bilan qoling! Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling: ✈️Telegram 📱Instagram

🏫✨ YANGI O‘QUV YILIGA — BIRGALIKDA! 📚 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. 🤝 Maktabimiz jamoasi — ahil va hamjihat! Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan maktab oshxonasi, sinf xonalari va koridorlar tozalandi. 🧹✨ 🪑🔧 Parta va stullar ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish ishlari olib borilmoqda. 🌱 Har bir mehnatimiz — farzandlarimiz uchun, har bir yangilanishimiz — ularning yorqin kelajagi uchun! 💬 “Ahillik bor joyda — bunyodkorlik, mehnat bor joyda — natija bor!” 🏫 299-maktab — yangi o‘quv yilini yangi kayfiyat va katta maqsadlar bilan kutib oladi! 🇺🇿 📚 Yangi o‘quv yili sari dadil qadam! 🔔 Biz bilan qoling! Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling: ✈️Telegram 📱Instagram

📚 O‘quvchilarimiz — bizning faxrimiz! 🌟 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabning 7-"A" sinf o‘quvchisi Abdushohidov Behruz
+1
📚 O‘quvchilarimiz — bizning faxrimiz! 🌟 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabning 7-"A" sinf o‘quvchisi Abdushohidov Behruz o‘tgan yilgi Direktor olimpiadasi g‘oliblaridan biri sifatida navbatdagi yirik muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Joriy yilda u Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab imtihonlarini matematika va ingliz tili fanlaridan a'lo darajada topshirib, o‘qishga muvaffaqiyatli qabul qilindi. Bu yutuq Behruzning tirishqoqligi, o‘tkir zehni va ustozlari bergan puxta bilimlarning yorqin natijasidir. 👏 O‘quvchimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusidagi ta'lim yo‘lida yanada ulkan marralarni zabt etishini tilaymiz. 💬 "Haqiqiy muvaffaqiyat — mehnat, bilim va ishonch birlashgan joyda dunyoga keladi. Har bir o‘quvchining yutug‘i — maktabimizning faxri va ertangi kunimizning ishonchidir!" 🇺🇿

📚 Yangi o‘quv yili sari dadil qadam! 🏫 Shayxontohur tumani 299-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Maktab jamoasiga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida yangi o‘qituvchilar suhbat va saralash jarayonlaridan o‘tkazildi. Ularning kasbiy salohiyati, pedagogik mahorati hamda zamonaviy ta'limga bo‘lgan yondashuvi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, pedagogik jamoaning fikr va mulohazalari tinglanib, har bir nomzodga xolis baho berildi. ✨ "Kelajakni bunyod etadigan eng katta kuch — bu bilimli va fidoyi ustozdir. Kuchli jamoa esa kuchli avlodni tarbiyalaydi." 🔔 Biz bilan qoling! Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling: ✈️Telegram 📱Instagram